Научная статья на тему 'UZLUKSIZ MА’NАVIY TАRBIYANI АMАLGА ОSHIRISHDА ОILАDА-TA’LIM MUASSSASASI HAMKORLIGI'

UZLUKSIZ MА’NАVIY TАRBIYANI АMАLGА ОSHIRISHDА ОILАDА-TA’LIM MUASSSASASI HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
104
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
традиции / ценности / концепция непрерывного духовного образования / крепость семьи / восточное воспитание.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulxayo Samandarova Abdukarim Qizi

В данной статье рассматривается вопросы о роли и значений духовной среды в семье в поэтапном формировании у подрастающего поколения социальных навыков и качеств, необходимых для самостоятельной жизни.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ MА’NАVIY TАRBIYANI АMАLGА ОSHIRISHDА ОILАDА-TA’LIM MUASSSASASI HAMKORLIGI»

UZLUKSIZ MA'NAVIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISHDA OILADA-TA'LIM

MUASSSASASI HAMKORLIGI Gulxayo Samandarova Abdukarim qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

m

[email protected] (+99899) 911-13-31) https://doi.org/10.5281/zenodo.10115310 Аннотация. В данной статье pacajuampmaemcR вопросы о роли и значений духовной среды в семье в поэтапном формировании у подрастающего поколения социальных навыков и качеств, необходимых для самостоятельной жизни.

Ключевые слова: традиции, ценности, концепция непрерывного духовного образования, крепость семьи, восточное воспитание.

Annotasiya. Ushbu maqolada yosh аvlоddа mustаqil hаyot uchun zаrur Щто1у ko'ткша vа fаzilаtlаrni yoshigа mоs, bоsqichmа-bоsqich shакllаntirishda оilаdаgi mа'nаviy muhitning tutgan o 'rni va ahamiyati haqida so 'z yuritiladi.

Kalt so'zlar: urf-оdаtlar, qаdriyatlаr, ouzluksiz mа'nаviy tаrbiya kоnsepsiyasi, оИа mustаhkаmligi, shаrqоnа tаrbiya. s

Abstract. This article discusses the role and importance of the spiritual environment in the family in the gradual formation of the younger generation of social skills and qualities necessary for independent living. r

Keywords: traditions, values, the concept of continuous spiritual education, family strength, oriental education. s

h

Har qanday millat, har qanday mamlakat taraqqiyoti va farovonligi yosh avlodning ta'lim - tarbiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. i

Mamlakatimizda yoshlarga sifatli ta'limntarbiya berish tizimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuns "Kadrlash tayyorlash milliy dasturi", "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonun t va boshqa tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solingan. i

Hurmatli Prezidentimiz "O'zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylanganidan so'ng o'z lavozimiga kirishishiga bag'ishlangan tantanali marosim"da "Har bir kun - bu imkoniyat, har bir kun - bu kelajak poydevort" degan shiori hayotimiz qoidasiga, har qaysi rahbarning, barcha xalq noiblari, vazir va hokimlarning kundalik faoliyat dasturiga aylanishi shart", deb e'lon qilinishi, barchamizning, ayniqsa ta'lim jonkuyarlari qalbida g'urur va iftixor tuyg'ulari bilan birga zimmamizga juda katta mas'uliyat yuklaydi.

Darhaqiqat, hurmatli Yurtboshimiz n tomonidan ta'lim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-huigar egallashlari, o'quvchi-yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga shukronalik tuyg'ularini singdirish masalasi davlat siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab berilgan.

O'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadUm bosgan mamlakatimizda yoshlarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umumbashariy qadmiyatlarga sodiqlik ruhida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar sifatida voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanib ulgurdi. m

i

b o

"... Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor berilmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz. Ma'naviy va axloqiy poklanish iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi. Hammasining zamirida tarbiya yotadi", - deb ta'kidlaydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: "Bugungi yoshlarni buzg'unchi g'oyalardan himoyalash ana shu tarbiyaning markaziy muammosiga aylanadi [1;54-b]. Bu borada, ota-bobolarimizdan bizga tarbiyaviy meros bo'lib kelgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni o'rnini alohida ta'kidlash zarurdir. Shu o'rinda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-sonli qarori bilan uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi tasdiqlanganini ham keltirib o'tish joiz. Konsepsiyaning maqsadi - yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko'nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni yetkazishdan iborat" [2;1-2].

Xalqimizda "Ekkaningni o'rasan" degan naql bor. Ota-ona tarbiya jarayonida farzandlari qalbiga qanday urug' ekkan bo'lsa, keyinchalik achchiq yoki chuchuk mevalarni o'zlari tatishadi.

