Научная статья на тему 'Tarixiy shaxslarni davriy o’rganishda oila va farzand tarbiyasidan foydalanish'

Tarixiy shaxslarni davriy o’rganishda oila va farzand tarbiyasidan foydalanish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
291
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tarixiy shaxs / integratsiya / ta’lim / tarbiya / ijtimoiy-gumanitar fanlar / globallashuv

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruzabonu Ulug’Bek Qizi Baxriddinova

Ushbu maqolada tarixiy shaxlarni davriy o’rganish bilan birgalikda ularning oila va farzand tarbiyasidagi merosidan keng foydalanilgan. Qolaversa, tarixiy shaxslarni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasi ham ta’minlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Tarixiy shaxslarni davriy o’rganishda oila va farzand tarbiyasidan foydalanish»

Tarixiy shaxslarni davriy o'rganishda oila va farzand

tarbiyasidan foydalanish

Feruzabonu Ulug'bek qizi Baxriddinova

NamDU

Annotatsiya: Ushbu maqolada tarixiy shaxlarni davriy o'rganish bilan birgalikda ularning oila va farzand tarbiyasidagi merosidan keng foydalanilgan. Qolaversa, tarixiy shaxslarni o'rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasi ham ta'minlangan.

Kalit so'zlar: tarixiy shaxs, integratsiya, ta'lim, tarbiya, ijtimoiy-gumanitar fanlar, globallashuv

Use of family and child education in periodical study of

historical figures

Feruzabanu Ulugbek kizi Bakhriddinova

NamSU

Abstract: In this article, together with the periodical study of historical figures, their heritage in family and child education is widely used. In addition, the integration of modern pedagogical technologies in the study of historical figures is provided.

Keywords: historical person, integration, education, upbringing, social and humanitarian sciences, globalization

Hozirgi davrda kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar dunyoning g'oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o'zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqazo etmoqda. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ham bevosita ijtimoiy- gumanitar fanlarni puxta biladigan, huquqiy savodxonligi yuqori bo'lgan, jahon maydonida o'z bilimi orqali raqobatlasha oladigan, vatani hamda millatiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg'ularini namoyon eta olish hislatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan

Ta'lim jarayonida o'qituvchilarni ham o'quvchilarni ham barcha imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga harakat qilishlari muhim ahamiyatga ega, bunda dars jarayoniga interfaol metodlarni tatbiq qilish, xalqning milliy urf-odatlari va qadriyatlaridan, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy yodgorlik na'munalaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga va vaqtdan unumli foydalanishda har tomonlama yordam beradi.

Zotan, ta'lim-tarbiyada hikmat ko'p. Shuning uchun Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Az-Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Ulug'bek, Baxouddin Naqshband, Xo'ja Ahmad Yassaviy, imom at-Termiziy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy singari ko'plab daxolar ilm-fan, adabiyot, san'at, umuman madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qo'shganlar. Bu ulug' mutafakkirlar inson ma'naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniyat ongini, ma'daniy-ma'rifíy qarashlarini o'stirishda o'z asosiy rol o'ynadilar.

Ushbu allomalarimizning asarlari barcha sinf darsliklarida ham o'z aksini topgan. Hozirgi zamon ta'lim-tarbiyasi, istiqlol mafkurasi ana shu merosdan oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa, o'z oldiga qo'ygan maqsad-vazifalarini sharaf bilan bajarish mumkin. Chunki, ularning odobnomasi, ibratnomasi, bolalarni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma'naviyatimizning ustivor iymon-e'tiqodlarimizning butun bo'lishligini, qadrli qadriyatlarimizning qadrlanishi garovidir.

Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. O'zbek xalqining madaniy merosini o'rganishda va rivojlantirishda milliy o'ziga xosligi, ma'naviy xususiyatlari hisobga olinib ish ko'rilishi maqsadga muvofiq. Chunki, ma'naviyat bo'lmagan joyda rivojlanish ham, iymon va e'tiqod ham, vatan va erk tuyg'usi ham, xalqda diyonat-u adolat, do'stlik ham bo'lmaydi.

Sharq mutafakkirlarining shaxsga ta'lim berish, unda ijobiy sifatlarni shakllantirish borasidagi qarashlarining muhim unsuri sanaladi. Xususan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Qoshg'ariy, Yusuf Xos Xojib, Unsurul Maoliy Kaykovus, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning asarlarida bolalarni oila sharoitida mahnaviy-axloqiy tarbiyalashga oid g'oyalar keng yoritilib, bu boradagi samarali yo'llar ko'rsatib berilgan.

