Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI OILADA MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA AXLOQIY TARBIYALASHNING YO‘LLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI OILADA MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA AXLOQIY TARBIYALASHNING YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1344
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
xalq og‘zaki ijodi / milliy qadriyatlar / maqollar / matallar / topishmoqlar / tarbiya. / folklore / national values / proverbs / sayings / riddles / education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saodat Zoirovna Jabborova

Xalqimizda bolalarga qadr-qimmat, burch va ma’suliyatni his etish halollik va rostgo‘ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega bo‘lish lozimligi qadim-qadimdan pand-nasihat vositasida uqtirilgan. Ushbu maqolada oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida axloqiy tarbiyalashning shakl, usul va yo‘llari xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF ETHICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN THROUGH NATIONAL VALUES IN THE FAMILY

It has long been taught in our nation that children should have dignity, duty and responsibility, honesty and integrity, kindness. This article discusses the forms, methods and ways of moral upbringing of children in the family through national values.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI OILADA MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA AXLOQIY TARBIYALASHNING YO‘LLARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI OILADA MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA AXLOQIY TARBIYALASHNING YO'LLARI

Saodat Zoirovna Jabborova

Buxoro davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATASIYA

Xalqimizda bolalarga qadr-qimmat, burch va ma'suliyatni his etish halollik va rostgo'ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega bo'lish lozimligi qadim-qadimdan pand-nasihat vositasida uqtirilgan. Ushbu maqolada oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida axloqiy tarbiyalashning shakl, usul va yo'llari xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi , milliy qadriyatlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, tarbiya.

WAYS OF ETHICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN THROUGH

NATIONAL VALUES IN THE FAMILY

ABSTRACT

It has long been taught in our nation that children should have dignity, duty and responsibility, honesty and integrity, kindness. This article discusses the forms, methods and ways of moral upbringing of children in the family through national values.

Keywords: folklore, national values, proverbs, sayings, riddles, education.

Xalqning asrlar davomida tarkib topgan tajribasida tarbiyaning mohiyati, uning shakl va metodlaridan yoshlarga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyada qanday foydalangani, ular yoshlarni oilaviy hayotga tarbiyalashda qanday amalga oshirilgani kabi masalalar bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda.

Xalq hamma vaqt insonni shakllantirishda tarbiyaning mohiyatini tushunib yetgan va tarbiyani oilada farzand tarbiyasi, farzand tarbiyasida ota-onaning ibrati, oilada aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi va hunar o'rgatish masalalariga alohida e'tibor qaratgan.

Xalqning tajribasidan ma'lumki, tarbiya jarayoni murakkab va ko'p qirralidir. Zero, inson tarbiyasi bilan bola tug'ilgan kundan boshlab shug'ullaniladi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrotdan so'radilar:

Siz kattalardan ko'ra yoshlar tarbiyasiga ko'proq ahamiyat berasiz. Buning sababi nima?

Suqrot shunday deb javob berdi:

Yoshlar daraxt niholiga o'xshaydilar, qanday egsang shunday egiladilar, mening va'z-nasihatlarimni toshga muhr o'ygandek ko'ngillariga joylashtirib oladilar. Shuning uchun men ularning tarbiyasiga ko'proq e'tibor beraman

Agar bola boshidan tarbiya qilinmay, tarbiyaning vaqti o'tgan bo'lsa, bunda ularni qayta tarbiyalash zarur bo'ladi. Lekin xalq tarbiyaning bir kunlik emas, balki bir umrlik ekanligini doimo ta'kidlab kelgan va bu haqda hikmatli fikrlar bildirgan:

Shu bilan birga xalq har bir bolaning yaxshi inson bo'lib shakllanishida to'g'ri tarbiya bilan birga nasl-nasab ham muhim ahamiyat kasb etishini anglab yetgan.

