Научная статья на тему 'АXBOROTLАSHGАN JАMIYATDА SHАXS VА OILА, ULАRNING O‘ZIGА XOSLIGI'

АXBOROTLАSHGАN JАMIYATDА SHАXS VА OILА, ULАRNING O‘ZIGА XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
479
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maʼnaviyat / inson / shaxs / jamiyat / maʼnaviy salohiyat / yetuklik / axborotlashgan jamiyat / texnika / texnologiya. / Spirituality / person / personality / society / spiritual potential / maturity / information society / technique / technology.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. Raximbabayeva

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida oila va shaxs uzviyligi, hamda ularning oʼzaro munosabatida texnika texnologiyalar taraqqiyotining taʼsiri yoritilgan. Qadimdan shaxs maʼnaviyati mohiyatan jamiyat mazmuni asosida rivojlanib kelgan, xattoki shaxs gʼoyasi jamiyatni tubdan oʼzgartirishga, taraqqiy ettirishga taʼsir etgan. Kishilik tarixida oʼquv adabiyotlarda shaxs oʼz yoʼnalishi, tadqiqot obʼekti va maqsadlarini ifodalagan holda turli talqinlarga ega boʼlgan. Ushbu maqolada talqinlarning ayrimlari keltirilgan. Maqolada shaxs, oila, jamiyat tushunchalarining taʼriflari bir biri bilan uzviylikda yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERSONALITY AND FAMILY IN THE INFORMATION SOCIETY, THEIR FEATURES

This article highlights the impact of technology development on the development of the information society and the unity of the family and the individual, as well as their interaction. Since ancient times, the spiritual side of the individual has developed essentially based on the content society, sometimes the ideas and customs of the individual radically influenced the development and change of society. In the history of personality, a person had various interpretations in the education literature, expressing his orientation, object of study and goals. The article highlights the definitions of the concepts of man, family, society in harmony with each other.

Текст научной работы на тему «АXBOROTLАSHGАN JАMIYATDА SHАXS VА OILА, ULАRNING O‘ZIGА XOSLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA SHAXS VA OILA, ULARNING O'ZIGA XOSLIGI

Raximbabayeva Nigora Abdurasulovna

Nizomiy nomidagi TDPU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7311849

Annotatsiya. Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida oila va shaxs uzviyligi, hamda ularning o'zaro munosabatida texnika texnologiyalar taraqqiyotining ta'siri yoritilgan. Qadimdan shaxs ma'naviyati mohiyatan jamiyat mazmuni asosida rivojlanib kelgan, xattoki shaxs g'oyasi jamiyatni tubdan o'zgartirishga, taraqqiy ettirishga ta'sir etgan. Kishilik tarixida o'quv adabiyotlarda shaxs o'z yo'nalishi, tadqiqot ob'ekti va maqsadlarini ifodalagan holda turli talqinlarga ega bo'lgan. Ushbu maqolada talqinlarning ayrimlari keltirilgan. Maqolada shaxs, oila, jamiyat tushunchalarining ta'riflari bir biri bilan uzviylikda yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ma'naviyat, inson, shaxs, jamiyat, ma'naviy salohiyat, yetuklik, axborotlashgan jamiyat, texnika, texnologiya.

ЛИЧНОСТЬ И СЕМЬЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ОБЩЕСТВЕ, ИХ

ОСОБЕННОСТИ

Аннотация. В данной статье освещается влияние развития технологий на развитие информационного общества и единство семьи и личности, а также их взаимодействие. С древних времен духовная сторона личности развивалась по существу исходя из содержания общества, иногда идеи и нравы личности коренным образом влияло на развитию и изменению общества. В истории личности человек имел различные трактовки в учебной литературе, выражающие его направленность, объект исследования и цели. В данной статье представлены некоторые толкования. В статье выделены определения понятий человек, семья, общество в гармонии друг с другом.

Ключевые слова: Духовность, человек, личность, общество, духовный потенциал, зрелость, информационное общество, техника, технология

PERSONALITY AND FAMILY IN THE INFORMATION SOCIETY, THEIR

FEATURES

Abstract. This article highlights the impact of technology development on the development of the information society and the unity of the family and the individual, as well as their interaction. Since ancient times, the spiritual side of the individual has developed essentially based on the content society, sometimes the ideas and customs of the individual radically influenced the development and change of society. In the history of personality, a person had various interpretations in the education literature, expressing his orientation, object of study and goals. The article highlights the definitions of the concepts of man, family, society in harmony with each other.

Key words: Spirituality, person, personality, society, spiritual potential, maturity, information society, technique, technology.

