XVII ASR G'ARB - YEVROPA CHOLG'U MUSIQASI
M.Rafiqov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada XVII asr jahon musiqa san'atida cholg'u musiqasi ijodning mustaqil sohasi sifatida sahkllanish va taraqqiy etish bosqichilari haqida ma'lumot keltirilgan. XVII asr g'arb - yevropa cholg'u musiqasining taqaqqiyotiga Ko'p ovozli uslubning asosiy ko'rinishlari - gomofonik va polifonik uslublar va turli musiqiy janrlarning rivojjlanishiga hissa qo'shgan kompozitorlar K.V.Glyuk, I.S.Bax, Betxovenlar ijodi yoritilgan.
Kalit so'zlar: cholg'u, polifonik, gamofonik, uslub, melodik ovoz, opera-balet spektakli
WESTERN - EUROPEAN INSTRUMENTAL MUSIC OF THE 17th
CENTURY
M.Rafikov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The article provides information about the stages of establishment and development of instrumental music as an independent field of creativity in the world music art of the 17th century. The work of composers K. V. Glück, I. S. Bach, and Beethoven, who contributed to the development of Western-European instrumental music of the 17th century, the main manifestations of the polyphonic style -homophonic and polyphonic styles, and the development of various musical genres, is covered.
Keywords: instrument, polyphonic, gamophonic, style, melodic voice, opera-ballet performance
Jahon musiqa san'atida cholg'u musiqasi ijodning mustaqil sohasi sifatida birdaniga topa olmadi. Cholg'u musiqasi uzoq vaqt qo'shiqqa jo'rlik qildi. XVII asrda musiqa bilan shug'ullanishdagi turli shakllar - turmush va konsert ijrochiligining jadal rivojlanishi tufayli sezilarli darajada burilish yuz berdi. Cholg'u musiqasi va uning janrlari takomillashib bordi. Bu jarayonni polifonik va gamofonik musiqaning parallel rivojlanishi sifatida tasavvur qilish mumkin. Polifoniya ko'p ovozli degan ma'noni bildirib musiqada bir necha xil ahamiyatga ega bo'lgan tovush yo'nalishining uyg'unlashuvidir. Shu kabi jihatlari bilan polifoniya monodiyadan ya'ni bir ovozlikdan farq qiladi. Ko'p ovozli uslubning asosiy ko'rinishlari - gomofonik va polifonik
[fciyfl^^B 180 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
uslublaridir. Gomofonik uslubda barcha ovozlar ustidan bittasi, asosiysi ustunlik qiladi va u kuyni boshqaradi, boshqa uslublar esa bo'ysunuvchi ahamiyatga ega. Polifonik musiqada bosh va bo'ysunuvchi, melodik va jo'r bo'luvchi ovozlar yo'q, ularning har biri mustaqil ahamiyatga va o'zining rivojlanish yo'nalishiga ega.
XIV-XV asrlarda polifoniya yuksak san'at darajasiga ko'tarildi. O'sha davrning o'zida ko'p ovozli musiqa "kontrapunkt" ("nota-notaga qarshi") nomini oldi. Kontrapunkt - bu kuyni boshqarib borishning muayyan tizimi, bir nechta kuyni birga, o'zaro kelishuvdagi uyg'un sadolantirish san'ati. Polifoniyaning eng muhim belgisi imitatsiya hisoblanadi. Imitatsiya so'zi taqlid ma'nosini bildirib, Polifoniyada bu ovozlarning navbat bilan o'z ijrosini boshlashi, unda har bir ovoz ma'lum vaqt o'tgandan so'ng o'sha kuyni takrorlanishidir. Cholg'u polifoniya birinchi navbatda organ musiqasining rivojlanishi bilan bog'liq.
