Научная статья на тему 'OILА JАMIYATNING АSOSIY BOʼGʼINI VА TАYANCHIDIR'

OILА JАMIYATNING АSOSIY BOʼGʼINI VА TАYANCHIDIR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1859
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / jamiyat / oila kuch / aqlzakovat / erkak / ayol / tarbiya / ajrim / baxt / mehr / ziddiyat / muhabbat. / person / society / family / strength / intelligence / man / woman / upbringing / separation / happiness / kindness / conflict / love.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Z. Yavkacheva

Maqolada oilaning asosiy jihatlari boʼlgan islomda oilaning oʼrni,oilaning jamiyatdagi ahamiyati, Sharq mutafakkirlarining oila toʼgʼrisida fikrlari, erkak va ayol kishining oiladagi vazifalari, oilaviy ajrimlar toʼgʼrisida fikr yuritilgan. Inson zaif holda dunyoga keladi. Bu holda insonga kuch, yordam, ong, aql – zakovat kerak boʼladi. Buni esa yillar davomida tarbiya orqali olinadi. Oila – odam oʼzida olijanoblikni shakllantiradigan eng birinchi muhitdir. Oilada baxtimiz mukammal boʼlishi uchun atrofimizdagi odamlarning xayrixohligi va yordamiga muhtoj boʼlamiz. Аtrofimizdagi odamlar esa biz ularning baxti yoʼlida ter toʼkishiga qay darajada tayyor tursak, ular ham shu darajada bizni sevishi va hurmat qilishi, rejalarimizda yordamlashishi lozim. Bu zaruriy aloqani davom ettirishda insonlar maʼnaviy burch va maʼnaviy vazifa ekanligini his qila olsalar, oilaviy ajrimlar kamayishiga bir imkon yaratiladi. Oilaviy ajrimlar bugungi kunda dolzarb muammo, jamiyatimizning ogʼriqli nuqtasiga aylanib ulgurdi. Yurtimizda jar yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrab qolishga, bolalarni tirik yetim, onalarni toʼl qilmaslikka jiddiy eʼtibor qaratilayapti. Mahalla faollari, diniy ulamolar, maʼnaviyat va maʼrifat targʼibotiga daxldor tashkilotlar va keng jamoatchilik saʼy-harakatlariga qaramay, afsuski, oilaviy ajrimlar soni keskin kamaymayapti. Shu oʼrinda bir savol tugʼiladi: Xoʼsh, nega ajrimlar, oilada nizoli holatlar vujudga kelyapti? Oqibatlari oʼrganilganda, oilalarning ajralib ketishiga moddiy yetishmovchilik, uchinchi shaxs aralashuvi, befarzandlik, jufti haloliga xiyonat, uzoq vaqt birga yashamaslik, oʼzaro bir-birini tushunmaslik sabab boʼlayotgani oydinlashadi. Tan olish kerak, oilalarning buzilib ketishiga qaynona-kelin munosabatlarining yomonlashuvi, achinarlisi, jahl ustida aytilgan birgina achchiq gap ham sabab boʼlmoqda. Qolaversa, ajrashish holatlari oilalardagi kelishmovchiliklar, oʼzaro muhabbatning yeoʼqligi, feʼl-atvorning toʼgʼri kelmasligi, er yoki xotinning kasalligi, achinarlisi, ayrim yigitlarning ichkilikbozlik, giyohvandlikka berilib ketishi yoki boshqa ayollar bilan hayot kechirishi natijasida ham kelib chiqmoqda. Shu sababli ziddiyatlarning turlari va kelib chiqish sabablari pedagogik – psixologik nuqtai nazardan oʼrganilib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FAMILY IS THE MAIN PILLAR AND SUPPORT OF SOCIETY

