Научная статья на тему 'OILADA BILIMLI AYОL – YОRUG’ KELAJAK TARBIYАCHISIDIR '

OILADA BILIMLI AYОL – YОRUG’ KELAJAK TARBIYАCHISIDIR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

212
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
farzandlar / ma’naviy-ma’rifiy etuklik / ayol / oila-nikoh munosabatlari / oilada tarbiya / oilaviy qadriyatlar / oilada halollik. / children / spiritual and educational maturity / Woman / familymarriage relations / upbringing in the family / family values / honesty in the family.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nargis Yuldashevna Razzakova

Oilada farzandlarni kelajak hayotga tayyorlashning sotsiologik, ijtimoiy’sixologik va ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini o‘rganish va unga sotsiologik nuqtai nazardan yondashish, kamol to’ayotgan farzandlarni hayotga tayyorlashdagi ijtimoiy’sixologik muhit. Yashash sharoiti va atrof-muhitning katta ahamiyati, ularning qay darajada to’g’ri yo’naltirilgani va unda ayol, ona, o’a, singillarning o’rni va roli, hamda ushbu qarshi jins bo’lgan nozik xilqat egalarining ilm, bilim, sog’lom fikrdaligi ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

studying the sociological, socio-psychological and spiritual-educational features of the preparation of children for future life in the family and approaching it from a sociological point of view, socio-psychological environment in the preparation of maturing children for life. The great importance of living conditions and the environment, to what extent they are directed correctly, and the role and role of women, mothers, mothers, sisters are considered in it, as well as the science, knowledge, common sense of the subtle opposite sex owners.

Текст научной работы на тему «OILADA BILIMLI AYОL – YОRUG’ KELAJAK TARBIYАCHISIDIR »

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-245-251

OILADA BILIMLI AYOL - YORUG' KELAJAK TARBIYACHISIDIR

Nargis Yuldashevna Razzakova,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti (PhD) [email protected]

O'g'iloy Ashuraliyevna Urazova

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi boshqarma boshlig'i, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti urazova [email protected]

Oilada farzandlarni kelajak hayotga tayyorlashning sotsiologik, ijtimoiy-'sixologik va ma'naviy-ma'rifiy xususiyatlarini o'rganish va unga sotsiologik nuqtai nazardan yondashish, kamol to'ayotgan farzandlarni hayotga tayyorlashdagi ijtimoiy -'sixologik muhit. Yashash sharoiti va atrof-muhitning katta ahamiyati, ularning qay darajada to'g'ri yo'naltirilgani va unda ayol, ona, o'a, singillarning o'rni va roli, hamda ushbu qarshi jins bo'lgan nozik xilqat egalarining ilm, bilim, sog'lom fikrdaligi ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: farzandlar, ma'naviy-ma'rifiy etuklik, ayol, oila-nikoh munosabatlari, oilada tarbiya, oilaviy qadriyatlar, oilada halollik.

studying the sociological, socio-psychological and spiritual-educational features of the preparation of children for future life in the family and approaching it from a sociological point of view, socio-psychological environment in the preparation of maturing children for life. The great importance of living conditions and the environment, to what extent they are directed correctly, and the role and role of women, mothers, mothers, sisters are considered in it, as well as the science, knowledge, common sense of the subtle opposite sex owners.

Keywords: children, spiritual and educational maturity, Woman, family-marriage relations, upbringing in the family, family values,

ANNOTATSIYA:

ABSTRACT:

honesty in the family.

2023

National University of Uzbekistan

Modern Trends of Social Sphere Development

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-245-251

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

KIRISH

"Azal-azaldan xalqimiz uchun muqaddas sanalgan oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy omili deb qabul qilishimiz zamirida hech shubhasiz juda katta mahno-mohiyat mavjuddir. Chunki oila sog'lom ekan -jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - oila farovondir..."

Darhaqiqat, oilada hikmat ko'p. Sharq xalqlari oilani azal-azaldan yuksak qadrlab kelishadi. Alhol, bir-birlari bilan uchrashib qolgan kezlari eng avvalo oila haqida, uning tinchligi haqida so'rab-surishtirishadi. Demakki, oilaning xotirjamligi, barqarorligi jamiyat uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega.