Agarda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o'z asarlarida ota-onalarni ikki toifa (tug'ilish otasi (ya'ni, biologik ota) bolaning jismoniy yaratilishi, unib-o'sishi uchun mas'ul bo'lsa, ta'lim beruvchi ota (ya'ni, mahnaviy ota) esa bolaning ruhiy jihatdan to'laqonli voyaga yetishi uchun javobgar kabi toifa)larga ajratgan

Abu Rayhon Beruniy inson tabiatining, eng avvalo, oila muhitida shakllanishini alohida qayd etib o'tgan. Alloma ota-onalarga bola ruhiyatini mo'htadil saqlashni tavsiya etadi. Bola ruhiyatini mo'htadil saqlash uni qattiq g'azablanish, qo'rqish, xafalik, jismoniy toliqish hamda uyqusizlikdan muhofazalash orqali tahminlanishini aytadi. Shuningdek, ota-onalarni bolalar xohlagan va ular uchun foydali bo'lgan narsasini topishga, ularni imkon qadar yoqtirmagan narsalaridan uzoqlashtirishga undaydi. Allomaning qayd etishicha, ota-onalar bolaga nisbatan bir xil munosabatda bo'lishlari uni to'g'ri tarbiyalash uchun nihoyatda ahamiyatli. Ota-onaning bolaga

nisbatan turlicha munosabatda bo'lishlari uning xulqida salbiy odatlar namoyon bo'lishi uchun sharoit yaratib beradi.

Abu Rayhon Beruniy bola xulq-atvorining mo'htadilligi uning jismonan va ruhiy sog'lomligi uchun muhim asos ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Shuningdek, alloma o'z asarlarida bolaning kamolga yetishida irsiyat, ijtimoiy muhit va tarbiyaning birdek tahsirga egaligini alohida ta'kidlab o'tgan.

Oilaning bola tarbiyasidagi roli masalasi buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o'rin egallaydi. Allomaning "Tadbiri al-manozil" nomli asarining alohida bobi oila tarbiyasini samarali tashkil etish masalalariga bag'ishlangan. Mutafakkir o'zining tibbiyotga oid bilim va hayotiy tajribalariga asoslangan holda "Tadbiri almanozil" asarida "Alla" qo'shig'ining bolani ruhiy va jismoniy kamolotga etishida muhim ahamiyatga ega omillardan biri sifatida ehtirof etadi. Abu Ali ibn Sino "Alla" qo'shig'i ikki muhim vazifaning hal qilinishini tahminlaydi. Birinchisidan, bolani tebratish unga jismoniy orom bag'ishlaydi; ikkinchisidan, beshikning bir maromda tebranishidan onaning mehri jo'sh uradi, farzandiga bo'lgan muhabbatdan onaning yuragida orzu, umidlar uyg'onadi. Sehrli, jozibali qo'shiq bolasi uchun qasida kabi yangraydi va farzandining murg'ak qalbiga singib boradi. Shu tarzda bolada u hali anglamagan holat paydo bo'ladi, asta-sekin borliqni anglay boshlaydi. Borliqning bu tarzda dastlabki anglanishi o'rganishning ilk bosqichidir. Bu bosqichda o'rganish asosida bola shaxsi shakllanib boradi. Alloma o'rganishning sezgiga asoslanini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Qolaversa, Abu Ali Ibn Sinoning yosh bolaning sezgirlik quvvati katta yoshli kishining sezgirligiga teng degan fikrni ilgari surgan.

Alloma bolani sekin-sekin tebratish va unga ohang yordamida alla aytish bola mijozining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi: "Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo'lgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab, bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan istehdodi hosil bo'ladi"1.

Ibn Sinoning yondashuviga ko'ra, bola tarbiyasida oila boshlig'i sifatida ota alohida rol o'ynaydi: "Agar oilada oila boshlig'i tajribasizlik, no'noqlik qilsa, u oila ahzolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi mumkin" Bola tarbiyasi samarali yo'lga qo'yilgan oilalargina baxtli bo'ladi. Zero, oilaning eng muhim vazifasi bolani har jihatdan to'g'ri kamolotga yetkazishdir. Ota-ona kim bo'lishidan qathiy nazar ushbu mahsuliyatli vazifani to'la-to'kis ado etishi lozim.

1 h6h Chho, A6y A^h. Th6 KOHyH^apu. 1-khto6. - TomRem: "®aH" HampuëTH, 1959. - 293-6e t.

"Tadbiri al-manozil" asarida farzandlarning to'g'ri kamolot topishi, kelajak taqdirining belgilanishida ular uchun ibrat bo'ladigan ota-onalar qiyofasida aks etishi zarur bo'lgan ijobiy fazilatlar sanab o'tiladi.