The article examines the role of the family in Islam as the main aspects of the family, the importance of the family in society, the opinions of Eastern thinkers about the family, the responsibilities of men and women in the family, family differences. A person is born weak. In this case, a person will need strength, help, intelligence, intelligence. And it turns out through years of upbringing. The family is the very first environment in which a person forms nobility in himself. In order for our happiness in the family to be perfect, we will need the goodwill and support of the people around us. And to the extent that the people around us are ready for the fact that we will sweat on the way to their happiness, they should also love and respect us, help us in our plans. When people can feel that it is a spiritual duty and a spiritual duty to maintain this necessary connection, an opportunity is created to reduce family differences. Family disagreements have become an urgent problem today, a painful moment in our society. In our country, serious attention is paid to the preservation of families, surviving orphans, mothers.Despite the efforts of local activists, religious clergy, organizations engaged in the promotion of spirituality and education, as well as the general public, unfortunately, the number of family divisions is not decreasing. This is where the question arises: so why are there discord, conflict situations in the family? When studying the consequences, it becomes obvious that the reason for the separation of families is material insufficiency, the intervention of a third person, infertility, betrayal of the honor of their couple, prolonged absence of living together, mutual misunderstanding of each other. Admittedly, the breakdown of families is caused not only by the deterioration of relations between relatives, but also, unfortunately, by one bitter phrase uttered over anger.In addition, divorce cases also arise due to disagreements in families, lack of mutual love, inconsistency of character, illness of the husband or wife, sadness, addiction of some guys to alcohol, drugs or life with other women. Therefore, the types and causes of conflicts were investigated from a pedagogical and psychological point of view.

Текст научной работы на тему «OILА JАMIYATNING АSOSIY BOʼGʼINI VА TАYANCHIDIR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

OILA - JAMIYATNING ASOSIY BO'G'INI VA TAYANCHIDIR Zulxumor Abdurasilovna Yavkacheva

Toshkent Davlat Transport Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7441810 Annotatsiya. Maqolada oilaning asosiy jihatlari bo'lgan islomda oilaning o'rni,oilaning jamiyatdagi ahamiyati, Sharq mutafakkirlarining oila to'g'risida fikrlari, erkak va ayol kishining oiladagi vazifalari, oilaviy ajrimlar to'g'risida fikryuritilgan. Inson zaif holda dunyoga keladi. Bu holda insonga kuch, yordam, ong, aql - zakovat kerak bo'ladi. Buni esa yillar davomida tarbiya orqali olinadi. Oila - odam o'zida olijanoblikni shakllantiradigan eng birinchi muhitdir. Oilada baxtimiz mukammal bo'lishi uchun atrofimizdagi odamlarning xayrixohligi va yordamiga muhtoj bo'lamiz. Atrofimizdagi odamlar esa biz ularning baxti yo'lida ter to'kishiga qay darajada tayyor tursak, ular ham shu darajada bizni sevishi va hurmat qilishi, rejalarimizda yordamlashishi lozim. Bu zaruriy aloqani davom ettirishda insonlar ma'naviy burch va ma'naviy vazifa ekanligini his qila olsalar, oilaviy ajrimlar kamayishiga bir imkon yaratiladi. Oilaviy ajrimlar bugungi kunda dolzarb muammo, jamiyatimizning og'riqli nuqtasiga aylanib ulgurdi. Yurtimizda jar yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrab qolishga, bolalarni tirik yetim, onalarni to'l qilmaslikka jiddiy e 'tibor qaratilayapti. Mahalla faollari, diniy ulamolar, ma'naviyat va ma'rifat targ'ibotiga daxldor tashkilotlar va keng jamoatchilik sa'y-harakatlariga qaramay, afsuski, oilaviy ajrimlar soni keskin kamaymayapti. Shu o'rinda bir savol tug'iladi: Xo'sh, nega ajrimlar, oilada nizoli holatlar vujudga kelyapti? Oqibatlari o'rganilganda, oilalarning ajralib ketishiga moddiy yetishmovchilik, uchinchi shaxs aralashuvi, befarzandlik, jufti haloliga xiyonat, uzoq vaqt birga yashamaslik, o'zaro bir-birini tushunmaslik sabab bo'layotgani oydinlashadi. Tan olish kerak, oilalarning buzilib ketishiga qaynona-kelin munosabatlarining yomonlashuvi, achinarlisi, jahl ustida aytilgan birgina achchiq gap ham sabab bo'lmoqda. Qolaversa, ajrashish holatlari oilalardagi kelishmovchiliklar, o'zaro muhabbatningyeo'qligi, fe'l-atvorning to'g'ri kelmasligi, er yoki xotinning kasalligi, achinarlisi, ayrim yigitlarning ichkilikbozlik, giyohvandlikka berilib ketishi yoki boshqa ayollar bilan hayot kechirishi natijasida ham kelib chiqmoqda. Shu sababli ziddiyatlarning turlari va kelib chiqish sabablari pedagogik -psixologiknuqtai nazardan o'rganilib chiqildi.