Ilm fan taraqqiyotida shaxsning mohiyati va uning jamiyat ma'naviy taraqqiyotiga ta'siri biryoqlama yondashib kelingan, uning intellektual - ma'naviy yetukligi, insoniy fazilatlariga yetarlicha e'tibor berilmadi. Natijada, shaxs dunyoqarashi, g'oya va ideallarining yaratuvchan va o'zgaruvchan funktsiyasi to'g'ri baxolanmadi. Insonlarning ko'p asrlik taraqqiyoti davomida ortirgan bilimlari, g'oyalari, tajribalari va ma'naviy yutuqlarining natijasi sifatida ma'naviyatshunoslik fani barcha tarixiy davrlarda ham zamon ruxi davr talablariga javob bera

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oladigan har tomonlama yetuk inson shaxsini kamol toptirishni o'z oldiga asosiy vazifa qilib qo'yadi.

Har bir inson ulug' ajdodlarimiz ma'naviy merosini mukammal egallashi orqali sevgan sohasini yetuk mutaxassisi bo'lib yetishadi.

Ma'naviyatshunoslik fani har doim shaxs faolligi va uning yaratuvchanlik faoliyati bilan bog'liq.

Shaxs-o'z mohiyatini ongli mavjudot sifatida alohida individ, yaxlit ijtimoiy xodisa, axloqi bilan qadriyatlarini ifoda etadigan insondan keyingi bosqichda shakllanadigan odam turi. Kishilik tarixida o'quv adabiyotlarda shaxs o'z yo'nalishi, tadqiqot ob'ekti va maqsadlarini ifodalagan holda turli talqinlarga ega. Jumladan nasliy (genetik) taxlil qilsak biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, o'z tengdoshlari bilan munosabatlar shaxsning genetik jihati ajdodlarini to'liq barcha tabiatining xususiyatlarini belgilaydi.

Shaxs jamiyatning madaniy taraqqiyotida aqli va idroki bilan millat an'ana, turmush tarzi va tajribasini davom ettiradi. Shu sababli "shaxs" fenomeni jamiyat tarqqiyotining har bir bosqichida tadqiqot markazida turgan. Sharq diyorida shaxs fenomeni axloqiy, ma'naviy, ma'rifiy me'yorlar orqali tushunilgan va yuksak ma'naviyatga ega qadriyat sifatida qabul qilingan. Inson shaxs sifatida barkamollikka intiladi. Uning atrof muxitga munosabatida va ijodiy faoliyatida namoyon bo'ladigan ijtimoiy axamiyatga molik o'zgarishlar qilish layoqati shaxsning faolligi hisoblanadi. Bunday layoqatida biz shaxsning mustaqil fikrlashi, qarashlarida o'z nuqtai nazarini ximoya qila olishi, so'zi bilan ishi birligida ifodalanadigan xayotiy pozitsiyasi ko'rinadi. Shaxsni tarbiyalashda oilaning o'rni beqiyos.

Oila - jamiyatning kichik yacheykasi, birligi xisoblanadi. O'zbekiston respublikasi bosh qomusining XIV bobi "Oila" ga bag'ishlangan bo'lib 63, 64, 65, 66-moddalarida oila masalalari ularning erkinliklari bayon etilgan. Jumladan: 63-modda Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi. 64-modda. Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi.

65-modda. Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amho'rlik qilishga majburdirlar. [1, -E. 21-22]

Oilaning asosiy vazifasi sog'lom avlodni kamol toptirishdan iborat. Har bir millat va jamiyatning eng qimmatli xazinasi sog'lom, axloqiy barkamol oiladir. Oiladagi sog'lom muhit yoshlarda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantiradi. Farzandlarga berilgan to'g'ri tarbiyaning maqsadi, shakllari, usullari jamiyatdagi ehtiyojlar, imkoniyatlar asosida doimo takomillashib turadi.

O'zbekistonda mustaqillik yillarida xalqimiz uchun muqaddas, hayotimizning tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo'g'ini bo'lgan oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish davlatimizning doimiy diqqat markazida bo'lmoqda. Bunda "Hayot bor ekan -oila bor, oila sog'lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqaror" [2, -E. 21] shioriga amal qilinmoqda. Jamiyat taraqqiyotida oila instituti yaratildi. Ushbu tizimda qonunchilik va normativ-huquqiy baza takomillashtirildi. Jamiyatimizning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ma'naviy negizlarini yanada rivojlantirishda azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma'naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo'lgan ta'sirlarga qarshi turishda oilaning o'rni va ahamiyati katta. Global makondagi ijtimoiy o'zgarishlar har bir xalq va turli etnik-hududiy birliklar mazmunida ham muayyan o'zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. [3, -Б. 142-150] Jamiyat - bu ongli insonlar uyushmasi xisoblanib, taraqqiyotning ma'lum bosqichida paydo bo'ladi, o'zining ishlab chiqarish munosabatlariga asoslangan, tili, dini, xududi, madaniyati bilan farqlanadigan insonlar o'rtasidagi munosabatlarga amal qilinadi. Jamiyat odamlarni bir maqsad yo'lida birlashtiradi. Jamiyatda o'zini-o'zi boshqarish, o'zini-o'zi rivojlantirish, unda odamlar bir biri bilan turli - xil munosabatlarni shakllantirishi bilan shaxs, oila va jamiyat o'rtasida bog'liqlik shakllanadi.