Ibn Sinoning alohida qayd etishicha, mehnat oilada bolani mahnaviyaxloqiy tarbiyalashda eng muhim vosita sanaladi. Bolalarda mehnatsevarlikni xislatini tarbiyalashda ota-onalarning farzandlar tomonidan muayyan kasbhunar asoslarining o'rganilishiga ehtibor qaratishlari muhimdir. Alloma mehnat insonni ulug'lasa, mehnat qilish ko'nikmalarini yoshlikdan o'zlashtirmaslik bolada salbiy odatlarning rivojlanishiga sharoit yaratadi. Mutafakkir er-xotinning bir-birlariga bo'lgan munosabatlari, birbirlarini hurmat qilishlari bola axloqining shakllanishiga ijobiy tahsir ko'rsatadi, deb hisoblaydi. Buning uchun ota-onaning har biri oilada mahlum vazifalarni bajarishi zarur. Xususan, erkak kishi, asosan, oilaning tahminotini yaratishi, ayol kishi esa oila boshlig'i topib kelgan mablag', moddiy nehmatlarni tejab-tergashi, uy-joylarni saranjom-sarishtaligini tahminlashi, farzandlar tarbiyasi bilan shug'ullanishi zarur.

Ibn Sino bola tarbiyasiga oid o'z fikr va mulohazalarni bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo'yishdan boshlashni lozim topadi hamda bolalarga yaxshi ism tanlashni ota-onaning dastlabki olijanob vazifalaridan hisoblaydi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning badiiy-ilmiy merosida ham oilaviy munosabatlar va oilada farzand tarbiyasini tashkil etish masalasi alohida o'rin egallagan. Uning fikricha, jamiyatning taraqqiyoti, istiqboli yoshlar kamoloti bilan bevosita bog'liq. Shu sababli bolani har jihatdan yetuk, oliyjanob qilib tarbiyalash ota-onalar oldida turgan eng muhim vazifadir. Alloma bolalarning tarbiyasida ota-onaning o'rni beqiyos ekanligini qayd etadi. "Mahbub-ul-qulub" asarida ayolning oiladagi, xususan, bolalarning tarbiyasidagi roli mashuliyatli ekanligini ta'kidlaydi: "Yaxshi xotin oilaning davlati va baxti, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo'lsa - ko'ngil ozig'i, xushmuomala bo'lsa, jon ozig'idir. Oqila bo'lsa, ro'zg'orda tartib-intizom bo'ladi. U beandisha bo'lsa, ko'ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo'lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo'r bo'lsa, uy obodligi yo'q oladi, aqlsiz bo'lsa, oila rasvo bo'ladi".

A.Navoiy o'z asarlarida oilada o'zaro kelishmovchiliklar, ota yoki ona, oilaning boshqa ahzolari xulqidagi illatlarning, qolaversa, ijtimoiy omillarning bola tarbiyasiga salbiy tahsirini ko'rsatib beradi. Shu bilan birga alloma bola shaxsida namoyon bo'ladigan yaxshi va yomon xulqlar, ularni kelib chiquvchi manbalarni ko'rsatib berar ekan, bolada yomon xulq paydo bo'lishining oldi olinmasa, u holda bora-bora illatga aylanishini alohida qayd etib o'tadi.

Mutafakkir o'zining "Mahbub-ul qulub" asarida komil insonga xos ijobiy fazilatlar haqida so'z yuritar ekan, asosiy ehtiborni har bir shaxs, shu jumladan, bolalarda ham ana shu ijobiy sifatlarni shakllantirishning ijtimoiy zaruriyat ekanligini

asoslab beradi. Bolalarning bilimli, oliyjanob va rostgo'y insonlar bilan izchil muloqotda bo'lishlari ularda halollik va to'g'riso'zlik sifatlarini tarbiyalashiga alohida urg'u berib o'tadi.

Oilaning har bir shaxs hayotidagi o'rni, oila muhitida tashkil etilayotgan tarbiyaning bola shaxsi shakllanishiga ko'rsatadigan tahsiri Abdulla Avloniy asarlaridan ham markaziy o'rin egallagan. Mahrifatparvarning "Turkiy guliston yoxud axloq" asari yaxlit holda komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo'lgan ijobiy fazilatlar, shuningdek, biologik va ijtimoiy omillar tahsirida shakllanishi mumkin bo'lgan salbiy illatlar, ular keltirib chiqaradigan oqibat xususidagi g'oyalarni ifodalaydi.

Alloma bola tarbiyasida u yashayotgan muhit, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, turmush tarzi qanchalik muhim bo'lsa, subhektlar, xususan, ota-onaning roli shunchalik ahamiyatli ekanlagini ko'rsatadi. Bolaning axloqi, xulq-atvoriga kuchli tahsir etuvchi shaxslar, eng avvalo, ota-onalar ekanligini ehtirof etgan holda ularni farzandlar tarbiyasida mashuliyatli bo'lishga chaqiradi.

