UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
OILA, OTALIK, ONALIK, BOLALIKNING DAVLAT MUHOFAZASI - YANGI KONSTITUTSIYADA MUSTAHKAM KAFOLATLAR Mamadayupova Vasila Shonazarovna
TDYU, Xorijiy tillar kafedrasi katta oqituvchisi https://doi. org/10.5281/zenodo. 6840066
Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimiz tarixida kuzatilayotgan yana bir ta'rixiy voqealardan biri, yani konstitutsiyamizga kiritilishi kutilayotgan o'zgarishlar haqida fikr yuritilib, oila, otalik, onalik, bolalikning davlat muhofazasiga olinishi masalalari borasidagi islohotlar, jamoatchilik muhokamasining yakuniy natijalari konstruktiv va kompleks tarzda aks ettirilgan.
Kalit so'zlar: konstitutsiya, huquq va erkinliklar, onalik, oila, otalik, ijtimoiy himoya, bolalar huquqi, yoshlar huquqi, islohotlar.
ГОСУДАРСТВЕННАЯ ЗАЩИТА СЕМЬИ, ОТЦОВСТВА, МАТЕРИНСТВА И ДЕТСТВА - ПРОЧНЫЕ ГАРАНТИИ В НОВОЙ КОНСТИТУЦИИ
Аннотация. В данной статье представляются размышления об одном из исторических событий, наблюдаемых в истории нашей страны, т. е. введении ожидаемых изменений в нашу конституцию, конструктивно и комплексно отражены реформы по вопросам государственной охраны семьи, отцовства, материнства, детства и окончательные результаты общественного обсуждения.
Ключевые слова: конституция, права и свободы, материнство, семья, отцовство, социальная защита, права детей, права молодежи, реформы.
STATE PROTECTION OF THE FAMILY, FATHERHOOD, MOTHERHOOD AND CHILDHOOD ARE STRONG GUARANTEES IN THE NEW CONSTITUTION
Abstract. This article presents reflections on one of the historical events observed in the history of our country, i.e. the introduction of the expected changes to our constitution, reflects constructively and comprehensively the reforms on state protection of the family, fatherhood, motherhood, childhood and the final results of public discussion.
Keywords: constitution, rights and freedoms, motherhood, family, fatherhood, social protection, children's rights, youth rights, reforms.
KIRISH
Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur davlatni idora qilish haqida fikr yuritar ekan, agar davlat to'ra-tuzukka (qonunga) bog'lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo'qoladi deya ta'kidlaydi. Konstitutsiyamiz mana 28 yildirki, inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida belgilab, mamlakatimizda tinchlik, huquq-tartibot, farovonlik va taraqqiyot kafolati bo'lib xizmat qilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida so'nggi to'rt yilda amalga oshirilgan islohotlar Asosiy Qonunimizni yangicha anglash, uning mazmun-mohiyatini keng tafakkur etish va qoidalarini hayotimizda izchil tatbiq etishga yo'l ochib berdi hamda zarur shart-sharoitlar yaratdi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
Tub burilishlar davri o'z navbatida nafaqat amaldagi qonunchilik, balki mamlakat Konstitutsiyasini ham isloh qilish, yangi davr maqsadlarini unda to'liq aks ettirish vazifasini kun tartibiga qo'ymoqda. Ayni shu ma'noda Konstitutsiyaviy islohotni bugungi davr taqozosi va talabi, deb aytish mumkin.
Qolaversa, amaldagi Konstitutsiyani isloh qilish fikri va g'oyasi birdaniga paydo bo'lgani yo'q. Davlatimiz rahbari Prezidentlik saylovidan so'ng Senat binosida bo'lib o'tgan inauguratsiyada qilgan nutqi, Konstitutsiyaning 29 yilligi munosabati bilan O'zbekiston xalqiga yo'llagan tabrigi, qolaversa, "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" nomli fundamental asarida konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun loyihasini e'lon qildi.
Loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o'zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o'z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo'shish taklif etilmoqda.
Konstitutsiyada yoshlar huquqlari ham har tomonlama mustahkamlanishi zarur. Davlatimiz rahbari BMTning dunyodagi 2 milliarddan ortiq yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Yoshlar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiya loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish bo'yicha dunyo hamjamiyatiga qilgan murojaati va tashabbusini jahon hamjamiyati va yoshlari qo' llab-quvvatlamoqda.