Kalit so'zlar: inson, jamiyat, oila kuch, aql- zakovat, erkak, ayol,tarbiya,ajrim, baxt, mehr,ziddiyat, muhabbat.

СЕМЬЯ - ГЛАВНОЕ ЗВЕНО И ОПОРА ОБЩЕСТВА Аннотация. В статье рассматривается роль семьи в исламе как основных аспектов семьи,значение семьи в обществе, мнения восточных мыслителей о семье, обязанности мужчины и женщины в семье, семейные различия. Человек рождается слабым. В этом случае человеку понадобятся сила, помощь, ум, интеллект. И это получается через годы воспитания. Семья-это самая первая среда, в которой человек формирует в себе благородство. Чтобы наше счастье в семье было идеальным, нам потребуется доброжелательность и поддержка окружающих нас людей. И в той мере, в какой окружающие нас люди готовы к тому, что мы будем потеть на пути к их счастью, они также должны любить и уважать нас, помогать нам в наших планах. Когда люди могут чувствовать, что это духовный долг и духовный долг при поддержании этой необходимой связи, создается возможность для уменьшения семейных различий. Семейные разногласия стали сегодня актуальной проблемой,

1884

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

болезненным моментом в нашем обществе. В нашей стране уделяется серьезное внимание сохранению семей, оставшихся в живых сирот, матерей.Несмотря на усилия местных активистов, религиозных священнослужителей, организаций, занимающихся пропагандой духовности и просвещения, а также широкой общественности, к сожалению, количество семейных разделений не сокращается. Тут-то и возникает вопрос: так почему же возникают раздоры, конфликтные ситуации в семье? При изучении последствий становится очевидным, что причиной разлуки семей является материальная недостаточность, вмешательство третьего лица, бесплодие, предательство чести своей пары, длительное отсутствие совместной жизни, взаимное непонимание друг друга. По общему признанию, распад семей вызван не только ухудшением отношений между родственниками, но и, к сожалению, одной горькой фразой, произнесенной над гневом.Кроме того, случаи развода также возникают из-за разногласий в семьях, отсутствия взаимной любви, несоответствия характера, болезни мужа или жены, печали, пристрастия некоторых парней к алкоголю, наркотикам или жизни с другими женщинами. Поэтому виды и причины возникновения конфликтов исследовались с педагогико - психологической точки зрения.

Ключевые слова: человек, общество, семья, сила, интеллект, мужчина, женщина, воспитание, разделение, счастье, доброта, конфликт, любовь.