Abdulla Avloniy o'z asarlarida Abu Ali ibn Sino kabi tana salomatligini ruhiyat sog'lomligi bilan uzviy bog'liq ekanligiga ehtiborni qaratadi. Mahrifatparvarning qayd etishicha, bolada ezgu fikr, yaxshi axloq va mahrifatga ega bo'lish uchun dastlab badanni tarbiya qilish zarurligini aytib, bolani sog'lom qilib tarbiyalash uchun ota-onani javobgar deb hisoblaydi.

Abu Nasr Farobiy "Insonni go'zal amallar qilishga yo'naltirilgan odat mahsuli bo'lishi uchun yetuk xulq lozim" deb ta'kidlagan. Odamlarning mehr-oqibati, oqilona munosabati, to'g'ri muloqoti, iltifoti, ehtiromi xalqimizning ichki go'zalligini, boy ma'naviy va ruhiy qiyofasini ifodalaydi. Kishining haqiqiy insonparvarligi, boy ma'naviy go'zalligi to'laligi bilan vatan, jamiyat manfaati yo'lida jon fido qilishida, inson osoyishtaligi, baxt-saodati yo'lida qayg'urishida o'z ifodasini topadi. Pok qalbli, sofdil, diyonatli, vijdonli, irodali, xalqimizning oliyjanobligi uning tanishga ham, begonaga ham beg'araz yordam qo'lini cho'zishida namoyon bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, nikoh, oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasi masalasi o'zbek xalqi tarixidan juda qadimdan o'rganib kelingan. Islom madaniyati g'oyalarini o'zida aks ettirgan Qur'oni Karimda, shuningdek, Sharq mutafakkirlarining asarlarida komil inson shaxsi, uni voyaga yetkazishda asosiy o'rinni egallovchi oila, unda tashkil etiladigan bolalar tarbiyasi masalalarining tahliliga alohida o'rin ajratilgan. Ularda qayd etilishicha, har bir oila jamiyatning kichik bir bo'g'ini. Minglab oilalarning o'zaro birlashuvi esa jamiyatni hosil qiladi. Shunday ekan, har bir oila, unda qaror topgan tarbiyaviy muhit bevosita jamiyatning taraqqiyotini belgilab beradi. Oila va jamiyatning o'zaro aloqadorligi o'z-o'zidan ota-onalar zimmasiga bolalar tarbiyasini to'g'ri tashkil etishdek muhim ijtimoiy vazifani yuklaydi. Ma'naviyatning qudratli kuchi shunda-ki, u barcha xalqlarni o'zaro birlashtirishda,

ular o'rtasida ahillikni kuchaytirishda, do'stlik, qarindoshlik, hamjihatlikka chorlaydi.Oilada esa bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim tarbiya olish sifatida hizmat qiladi.Xalqimizning boy va qadimiy tarixini moddiy va ma'naviy me'rosini, qadriyatlarni, urf-odatlari-yu an'analarini avloddan-avlodga asl holicha yetkazadigan milliy faxr sifatida avaylab-asraydigan va jahon miqyosida umuminsoniy qadriyat tarzida namoyish eta oladigan, shuningdek, jamiyatimizning farovonligi jahonda taraqqiy etadigan davlatlar sifatida o'rin olishi uchun to'la imkoniyat yaratmoq niyatida mehnat qiladigan ham ma'naviy, ham jismoniy jihatdan sog'lom avlodni tarbiyalab yetishtirish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

2. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

3. Nishonova M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

4. кизи Ахмедова, Д. С., & кизи Камолова, А. О. (2022). УСМИРЛАРДА МЕЪЁРДАН ХУЩИЙ ОЕИШ ХОЛАТЛАРИНИ КОРРЕКЦИЯЛАШ ЖАРАЁНЛАРИДА ХУ^У^ИЙ САВОДХОНЛИКНИНГ АХАМИЯТИ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 413-416.

5. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). USING CASE STADE TECHNOLOGY IN LEGAL EDUCATION FOR TEENAGERS. Экономика и социум, (8), 42-45.

6. Bannayev, M. S. (2022). O'zbeksitonda psixologik diagnostika va psixologik korreksion faoliyatni amalga oshirishdagi muammolar va yechimlar. Science and Education, 3(6), 7017. K.Abdullayeva, M.Usmonova Xalq pedagogikasi "Usmon Nosir",Namangan-

2022

8. Ибн Сино, Абу Али. Тиб конунлари. 1-китоб. - Тошкент: "Фан" нашриёти, 1959. - 293-бе т.

9. Kosimova, M. B. (2020). THE EDUCATIONAL VALUE OF THE WORK "QUTADG'U BILIG". Экономика и социум, (10 (77)), 203-209.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.