TADQIQOT NATIJALARI
Yuqoridagi masala yuzasidan konstitutsiyaga kiritilishi lozim bo'lgan bazi o'zgarishlarga fikr va mulohazalarimizni obyektiv tarzda yo'naltirishga qaror qildik:
Konstitutsiyada onalik va bolalik, xotin-qizlar va erkaklar huquqlari mustahkamlangan. Ammo ularning umumiy va xususiy huquq va majburiyatlari yanada yoritilishi lozim deb fikrlaymiz. Jumladan :
- Oila instituti fuqarolik jamiyatining asosiy omillaridan biri sanaladi. Shu bois Konstitutsiyada oila institutiga alohida bob ajratilgan. Konstitutsiyaning 63-moddasida "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi" deyilgan. Bu yerda tomonlarning iborasi o'rniga "ayol va erkakning ixtiyoriy xohishiga asoslangan ittifoq" deb aniqroq tarzda yozilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi;
- Konstitutsiyaning 41-moddasida "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir" deyilgan. Ushbu moddaga ta'limning barcha shakli xususan maktabgacha ta'lim tashkilotlari- MTT (bolalar ta'limi) borasidagi band qo'shilishi lozim nazarimizda;
- Konstitutsiyaning 65-moddasida "Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi" deyilgan. Ushbu moddaga otalik ham davlat himoyasida ekani kiritilishi lozim;
MUHOKAMA
Albatta bu kichik tahlil va fuqaro sifatidagi qarashlar namunasi bo'lib qoladi. Amalda yuqoridagi qonun loyihasiga binoan oila, otalik, onalik, bolalikning davlat muhofazasi borasidagi o'zgarishlar haqida alohida to'xtalib o'tish lozim.
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
Konstitutsiyamizning 27-moddasidagi shaxsiy hayot daxlsizligiga oid normalar kuchaytirilmoqda:
• Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo'lishi, shaxsiy va oilaviy siri, o'z sha'ni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega.
• Har kim o'z shaxsiga doir ma'lumotlarni himoya qilish huquqiga ega.
• Har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali so'zlashuvlarni, pochta-telegraf jo'natmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.
37-moddaga mehnat huquqiga doir xususan biz yuqorida so'z yuritgan onalik va ona huquqlari borasida quyidagi normalar qo'shilmoqda:
• Homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.
• Har bir ishlovchi ayol homilador bo'lgan taqdirda va tug'ish davrida haq to'lanadigan ta'tilga hamda yangi tug'ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun ta'tilga yoki bolani farzandlikka olish uchun ta'tilga chiqish huquqiga ega.
41-moddaning amaldagi tahriri bunday: "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir". Bu moddani quyidagicha yangi tahrirga o'tkazish taklif etilmoqda:
• Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirishga ko'maklashadi.
• Davlat har bir bolaning umumiy o'rta ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirishi uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o'tishga bo'lgan huquqini kafolatlaydi.
• Ta'lim bo'yicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega bo'lgan bolalar uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim va tarbiya tashkil etiladi.
Konstitutsiyaga 42-modda qo'shilmoqda:
• Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalar hamda yoshlarni ma'naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
63-moddaning amaldagi tahriri bunday: "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi ". Mazkur modda quyidagicha tahrirga o'tkaziladi:
• Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo'g'ini, aholini saqlab qolish hamda ko'paytirish negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida bo'ladi.
• Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
• Davlat oilaning to'laqonli rivojlanishi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy va iqtisodiy shart -sharoitlarni yaratadi.
• Davlat ko'p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta'minlaydi.
65-moddadagi: "Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi" degan jumla o'rniga quyidagilar yoziladi:
• Bolaning manfaatlari, bolalarning to'laqonli, jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishidir.
• Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
• Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy ma'naviy merosidan faxrlanish tuyg'usini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.
98-moddaning yangi tahriri bilan Vazirlar Mahkamasiga quyidagi yo'nalishlarda javobgarlik yuklatilmoqda:
• oilani qo'llab-quvvatlash va mustahkamlash, an'anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab
qolish.
XULOSA
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Asosiy Qonunimizning asosiy maqsadi hisoblangan insonni oliy qadriyat sifatida qadr topishiga hayotiy kuch bag'ishlamoqda. O'z navbatida, Konstitutsiyamizning yangicha va keng miqyosdagi islohotlar qilinayotgan shaklida oila, onalik, otalik va bolalar huquqlariga oid qoidalar ushbu islohotlarning mustahkam huquqiy asosi bo'lib xizmat qilmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019 y., 03/19/527/2706-son.
2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni https://www.lex.uz/docs/5013007
3. O'zbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonuni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019 y., 03/19/512/2435-son. - URL: https://lex.uz/docs/ 2105724#2105755
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni. - URL: https://lex.uz/docs/3858817
5. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida"gi qonuni. - URL: https://lex.uz/docs/3221763#3221798
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan 2020 yil 7 dekabrdagi bayram tabrigi.- URL: https://president.uz/uz/lists/view/3990
7. Ziyodulla Muqimov. Amir Temur tuzuklari (tarixiy-huquqiy tadqiqot). Ikkinchi to'ldirilgan nashri. - Samarqand: SamDU, 2008. - 131 b.
8. R. Hakimov "Konstitutsiya - Yangi O'zbekistonning mustahkam poydevori" Yuridik fanlar axborotnomasi UDC: 342.4 (042) (575.1) 2022 5-b
9. "World Justice Project" xalqaro nohukumat tashkilotining 2019 yil yakunlari bo'yicha 2020 yil uchun Huquq ustuvorligi (Rule of Law) xalqaro indeksi - URL: https://worldjusticeproj ect.org/sites
10. https://kun.uz/news/2022/06/25/constitution
11. Sevara Mahmudova "Konstitutsiyaviy islohotlar - yangi davr talabi" https://uza.uz/uz
12. Cyberleninka.ru
13. Ziyonet.com