Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING INSON KAMOLOTIDA MEHNAT TARBIYASI'

ABU RAYHON BERUNIYNING INSON KAMOLOTIDA MEHNAT TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

1740
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / mehnat tarbiyasi / bola tarbiyasi / o„z-o„ziga xizmat / hunarmand / mutafakkir / mehnatsevarlik

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Muxabbat Normatovna Mirazimova, Xushnuda Dustmurodovna Nematova

Ushbu maqolada bola tarbiyasi, inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida Abu Rayhon Beruniyning muhim fikrlari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING INSON KAMOLOTIDA MEHNAT TARBIYASI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

ABU RAYHON BERUNIYNING INSON KAMOLOTIDA MEHNAT

TARBIYASI

Muxabbat Normatovna Mirazimova

JDPU Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Xushnuda Dustmurodovna Nematova

JDPU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bola tarbiyasi, inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida Abu Rayhon Beruniyning muhim fikrlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: oila, mehnat tarbiyasi, bola tarbiyasi, o'z-o'ziga xizmat, hunarmand, mutafakkir, mehnatsevarlik.

O'zbek xalq pedagogikasining boy va bebaho xazinasi xalq og'zaki ijodida o'z ifodasini topgan. Xalqimizning asrlar davomida bola tarbiyasi bobida to'plagan tajribalari hamda buyuk mutafakkir allomalarimizning yozib qoldirgan meroslari tashkil etadi.

Mutafakkirlarimiz bola tarbiyasi va uning kamoloti to'g'risida o'z asarlarida to'xtalib, yoshlarni odob-axloqi, jismoniy barkamolligi, aqlan yetuk, mehnatsevarligi hamda vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e'tibor berib kelingan. Xususan, bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevarlik ko'nikma va malakalarini shakllantirib, barcha tarbiya shahobchalarini tarkib toptirib borishning muhim omili ekanligi ta'kidlab kelingan. Ular mehnatni yuksak baholab, kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muomala va munosabatlari ham mehnat orqali yuzaga keladi deydi. Mehnat qilgan kishi doimo o'zgalar mehnatni qadrlay oladi hamda to'g'ri munosabatda bo'ladi deb hisoblashgan.

Beruniy inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo'ladi. Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli - olimlar mehnatiga alohida e'tibor berish, hayrixoh bo'lishga chaqiradi, ularni ma'rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo'shuvchilar deb, biladi.

Olim bolalarni mehnatga o'rgatish metodlari, yo'llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

54

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

mehnatga o'rgatish kerak deydi. Mehnat tarbiyasida o'sha davr tarbiya an'anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Beruniyning "Mmeralogiya" asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o'rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o'zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo'lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo'lgan.

Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo'lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo'lishi ham kerak deydi. Kichik yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o'z-o'ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o'rgatishda ko'pincha o'yin vaziyatlaridan foydalaniladi. Avvaliga bolalar o'yin obrazi orqali mehnatga o'rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o'rganadilar. Sekin-asta o'z- o'ziga xizmat qilish malaka va ko'nikmalari shakllana boradi.

Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo'lib, narsa va buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur ekanligi to'g'risida tushuncha berib boriladi. Masalan, o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda ishlatilishi to'g'risida bilim va tushunchalar berib boriladi.

Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni ko'zlab ham amalea oshiriladi:

mehnatni va mehnat natijalarini qadrlashga o'rgatish

mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o'rgatish

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, buyuk mutafakkirimizning mehnat tarbiyasi xususidagi fikrlari bugungi

December 16

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

55

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqivotidagi o'rni

'.qytyonda^

kunda ham muhim ahamiyat kasb etib, bolalarni mehnatsevar qilib tarbiyalashda vosita bo'lib xizmat qiladi. Serqirra olim Abdulla Avloniy ta'kidlaganlaridek, "Aziz do'stlar oltin va kumushi bo'lmagan odam kambag'al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo'lmagan kishi kambag'aldiг" Shu sababli mehnat ta'limi va tarbiyasi yuqori o'ringa qo'yish lozim oqibatda shaxsga qo'lga kiritilgan mehnat muvaffaqiyatidan quvonish, o'z qadr-qimmatini anglash hamda o'z mehnatidan g'umrianish tuyg'usi qaror topsin.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" Toshkent - "O'zbekiston" -2016. 13-21 sahifalar.

2. Shavkat Mirziyoyev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib - intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" Toshkent -"O'zbekiston" -2017. 18-25 sahifalar.

3. Hasanboyeva O. va boshqalar. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. - Т.: O'zbekiston,

2010.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.