THE FAMILY IS THE MAIN PILLAR AND SUPPORT OF SOCIETY

Abstract. The article examines the role of the family in Islam as the main aspects of the family, the importance of the family in society, the opinions of Eastern thinkers about the family, the responsibilities of men and women in the family, family differences. A person is born weak. In this case, a person will need strength, help, intelligence, intelligence. And it turns out through years of upbringing. The family is the very first environment in which a person forms nobility in himself. In order for our happiness in the family to be perfect, we will need the goodwill and support of the people around us. And to the extent that the people around us are ready for the fact that we will sweat on the way to their happiness, they should also love and respect us, help us in our plans. When people can feel that it is a spiritual duty and a spiritual duty to maintain this necessary connection, an opportunity is created to reduce family differences. Family disagreements have become an urgent problem today, a painful moment in our society. In our country, serious attention is paid to the preservation of families, surviving orphans, mothers.Despite the efforts of local activists, religious clergy, organizations engaged in the promotion of spirituality and education, as well as the general public, unfortunately, the number of family divisions is not decreasing. This is where the question arises: so why are there discord, conflict situations in the family? When studying the consequences, it becomes obvious that the reason for the separation of families is material insufficiency, the intervention of a third person, infertility, betrayal of the honor of their couple, prolonged absence of living together, mutual misunderstanding of each other. Admittedly, the breakdown of families is caused not only by the deterioration of relations between relatives, but also, unfortunately, by one bitter phrase uttered over anger.In addition, divorce cases also arise due to disagreements in families, lack of mutual love, inconsistency of character, illness of the husband or wife, sadness, addiction of some guys to alcohol, drugs or life with other women. Therefore, the types and causes of conflicts were investigated from a pedagogical and psychological point of view.

1885

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Keywords: person, society, family, strength, intelligence, man, woman, upbringing, separation, happiness, kindness, conflict, love.

KIRISH

Dunyoda hamma narsa juft-juft yaratilgan: oy va quyosh, kecha va kunduz, yer va osmon, erkak va ayol, musbat va manfiy va hokazo.Mavjudotlar hayotda mana shu juftlik bilangina barqaror bo'ladilar.Ushbu juftlikni inson misolida oladigan bo'lsak, er kishi turmushda faqat o'z jinsining jufti bo'lgan ayoli bilan taskin va rohat topishi mumkin. Yolg'iz holda o'z saodatini his qila olmaydi. Taqdir qilgan hayoti juftisiz barqaror bo'lmaydi.Äna shunday juftlik sanalgan erkak va ayolning ilohiy nikoh rishtalari tufayli bir xonadonda, bir oilada ahl - totuv yashashlari, nasl davomiyligini ta'minlab, umrguzaronlik qilishlari haqiqatan ajoyib hikmatga dalolatdir.Inson oilada tug'ilib, ulg'ayadi,shaxs sifatida shakllanadi, mehnat jamoasida shakllanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ävlodlarimiz Yusuf Xos Hojibning " Qutadg'u bilik", Kaykovusning " Qobusnoma", Älisher Navoiyning " Mahbubul qulub " kabi qimmatli asarlari asosida o'z ma'naviy - axloqiy hayotlarini qurishgan, shu asarlarga asoslanib farzand tarbiyalashgan. Yoshlarning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini bag'ishlagan allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq masalalarga alohida o'rin berilgan. Sharq mutafakkirlarining Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Maxmud Qoshg'ariy, Kaykovuslarning g'oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo'lganki ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo'yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va ahloqiy kamolotida oilaning o'rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo'naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e'tibor berganlar.Zardushtiylikning qadimiy kitobi "Avesto"da oila muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning teng mas'ulligi, farzand tarbiyasi to'g'risidagi fikrlar bayon etilgan. Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida Sharq mutaffakkirlaridan biri Abu Ali Ibn Sino barcha hodisalarning ilmiy mohiyatini ochib borishga harakat qilgan. Ibn Sinoni pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda qurilgan bo'lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilning qo'llanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi ota-onalarga bolani tana jazosidan ko'ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash ma'qulligini uqtirgan. Mutaffakkirning qalamiga mansub bo'lgan "Donishnoma", "Risolayi ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo'jaligi"kabi qator asarlari O'rta Osiyo xalqlari axloq-odobi, psixologiyasi va tabobat olamida alohida o'rin tutgan yirik ilmiy tadqiqotlar hisoblanadi.

