Научная статья на тему 'SHAXSDAGI DINIY ОNG SHАKLLАNISHIDА ОILА TАRBIYАSINING O’RNI'

SHAXSDAGI DINIY ОNG SHАKLLАNISHIDА ОILА TАRBIYАSINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
678
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diniy ong / oila / shakllanish / psixologik ta’sir / shaxs / individual xususiyat. / religious consciousness / family / formation / psychological impact / personality / individual character.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G. Yuldosheva

Mazkur maqolada diniy ong shakllanishining oilaviy tarbiya jarayonida shakllanish ta’siri bevosita tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsda diniy ong shakllanish jarayoni ontogenetik jihatdan batafsil yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FAMILY EDUCATION IN THE FORMATION OF RELIGIOUS CONSCIOUSNESS IN A PERSON

This article directly analyzes the influence of the formation of religious consciousness on the process of family education. The process of formation of religious consciousness in a person from an ontogenetic point of view is also explained in detail.

Текст научной работы на тему «SHAXSDAGI DINIY ОNG SHАKLLАNISHIDА ОILА TАRBIYАSINING O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SHAXSDAGI DINIY О^ SHАKLLАNISHIDА ОILА TАRBIYАSINING O'RNI

Gavhar Yuldosheva O'tkirovna

O'zXIA Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi ilmiy izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7016134

Annotatsiya. Mazkur maqolada diniy ong shakllanishining oilaviy tarbiya jarayonida shakllanish ta'siri bevosita tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsda diniy ong shakllanish jarayoni ontogenetikjihatdan batafsilyoritilgan.

Kalit soz'lar: diniy ong, oila, shakllanish, psixologik ta'sir, shaxs, individualxususiyat.

РОЛЬ СЕМЕЙНОГО ВОСПИТАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ РЕЛИГИОЗНОГО

СОЗНАНИЯ У ЧЕЛОВЕКА

Аннотация. В данной статье непосредственно анализируется влияние формирования религиозного сознания на процесс семейного воспитания. Также подробно объясняется процесс формирования религиозного сознания у человека с онтогенетической точки зрения.

Ключевые слова: религиозное сознание, семья, формирование, психологическое воздействие, личность, индивидуальный характер.

THE ROLE OF FAMILY EDUCATION IN THE FORMATION OF RELIGIOUS

CONSCIOUSNESS IN A PERSON

Abstract. This article directly analyzes the influence of the formation of religious consciousness on the process of family education. The process of formation of religious consciousness in a person from an ontogenetic point of view is also explained in detail.

Keywords: religious consciousness, family, formation, psychological impact, personality, individual character.

KIRISH

Oila - insoniyat his-kechinmalari, hayajonli damlari, e'tiqodi va iymoni, muomala maromlarini ifodalaydigan psixologik fenomendir. Birinchi prezidentimiz I.А.Karimov oilaning o'rni bevosita jamiyatning shakllanishiga ta'sirida namoyon bo'lishini alohida ta'kidlab, shunday deydi: "Har qaysi bolaning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o'rni va ta'siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag'rida shakllanadi." Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qati nazar, kim bo'lishidan qat'i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada hallollik, munosabat, tarbiyaga alohida e'tibor bermasa, hech qachon natija bo'lmaydi"-deb ta'kidlaganlar.

Bola bu shaxs bo'lib shakllanayotgan yosh individir. Uning mukammal ya'ni individual bo'lishida jamiyatning oilaning ayniqsa ota-onaning o'rni beqiyosdir. Binobarin, bola ilk dunyo haqida tushunchalarini uni bu yorug' dunyoga keltirgan ota-onasida ko'radi, o'rganadi va biladi. Shu sababli hukumatimiz tomonidan oilalarda sog'lom ijtimoiy muhitni ta'minlash uchun juda ko'p ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar mustaqilikka erishgan kunimizdan boshlangan va hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Ota-ona bu jamiyatning muhim ishtirokchisi hisoblanadi. Ular bola shaxsini tarbiyalashda muhim vazifani bajaradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Islomda tarbiya masalalari keng va qat'iy tarzda o'rganilgan. Ulug'lardan biri: "Har bir millatning saodati davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir" degan. Bu o'rinda, marhum muftiy hazratlari Usmonxon Alimovning islom dinining muqaddas manbaalari bo'lmish, Qur'oni Karim va Hadisi Sharifga shuningdek, islomiy axloqning nazariyasi va amaliyotiga suyanib yozilgan "Oilada farzand tarbiyasi" nomli asarining islomda oila va oilaviy munosabatlarga bag'ishlanganligini alohida ko'rsatib o'tish zarur. Bu bevosita, oilada o'smir yoshidagi yoshlarda sog'lom diniy ongni shakllantirishda muhim dasturul amal vazifasini o'taydi.