Sharq mutafakkiri Abu Nasr Farobiy "Baxt-saodatga erishuv haqida" risolasida inson kamolotida jamoaning roli katta ekanligini quyidagicha bayon etadi: "...Kamolotga bir kishining o'zi yolg'iz (birovning yoki ko'pchilikning yordamisiz) erishuvi mumkin emas. Har bir insonning tug'ma tabiatida va unga lozim bo'lgan har qanday ish va harakat jarayonida boshqa bir inson yoki ko'pchilik bilan munosabatda bo'lish, o'zaro aloqa qilish hissiyoti bor, odamzod jinsidan bo'lgan har qanday insonning ahvoli shu: u har qanday kamolotga erishuvda boshqalarning ko'maklashuvlariga va ular bilan birlashishga muhtoj yoki majburdir". [4, -Б. 251] Abu Nasr Farobiy o'zining "Fozil odamlar shahri" risolasida ham insoniy kamolotga har bir kishining yolg'iz o'zi, ko'pchilikning yordamisiz erisha olmasligi haqida bildirgan fikr mulohazalari hozirgi davr uchun ham muhim ahamiyatga ega. Har bir insonning tabiatida o'zidan boshqa insonlar bilan doimiy ravishda munosabatda bo'lish, o'zaro munosabatga kirishish bor. Jamiyat tuzishda va unda rivojlanishda inson boshqalarning yordamiga va ular bilan birlashuvga muhtojdir. Aynan ushbu jarayonda inson o'zining maqsadiga erishadi. Zero, jamiyatning yangilanishini ta'minlab beruvchi omillardan biri-bu Vatanga muxabbat tuyg'usini his qila bilishlikdir. [5, -Б. 420-423]

Ma'naviy yetuk insonni tarbiyalash jamiyatning eng asosiy vazifalaridan biridir. Jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalardagi har bir voqea hodisa yoshlar ongiga ta'sir ko'rsatadi. Shunday ta'sirlar asosida yoshlarni tarbiyalash oila zimmasida. Milliy madaniyatimizga nisbatan nafaqat so'zda balki amaliy harakatda ifoda etib, tilga ehtirom va sadoqatni Vatanga ehtirom va sadoqat deb qarashni hayotiy qoidaga aylantirishimiz lozim. [6, -Б. 420-423]

Ota-ona, mahalla va ta'lim muassasalarining bu boradagi hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu xamkorlikdagi munosabatlar to'g'ri yo'lga qo'yilsa yosh avlod ma'naviyati milliy ruxiyatda tarbiyalanadi. Biz tartibbuzarliklarni, jinoyatchilik, va shunga o'xshash maishiy buzuqliklar, qolaversa begona, zararli, yot, begona g'oyalar ta'siri ostiga tushib qolishlardan ularni himoya qilishimiz lozim.

O'sayotgan yosh avlodning qanday inson bo'lib voyaga yetishi oilada olgan tarbiyasi va atrof -muhit ta'siriga bog'liq. Oilasi manfaatini o'z shaxsiy manfaatidan ustun qo'ya olishi, umuminsoniy qadriyatlarga muvofiq rivojlantiriladi. Shuningdek, har qanday tizim markazda ma'naviyat, ahloq, odob, ma'rifat kabi o'lmas qadriyatlar turmog'i kerak. Chunki mazkur qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining muhim ustuvor shartlari hisoblanadi. [7, -Б. 113-115]

Shaxs, oila va jamiyatning o'zaro uzviyligi va unda insonning sifatlari to'g'risidagi fikrlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Alisher Navoiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kabi allomalarimiz ta'limotlarida ham uchraydi. Abu Rayhon Beruniy o'z qarashlarida ayniqsa, xotin-qizlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratadi. U o'zining "Minerologiya" asarida oila qurayotgan qizlarga ota-onaning nasihatlarini keltirib, oiladagi tinchlik-totuvlik, bahtiyorlik ko'proq ayollar zimmasiga tushishini ta'kidlaydi va shunday yozadi: "Ey qizim! Sen o'rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo'lajak kuyovingning xamma xislatlarini bilmaysan. Sen yer bo'l, u esa osmon bo'ladi. Demak sen u bilan shunday yo'l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo'lsang, u osmon kabi olijanob bo'ladi. Osmon shifobaxsh yomg'iri bilan yerni ko'kartirgani kabi u ham o'z mehru shafqati bilan seni xushnud etadi. Yana sen unga kanizak bo'lsang, u senga xizmatchi bo'ladi. Erning sendan faqat yumshoq va shirin so'zlargina eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda yoki yuzlaringga oro berilmagan va sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o'tirma". [8, -Б. 67]