Har bir millatning o'ziga xos xarakteri, har bir millat oilasining o'ziga xos xususiyatlari bo'ladi. Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 63-modda) ekanligi ta'kidlab o'tilgan. Oila va uning jamiyat hayotidagi o'rni beqiyos bo'lib, Konstitutsiyaning 14-bobida 63- 64- 65- 66- moddalar maxsus oilaga bag'ishlangan. Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligi, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov o'zbek xalqi to'g'risida quyidagi fikrlarni iftixor hislariga to'lib - toshib o'z maqolalarida yozib qoldirgan:_

1886

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

" Biz Turkiston tog'lari va keng cho'llarida birga yashaymiz, bolalikdan qadim tarix va madaniyatga ega o'zbek xalqiga hurmat ruhida tarbiyalanganmiz. O'zbek o'zining go'zal milliy xususiyatlari bilan hech qanday shak - shubhasiz barcha tan olgan hurmatga loyiq". Shu bilan birga bolalar va o'smirlaming jismonan sog'lom, baquvvat, ruhan va ma'nan yetuk inson bo'lib o'lg'ayishlari uchun " Oila yili", " Ayollar yili" " Onalar va bolalar yili", " Yoshlar yili ", " Barkamol avlod yili "

" Mustahkam oila yili"deb e'lon qilindi va ularga taalluqli ishlab chiqilgan Davlat dasturlari doirasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jamiyatning eng muhim bo'lagi hisoblangan oila, oila mustahkamligi nikoh vositasida yuzaga kelishi, ko'p asrlar mobaynida xalqimiz orasida rioya qilinib kelinayotgan shar'iy nikoh asli umuminsoniy qadriyatlar asosida oilani mustahkamlashga qaratilgani, buning natijasida oilada barqarorlik va sog'lom turmush tarzi hukm surishi, bu esa o'z navbatida, jamiyat va davlat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Dinimizda oila qurishga erkak va ayol birdek targ'ib qilingan.Oila qurmasdan, tarkidunyochilik yo'lini tutish qoralanib, buning aksi bo'lgan nikoh ibodat darajasiga ko'tarilgan. Oila pok yo'l bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi.Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi va nikohni insoniy aloqalarning eng muhimi sifatida yuksak qadrlaydi. Nikoh shariatga muvofiq bo'lishining uchta asosiy sharti bor:

1. "Ijob va qabul ", ya'ni, ikki tarafning biridan taklif, ikkinchisidan esa uni qabul qilish. Ijob va qabul ochiq so'zlar bilan izhor qilinishi kerak.

2. Nikoh chog'ida ikki erkak guvohning hozir bo'lishi. Guvohlarsiz qilingan nikoh hisobga o'tmaydi.

3. Mahr belgilanishi, ya'ni, er xotinga beradigan sovg'aning miqdori yoki ko'rinishi aniqlab olinishi kerak.

Hozirgi vaqtda oila mustahkamligi, kelin - kuyovning baxtli, tug'ilajak zurriyodlarning sog'lom bo'lishini o'ylab, davlatimiz nikoh oldidan kelin- kuyovni tibbiy ko'rikdan o'tkazishdir. Zero, oila katta jamiyatning bir bo'lagi hisoblanadi. Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalar mustahkamligining o'rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog'lomligiga bog'liq bo'lganidek, butun organizm o'z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishda har bir hujayraning munosib o'rni bo'lganidek, oila xam davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi xujayradir. Har bir oilaning sog'lom bo'lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning xukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so'ng o'zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o'z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta'minlovchi, hal qiluvchi omil bo'lgan inson kamolotida oilaning tutgan o'rni beqiyosdir.. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to'sqinlik qiluvchi, uning inqirozga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi kattadir. Oilaning psixologik muhiti asosan quyidagilar bilan belgilanadi:

-o'zaro munosabatdan, mehnatdan, birga bajariladigan ishlardan qoniqish;

- bir - birini tushunish;

- emotsional xolatning, kayfiyatning barqarorligi;

- birdamlik, jipslik;

- oilani va o'zini o'zi boshqarishda qatnashish darajasi;

1887

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- o'zaro munosabat.