Oila muhiti bola shaxsining shakllanishi va kamol topishida tabiiy shart-sharoit yaratadi. Oila nafosat, go'zallik, turmush va tarbiyaning boshlang'ich maktabi hisoblanadi. Shuning uchun oilada ota-ona va boshqa a'zolarning yagona birligi bolaning estetik rivojlanishiga kuchli ta'sir etuvchi go'zallik tushunchasining asosini tashkil etadi. Oila turli xil estetik kechinmalarning asosi bo'lib, bu har bir insonning tabiatan ta'sirlanishiga imkoniyat beradi. Ota-onaning bola tarbiyasidagi mas'uliyati va farzandning ota-ona oldidagi burchlari ham o'zbek millatida oliy qadriyat hisoblanadi. Bu kabi masalalarga bizning ma'naviyatimiz xazinalari bo'lmish "Qur'oni Karim", "Hadislar", ajdodlarimiz merosi bo'lmish "Qobusnoma", Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy" Alisher Navoiyning "Hayratul Abror", "Farhod va Shirin", "Mahbub- ul qulub", Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va boshqa bir qator didaktik asarlarda katta e'tibor qaratilgan. Bunday asarlar yoshlarda oilaga e'tiqod va mas'uliyatni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.

Farzand Allohning ne'matlari ichidagi bir ne'matdir. U dunyo hayotining ziynatidir. Alloh taolo aytadiki: "Mol-mulk, farzandlar dunyo hayotining ziynatidir..." Yana "Xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va xohlagan kishiga o'g'illarni hadya etur..." Shunday ekan ota-ona berilgan ne'matga shukr qilib, farzandining tarbiyasini yaxshilamog'i, unga Qur'on va hadis ta'limotlarini o'rgatmog'i, yaxshi axloqli bo'lishiga undamog'i lozim. Yomon kimsalardan farzandini uzoq tutmog'i lozim. Eng asosiysi farzandu zurriyotlarini solih bo'lishlarini Allohdan duo qilib so'ramog'i lozim. Ota farzandlariga o'zining otasiga yaxshilik qilish bilan o'rnak bo'lmog'i, ularni o'z jonidan ham aziz ko'rmog'i lozim. Shundagina farzand otasining tutgan yo'lidan yuradi, undan ta'sirlanadi, shu holatda unib o'sadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Insonda barkamollik sifatlari birdaniga shakllanib qolmaydi. U qadamba-qadam bola qalbiga singdirib boriladi. Bolaning sog'lom, baquvvat bo'lib o'sishi, bilimli zukko, ma'nan yuksak bo'lib o'sishiga dastlab oilada zamin yaratiladi. Ota-onalar, oiladagi bobo va buvilarning bolalar bilan tez-tez suhbatlashishlari, nasihat qilishlari, ularga turli ertaklar, rivoyatlar va hikoyatlarni aytib berishlari bolaning ma'naviy shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Muqaddas dinimiz ta'limotida aytilganidek, farzand Alloh taolo insonga bergan eng ulug' ne'mat bo'lishi barobarida omonat hamdir.

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislarida:

"Farzandlaringizga shar'an amr etilgan va qaytarilgan narsalarga rioya qilishni buyuringlar, shu ishlaring ularni do'zaxdan saqlaganlaring bo'ladi" deb marhamat qilganlar (Imom Ibn Jarir rivoyati).

"Ota bolasiga go'zal odobdan yaxshiroq narsani berolmaydi" (Imom Termiziy rivoyati).