Bolalar tarbiyasida tarixiy tajribalardan kelib chiqqan holda xalq tarbiyaning bir butun, yaxlit tizimini yaratdi. Bunda o'git-nasihatning ahamiyati kattaligi ta'kidlangan. Bu metod asosida tarbiyalashda xalq maqollaridan o'rinli foydalanilgan. Qadr-qimmat, burch va ma'suliyatni his etish halollik va rostgo'ylik, yaxshilik kabi xislatlarga ega bo'lish lozimligi pand-nasihat vositasida uqtirilgan. O'git-nasihat ertaklarda ham ko'p qo'llanilgan. CHunki ertaklar hayot maktabi bo'lib, ularda pand-nasihatning natijasi, echimi o'zini namoyon etadi. O'zbek xalqining milliy qadriyatlarida namuna ko'rsatish metodi ham ko'p qo'llaniladi. «Ravshanxon» dostonida ham ota, kampir, aka-ukalarda barcha ijobiy xislatlar mavjud bo'lib, insonparvarlik namunasini ko'rishimiz mumkin.

Ming yillar davomida dono fikr, o'tkir haqiqat, teran mazmun, so'z xazinasining boyliklarini o'zida mujassamlashtirgan son-sanoqsiz va rang-barang maqollarning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. CHunki har bir oilada ukalar akalarga, qiz ona, opalariga qarab tarbiya oladi, voyaga yetadi. Lekin yaxshi odamlar yaxshilarni ko'paytirsa, yomonlar oz bo'lsa-da yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta'sir etadi.

Demak, ota-ona va kattalarning ibratli fe'l-atvor va xatti-harakatlari shu oiladagi bolalarga ijobiy ta'sir qilgani kabi ularning nojo'ya xatti-harakatlari bolalarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oiladagi yosh bolalar, o'z tabiatlariga ko'ra, ko'pincha kattalarga taqlid qiladilar. Shuning uchun ham o'z oilalaridagi kattalar misolida ijobiy va salbiy fe'l-atvorga ega bo'lishlari mumkin.

O'zbek xalqining milliy qadriyatlarida ilgari surilgan metodlardan eng muhimlari rag'batlantirish va qoralash metodidir.

Bundan tashqari o'zbek xalqining milliy qadriyatlarida ishontirish metodidan ham foydalanilgan. Oila-mahalla-maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligi tizimi doirasida bolalarni milliy qadriyatlar vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda quyidagi tamoyillarga asoslanildi: vorisiylik, sulolaning muayyan an'analarga egaligi, bolalarning yosh xususiyati, farzandlarning gender mansubligi va o'ziga xos psixologik sifatlari, individual tarbiya va ijodiy yondashish, onaning pedagogik qobiliyati, ibrat, milliy-ma'naviy qadriyatlarga hurmat.

Bolalarni milliy qadriyatlar vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonini ularga yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni farqlash, jamiyatning axloqiy va madaniy qadriyatlari, shuningdek ma'naviy-axloqiy sifatlar

- saxiylik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, tinchliksevarlik haqida ma'lumot olishlariga yordam beruvchi o'zbek xalq ertaklari, topishmoq, maqol va matallar bilan to'ldirib borilishiga katta e'tibor qaratish lozim.

Bolalar yoshligidanoq xalq og'zaki ijodi janrlari bilan tanishtiriladi. Bular - ona allasi, o'yinlar - bolalar bilan ermaklar ("Chapaklar", "Qo'l harakatlari", "Hayvonlar harakatlariga taqlidlar"), maqollar, matallar, topishmoqlar, ertaklar. Xalq og'zaki ijodi bolajonlarning bilish faolligi, mustaqilligi, individualligi, hissiyotlari, atrof-olamga munosabati, nutq ko'nikmalari rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og'zaki ijodining turli shakllaridan maqsadli va tizimli foydalanish ularning ruhiy va jismoniy jihatdan kamol topishiga zamin yaratadi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti va mahallalardagi ta'lim-tarbiya jarayonida yuqorida qayd qilingan tashkiliy va pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni amalga oshirish bolalarni alla vositasida ma'naviy axloqiy tarbiyalashda, balog'at yoshidagi qizlar va yosh onalarda allalardan tarbiya vositasi sifatida foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish va metodik tayyorgarlikni rivojlantirishga imkon beradi.

Oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonining pedagogik-tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqildi.

Oila-mahalla-maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida alla vositasida ma'naviy-axlokiy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish mexanizmi ko'rgazmali-faoliyatiy fikrlash, allaning sinxron ta'siri (fonematik tovushlar) va xalq og'zaki ijodining alla, maqol, topishmoq, matal, tez aytish, ertak kabi kichik janrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirildi.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek xalqining milliy qadriyatlarida yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashda ta'lim-tarbiya metodlari, usullari keng qo'llanilganki, o'zining amaliyligi, avloddan-avlodga o'tib, tajribada sinalganligi va hayotiyligi bilan tarbiya tizimida katta ahamiyatga egadir. Biz bu borada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qo'llanilgan metod va usullar, farzand tarbiyasida ota-ona ibrati, oilada bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va hunar, estetik va jismoniy tarbiyasida xalq hikmatlari, maqol va iboralar, hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, dostonlarda xalq foydalangan metod va usullarni hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qo'llash muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. Камилова Г. А., Курбанова Г. Р., Джаббарова С. З. Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений //Academy. - 2020. - №. 5 (56). - С. 25-27.

2. Жабборова С. З. Особенности труда в дошкольном возрасте //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

3. Джаббарова С. З. ЭТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ В СЕМЬЕ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ //Проблемы науки. - 2021. - С. 61.

4. Jabborova S. Z. Forms, methods and ways of moral education of children in the family by means of national values //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 820-823.

5. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

6. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

7. Xamidovna R. I. Play as a means of developing the creative abilities of Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

8. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

9. Kamilova G. Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda integrativ yondashuv //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Olimovna K. G. The importance of the criteria of pedagogical technologies at training highly qualified personnel //Достижения науки и образования. - 2017. - №.

5 (18).

11. Камилова Г. А., Тураева О. С. ФОРМИРОВАНИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Проблемы науки. - 2021. - С. 50.

12. Хамроева Н. А. МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ РЕЧИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы науки. - 2021. - №. 3 (62). - С. 74-76.

13. Хамроева Н. А., Назарова Д. Ж. Особенности речевого развития детей старшего дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 37.

14. ХАМРОЕВА Н. А. преподаватель кафедры дошкольного образования, факультет дошкольного и начального обучения //Бухарский государственный университет, Узбекистан.

15. Supkhonovna H. N. Technology for the development of the qualities of pedagogical competence in future teachers //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. - 2021. - Т. 10. - №. 5. - С. 372-382.

16. To'raqulovich J. U., Supxonovna H. N. Ways to shape a healthy lifestyle in the family of preschool children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

17. Хакимова Н. С., Хабибова Г. Г. А. АВЛОНИ-ПРОСВЕТИТЕЛЬ, ПЕДАГОГ И РЕФОРМАТОР ШКОЛЫ //Вопросы науки и образования. - С. 34.

18. Umarova G. Bolalarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg'ulotlarining ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

19. Sharipova I. F., Umarova G. U. Some methods for calculating limits //Journal: JOURNAL OF ADVANCES IN MATHEMATICS. - Т. 10. - №. 7.

20. Nurulloyev F. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarini axloqiy tarbiyalash //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

21. Nurulloyev F. Oilada sog'lom, ma'naviy-axloqiy muhit //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

22. Nurulloyev F. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oilaga nisbatan hurmat munosabatini hakllantirish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 2. - №. 2.

23. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

24. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

25. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - с. 48-49.

26. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

27. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. -2020. - №. 9. - С. 32-34.

28. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

29. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

30. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «1НТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.