Chunki nosog'lom psixologik muhitli, nizo-janjalli, o'zaro mehr-muhabbatsiz muhitda dunyoga kelib, shakllangan bola, keyinchalik nafaqat o'z ota-onasi, aka-ukalariga mahalla -kuyga nisbatan balki atrofdagilarga qolaversa, o'zi yashayotgan jamiyatga nisbatan ham mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xudbin, yurt manfaatlariga zid, tashqi kuchlar ta'siriga oson beriluvchan, shu asosda esa o'z oilasi, o'z xalqi, o'z yurti uchun xavfli odam bo'lib yetishishi mumkin. Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligi, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi.Shu sababli nikoh qurayotgan yoshlarning temperamentini tahlil qilib, turli tipdagi temperamentlarni ko'rishimiz mumkin.Masalan, xolerik - xolerik, xolerik - sangvinik, xolerik-flegmatik, xolerik - melanxolik, sangvinik - sangvinikdir.Masalan, xolerik erga xos xususiyatlar: serharakatlik, faoliyatga tez kirishib ketish, yetakchi bo'lishga intilish, turli narsalarga qiziqish, ko'pchilik orasida bo'lishni, baland ovozli musiqani yoqtirish. Melanxolik xotinga xos xususiyatlar: notanish kishilar orasida o'zini nihoyatda noqulay sezadi, ko'pchilik orasida tez charchaydi, faoliyatga tez kirisha olmaydi, yangi vaziyatga tez moslasha olmaydi, harakatlari sekin va vazmin bo'ladi, ya'ni eriga qarama - qarshi xususiyatga ega bo'ladi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun mustaqilligimiz istiqbollari uchun jiddiy xavf tug'dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda oilalar mustahkamligini ta'minlash va bu masalani to'g'ri hal etishning asosiy yo'li bo'lmish yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo'lmaydigan, sustkashlikka yo'l qo'yib bo'lmaydigan, o'ta jiddiy yondashishlarni talab etuvchi davlat, hukumat miqyosidagi dolzarb masaladir. Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiyatimizning xar bir fuqarosi, ota-onalar, mahalla xamma birdek mas'uldir. Chunki insoniyat va jamiyatimiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qilishimizga bog'liq. Oilada sog'lom muhitni shakllantirishda zarur bo'lgan shartlar quyidagilardan iborat:

l.Oila bir biriga munosib odamlardan tashkil topishi kerak, chunki er-xotin orasida boylik, ilm va hokazolarda katta farq bo'lsa, ular bir- birlarini tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

2. Er va xotin bir - birlarini hurmat qilishlari va oila ishlarida bir - birlariga yordamchi bo'lishlari lozim. Ma'lumki, er kishining kuni ko'chada, ishxonada o'tadi. Ishlari yaxshi bo'lsa, kayfiyati ham shunga yarasha bo'ladi. Bordi-yu ishlari yurishmay qolsa, tashvishlanadi, ruhan tushkunlikka tushadi.Bunday holatda ayol kishining donoligi ish berishi kerak, ya'ni erining kayfiyatini chiroyli so'zi, shirin muomalasi bilan ko'tarishi zarur. Ayol betoblanib yo boshqa biror sabab bilan uy ishlarini ado etolmay qolganida, er kishi xotiniga uy yumushlarida yordamlashib yuborsa, oilada barqarorlik, totuvlik vujudga keladi. Ba'zi hollarda xotini kasal bo'lib qolganida unga e'tibor qaratmaslik yoki kasalligini gapirib, diliga ozor berish erkak kishiga munosib ish emas. Shuningdek, ayrim oilalarda kuzatiladigan, ayoli kasal bo'lib qolsa, ota - onasinikiga olib borib qo'yib,tuzalganidan keyin uyga olib kelish holatlari erkaklik g'ururiga mutlaqo isnod hisoblanib, bu narsa oqibatda oilaning mustahkamligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oiladagi har qanday vaziyatda er - xotin bir - birlarini qo'llab - quvvatlashlari kerak.Oila a'zolarining sog'lom bo'lishi oila mustahkamligini ta'minlovchi eng muhim omillardan hisoblanadi. Aqlan o'ylab ko'rilganida ham, oilada erning eng yaqin kishisi ayolidir.Yaqin kishisi yordamga muhtoj bo'lib turgan bir paytda, uning uzoqdagilarga yaxshilik