Oilaviy tarbiyaning mohiyatini to'g'ri tushunish, uni bir qator psixologik jihatlarini tadqiq etish imkoniyatlarini ochib beradi. Hozirgi kunda psixologlar, sotsiologlar va keng jamoatchilik tomonidan oila va oilaviy tarbiya muammosi dolzarb masala sifatida e'tirof etib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kelinmoqda. Jumladan, V.M.Karimovaning "Yoshlarda o'zbek oilasi haqidagi ijtimoiy tasavvurlar" deb nomlangan ilmiy ishida o'zbek oilasidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli guruhlarda namoyon bo'lishini empirik jihatlariga asoslanib tadbiq etiladi va oila to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlar shaxsning oilaviy munosabatlar doirasidagi xulq-atvorni boshqaruvchi va aniq sharoitlarga moslashtiruvchi vazifalarni bajarishini ilmiy asoslab berishga harakat qiladi. Professorlar G'.Shoumarov, V.Karimova, N.Soqinov, Q.Usmonov, B.Umarov, Z.Rasulovalar oilaviy janjal va nizolarning oqibatlarini o'rganib, ular oxir oqibat nafaqat er-xotin o'rtasidagi balki ota-onalar va bolalar qarindosh urug'lar o'rtasidagi munosabatlarni ham buzilishi, nikohdan qoniqmaslikka olib kelishi hollari, ayollar o'rtasida o'z joniga qasd qilishlar, eng achinarlisi bu jarayon yoshlar va bolalar o'rtasidagi suitsidial xulq-atvorning ham sababi bo'lib qolishini ta'kidlaydilar. Albatta bunday oiladagi kelishmovchiliklar bola tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Oilada ota-onalar namunasi bolalar uchun hayot darsi hisoblanadi. Otaning onaga, ona mehnatiga, farzandga, qarindosh-urug'larga, jamiyatga, jamiyat a'zolariga bo'lgan munosabati bola qalbida yaxshilik yoki yomonlik, ma'qul va noma'qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarini shakllantiradi.

Oila muhiti - bu qandaydir tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yoshdagi kishilarning har taraflama olib boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a'zolarining o'zaro yuksak axloqiy munosabatlarining yig'indisi va nihoyat kattalarning bolalarga ijobiy ta'sir ko'rsatish namunasi natijasidir.

Oila, tarbiyaning asosi, makoni va poydevoridir. Bolaning kim bo'lib yetishishi, asosan, oiladagi muhitga - tarbiyaviy ta'sirga bog'liq. Oila tarbiyasining samarasi bevosita oilada ota-onalar obro'si va shaxsan namuna ko'rsatishlariga bog'liq. Bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi ma'naviy omillar. O'zlari alohida yashayotgan yosh oilalarda ko'pgina bobo va buvilar nabiralari tarbiyasidan, umuman yosh oila hayotidan chetlashtirilgan holatlarni ko'p kuzatish mumkin. Chunki, bunday oilalarda aralashuvlarga halaqit qilish sifatida qabul qilinadi. hatto, yosh ota-onalar orasida "qariyalar bolalarni shunday erkalatib yuborishadiki, keyin ota-onalari ularni qanday boshqarishni bilmay o'tirishadi" yoki "qariyalar o'zlarining eskicha, almisoqdan qolgan tarbiya usullari, bolalarga beradigan pand-nasihatlari bilan bolalarni zamondan orqada qoldirishi", - kabi mulohazalarni to'g'ri deb hisoblovchi ham yo'q emas. Bu nuqtai nazarga ayniqsa, o'zini progressiv deb hisoblovchi ota-onalar ko'proq berilgan bo'ladilar.

MUHOKAMA

Darhaqiqat, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Xususan bolada iroda, odatlar, fe'l-atvor, atrofga munosabat, e'tiqod va qarashlar vujudga keladi.

Tarbiya ikki tomonlama o'ziga xos xarakterga ega bo'lib, faoliyatning obyektiv va subyektiv tomonlarini, ya'ni tarbiyachining, shuningdek, ota-onalarning bolalariga, ularning xulqlariga bo'lgan ta'sirini ifodalaydi.

