Научная статья на тему 'BOLALARNI MA‘NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI'

BOLALARNI MA‘NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalq og‘zaki ijodi / milliy qadriyatlar / maqollar / matallar / topishmoqlar / tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ataniyazova O’g’iljon Rajapbayevna

Xalqimizda bolalarga qadr-qimmat, burch va ma’suliyatni his etish halollik va rostgo‘ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega bo‘lish lozimligi qadim-qadimdan pandnasihat vositasida uqtirilgan. Ushbu maqolada oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida axloqiy tarbiyalashning shakl, usul va yo‘llari xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI MA‘NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI»

BOLALARNI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O'RNI Ataniyazova O'g'iljon Rajapbayevna

Toshkent shahridagi Pucheon Universiteti Professional Ta'lim Markazi Magistra

https://doi.org/10.5281/zenodo.10982373

Annotatasiya. Xalqimizda bolalarga qadr-qimmat, burch vama'suliyatni his etish halollik va rostgo'ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega bo'lish lozimligi qadim-qadimdan pandnasihat vositasida uqtirilgan. Ushbu maqolada oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida axloqiy tarbiyalashning shakl, usul va yo'llari xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi , milliy qadriyatlar, maqollar, matallar, topishmoqlar,

tarbiya.

Xalqning asrlar davomida tarkib topgan tajribasida tarbiyaning mohiyati, uning shakl va metodlaridan yoshlarga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyada qanday foydalangani, ular yoshlarni oilaviy hayotga tarbiyalashda qanday amalga oshirilgani kabi masalalar bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Xalq hamma vaqt insonni shakllantirishda tarbiyaning mohiyatini tushunib yetgan va tarbiyani oilada farzand tarbiyasi, farzand tarbiyasida ota-onaning ibrati, oilada aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi va hunar o'rgatish masalalariga alohida e'tibor qaratgan. Kelajak mevasi hisoblanmish bolajonlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash azal-azaldan ota bobolarimizdan milliy meros bo'lib kelayotgan urf-odat hamda an'analarni unut bo'lib ketmasligi uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi. Qadriyatlar ta'rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta'riflash mumkin: Umuminsoniy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan etnik jihat va hususiyatlar bilan bog'liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixi yashash tarzi, ma'naviyati, madaniyati orqali namoyon bo'ladi. Ta'lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Shunday ekan, bolalarga ta'lim berar ekanmiz, avvalo ularga o'zlarining "men"ini his qilishni o'rgatishimiz lozim. Buning uchun albatta ularni xalqimizni boshqa xalq va elatlardan ajratib turuvchi urfodatlar hamda qadriyatlari bilan tanishtirib, ushbu qadriyatlarni ongida singdirib borishimiz lozim bo'ladi. Ona tilimizga bo'lgan hurmat ana shunday muhim qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Chunki har bir millat va Davlat borki, uning o'zining milliy tarixiy til vositasi mavjud. Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e'tiborga olib ta'lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta'lim sohasida ham shu asosda keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini ta'kidlash joiz. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining har bir guruhida "Kichik kutubxona"lar tashkil etilganligi ham buning yorqin misoli bo'la oladi. Ushbu kutubxonalarda asosan o'zbek xalqining og'zaki ijod namunalari asosida yaratilgan kitoblar keng o'rin egallagan. Lekin afsuski, aytish joizki ba'zi bir "o'zbek" tilida yozilgan ertaklar borki, uni bolalarga o'qib berishga ham xijolat tortadi kishi. Chunki bu kitoblarning ba'zilarida chetdan kirib kelgan so'zlar ham tez-tez uchrab tursa, yana ba'zilarida millatimizga hos bo'lgan andisha, sharmhayo kabi muhim chegaralardan biroz chetga chiqilgan. Mening fikrimcha bolalar uchun mos ertak topish maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari uchun bugunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib hisoblanmoqda. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining qanchalik kreativ ekanligi muhim ahamiyatga ega.

