Научная статья на тему 'TALABA YOSHLARNING ОILADA FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI ZAMОNAVIY TUSHUNCHALARINING PSIXOLOGIK TAHLILI'

TALABA YOSHLARNING ОILADA FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI ZAMОNAVIY TUSHUNCHALARINING PSIXOLOGIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
216
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
shaxs / oila / nikоh / farzand / mulоqоt / tarbiya / ijtimоiy xulq / оila muhiti / reprоduktiv funktsiya / dunyoqarash / axlоqiy me’yor. / personality / family / children / society / social behavior / reproductive function / horizon.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X G‘aniyeva, J. Tojimamatov

Ushbu maqolada shaxs оngiga оila muhiti ilk bоlalikdan ijоbiy ta’sir ko‘rsatishi, bu ijtimоiy-psixоlоgik оmil eng avvalо har bir оilaning o‘ziga xоs muоmala, bоla tarbiyasi, o‘zarо mulоqоt, ro‘zg‘оr yuritish va оilani bоshqarish an’analariga asоslangan bo‘lishi, bularning saqlanishi shaxs ijtimоiy xulqi, madaniyati va dunyoqarashining real asоslarivatalaba yoshlarning оilada farzand tarbiyasi haqidagi zamоnaviy tushunchalari psixologik tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF STUDENTS' MODERN CONCEPTS OF RAISING CHILDREN IN THE FAMILY

In this article, the family environment has a positive effect on the mind of the individual from early childhood, this social-psychological factor is primarily the unique behavior of each family, child upbringing, interaction, livelihood and family management, being based on mothers, the preservation of these, the real foundations of the individual's social behavior, culture, and worldview, and the modern concepts of the students about raising children in the family are psychologically analyzed.

Текст научной работы на тему «TALABA YOSHLARNING ОILADA FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI ZAMОNAVIY TUSHUNCHALARINING PSIXOLOGIK TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TALABA YOSHLARNING ОILADA FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI ZAMОNAVIY TUSHUNCHALARINING PSIXOLOGIK TAHLILI G'aniyeva Xalimaxon Axmatxonovna

Farg'ona davlat universiteti, Psixologiya kafedrasi dotsenti Tojimamatov Jamshidbek Iqboljon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7255449

Annotatsiya. Ushbu maqolada shaxs оngiga oila muhiti ilk bоlalikdan ijоЫу ta'sir ko'rsatishi, bu ijtimoiy-psixologik omil eng avvalo har bir oilaning o'ziga xos muomala, bola tarbiyasi, o'zaro muloqot, ro'zg'or yuritish va oilani boshqarish an'analariga asoslangan bo'lishi, bularning saqlanishi shaxs ijtimoiy xulqi, madaniyati va dunyoqarashining real asoslarivatalaba yoshlarning oilada farzand tarbiyasi haqidagi zamonaviy tushunchalari psixologik tahlil etilgan.

Kalit so'z va iboralar: shaxs, oila, nikoh, farzand, muloqot, tarbiya, ijtimoiy xulq, oila muhiti, reproduktiv funktsiya, dunyoqarash, axloqiy me 'yor.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АНАЛИЗЫ ПОНЯТИИ СОВРЕМЕННОЙ ВОСПИТАНИИ

РЕБЁНКА В СЕМЬЕ

Аннотация. На этoй статье aHanmupoeaHo шнятии o coepeMennou eocnumanuu учащихся в их семье, реальные ocnoebi культуры и Mupoeo3penuu, oбщенuе между co6ou, uyecmeo oтвeтствeннoстu и oбeспeчeнue семьи, сoцuaльнoe вoспuтaнue, вoспuтaнue детей и пoлoжuтeльнoe влияние сeмeйнoгo oбстoятeльствa шзнанию учащихся.

Ключевые слова: лuчнoсть, семья, брак, peбёнoк, oбщeнue, вoспuтaнue, сoцuaльнoe введение, сeмeйнoe пoлoжeнue, peпpoдуктuвнaя функция, мupoвoзpeнue, вoспuтaтeльныe нopмы.

PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF STUDENTS' MODERN CONCEPTS OF RAISING

CHILDREN IN THE FAMILY

Abstract. In this article, the family environment has a positive effect on the mind of the individual from early childhood, this social-psychological factor is primarily the unique behavior of each family, child upbringing, interaction, livelihood and family management, being based on mothers, the preservation of these, the real foundations of the individual's social behavior, culture, and worldview, and the modern concepts of the students about raising children in the family are psychologically analyzed.

Key words: personality, family, children, society, social behavior, reproductive function, horizon.

KIRISH

Shaxs ongiga oila muhiti ilk bolalikdan ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu ijtimoiy-psixologik omil eng avvalo har bir oilaning o'ziga xos muomala, bola tarbiyasi, o'zaro muloqot, ro'zg'or yuritish va oilani boshqarish an'analariga asoslangan bo'lib, bularning saqlanishi shaxs ijtimoiy xulqi, madaniyati va dunyoqarashining real asoslaridir.

Hozirgi kunda o'zbek oilalarining o'ziga xos xususiyatlari, jamiyat bilan, mehnat va xalqlarimiz hayoti bilan uzviy aloqalarda namoyon bo'lmoqda. Yangi munosabatlarning qaror topishi, tarbiya mazmuni, oilaviy tarbiyaning shakl va uslublarida o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, ahloqiy-ma'naviy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va madaniy saviyalari, ularning iqtisodiy ta'minlanganligi, turli ko'rinishdagi faoliyatlari, yangi sharoitlar, tarbiya samaradorligini ta'minlovchi omil sifatida namoyon bo'lmoqda.

Bolalar dunyosining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro'li siymo, namuna deb bilishlari, taqlid qilishlari, har qanday paytda ota-onasidan namuna olishlarida ko'rinadi. Shaxsiy namuna tarbiya olish sifatida o'sib kelayotgan yosh avlodning ongi va xulqiga ta'sir ko'rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlar yig'indisidir.

Ota-onaga, onaning mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a'zolariga bo'lgan munosabat, bola qalbida yaxshilik va yomonlik, ma'qul yoki nomaqul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, millatimizning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda, o'zbek oilalari umumiy va xususiy taraqqiyotlari asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil etish lozim. Shu bois o'zbek oilalarida farzand tarbiyasining o'ziga xos tomonlarini va yosh oila vakillarining farzand tarbiyasiga munosabatini o'rganish maqsadida tadqiqot ishlarini olib bordik. Tadqiqotda yosh oila vakillaridan 50 nafar sinaluvchi ishtirok etdi.

Yosh oila vakillarining anketa savollariga bergan javoblari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

1-jadval

Yosh ota-onalarning oilada farzand tarbiyasi bilan bog'liq fikrlari

№ A B V G

son foiz son foiz son foiz son foiz

1 32 64 8 16 10 20

2 6 12 4 8 27 54 13 26

3 23 46 21 42 6 12

4 36 72 7 14 7 14

5 19 38 26 52 5 10

6 24 48 19 38 7 14 -

7 35 70 3 6 12 24

METOD VA METODO] LOGIYA

Jadvaldagi sonlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, respondentlarning 64 foizi o'zlarini farzand tarbiyasida yetarlicha bilimga ega, deb hisoblaydilar. Afsuski, sinaluvchilar o'rtasida o'zlarini farzand tarbiyasida yetarlicha bilimga ega emas, deb hisoblaydiganlar (16%) va farzand tarbiyasi bilan bog'liq yetarlicha tasavvurga ega bo'lmaganlar (20%) ham bo'ldiki, biz ularda oilaviy hayotga tayyorgarlik bilan bog'liq muammolar borligini ko'rishimiz mumkin. Chunki har qanday voyaga yetgan inson, oila qurib, farzand ko'rish va uni kamolga yetkazishda muayyan psixologik bilimlarga ega bo'lishi kerak. Oilaning muhim bo'lgan vazifalaridan biri uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash bolani dunyoga keltirish) funksiyasidir. Uning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iborat. Tabiatan berilgan avlod instinkti odamda farzand ko'rishga ularni o'stirishga va tarbiyalashga bo'lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi o'zini baxtiyor his qilmaydi. Er-xotinda farzand tug'ilishi bilan yangi hissiyot, ya'ni onalik, otalik hissi paydo bo'ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini mustahkamlovchi asosiy omildir.

Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funktsiyasi va uning bajarilishi deyilganda axoli sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo'lishi lozimligi ko'zda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tutiladi. Agar har bir oilada bittadan farzand bo'ladigan bo'lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo'q bo'lib ketishi mumkin. Demograflarning fikricha oilaga o'zining reproduktiv vazifasini bajarish uchun har bir oila o'rtacha 2,6 ta farzand to'g'ri kelishi kerak. Faqat oilalargina jamiyat oldidagi vazifalarni bajarmasdan, balki jamiyat ham oilalarga shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Bu o'rinda hukumatimizning olib borayotgan siyosati ya'ni onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko'p bolali va kam ta'minlangan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar yaqqol misol bo'ladi.

Sinaluvchilarga "Oilada farzand tarbiyasiga kimni ko'proq mas'ul deb o'ylaysiz?" savoli bilan murojat qilganimizda ularning 54 foizi ota-ona mas'ulligini, 26 foizi buva-buvalar mas'ulligini, 12 foizi ona, 8 foizi esa ota mas'ulligini ko'rsatishgan. Oilaning muhim ahamiyatga ega bo'lgan yana bir funktsiyasi tarbiyalash funktsiyasi bo'lib, unda bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiyasiga asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo'yish bilan cheklanmasdan, balki uning so'nggi g'ishti qo'yilguncha javobgardir. Ota-ona san'atkor, bola-san'at asari, tarbiya jarayoni esa san'atning o'zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz bu borada katta ahamiyatga ega.

Jamiyatimizning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi avval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma'lum bir siyosiy-g'oyaviy dunyoqarash, ahloqiy me'yorlar va xalq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi.

Xalqimizda «qush uyasida ko'rganini qiladi» degan maqol bor. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlarni o'zlashtiradi.

"Ilk yoshli bola bilan munosabatni qanday shakllantirgan ma'qul?" savoliga respondentlarning 46 foizi "unga ko'proq e'tibor qaratish kerak" degan, 42 foizi esa "tashqi olamni bilishga bo'lgan tabiiy ehtiyojlarini qondirish kerak" degan fikrni bildirishgan. 12 foiz sinaluvchilar bu borada yetarlicha bilimga ega emasligini namoyon etishdi.

"Ilk yoshdagi bolaga qanday o'yinchoqlar olib bergan ma'qul?" savoliga 72 foiz yoshlar "rang-barang o'yinchoqlar" javobini tanlashib, bu yosh davrida bolaning psixik rivojlanishida ijobiy rol o'ynovchi o'yinchoqlarning o'rniga alohida e'tibor qaratishdi. Lekin sinaluvchilarning 14 foizi "o'yinchoq olib berish shart emas", deb hisoblaydi. Bu esa ularning bola shaxsining mukammal rivojlanishiga befarq ekanliklarini ko'rsatadi.

Sinaluvchilarning 38 foizi farzandiga o'yinchoq olib berishda o'yinchoqning sifatiga e'tibor qaratsa, 52 foizi farzandining yoqtirgan o'yinchog'ini olib berishni afzal ko'radi. 10 foiz respondentlar esa o'yinchoqning sifatiga qarashligini bildirishdi.

So'rovnomaning "O'yinchoqlar qanday bo'lishi kerak deb hisoblaysiz?" savoliga 48 foiz sinaluvchilar "muayyan ma'no va mazmunga ega bo'lishi" kerak deb, 38 foizi "olaning idrok va tafakkur jarayonlarini rivojlantirishi" kerak deb, 14 foizi esa "salomatligiga zarar yetkazmasligi" kerak deb hisoblaydi.

TADQIQOT NATIJASI

"Siz uyda bolalaringiz bilan birga o'ynaysizmi?" savoliga respondentlarning 70 foizi "ha, albatta" javobini, 24 foizi "vaqtim bo'lmaydi" javobini, 6 foizi "yo'q, o'ynamayman" javobini belgilashgan. Bolalar o'yinlariga birga qo'shilib o'ynash ularning me'yordagi taraqqiyotini belgilashini har bir ota-ona tushunib yetishi lozim bo'ladi. Chunki o'yin jarayonida bola atrof-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

olam, voqelik haqida ma'lumotga ega bo'la boshlaydi.Mustaqillik urf-odat va an'analarimizning jamiyatni birlashtiruvchi imkoniyatlaridan to'liqroq foydalanish uchun yo'l ochdi.