1888

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qilishi yoki ayolining yaqin kishisi o'zi bo'lgani holda, boshqalarning yordam berishiga tashlab qo'yishi chiroyli ish sanalmaydi.

3. Er - xotin o'zaro totuv yashashi, bir - birining erkalik va injiqliklarini ko'tarishi lozim.Eng avvalo, ayollarga chiroyli muomala ko'rsatish, shirinso'z bo'lish va har tomonlama yaxshilik qilish lozim.Garchi ularning fe'l- atvorlarida biror harakat yoqmagan taqdirda ham qo'pollik qilmasdan, shirinso'zlik bilan kamchiliklarini aytish, uni tuzatishga ko'maklashish kerak bo'ladi.Ayollarning xulqlarida bir emas, bir necha yaxshilik borligi ma'lum. Oila saranjom

- sarishtaligi, kiyim - kechak va uylarning ozodaligi, taom tayyorlash borasidagi xizmatlari va eng muhimi, to'g'ri tarbiya berilgan, ko'zlar quvonchi bo'lmish solih farzandni voyaga yetkazishlari shunday yaxshiliklar sirasiga kiradi.Arzimas aybi uchun, farzandlaringiz onasi, kechalari uxlamay bola katta qilgan, sahar turib uyingizni supurgan, kiyimingizni tozalib, sizga shirin - shirin taomlar tayyorlab bergan zaifa ayolga kuchingiz yetdimi? Albatta, ayol kishining aybi bo'lishi mumkin. Xatolar takrorlanmasligi uchun shunga yarasha sharoit yaratib berish erkak kishining vazifasi ekanini unutmaslik lozim.

4. Ro'zg'or boshlig'i erkak kishi o'z oilasida rahbar bo'lib, barcha qo'l ostidagilar, ya'ni xotini, farzandlarining moddiy va ma'naviy tomondan ta'minotchisi hisoblanadi. Bu muqaddas dargohning sultoni bo'lmish ota oila a'zolarining barcha zaruriy ehtiyojlarini qondirishi lozim.Erkak kishi oilasiga nisbatan barcha mas'uliyatni his etishi va o'zining oilada ustun ekanini hech qachon unutmasligi kerak.Haqiqatda, erkak zoti ayol kishidan ba'zi xususiyatlari ortiq qilib yaratilganiga hech shubha yo'q. Tafsirlarda, jumladan, shar'iy nuqtai nazardan erkaklarga xos quyidagi afzallik xususiyatlari qayd etilgan: payg'ambarlik, o'rinbosarlik, jismoniy kuch - quvvat, oila nafaqasiga mas'ullik, aqlu idrok, xotira va tafakkurning ziyodaligi,janglarda qatnashish va boshqalar.

5. Ayol kishi oilasining ichki holatlariga mas'ul.Uy ishlarini ayol kishi qiladi, poklikka, tinchlikka javob beradi.Boshqa vazifasi, farzand ko'rish,unga tarbiya berishdir.Farzand to'g'risida so'z ketganda, oila qurish va solih farzandlar ko'rishni orzu qilmagan inson bo'lmasa kerak. Farzandingizning yaxshi, odobli, mehnatsevar, sog'lom bo'lib o'sishi ko'p jihatdan onasiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun dinimiz bo'lg'usi kelinni tanlashda alohida e'tibor qilinadi. Kelajakda tug'ilajak farzandlarga munosibona tanlash haqida farzand hali tug'ilmasidan qayg'uriladi.Kelin tanlashda uning sog'lom bo'lishiga e'tibor berish lozim.Chunki uylanishdan asosiy maqsad naslni davom ettirishdir. Biroq ota - onaning vazifasi farzandini dunyoga keltirishdangina iborat degan fikrga borish ham to'g'ri emas. Ota - onalar bolaning tabiati, xulq