XVII asrda cholg'u musiqasi, xususan, organ polifonik musiqasi o'zining yetuk darajasiga erishdi. Asosiy janrlarning rivojlanish yo'naiishi aniqlandi: turli uslub va xarakterdagi epizodlarning erkin uyg'unligini o'zida namoyon etuvchi improvizatsion yo'nalishi imitatsiya tamoyillariga hamda izchillikka qat'iy rioya qiluvchi yo'nalish paydo bo'ldi. Improvizatsiya turidagi pyesalarga - prelyudiyalar, fantaziyalar, tokkatalarni kiritamiz. Chog'u musiqasida barcha janrlarning tugal shakllanishi I.S.Baxning ijodida yaqqol ko'rindi. XVI - XVIII asrga kelib Yevropa shaharlari raqslari nihoyatda rang-barangligi bilan farq qiladi. Ularning qatorida vazmin, sokin harakatli: pavana, allemanda, sarabanda, chakona, o'rta-tez, sirpa- nuvchi: kuranta, menuet, turli sakramlar, tez-irg'ishli: galyarda, burre, gavot, jiga raqslari o'rin oldi. Raqslarning deyarli har biri xalq tomonidan yaratilgan bo'lib, shahar shart-sharoitida birmuncha o'zgarib, o'zini xalqchil negizlaridan uzoqlashib borgan. Aristokratlarning ulug'vor kuchini ko'rsatish maqsadini ko'zlagan va saroy marosimlarining asosiy qismiga aylangan bu raqslar jonli va xalqchil soddalik belgilaridan yiroqlashib, dabdabali ko'rinishga ega bo'lib bordi. Xususan, yirik aristokratlar saroy ida xizmat qilgan kompozitorlar ijodida yangi raqslami yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etar edi. Masalan, knyazlarning tantanavor chiqishlari, kelinlarni cherkovga kuzatish, ruhoniylarni diniy chiqishlari kabi hodisalar g'ururli "pavana" yoki "paduana" raqslari jo'rligida tashkil etilgan. Bu raqslar bilan, shuningdek, saroy ballari va maskaradlari ochilar edi. Tahmin qilishlaricha, pavana so'zi lotinchadan "pavo", ya'ni tovus degan ma'noni bildirgan, chunki raqqoslar o'zining "boy kiyim-kechaklari, ust boshlari va dabdabali vazmin harakatlari bilan tovus qushini eslatganlar"
Shahar ballari va majlislarni o'sishi bilan pavana oldingi xarakterini yo'qotib, birmuncha sodda va harakatchan bo'lib qoldi. Bunday o'zgargan holatda u allemanda (nemis) jamoatchiligiga hos sekin raqsining tug'lishiga turtki berdi. XVII asrlarda vazmin turdagi raqslardan bo'lgan sarabanda mashhurlikka erishdi. Sarabanda uch xissali, ispan-mavritan ildizlari mavjud bo'lgan va akkordli jo'mavozlik bilan ijro
rfccTii^^Bl 181 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJlF 2022)
etiladigan raqs turidir. Bu raqsni g'amgin, motam va bosiq-shiddatli xarakteri kechki yuz yilliklarning motam marshlariga yaqin bo'ldi. Kompozitorlar sarabandaning ritmiga o'z ijodlarida ko'p murojaat qilganlar. Masalan, K.V.Glyuk o'zining "Orfey" operasida, o'liklar saltanatidagi Evridika soyasining g'amgin raqsida sarabandaning ifodaviy xususiyatlarini qo'lladi. Betxoven esa "Egmont'' uvertyurasini XVI asr ispan hukmronligida bo'lgan Niderland davlatini aks ettiruvchi g'amgin- qayg'uli sarabanda mavzusi bilan boshlagan.
Sarabandaning turlari qatoriga chakona va passakalya raqslari kiradi. Bu raqslarning rnusiqasi - bas ovozida takrorlanuvchi bitta mavzu va bir nechta variatsiyalardan tashkil topadi. Chakonada ("doimo o'sha", ya'ni "o'sha bas ovozi" ma'nosi) bosh mavzu ko'p hollarda pastga harakatlanuvchi ko'rinishda beriladi. Bu raqs belgilari yorqin holda Betxovenning "32 variatsiya" mavzusida namoyon bo'lgan. Birmuncha tantanavor va vazmin passakalya ko'chada o'tkazilayotgan yurish va marosimlarining sharafli marshi bo'ldi. Ko'p holatlarda passakalya raqsi bilan shahar majlislari yoki ballari yakunlangan. Bu holatda bas ovozidagi takrorlanuvchi, past harakatli kuy uy bekalarini mehmonlar bilan xayrlashuvini aks ettiradi. Qadimgi vazmin sur'atdagi raqslar o'rtacha, tez yoki harakatchan raqslar bilan ketma-ket almashinib turganlar. Shunda pavanadan so'ng galyarda (yoki saltarella) italyancha sho'x va jonli raqs ijro etilar edi. Pavana va galyarda bir-birini kontrastli bo'yoqlar bilan to'ldirib borgan. Keyinchalik pavana o'z o'rnini allemandaga, galyarda esa o'z o'rnini kurantaga bo'shatib berdi.