Bugun Yevropaning, Amerikaning ne bir daholari ulamolari bezovta. Ular o'z asarlarida, ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlarida o'z yurtlari, ichki inqirozga yuz tutganini baralla aytishmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida eng avval oilalar barbod bo'layotganini, bunday muqaddas tushunchalarni yoshlar mutlaqo tan olmayotganini ko'rsatishmoqda. Chindan ham g'arbning ko'plab mamlakatlarida ahvol g'oyat achinarli. Lekin bizning ham xotirjam bo'lishga sira haqimiz yo'q. Chunki o'zga mamlakatlardagi antiqa urf-odatlar, bahayolik, mahnaviy qashshoqlik "ommaviy madaniyat" niqobi ostida bizning yurtlarga ham bostirib kirishi, navqiron avlodni chalg'itishi, hatto turmush tarziga aylanishi mumkin. Modomiki shunday ekan, hamisha hushyor bo'lishimiz shart. O'shanday balo-ofatdan mustahkam oilagina himoya qila olishi mumkin. Zero, mahnaviy inqiroz har qanday moliyaviy inqirozdan dahshatliroq asorat qoldirishi tayin. Buni aslo unutmaylik.

"Jamiyatimizning asosiy bo'g'ini bo'lgan oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, bugungi kunda yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarish, bu borada mahallaning roli va ahamiyatini kuchaytirish, xotin-qizlar, opa-singillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, jismonan sog'lom, mahnan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash kabi o'z oldimizga qo'ygan boshqa muhim maqsadlar barchaga yaxshi ma'lum.

Bu o'rinda gap aynan shular hisobidan pirovard natijada oila farovonligini yanada oshirish haqida bormoqda".

Bugungi kunda oilalar o'zlarining tirikchilik majburiyatlarini va sotsial muhit bilan bo'lgan aloqalarini turli xilda tashkil qilmoqdalar. Bunga yopqin misol: ortodoksal oila bilan (ayol - "uy bekasi" va erkak - boquvchi) er-xotin ikkalasi ham ishlaydigan oila o'rtasidagi jiddiy farq bo'lishi mumkin[1].

246

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-245-251

Ma'naviy va ma'rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri, milliy iftixor, g'urur bo'lmas ekan, fidokorlik, vatan'arvarlik, millat'arvarlik kabi xislatlar jo'sh urmaydi. Oila hayoti ko'p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiybiologik, xo'jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir funktsiyasining tugashi, boshqasining paydo bo'lishi, uning a'zolarining ijtimoiy faoliyatining o'sib borish ko'lami va tavsifi bilan bog'liq. V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va shaxsga munosabati bo'yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funktsiyalarni bajaradi.

Rus faylasufi I.A.Gobozov fikriga qaraganda: Jamiyatning yuzaga kelishi bosqichi yuz minglab yillar davom etib, taxminan 35-40 ming yil ilgari jamiyat shakllandi" deydi. Yu.I.Semenov esa: "Bu davrga kelib, ibtidoiy tarix nihyasiga yetib, kishilik jamiyati tarixi boshlandi"1 deb yozadi. Jamiyat dastlab stixiyali mohiyat kasb etib, o'zlashtiruvchi birlik sifatida ovchilik va baliq ovlashlar bilan izohlanib, "o'ttiz ming yildan ko''roq davr mobaynida jamiyat davlatsiz faoliyat ko'rsatdi, davlat esa - taxminan olti ming yil oldin vujadga keldi"[2].

Shu bilan birga oila shakllantirilgandan so'ng farzandlarning tug'ilishi o'z-o'zidan nikohlangan ikki jins vakili - erkak va ayolning ota hamda ona maqomiga ega bo'lishini ta'minlaydi. Ota va ona biologik jihatdan farzandlarga ega bo'lib, ularga ijtimoiyhuquqiy jihatdan vasiylik qilish, keksaygan chog'larida esa ularning g'amxo'rliklariga munosib bo'lgan erkak va ayol. Farzand (farzandlar) - bitta ota-onadan dunyoga kelgan o'g'il yoki qiz (lar). Oila ota-ona va farzandlardangina iborat bo'lmay, balki keksa avlod (buva, buvi) hamda qarindoshlarni ham o'z ichiga oladi. Buva - ota yoki onaning otasi bo'lsa, buvi - ota yoki onaning onasi sanaladi. Qarindoshlar oilaga qondoshlik nuqtai nazaridan birlashadi. Qarindoshlik - bir avlod-ajdodga mansub bo'lib, bir necha kishidan iborat guruhni qondoshlik asosida muayyan oilaga birlashishini ifodalovchi biologik-ijtimoiy hodisa.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg'or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo'lib

1 Ю.Семенов. Обуество, этнос, нация //Этнопологический вестник. 1995. №4. - С. 155.

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-245-251

kelgan. Sharqning buyuk allomalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus, Hotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Uvaysiy, Nodira, Furqat, Zavqiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko'plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o'zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e'tibor berilgan, shuning uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim 'edagogik va 'sixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali farzandlarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz.