Ilm-fan qanchalik taraqqiy etmasin, har bir davrning global muammosi - tarbiya masalasi hamisha qiynab kelgan. Azal-azaldan jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va axloqiy tarbiya uzviy bog'liq bo'lib, bir-birini to'ldirgan. Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlangan. Sho'ro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etishi bilan birga, sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo'ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va o'zbek xalq pedagogik tajribasi tarbiyaning sinfiy ko'rinishga ega emasligini isbot etadi. Sharqona ta'lim-tarbiya, oilaviy tarbiya hamda komil inson haqidagi qarashlar qanday zamonlarni bosib o'tmasin, hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila jamiyatning ajralmas bo'g'inidir. Oila mustahkamligi oiladagi ma'naviy muhitga bog'liqdir. Muhitni axloqiy tarbiya hamda aql-idrok va ilm yaratadi. Bu borada mutafakkirlarimizning o'z qarashlari va ilmiy izlanishlari asrlar davomida bugungi kun davrida ham dasturamal bo'lib kelmoqda. Jumladan, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning axloq haqidagi risolasida: "ijtimoiy adolat inson xatti-harakatlarining eng muhim bezagidir. Adolat -ruhiy lazzatning bosh o'lchovi. Adolat odamga xos sabr, jasurlik, donolik kabi xislatlar orqali namoyon bo'ladi. Bu fazilatlarga ega inson, vijdon amri bilan o'zini yomon xulq-odob, munosabatlardan saqlaydi. Ezgulik, ruhiy poklik, yaxshilikni o'zida mujassam etishga harakat qiladi" deyilgan bo'lsa, Abu Rayhon Beruniy (973-1048) "Mineralogiya" asarida: "Odamda tafakkur qudrati bo'lmaganda edi, uning ahvoli hayvonlar holatidan ham tubanroq bo'lgan bo'lardi, chunki odam kuch jihatidan hayvonlardan zaif, kuchli tabiiy himoya vositalaridan mahrumdir", - deya ongli hayotiy faoliyat odamni hayvonning ongsiz hayotiy faoliyatidan farqlantiradigan muhim jihatlaridan biri ekanligini uqtiradi. Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) esa: "Sog'lom fikr, adolatlilik, axloqiy kamolot, insonparvarlik insonni nazorat qiluvchi tuyg'udir. Vijdonsizlik tufayli inson dunyoda bo'lgan hamma yomonlikni qilishga tayyordir. Buning oldini olish uchun bolaga yaxshi tarbiya berish, unda yaxshi sifatlarni o'stirish, mustaqil va sog'lom fikrlash qobiliyatini o'stirish masalasiga alohida e'tibor berish lozim. Bola to'g'ri so'zli, va'daga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbiyalanishi kerak", deya "Axloqi Muxsiniy" kitobida bayon etarkan, til va fikr odobi haqida, yaxshi fikrni ifodalashni, yomon gapni aytmaslikni, g'iybat va bo'xton qilishdan saqlanishni maslahat beradi.

Bunday ilmiy-falsafiy fikrlarga tayanadigan bo'lsak, inson tug'ilishi bilanoq uni o'rab turgan olam, jamiyat, muhit barchasi uning kamol topishida o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bolaga salomlashishdan tortib to'g'ri ovqatlanish, kattalar va tengdoshlar bilan o'zaro muloqot, jamoatchilik ichida o'zini tutish, yurish-turish odobi bilan bog'liq ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar singdiriladi. Qadriyat oilada shakllanadi. Oila esa shaxs tarbiyasidagi asosiy poydevor vazifasini o'taydi. Ya'ni urf-odat va an'ana, mehnatsevarlik, hayot tarziga yoshlikdan ota-onaga ko'mak berish, sadoqat, oila uchun qayg'urish hissi, samimiyat, ishonch, vatanni sevmoqlik, adolat, poklik, to'g'rilik singari fazilatlar shaxsiy namuna sifatida oilaning katta yoshli vakillari ishtirokida farzandga bevosita singdiriladi.

Milliy qadriyatlar mahalliy va diniy qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib shakllanarkan, asrlar osha takomillashib boraveradi. Bugungi tezkor globallashuv sharoitda esa bir qancha tashqi omillarning bevosita ijtimoiy hayotga kirishuvi bois tez-tez ko'zga tashlanayotgan ziddiyatlar, nohush holatlar kuchayib boradi.