Xalqning asrlar davomida tarkib topgan tajribasida tarbiyaning mohiyati, uning shakl va metodlaridan yoshlarga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyada qanday foydalangani,

ular yoshlarni oilaviy hayotga tarbiyalashda qanday amalga oshirilgani kabi masalalar bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Xalq hamma vaqt insonni shakllantirishda tarbiyaning mohiyatini tushunib yetgan va tarbiyani oilada farzand tarbiyasi, farzand tarbiyasida ota-onaning ibrati, oilada aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi va hunar o'rgatish masalalariga alohida e'tibor qaratgan. Xalqning tajribasidan ma'lumki, tarbiya jarayoni murakkab va ko'p qirralidir. Zero, inson tarbiyasi bilan bola tug'ilgan kundan boshlab shug'ullaniladi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrotdan so'radilar: Siz kattalardan ko'ra yoshlar tarbiyasiga ko'proq ahamiyat berasiz. Buning sababi nima? Suqrot shunday deb javob berdi:

Yoshlar daraxt niholiga o'xshaydilar, qanday egsang shunday egiladilar, mening va'z-nasihatlarimni toshga muhr o'ygandek ko'ngillariga joylashtirib oladilar. Shuning uchun men ularning tarbiyasiga ko'proq e'tibor beraman Agar bola boshidan tarbiya qilinmay, tarbiyaning vaqti o'tgan bo'lsa, bunda ularni qayta tarbiyalash zarur bo'ladi. Lekin xalq tarbiyaning bir kunlik emas, balki bir umrlik ekanligini doimo ta'kidlab kelgan va bu haqda hikmatli fikrlar bildirgan: Shu bilan birga xalq har bir bolaning yaxshi inson bo'lib shakllanishida to'g'ri tarbiya bilan birga nasl-nasab ham muhim ahamiyat kasb etishini anglab yetgan. Bolalar tarbiyasida tarixiy tajribalardan kelib chiqqan holda xalq tarbiyaning bir butun, yaxlit tizimini yaratdi. Bunda o'git-nasihatning ahamiyati kattaligi ta'kidlangan. Bu metod asosida tarbiyalashda xalq maqollaridan o'rinli foydalanilgan. Qadr-qimmat, burch va ma'suliyatni his etish halollik va rostgo'ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega bo'lish lozimligi pand-nasihat vositasida uqtirilgan. O'git-nasihat ertaklarda ham ko'p qo'llanilgan. CHunki ertaklar hayot maktabi bo'lib, ularda pand-nasihatning natijasi, echimi o'zini namoyon etadi. O'zbek xalqining milliy qadriyatlarida namuna ko'rsatish metodi ham ko'p qo'llaniladi. «Ravshanxon» dostonida ham ota, kampir, aka-ukalarda barcha ijobiy xislatlar mavjud bo'lib, insonparvarlik namunasini ko'rishimiz mumkin.

Ming yillar davomida dono fikr, o'tkir haqiqat, teran mazmun, so'z xazinasining boyliklarini o'zida mujassamlashtirgan son-sanoqsiz va rang-barang maqollarning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. CHunki har bir oilada ukalar akalarga, qiz ona, opalariga qarab tarbiya oladi, voyaga yetadi. Lekin yaxshi odamlar yaxshilarni ko'paytirsa, yomonlar oz bo'lsa-da yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta'sir etadi. Demak, ota-ona va kattalarning ibratli fe'l-atvor va xatti-harakatlari shu oiladagi bolalarga ijobiy ta'sir qilgani kabi ularning nojo'ya xatti-harakatlari bolalarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oiladagi yosh bolalar, o'z tabiatlariga ko'ra, ko'pincha kattalarga taqlid qiladilar. Shuning uchun ham o'z oilalaridagi kattalar misolida ijobiy va salbiy fe'l-atvorga ega bo'lishlari mumkin. O'zbek xalqining milliy qadriyatlarida ilgari surilgan metodlardan eng muhimlari rag'batlantirish va qoralash metodidir. Bundan tashqari o'zbek xalqining milliy qadriyatlarida ishontirish metodidan ham foydalanilgan. Oila-mahalla-maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligi tizimi doirasida bolalarni milliy qadriyatlar vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda quyidagi tamoyillarga asoslanildi: vorisiylik, sulolaning muayyan an'analarga egaligi, bolalarning yosh xususiyati, farzandlarning gender mansubligi va o'ziga xos psixologik sifatlari, individual tarbiya va ijodiy yondashish, onaning pedagogik qobiliyati, ibrat, milliyma'naviy qadriyatlarga hurmat.