Jamiyat hayotida bo'lib turadigan o'zgarishlar, insonlarning turmush tarzi, yashash va mehnat qilish sharoitlari, milliy axloq me'yorlari, psixologiyasi, diniy e'tiqodlari ham oilaviy munosabatlarning axloqiy, huquqiy, ijtimoiy mezonlariga ta'sir ko'rsatadi. Oiladagi har bir muammo, masalalar jamiyatning huquqiy, axloqiy asoslariga ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli oila va undagi oilaviy munosabtlar barqaror bo'lsa jamiyat taraqqiyot etadi.

REFERENCES

1. Bekmurodov M., Akhmedova F., Kadirova K. Study the process of harmonization formation of personal and professional qualities at students //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - Т. 24. - №. S1. - С. 597-605.

2. Кадирова Х. Б. Главная духовная ценность и личность человека //ФЭн-наука. -2015. - №. 1. - С. 29-32.

3. Kadirova H. The Place Of Karakalpak Ethnoculture In The Integration Of Society //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 04.

- С. 676-688.

4. Кадирова Х. Б. Миллий идентиклик ва миллий узликни англаш муаммоларини социологик таджик; этиш методологияси //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. - 2022. - №. SI-1.

5. Кадирова Х. Б. Миллий идентиклик ва миллий узликни англаш муаммоларини социологик тадкик этиш методологияси //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. - 2022. - №. SI-1.

6. Kadirova K. RAISING THE LEGAL AWARENESS AND LEGAL CULTURE OF CITIZENS IN SOCIETY //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B4. - С. 415419.

7. Kadirova H., Akhmedova F. Sociological Analysis of the Nation's Identity, the Levels of Feeling the National Identity in Uzbekistan //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN. - С. 2278-3075.

8. Buvabayevna N. et al. The role of museums in saving the national identity of Karakal Pakistan //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2019. - Т. 8. - №. 4.

- С. 116-120.

9. Кадырова Х., Каршиев Ш. Взаимосвязь каракалпакского и русского искусства и культуры //ИСТОРИКО-КУЛЬТУРНЫЕ СВЯЗИ РОССИИ И УЗБЕКИСТАНА И

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ПЕРСПЕКТИВЫ ГУМАНИТАРНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА В СОВРЕМЕННЫЙ ПЕРИОД. - 2018. - С. 112-114.

10. Кадирова Х. Б. Идентичность и национальное самосознание в творчестве Бердаха //Актуальные проблемы современной науки. - 2018. - №. 6. - С. 40-43.

11. Кадирова Х. Б. Идентичность: воспитание гармонично-развитого человека в семье //Новый университет. Серия: Актуальные проблемы гуманитарных и общественных наук. - 2016. - №. 11-12. - С. 59-60.

12. Кадирова Х. Б. Научное наследие мыслителей центральной Азии //Вестник магистратуры. - 2015. - №. 2-2 (41). - С. 16-20.

13. Kadirova H. Role of women in scientific life of Uzbekistan //Europaische Fachhochschule. - 2015. - №. 1. - С. 74-76.

14. КАДИРОВА Х. МИЛЛИЙ ИДЕНТИКЛИКГА ИЖТИМОИЙЛАШУВ, МАДАНИЙ, ТАРИХИЙ МЕРОС ВА ТИЛНИНГ ТАЪСИР ЭТИШ ХУСУСИЯТЛАРИ //UNIVERSITETI XABARLARI, 2022,[1/9] ISSN 2181-7324.

15. Kadirova Y. LOVING THE COUNTRY IS FAITHFUL //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. B4. - С. 420-423.

16. BUVABAEVNA K. Y. LEGAL BASIS OF FORMATION OF CIVIC CULTURE IN STUDENTS KADIROVA YAKITJAN BUVABAEVNA: LEGAL BASIS OF FORMATION OF CIVIC CULTURE IN STUDENTS KADIROVA YAKITJAN BUVABAEVNA //Journal of Information Computational Science. - 2021. - №. 1.

17. Buvabaevna K. Y. THE IMPORTANCE OF VALUES IN ENHANCING CIVIL LITERACY IN STUDENTS //Archive of Conferences. - 2021. - Т. 25. - №. 1. - С. 124-125.

18. Kadirova Y. B. The Advantages of Improving Students' Civic Literacy in Building a Democratic State Governed by the Rule of Law //International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding. - 2021. - Т. 8. - №. 5. - С. 469-473.

19. Buvabaevna K. Y. Issues of Civil Literacy Development in the Education System //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 5477-5489.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.