Abdulla Avloniyning oila pedagogikasi va psixologiyasiga oid fikrlari ham diqqatga sazovordir. Uning 1913-yilda yozgan va 1917-yilda ikkinchi marta nashr qilingan «Turkiy guliston yoxud axloq» asari Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Sa'diyning «Guliston va bo'ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarlariga o'xshash janrda yozilgan bo'lib, muallif unda oilada bola tarbiyasi va umuman oilaning ijtimoiy rolini ochib bergan. Avloniy tarbiya jarayonida oilaning va jamoatchilikning o'rnini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib to'ishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g'oyat katta ahamiyatga ega. Bolaning shaxs sifatlariga to'xtalib, unda oilaning rolini ko'rsatar ekan, «Qush uyasida ko'rganini qiladur», — deydi. «Inson javhari qobildir, agar yaxshi tarbiya to'ib, buzuq xulqlardan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo'lub chiqar...». Demak olim, bola tarbiyasida oilaning rolini birlamchi qilib qo'yadi: «... tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamoq lozim ekan. Tarbiyani kim qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga «birinchi uy tarbiyasi — bu ona vazifasidir. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi — bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir, — degan javob bersak». Ko'rinib turibdiki, Avloniy bolaning mukammal tarbiyasi nafaqat oilaga, balki maktab va jamoat tashkilotlariga ham bog'liqligini e'tirof etib, tarbiya masalasini umuminsoniy vazifalar darajasida talqin etgan. Yuqoridagi qisqacha tahlillarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, musulmon olami, Sharq mutafakkirlari orasida oila muammolari bilan shug'ullangan va shu xususda o'zlarining qimmatli fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan

olimlar juda ko'p. Biz ularning ayrimlariga to'xtaldik, xolos.

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-245-251

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tarbiyani tug'ilgan kunidan boshlamoq, vujudimizni quwatlantirmoq, fikrmizni nurlantirmoq, axloqimizni go'zallantirmoq, zehnimizni ravshanlantirmoq lozim ekan. Tarbiyani kim qiladi? Qayerda qiladi? - degan savol keladi. Bu savolga: Birinchi - uy tarbiyasi, bu ona vazifasidir. Ikkinsi - maktab va madrasa tarbiyasi, bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir...

Xulosa shuki, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir[3].

Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shu qasrning 'oydevori bo'lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to'g'ri va mustahkam qo'yilishiga bog'liq. Agar shu 'oydevor yetuk, mustahkam bo'lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko'rkam, yorug', unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag'ishlaydigan bo'ladi. oilangizning ham o'ziga xos 'oydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, oiladagi muhim sanalgan xilqat ayollarning ta'siri juda kuchlidir. Xalqimiz donishmadligi bejizga emas, "Ayol baxtli bo'lsa, jamiyat baxtlidir" degan mamlakatimiz rahbarining 'urmano so'zlari taxsinga sazovordir. "Er yuzida ongli hayot paydo bo'libdiki, odamzod muqaddas Ona siymosini, ayol zotini ulug'lab, sharaflab keladi. Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprog'ini jannat bog'laridek go'zal va mo'tabardir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor. Mahlumki, muqaddas Qurhoni karimning eng katta suralaridan biri - "Niso", yahni "Ayollar" deb ataladi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda bo'lishga dahvat etadi va bu ilohiy so'zlar zamirida, albatta, teran hikmat mujassam"[4].

siymosini, ayol zotini ulug'lab, sharaflab keladi. Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprog'ini jannat bog'laridek go'zal va mo'tabardir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor. Mahlumki, muqaddas Qurhoni karimning eng katta suralaridan biri - "Niso", yahni "Ayollar" deb ataladi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda bo'lishga da'vat etadi va bu ilohiy so'zlar zamirida, albatta, teran hikmat mujassam[5].

Er yuzida ongli hayot paydo bo'libdiki, odamzod muqaddas Ona

TAHLIL VA NATIJALAR

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-245-251

Yurt kelajagi haqida gap ketarkan, birinchi navbatda farzandlar tarbiyasiga mashul onalar ilmli bo'lishi kerakligini inkor qilib bo'lmaydi. Zamonaviy ilm-fandan xabardor, oliy tahlimni sifatli o'qib tugatgan xotin-qizlar oiladagi rolidan tashqari mehnat bozorida ham juda kerakli. Shuning uchun ham ularni, avvalo, oilada, jamiyatda, ta'lim dargohlarida qo'llab-quvvatlash va shunchaki OTMni tugatishi uchun emas, sifatli o'qib tugatishi uchun sharoit qilib berish muhimdir.