Bolalarni milliy qadriyatlar vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonini ularga yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni farqlash, jamiyatning axloqiy va madaniy qadriyatlari, shuningdek ma'naviy-axloqiy sifatlar-saxiylik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, tinchliksevarlik haqida ma'lumot olishlariga yordam beruvchi o'zbek xalq ertaklari, topishmoq, maqol va matallar bilan to'ldirib borilishiga katta e'tibor qaratish lozim. Bolalar yoshligidanoq xalq og'zaki ijodi janrlari bilan tanishtiriladi. Bular - ona allasi, o'yinlar - bolalar bilan ermaklar ("Chapaklar", "Qo'l harakatlari", "Hayvonlar harakatlariga taqlidlar"), maqollar, matallar,

topishmoqlar, ertaklar. Xalq og'zaki ijodi bolajonlarning bilish faolligi, mustaqilligi, individualligi, hissiyotlari, atrof-olamga munosabati, nutq ko'nikmalari rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og'zaki ijodining turli shakllaridan maqsadli va tizimli foydalanish ularning ruhiy va jismoniy jihatdan kamol topishiga zamin yaratadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va mahallalardagi ta'lim-tarbiya jarayonida yuqorida qayd qilingan tashkiliy va pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni amalga oshirish bolalarni alla vositasida ma'naviy axloqiy tarbiyalashda, balog'at yoshidagi qizlar va yosh onalarda allalardan tarbiya vositasi sifatida foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish va metodik tayyorgarlikni rivojlantirishga imkon beradi. Oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonining pedagogik-tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqildi. Oila-mahalla-maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida alla vositasida ma'naviyaxlokiy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish mexanizmi ko'rgazmali-faoliyatiy fikrlash, allaning sinxron ta'siri (fonematik tovushlar) va xalq og'zaki ijodining alla, maqol, topishmoq, matal, tez aytish, ertak kabi kichik janrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirildi. Xulosa qilib aytganda, o'zbek xalqining milliy qadriyatlarida yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashda ta'lim-tarbiya metodlari, usullari keng qo'llanilganki, o'zining amaliyligi, avloddan-avlodga o'tib, tajribada sinalganligi va hayotiyligi bilan tarbiya tizimida katta ahamiyatga egadir. Biz bu borada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qo'llanilgan metod va usullar, farzand tarbiyasida ota-ona ibrati, oilada bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va hunar, estetik va jismoniy tarbiyasida xalq hikmatlari, maqol va iboralar, hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, dostonlarda xalq foydalangan metod va usullarni hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qo'llash muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. Камилова Г. А., Курбанова Г. Р., Джаббарова С. З. Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений //Academy. - 2020. - №. 5 (56). - С. 25-27.

2. Жабборова С. З. Особенности труда в дошкольном возрасте //Проблемы педагогики. -2020. - №. 6 (51).

3. Джаббарова С. З. ЭТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ В СЕМЬЕ ЧЕРЕЗ НАТЗЮНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ //Проблемы науки. - 2021. - С. 61.

4. Jabborova S. Z. Forms, methods and ways of moral education of children in the family by means of national values //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 820-823.

5. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

6. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКATSШ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. -№. 1.

7. Xamidovna R. I. Play as a means of developing the creative abilities of Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

8. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКATSШ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. -№. 9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.