- atvori shu oiladagi muhitga qarab shakllanishini esdan chiqarmasliklari zarur.Ular o'z farzandlarini aqlli, es - hushli, jismonan sog'lom, diyonatli, e'tiqodli, jamiyat va millatga foydasi tegadigan insonlar qilib tarbiyalash haqida qayg'urishlari kerak.Tarbiyadan tashqaridan bo'ladigan salbiy ta'sir eng katta xatardir. Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yo'l qo'yilmagach, u o'z qiziqish va rag'batlarini qondiradigan sabablarni tashqaridan izlay boshlaydi. Demak, ota - ona farzandining tashqi hayotiga ham katta e'tibor qaratishi talab etiladi.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlardan quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: shunday vaziyatlarda azal-azaldan oila keksalari, mahalla nuroniylari tomonidan uchqunning alanga olmasligi choralari ko'rilgan. Ya'ni yoshlarga pand-nasihatlar, ibratli voqealar so'zlab berilgan. O'ylanmay tashlangan qadamlarning og'ir oqibatlari va asoratlari haqida ogohlantirilgan. Xo'sh, bugun-chi?

1889

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yo yoshlar keksa ota-onalari, mahalla oqsoqollari gaplariga quloq solishmayapti yoki hayotiy tajribasi boy nuroniylarimiz yoshlarga pand-nasihatlar qilishni unutib qo'yishgan.Ajrimlarning yana bir jiddiy sababi o'tkinchi hoyu-havaslar ortidan qarzga botib qolish hisoblanadi. "Shohona" yashash, qimmat mashina minish, dang'illama to'ylaru- ziyofatlar qilish niyatida bemaqsad, rejasiz qarz va kreditlar olish, so'ngra uni qaytarolmagani uchun yuzaga keladigan noxush vaziyatlar oilaviy ajrimlarning sabablaridan biriga aylanayotgani ham bor gap. Nahotki qarzga botishdan oldin ularning atrofida "Ko'rpangga qarab oyoq uzat" degan naqlning mag'zini chaqib beradigan birorta nuroniy hozir bo'lmagan bo'lsa?! Har bir oilaviy ajrimga jamiyatning katta fojiasi sifatida qaraladigan fursat yetib keldi. Har bir insonning oilaviy baxt topishga, hayotini tinchlik-totuvlikda kechirishga haqqi bor.Oilaning mustahkamligida ikki yoshning oilaviy hayotdan qoniqishida, oilada axloqiy - psixologik muhitning yaxshi bo'lishida dunyoqarash, xarakter, hayotiy qadriyatlarga bir xil amal qilish ahamiyati g'oyat kattadir.Xonadonlarda baqir-chaqirlar emas, farzandlarning quvnoq kulgusi yangrab turishi yo'lida fidoyi va faolroq bo'laylik. Zero, bu bizning ma'naviy burchimizdir.

REFERENCES

1. Abdurauf Fitrat, " Oila", T., " Ma'naviyat", 2000.

2. Ta'lim-tarbiya uzluksizligi va uzviyligida integratsiya yondashuvlar variativligi. Ilmiy-uslubiy maqolalar toplami. -Toshkent, "Noshirlik yogdusi" , 2019.

3. T.Maqsudov ,." Oila etikasi va psixologiyasi",T.: " O'qituvchi", 1991.

4. U.Alimov ," Oilada farzand tarbiyasi", T.," Movarounnahr", 2017.

5. Sh.SAytdjanov , B.A. Mirsalixov," Tarbiya - inson hayotida muhim omilidir". Talaba -yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammolari ( Respublika ilmiy - amaliy anjuman materiallari) 24-25 noyabr, 2018.

1890

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.