Zero, urf-odat, an'analar va marosimlar inson uchun qadriyatga aylanganda, uning hayotini boyitadi. Shu bois har qanday jamiyat, har qanday ijtimoiy tuzum ularga ehtiyoj sezadi, ular yordamida odamlar orasida o'zaro munosabatlar keng tus oladi, ahloqning muayyan qoida va mezonlari vujudga keladi. Kattalarga hurmat, o'zaro hamkorlik, farzandlarning taqdiri va kelajagi uchun qayg'urish, ularga g'amxo'rlik qilish hamisha oilaviy qadriyatlarning va udumlarning asosiy qoidalari bo'lib kelgan. Oilada va maktabgacha ta'lim muassasalarida bola tarbiyasining psixologik tomonlarini hisobga olish esa ularning barkamolligini belgilovchi omil sanaladi. Dastlabki, tabiiy ijtimoiy psixologik omillarga oila muhiti hamda bolalar jamiyatida sodir bo'ladigan o'yinlarni kiritish mumkin. Oilaviy tarbiyaning xarakteri bolani o'rab turgan bevosita muhitga bog'liq bo'lib, unda ota-onalarning ijtimoiy-gumanitar munosabatlarga qarashlari, hamda bu borada bolalarning bu jarayonni qanday idrok etishiga bog'liq bo'ladi.

Maqsadga yo'naltirilgan ijtimoiy psixologik omillar ilk yoshdagi bolalar tarbiyasida muhim zamin bo'lib hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanuvchilarni ijtimoiy tasavvurlarni to'g'ri shakllantiruvchi bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish bola shaxsi barkamolligini kafolatlaydi. Bunda milliy qadriyatlar, boy ma'naviy merosga aloqador xulq formalarini targ'ib etish katta ahamiyatga ega.

MUHOKAMA

Istiqlol yillarida oila qadriyatlari va qon-qarindoshlik munosabatlarining qayta tiklanishi har bir oilaning iqtisodiy, madaniy va kasb jihatidan erkin bo'lish imkoniyatini yaratdi. Ya'ni, istiqlolning har bir oilaning mustaqil mamlakat ichidagi mustaqil "jamiyat, davlat" sifatida erkin faoliyati, oila a'zolarining barcha fazilatlari yaqqolroq namoyon bo'lishiga ochgan cheksiz imkoniyatlari tufayli o'zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi iste'dodi o'sdi, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir nechta chet tillarni tez o'rganib olish kabi noyob fazilatlari to'la-to'kis ro'yobga chiqa boshladi. Buni yurtimizga mehmon bo'lib kelayotgan xorijlik turistlar, rasmiy arboblar e'tirof etishlari bois milliy mehmonnavozlik va sahovat an'analari yanada rivojlandi. O'zbekning qaddi rosmana tiklandi, milliy g'urur o'sdi.

Vaholangki, oila va nikoh, farzand tarbiyasi, jamiyatning katta va kichigi o'rtasidagi samimiy, insoniy munosabatlarga rivojlangan mamlakatlardan kelgan minglab xorijliklar havas qilayotganlari ham ayni haqiqatdir. O'z asriy qadriyatlarining egasi bo'lgan xalqimiz mustaqillik yillarida sharqona demokratiyaning o'z metalitetiga mos shaklini qaror toptirishda tashabbusni tobora o'z qo'liga olmoqda-ki, bunda aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bunda oila hamda mahalla institutlarining keng imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarur. Oilada, ta'lim muassasalarida bola tarbiyasida uyg'unlikka erishish mukammal shaxs shakllanishini ta'minlovchi omildir. Bu borada amalga oshirayotgan ishlarimiz oxir oqibat nafaqat mamlakat mafaatiga, balki har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatiga xizmat qilishi muqarrar.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi tavsiyalarni berishni lozim topdik:

1. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ularning barkamolligini ta'minlovchi differentsial ijtimoiy psixologik dasturni yaratish;

2. "Sog'lom avlod" milliy dasturi asosida oilaviy tarbiyada milliy urf-odat va an'analardan foydalanish evaziga shaxs barkamolligini ta'minlash;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Oliy o'quv yurti muassasalarida talabalarga oilada ma'naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishning yo'l-yo'riq va usullari haqida ijtimoiy psixologik bilimlar berish;

4. Talabalar ma'naviy barkamolligida rol o'ynovchi ma'naviyat soatlarida oilaviy tarbiyaning samarali usullaridan foydalanishga o'rgatish.

5. "Oilaviy tarbiyada bola shaxsi barkamolligini belgilovchi omillar" mavzusida talabalarning mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish.

6. Talaba yoshlar bilan oilada farzand tarbiyasining ijtimoiy psixologik omillari haqida suhbat, munozaralar uyushtirish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi oila kodeksi. T.: Adolat, 1998 - 300 b.

2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: 1993. -167 b.

3. Axloq - odobga oid hadis namunalari. Toshkent. Fan,1990. 172 b.

4. Karimova V.M. Oila psixologiyasi: Pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik..-T.: "Fan va texnologiya", 2008.-152 b.

5. Fitrat A. Oilayokioila boshqarishtartiblari. Toshkent, Manaviyat, 1998-12 b.

6. Akhmatkhonovna, G. K. (2021). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF GENIOLOGY ASSIGNMENT IN YOUNG PEOPLE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 335-337.

7. Akhmatkhonovna, G. K., & Jamshid, T. (2021). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FACTORS OF SUICIDAL BEHAVIOR OF MINORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1053-1058.

8. Ganieva, H. (2021). social and psychological mechanisms of self-consciousness of students.

9. Ibragimovna, T. I. (2021). legal and regulatory fundamentals of reform of preschool educational institutions in uzbekistan.

10. Isakova, M. (2020). Socio-Psychological Factors Are The Effect Ofperson's Mental Health. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.

11. Isakova, M. T. (2020). FACTORS INFLUENCING THE MENTAL HEALTH OF PERSON. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 10-13).

12. Isakova, M. T. (2021). Socio-Psychological aspects of A Person's attitude to his mental health. asian journal of multidimensional research, 10(4), 29-36.

13. Isakova, M. T., & Israilzhonov, S. (2020). THEORETICAL INTERPRETATION OF SOME CONSIDERATIONS ON MENTAL HEALTH. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 25-28).

14. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.

15. Tuychieva, I. (2015). The concept of pedagogical innovation in modern education. The Advanced Science Journal, 87-90.

16. Tuychieva, I. I. (2018). Mechanisms Ensuring Children's Thought Activity Development at Preschool Education Process. Eastern European Scientific Journal, (6).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

17. Tuychiyeva, I. I. (2017). Question of Using Linguo-cultural Material for Learning Native Tongue in Professional Colleges. Eastern European Scientific Journal, (4), 84-88.

18. Ахматхоновна, F. Х. (2022). ИНТЕЛЛЕКТУАЛ САЛОХДЯТЛИ ЁШЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА У^ИТУВЧИ ИЖТИМОИЙ ИНТЕЛЛЕКТИНИНГ А^АМИЯТИ.

19. Ахматхоновна, F. Х. (2022). ШАХС УЗ-УЗИНИ АНГЛАШИНИНГ ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(5), 89-95.

20. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

21. Джалалов Б.Б. (2016). Место и роль воздействия воспитания в повышении общественной активности учащихся. Ученый XXI века, (5-1 (18)), 38-41.

22. Джалалов, Б. Б. (2020). Ешлар ижтимоий фаоллигини оширишнинг назарий методологик асослари. Педагогика ва психологияда инновациялар, 10(3).

23. Исакова, М. Т. (2012). психологическое воздействие национальных традиций на психику человека, понесшего утрату близкого человека. каракалпакского государственного университета им. бердаха, 24.

24. Исакова, М. Т. (2012). Эмоциональная и психофизиологическая сферы человека. известия вузов (Кыргызстан), (2), 242-244.