Bolada axloqiy norma va prinsiplarni shakllantirish avvalo oiladan boshlanadi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning asosiy shakllaridan biridir. Oilaviy tarbiya deganda esa ota-onaning o'z hayotlari turmush tarzlari asosida bolaning dunyoqarashi asoslarini axloqiy, siyosiy, estetik va boshqa fazilatlarni, qadriyatarni shaklantirish jarayoni tushuniladi. Chunki shaxsning turli fazilatlari, xulq-atvori, xarakteri, pozitsiyasi, amal qilinadigan qoidalariga aynan oilada dastlab oilada shakllanadi. Oiladagi qo'pol munosabatlar, ko'p yolg'on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog'lom muhitni vujudga keltiradi. Shu bilan birga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tarbiya orqali bolaning diniy e'tiqodiga ham ta'sir ko'rsatish mumkinligini ko'rishimiz mumkin. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vassallam: "Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy, yoki majusiy qiladi"-dedilar.

Bolada diniy e'tiqod diniy ong, diniy tarbiya orqali shakllanadi. Bolalarga yoshligidan boshlab Qur'oni Karim qissalaridan, payg'ambarlarning hayoti haqida naql qiluvchi turli rivoyatlardan, xalq ertaklari va dostonlaridan, topishmoqlar, maqol va matallar, turli ibratli hikoyalarni ulug'larimizning hayot yo'llari va fazilatlari haqidagi rivoyatlarni ramziy ma'nodagi yaxshilikka, chiroyli axloq va odobga chorlovchi ertaklarni so'zlab berishsa ular ma'naviyatini ham diniy ongini yuksaltirishda katta tarbiyaviy ish qilishgan bo'lishadi.

Ko'p yillik psixologik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson o'z umri davomida oladigan barcha ma'lumotlarning 70 % ini 5 yoshgacha bo'lgan davrda olar ekan. Psixologiyada bola ongini asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo'lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta'sirida shaxsning ilk kurtaklari namoyon bo'la boshlaydi. Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay boshlaydi, uning beg'ubor ongi bamisoli bosma qog'oz singari oiladagi, yon-atrofdagi barcha voqea-hodisalarni, uning zamiridagi taassurotlarni o'ziga shimib-singdirib oladi. Uning ota-onasiga, bobosiga va momolariga mehri va hurmati, o'zini o'rab turgan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomilllashib boradi. Qisqacha aytganda, xonadondagi har bir narsa - daraxt va o'simliklar bo'ladimi, turli o'yinchoqlar, uy hayvonlari bo'ladimi bularning barchasi bolaning ko'ziga go'yoki olamning beqiyos mo'jizasi bo'lib ko'rinadi va shu tariqa u yorug' dunyoni o'zi uchun kashf qilib boradi. Ammo, ba'zi ota-onalar o'z farzandining ana shunday qiziqishi va intilishlariga, uning ongu tafakkurida har kuni bir o'zgarish ro'y berib, ko'zida yangi-yangi savollar paydo bo'layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga agar ota-ona oilada o'zini tutishni bilamasa, axloq-odob bobida farzandlariga o'rnak bo'lish o'rniga qo'pol muomala qiladigan bo'lsa, bu holat tabiiyki, bola psixik olamining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo'ladi. Shaxs uchun bir umr zarur bo'ladigan tabiiy ko'nikma va xususiyatlar masalan, har qaysi bolaning o'ziga xos va o'ziga mos qobiliyati, atrofdagi insonlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o'zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo'lishi yoki ega bo'lmasligi, kerak bo'lsa, dunyoqarashi - bularning barchasi avvalo uning tug'ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog'liq ekanini hayot tajribasi ko'p misollarda tasdiqlab beradi.

XULOSA

Ma'naviy tahdidlar toboro kuchayib borayotgan bugungi kunda oilaviy tarbiyaning rolini kuchaytirish barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. I.A.Karimov."Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch".-0'zbekiston-2008

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Tafsiri Hilol"-Hilol-Nashr. - 2017. 3-juz

3. O. Hasanboyeva Oila pedagogikasi-Aloqachi-2007.

4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Baxtiyor oila"-Hilol-Nashr-2016.

5. Abdurahmonov F. Abdurahmonova Z. Din psixologiyasi-O'zak Falsafa va huquq institute

6. gazeta.uz

7. koob.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.