Ota-ona, farzandlar o'rtasidagi ishonch, hurmatga asoslangan munosabatlar - oila mustahkamligining yana bir ko'rinishidir. Oilada ma'naviy tarbiyani kuchaytirishda otaning o'rni beqiyosdir. O'zbek oilalarida otaga bo'lgan hurmat ko'r-ko'rona sig'inish emas, balki uning obro'-e'tiborini qadrlash, unga ishonish va suyanishdir. Donishmand otalargina farzandlarini bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantira oladi va hayotdagi barcha og'irliklarni aql-idrok, sabr-chidam, g'ayorat va matonat bilan yengib o'tishga chiniqtiradi. Qobil farzandlar ota izidan boradi. Otaning do'stlarini, qadrdonlarini hurmat qiladi, ukalarini tarbiyalaydi, qarindosh-urug'lariga mehrli, oqibatli bo'ladi. Albatta, bularning hammasi ko'pni ko'rgan, aqlli otalarning mehr va muhabbat bilan farzand qalbiga joylangan ma'naviyat nuridan darak beradi. [3;22-24 b]

Sharqona tarbiya an'analari farzand tarbiyasi va ayniqsa, o'g'il bola tarbiyasida asosiy tarbiyachi sifatida otani ko'radi, chunki mehribon va hokisor bo'lgan onalar ko'ngilchanlik qilib bolalarni erkalatib yuborishlari mumkin. O'zbek xalq tarbiyasi an'analari esa bolalarni erkatoy qilib tarbiyalashni qoralaydi [4]. Oilaning bosh yetakchisi ota-ona hisoblanadi. Sharq tarbiya metodikasida otalar qattiqqo'llik, to'g'risizlik, halollik, mardlik, botirlik kabi fazilatlarni farzandlar qalbida shakllantirishgan. Masalan, ota uyining to'rida qalin ko'rpachada o'tirgan, farzandlar biror uzoq safarga ketishmoqchi yoki biror ishni qilishmoqchi bo'lsa, avvalo otaning maslahati va rizoligini olishgan. Ota o'tirgan uyning tomiga chiqishmagan, ota o'tirgan uyga ruxsatsiz kirishmagan, otadan oldin gapirishni, otaning oldida yonboshlab yotishni odobsizlik deb bilishgan, hattoki otadan oldin ovqatga qo'l uzatishmagan. Ota oilaning har bir ijtimoiy jabhasida hal qiluvchi rolni o'ynagan.

Qadimdan ota va farzandlar o'rtasidagi munosabat sharq an'anasiga ko'ra, qiz va o'g'il bolaga bo'lgan munosabatda juda katta farq sezilgan. Otalar tomonidan o'g'il bolaning o'smir yoshida qattiqqo'l, talabchan, zarur vaqtda jismoniy jazo ham berilgan bo'lsa, qiz bola bilan bo'lgan munosabatda ota faqat nasihat bilan cheklangan. Umuman olganda, o'zbek milliy tarbiya an'analari va Islom etiketiga ko'ra, ota va qiz o'rtasidagi munosabatlar oralig'i ancha katta va qiz bola balog'atga yetgan sari bu masofa yana ham uzoqlashib boradi. Shu qatorda ona qiz bola uchun, ota esa o'g'il bola uchun namuna bo'lgan. Ota-onaning axloqiy olami, dunyoqarashining o'rni bolaning xulq-atvori, jamiyatdagi o'z o'rnini topish ko'nikmalarini shakllanishida ahamiyati beqiyosdir.

Sharqda ayollar va erkaklarga xos bo'lgan xatti-harakatlarning aksariyati qadriyat sifatida qaralib, bugungi kunda o'zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlariga singib ketgan. Bu esa ayollar

va erkaklarning kundalik ehtiyojlari, hayotiy faoliyatlari va ijtimoiy turmush tarziga ko'ra erkaklar va ayollarga xos rollarning o'zaro o'rin alishishi, gender rollar va gender qiyofalarning almashinayotganligida namoyon bo'lmoqda. Natijada jamiyatning ajralmas qismiga aylangan oila qo'rg'onida eng ko'zga tashlanayotgan tafovutning buzilishi o'z-o'zidan o'smir yoshlarning ma'naviy olamiga, ongiga ta'sir ko'rsatayotgani o'z aksini topmoqda. Bu bilan qadim tarbiya yondashuvini qoralash emas, balki bugungi axborot-texnologiya asiriga aylanib borayotgan avlod tarbiyasidagi bo'shliqlarning yuzaga kelishiga sabab bo'layotgan bir qancha urfga aylanib ulgurgan omillarga e'tibor qaratish asosiy maqsaddir.

Yuzaga keladigan juda katta salbiy oqibatlarning oldini olish, ya'ni bolalarga g'amxo'rlik qilish, ta'lim-tarbiya berish, ularning oila bilan bog'liq huquq va majburiyatlarining ta'minlanganlik darajasini oshirish eng muhim vazifalardan biri sifatida qator muhim ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Jumladan, oilalarimiz farovonligida yoshlarimizni ijtimoiy-ma'naviy muhitda keng dunyoqarashli etib tarbiyalashga qaratilgan bir qancha ustuvor vazifalarbi belgilagan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori qabul qilingan. Shunga qaramay, so'nggi yillarda yoshlarning ta'lim olish, ularga keng imkoniyatlar eshigini ochib berish, qulayliklar yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgan bo'lib, xalq orasida "o'qigan qiz" bilan turmush qurish tushunchasi paydo bo'ldi. Bu bilan xotin-qizlarning ilm-fan bilan shug'ullanishga bo'lgan talabi ortadi desak, masalaning yana bir nozik tomoniga e'tibor qaratish kerak bo'ladi. Ya'ni erkak va ayolning oila hamda jamiyatdagi funksional vazifalarining buzilishi yuzaga keladi.