XVII asrda saroy ahlining va byurgerlarning maishiy hayotida ular muhabbatini qozongan raqs menuet bo'ldi. O'tmishda fransuz xalq davra raqsi bo'lgan menuet, saroy sharoitida o'z ko'rinishini o'zgartirib - dabdabali, bo'rttirilgan bal raqsiga aylandi. XVIII asrda esa bu raqs yuqori tabaqali jamoa qatlamini xarakterlovchi musiqiy mavqeyiga ega bo'ldi. Jumladan, Motsartni "Figa- roni uylanishi" nomli operasida bosh qahramon Figaro kekkaygan amaldor Almavivani "burnini ishqab qo'yish" maqsadida menuet ritmdagi kavatinasini kuylaydi. XVIII asrning boshida menuet Rossiya davlatida Pyotr I uyushtirgan assambleyalarda ijro etilgan. Bu raqs turiga XVII-XVIII asrning ko'plab kompozitorlari murojaat qildi. Masalan: Jan-Batista Lyulli menuetni o'z opera-balet spektakllariga, Bax va Gendel - cholg'u syuitalariga kiritadi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida bu janr sonata, simfoniya va kvartetlarga sonata-simfonik turkumining bir qismi sifatida kiritiladi. Tezkor, sho'x, sakrashlar bilan ijro etilgan raqslar XVII-XVIII asrlarda ochiq havoda o'tkazilgan turli tantanavor bayramlarning asosiy qismini tashkil qilgan. Ushbu davrda talpinuvchi jiga, burre, gavot juda mashhur hisoblangan. Burre - Fransiya qishlog'i Ovem o'rmonchilarining qadimgi raqsi bo'lib, "yog'ochlarning bir bog'i" degan ma'noni anglatadi. Raqs tushganlar har bir uchinchi taktdan so'ng, oyoqlari bilan qattiq to'pillatib, keskin
ITÏy^^^BI 182 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJlF 2022)
sakrab harakat qilishgan. XVII asrda katta o'zgarishlar bilan bu raqs saroy va Lyullini opera-balet raqslari qatoridan o'rin oldi. Lyulli davrida yana bir tez, sho'x fransuzcha raqs - to'rt xissali (takt oldi ikki xissali) bo'lgan gavot ham keng tarqaldi. I.S.Baxning "gavoti" bunga misol bo'lishi mumkin. Gavotni o'rta qismini myuzet tashkil etadi. Pastoral xarakteridagi myuzet raqsiga jo'rnavoz bo'lgan ohang xalq cholg'usi volinka (myuzet)ni eslatgani uchun, shu nomni ham oldi. Shu qatorda qadimgi provansal raqsi hisoblangan rigodonni ham eslab o'tish joiz.
Jiga raqsi Angliyada juda sevimli bo'lgan, shunisi ma'lumki, Shekspir davrida jiga bilan xalq teatr tomoshalari - farsga yakun solingan. XVII-XVIII asrlarda jiga saroy ballaridagi raqslar qatopriga qo'shiladi, lekin shunga qaramay, u Yevropa xalqlari va dengizchilar orasida hamon keng ijroda bo'lgan. Raqslarning bunday rang-barangligi XVII-XVIII asr kompozitorlari yaratgan musiqalarida o'z aksini topdi. Bosmadan chiqarilgan bir qator to'plamlar kuylash yoki uy sharoitida musiqiy cholg'ularda (lyutnya, arfa, klavesin, skripka) ijro etiladigan raqs pyesalaridan tashkil topgan. Turli xarakterdagi kontrast raqslarni taqqoslanishida qadimgi raqs syuitasi asosida yotadi. Syuita asosini to'rtta raqs tashkil etgan: allemanda - o'rtacha-vazmin, kuranta - harakatchan, sarabanda - juda vazmin, jiga-juda tez. Gohida sarabanda va jiga oralarida boshqa raqslar ijro etiladi: burre, gavot va menuet, qadimgi polonez, anglez (kontrodans) ham.
Syuitalar nafaqat yakkasoz, balki cholg'uchilar orkestri uchun ham mo'ljallab yozilgan. Syuita musiqasi endilikda raqs harakatlari uchun jo'rnavozlik vazifasini bajarmaydi. Paydo bo'lgan raqs shakllari syuitada o'zining amaliy mavqeyini yo'qotib, yuqori badiiy ma'no bilan boyitildi. Keyinchalik syuita tarkibiga raqs shaklida bo'lmagan musiqa ham kirib bordi. Buyuk nemis kompozitorlari Bax va Gendel ijodida qadimgi raqs - syuitaning eng yuksak namunalari yaratildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Гуревич Е. История зарубежной музыки. 2-е изд. - М., 2000.
2. Друскин М. Клавирная музыка Испании, Англии, Нидерландов, Франции, Италии, Германии XVI-XVIII веков. - Л., 1960.
3. Друскин М. Иоганн Себастьян Бах. - М.: Музыка, 1982.
183
ISSN 2181-063X I Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)