25. Исакова, М. Т. (2019). факторы творческого мышления когнитивного развития дошкольников. In Психологическое благополучие современного человека (pp. 627630).

26. Исакова, М. Т. (2021). инсоннинг саломатликка муносабати билан унинг индивидуал-динамик хусусиятларининг узаро боглик;лик муаммолари. Современное образование (Узбекистан), (7 (104)), 42-47.

27. Исакова, М. Т. (2021). Инсоннинг саломатликка муносабатининг индивидуал динамик хусусиятлари муаммосини эмпирик урганиш. Современное образование (Узбекистан), (8 (105)), 45-52.

28. Исакова, М. Т. (2021). Эмпирическое Исследование Взаимосвязи Отношения Личности К Здоровью С Индивидуально-Динамическими Характеристиками. П, 86, 544.

29. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). Задачи развития активности молодёжи с помощью педагогических тренингов. Ученый XXI века, (6-2).

30. Туйчиева, И. И. (2019). вопросы обеспечения активизации мыслительной деятельности детей в процессе дошкольного образования. in psycho-pedagogical problems of a personality and social interaction (pp. 22-25).

31. Askarovich, M. S., Qizi, O. N. B., & Kizi, M. I. B. (2021). formation of professional-pedagogical competences of future teachers of chemistry. Вестник науки и образования, (6-3 (109)), 28-31.

32. Askarovich, М. S., Uljaevna, U. O., & Inomjohnovna, O. N. (2020). Applying case study-method in teaching chemistry. Проблемы современной науки и образования, (3 (148)), 62-64.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

33. B. S. Siddiqov, & Sh. N. Mexmonaliyev (2022). pedagogik amaliyotning bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarlik faoliyatida tutgan o'rni. Academic research in educational sciences, 3 (1), 10-16. doi: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

34. Begmurzayevich, D. B. (2022). bo 'lajak boshlang 'ich sinf o 'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslari. integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 3(6), 154-160.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

35. Begmurzayevich, D. B. (2022). o 'quvchilarni intellektual rivojlantirishning metodologik asoslari. Ijodkor o 'qituvchi, 2(20), 52-59.

36. Shuxratjon, M. S. A. S. M. (2022). Bo 'lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodologik asoslari. scientific approach to the modern education system, 1(5), 177-180.

37. Siddikov, b., & djalalov, b. (2020, december). modernization of education-the future innovative competence of teachers as a main factor of formation. in шнференции.

38. Siddiqov, b. s., & g'aniyevich, q. m. (2022). bo 'lajak o 'qituvchilarda korrupsiyaga qarshi kurash kompetentligini takomillashtirish. integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 3(6), 173-180.

39. Ахмедoв, Б. А. (2020). Сиддишв Бахтиёр Саидкулoвич, Джалалoв Бахрoмжoн Бегмурзаевич Moдернизация oбразoвания-oснoвнoй фактор в фoрмирoвании иннoвациoннoй ^мпетенции будущих учителей. Academy, 9, 60.

40. Ахмедoв, Б. А., Сиддишв, Б. С., & Джалалoв, Б. Б. (2020). мoдернизация oбразoвания-oснoвнoй фактор в фoрмирoвании иннoвациoннoй шмпетенции будущих учителей. Academy, (9 (60)), 20-22.

41. Джалалoв, Б. Б. (2018). Pазвитие прoфессиoнальнoй кoмпетентнoсти педагогических кадрoв в услoвиях ггобализации как педагoгическая прoблема. in international scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 53-55).

42. Джалалoв, Б. Б. (2019). Важные аспекты фoрмирoвания иннoвациoнных ^мпетенций у будущих учителей. in european research: innovation in science, education and technology (pp. 43-44).

43. Джалалoв, Б. Б. (2022). Bo 'lajak o 'qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirishda smart-ta'limning imkoniyatlari. учитель, 3(4).

44. Мамажoнoв, Ш. А., & Кизи, О. Н. Б. (2019). Фoрмирoвание прoфессиoнальнoй ^мпетенции препoдавателя химии. Вестник науки и oбразoвания, (19-2 (73)), 3133.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.