Ayni paytda ko'pgina davlatlarda hali hamon saqlanib kelinayotgan erkak va ayol munosabati o'rtasidagi tafovut, ya'ni gender tengsizligi asosiy muammolardan biri hisobladi. Bu esa odamlar salohiyatidan foydalanishni cheklaydi. Jumladan, xalq oraidagi "er-xotin qo'sh ho'kiz" singari qarashlar tor ma'noda talqin etilib kelinadi. Turmush qurilganidan so'ng, erkak va ayol avvaliga o'z ehtiyojlari, so'ngra farzandlar tug'ilib, ulg'aygach oilaning moddiy ta'minotini yaxshilash uchun harakat qiladi. Misol tariqasida ikki oila a'zosining qaysi sohada bo'lmasin, ish beruvchi korxona yoki tashkilot tomonidan qo'yiladigan vazifa va talablarini erkak yoki ayolga qarab ajratmagan holda bir xilda bajarilish talab etiladi. Shu bilan birga erkak uyga dam olish, yaqin insonlar davrasida bo'lish uchun talpinsa, ayol uy bekasi hamda ona, kelin sifatida vazifalarini davom ettiradi. Yillar davomida odatiy hayotga aylangan bunday turmush tarzida nosog'lom muhit paydo bo'ladi. Jismoniy va ruhiy charchoq, kuchli stressning yuzaga kelishi oqibatida erkak va ayol munosabatida ziddiyatlar; tinimsiz janjal, zo'ravonlik, ichkilikbozlik, tazyiqqa duch kelinadi, eng asosiysi farzandlar bilan muloqot, qadriyatlar yo'qolib boradi. Shubhasiz, oilada ota-onaning xulq-atvori, to'g'ri va noto'g'ri xatti-harakatlari namuna sifatida bolalarning kamol topishida katta ta'sir ko'rsatadi. Oiladagi zo'ravonlikka guvoh bo'lgan yoki nazoratsiz, qarovsiz qoldirilgan bolalarda ruhiy tushkunlik, o'zlashtirish darajasining pastligi,

qo'rquv, qo'rqinchli tushlar, ishtahaning yo'qligi, kichik yoshdagi bolalarda duduqlanish, gapirmaslik kabi hissiy va xulq-atvor muammolarining paydo bo'lish xavfi yuqori bo'ladi. Bunday bolalar bolalik va o'smirlik davrida tajovuzkorlikka, jinoyatchilik xatti-harakatlariga moyil bo'lishi yoki uni qurshab turgan olamga befarq bo'lishi, shuningdek, tengdoshlari bilan va kelajakda mustahkam oila munosabatlarini qurishda muammolarga duch kelishi mumkin.

Xulosa Hozirgi kunda ijtimoiy muhit, oilaviy nizolar bola ulg'ayishida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi, har qanday holatda tarbiyaga tashqaridan bo'ladigan salbiy ta'sirni eng katta xatar deb bilish zarur. Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yo'l qo'yilmagach, u o'z qiziqish va rag'batlarini qondiradigan sabablarni chetdan izlay boshlaydi. Muammo izlash emas, unga yechim topish eng to'g'ri yondashuvdir. Demak, ota-ona farzandining tashqi hayotiga ham katta e'tibor qaratib, ular bilan vaqt o'tkazishi, fikrlashi, qiziqishlari, intilishlarini kuzatishlari lozim. Qolaversa, mustahkam ma'naviy immunitetli, o'zining fikrlarini teran ifodalay oladigan, yuqori marralarga erishuvchan irodali yoshlarni tarbiyalashda ota-ona, oila muhiti, ta'lim muassasalari va mahalla hamkorligi juda katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug' xalqning - ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. O'zbekiston-2019y.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019 yil 31-dekabrdagi 1059-sonli qarori

3. Saliyeva Z.T. O'quvchi-yoshlarda ma'naviy madaniyatni shakllantirishning ayrim metodologik masalalari. // «Sovremennoe obrazovanie» (Uzbekistan) jurnali, 2016.

4. Izmailov A.E. Narodnaya pedagogika: pedagogicheskiye vozzreniya narodov Sredney Azii i Kazaxstana. M., 1991. 39-bet.

5. Nurillayeva U.N. Xotin-qizlarga nisbatan oiladagi tazyiq va zo'ravonlik holatlari: sabab va oqibatlar, yechim yo'llari// "Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot" jurnali, 2/2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.