Masalani ikkinchi tomoniga ham nazar tashlash kerardir. Afsuski, yurtimizdan Buxoriylar chiqmay qo'ygani ayollarimizni ilm o'rniga turk seriallariga qiziqtirishlari, ijtimoiy tarmoqlarga juda mukkasidan ketayapgam qatlam shular sirasiga kiradi. Ular nafaqat ilm berishni o'ylashadi balki, farzandiga e'tibor berish, istaklariga quloq tutish, uni qo'llab-quvvatlashda beporvolik ham katta sabablardan biri fikrimcha.

Oila - jamiyat hayotida muhim o'rin egallovchi ijtimoiy hodisadir.

Tarixiy materialimizning boshqa problemalari kabi oila va nikoh masalasida ham burjua sotsiologlari g'ayri ilmiy, reaktsion nazariyalarni ilgari suradilar. Jumladan, bahzi burjua sotsiologlari jamiyat taraqqiyotining belgilovchi kuchi -oiladir, deb tahkidlasalar, ikkinchilari, yahni malg'tuschi sotsiologlar, oila -jamiyatdagi barcha ziddiyat va illatlarning manbaidir, aholi haddan tashqari ko'payib ketishining sababchisidir, deb hisoblaydilar[6].

XULOSA

"Taraqqiy etgan millatni onalari o'qitar ekan, biz avval onalarimizni o'qitib, ularga til o'rgatmog'imiz kerak, chunki bizning ilmsiz va tilsizligimiz ulardandir.. .Turkiston bolalarini ilmsiz qo'ymang[7]".

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda oilalarga va undagi farzandlar kelajagida ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashiga katta e'tibor qaratilmoqda. Lekin bularning o'zi yoshlarning kelajak hayoti obod bo'lishi uchun yetarli emas, balki oilaviy hayot saboqlaridan ularga psixologik bilim va tushunchalar berish davr talabiga aylanib bormoqda. Chunki sog'lom psixologik muhit ta'minlangan oiladagina el-yurtga foydali kelajak avlodni tarbiyalash mumkin. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, bu masalaga e'tiborimiz davr talabiga aylangan va uning dolzarbligi amaliy hayotiy tajribada namoyon bo'lmoqda.

Onalarni ayang, odamlar!

"Boshni fido qilg'il ato boshig'a, Jismni qil sadaqa ano qoshig'a. Tun-kuningga aylagali nurfosh,

2023

National University of Uzbekistan

Modern Trends of Social Sphere Development

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-245-251

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

Birisi oy angla, birisin quyosh."

Farzand tug'ilarkan, uni ona yuvib-taraydi. Yemay-ediradi, ichmay - ichiradi. Xullas, allada aziz, to'rvada mayiz qiladi. Ona farzandini o'z kelajagi deb biladi. Unda yorqin ertasini ko'radi. Lekin ayrim o'g'il-qizlar onaning qadriga yetmaydilar. Qadr qilmaygina qolmay, bahzi erkaklar uning muqaddas nomini toptab, haqoratli so'zlar bilan so'kinadilar. Ona shahnini oyoq osti qiluvchi bunday lahnati erkaklarga qani nomus, qani or! Qani ulardagi eng ezgu tuyg'ular?! Dahlsiz ona nomini haqorat qilishga hech kimning haqqi yo'q! Onalarni ayang, odamlar! Donolarning so'zlari yodingizda bo'lsin!

"Onaning ko'zlariga boqib, uning xush-nohushligini o'rgan. Onagga har ko'rganingda, salom berganingda uning ko'zlaridan dilidagini anglashga harakat qil. Sening ko'zlaring ham ona ko'zidandir. Qobil bo'lsang, harakat qilsang, ona ko'zlari nima deyayotganini darhol bilib olasan"[8].

REFERENCES:

1. Entoni Giddens. Sotsiologiya. "Sharq nashriyoti-matbaa".-Toshkent 2002 y. 437-б.

2. И.А.Гобозов. Общество и государство: их взаимодейстие // Журнал "Филосифия и общество" №2, 2011. С.

3. И.А.Гобозов. Общество и государство: их взаимодейстие // Журнал "Филосифия и общество" №2, 2011. С.

4. Abdulla Avloniy. "Yoshlar nashriyot uyi".-Toshkent. 2022 y. 85-bet.

5. "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" - "O'zbekiston". Sh.Mirziyoev.Toshkent.-2022 y. 233-bet.

6. H.Jalilov "Oila va turmush": O'zbekiston nashriyoti -Toshkent. 1968y. 5-bet.

7. H.Jalilov "Oila va turmush": O'zbekiston nashriyoti -Toshkent. 1968y. 5-bet.

8. Mahmudxo'ja Behbudiy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.