Научная статья на тему 'QADIMGI MISR MUSIQA MADANIYATI'

QADIMGI MISR MUSIQA MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
252
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ehrom / saroy / afsona / pantomima / Injil / Pentatonika / tembr / barelyef / lad / sistr / kalotushka / uffata fleytalari / xeyronomiya / drama / epizod / lira / fara / buksina / gidravlos / astrologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.Xudoyberdiyeva, M.Qurbonova

Sharq mamlakatlarida musiqa madaniyatining yuzaga kelishi, Qadimgi Misr paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi, Misrning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, Qadimgi Misr musiqa madaniyati, Misrda kashf etilgan ilk cholg‘ular, Qadimgi Misr musiqa ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI MISR MUSIQA MADANIYATI»

QADIMGI MISR MUSIQA MADANIYATI

M.Xudoyberdiyeva Ilmiy rahbar: M.Qurbonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Sharq mamlakatlarida musiqa madaniyatining yuzaga kelishi, Qadimgi Misr paydo bo'lish va rivojlanish tarixi, Misrning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, Qadimgi Misr musiqa madaniyati, Misrda kashf etilgan ilk cholg'ular, Qadimgi Misr musiqa ladi.

Kalit so'zlar: ehrom, saroy, afsona, pantomima, Injil, Pentatonika, tembr, barelyef, lad, sistr, kalotushka, uffata fleytalari, xeyronomiya, drama, epizod, lira, fara, buksina, gidravlos, astrologiya

ANCIENT EGYPTIAN MUSIC CULTURE

M.Khudoyberdiyeva Scientific supervisor: M.Qurbanova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The emergence of musical culture in Eastern countries, the history of the emergence and development of Ancient Egypt, the economic and social life of Egypt, the musical culture of Ancient Egypt, the first musical instruments discovered in Egypt, the music of Ancient Egypt.

Keywords: ehrom, palace, legend, pantomime, bible, pentatonic, timbre, basrelief, lad, sistrum, kalotushka, uffata flutes, hieronomy, drama, episode, lyre, lute, fara, buksina, hydravlos, astrology

Insoniyat tarixidagi qadimiy musiqa madaniyatining buyuk o'chog'lari Sharqda yuzaga kelgan Vavilon, Urarta, Yegipet, Finkiya mamlakatlarida o'zining yaqqol dalillarini topgan. Bu haqdagi ma'lumotlar miloddan avvalgi IV-III asrlarga ta'lluqli bo'lib, ularning tarixi juda katta davlarni jumladan, -30-40-asrlarni o'z ichiga oladi. Qadimiy davlatlarda saroylar, ehromlar, kemalar qad rostladi. Bu yerda ilk navbatda, fan, astronomiya, matematika, tibbiyotga talab yuqori bo'lgan.

Qadimgi yozuvlar (Vavilon mixxati, Yegipet iyeroglif xatlari) paydo bo'ldi. Inson ongida ham ancha o'zgarishlar yuz berdi, inson birinchi bor yerdagi qimmatbaho boyliklarni yaratuvchisiman, deb o'ziga yuksak baho berish bilan bir qatorda, tabiat bilan ham teng kela olaman degan fikrga kelib qoldi.

O'sha davrda mamlakatlarda har xil afsonalar to'qilgan. Jumladan, mahluqlarni yenggan mard bahodirlar, xudolarni sirini ochgan qahramonlar haqida juda ko'p afsonalar to'qilgan (masalan, vavilonlarda Gilgamesh, greklarda Prometey). [MUSIQA TARIXI IBROXIMOV O.A, XUDOYEV G' M, 7-bet].

San'at - bu chegarasizlik hukmronligi ustidan g'olib chiqdi va qulchilik davrida mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy siyosiy jarayonlarga qaramay, san'at professional darajaga olib chiqildi. Bunda rassomlar, arxitektorlar, musiqachilar mehnati yuksak e'tirof etilib, alohida o'rin egalladi, bunday badiiy qimmatbaho narsalar yaratuvchisi, ustalar esa turli erkinlik va imtiyozlarga ega bo'lishdilar. Boshqa san'at turlari qatori musiqa ham bevosita saroyga xizmat qilganligi bizga tarixdan ma'lum. Musiqa diniy marosimlarga, saroydagi turli xildagi marosimlarga o'zgacha yorqinlik, zavq-shavq, hashamatlilik kabi sifatlari namoyon etishi kerak edi. Shunday qilib, san'at ikkiga bo'lingan: xalq san'ati va professional san'at. Vavilon, Siriya, Misr va Qadimgi Sharq davlatlarida juda katta professional musiqachilar ansambllari o'z faoliyatini olib borishgan.

San'at - mashhur boy zodagonlarning uylarida o'yin-kulgu, qo'shiq-raqs, cholg'u sozlarida chalish bilan bir qatorda insonga hursandchilik olib kelishda, hayotda zavqlanishga olib keldi va gullab yashnadi. Qadimiy san'at madaniyati esa mana shunday sinkretizm ruhida sug'orilib kelingan. Musiqa avvalgidek so'z bilan qo'shiq o'yin, pantomime bilan hamohang birlikda yurdi. Qadimgi Misr musiqalarida - Oziris xudosiga bag'ishlangan misteriyasida sinkretik xarakter yotadi. Unga ko'ra teatrlashtirilgan ko'rinishida, uning o'limi va qayta tirilishi tarixi yoritib berilgan. Xususan Sharq mamlakaltlari musiqasida bu davrning badiiy amaloyoti , musiqa tilining keyingi rivojlanish bosqichlari sodir bo'la boshladi. Pentatonika keng tarqala boshladi, melos turli tarzda shakllanib bori, cholg'ularning tembrlaridan yorqinroq foydalana boshlandi.

Qadimgi Misr - Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimgi davlat sifatida qaraladi. Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashaganlar. Miloddan avvalgi 10-6 ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug'ullanishgan. Ular orasida kad, som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar, va kushitlar bo'lib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4 - ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufuzining ortishi barobarida chorvachilik va dehqonchilikka o'tishni tezlashtirgan, bu esa o'z navbatida hududiy jamoalarning paydo bo'lishiga olib kelgan. [htpps: // uz.m.wikipedia.orgA wiki].

Qadimgi Misr musiqa madaniyatining ildizlari miloddan avvalgi 4 - ming yillikning oxiri, uchinchi ming yillikning boshlariga borib taqaladi. Shu hususida bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarning asosiy qismini madaniyat yodgorliklarini tashkil etadi. Jumladan, cholg'u asboblari, ikonagrafik materiallar (barelyef va boshqa

tasvirlar), madhiyalar va qo'shiqlarning so'z matnlari, qadimgi Yunon va Rim faylasuflarining qo'l yozmalari bundan dalolat beradi.[Sposobin V. Musiqa shakli. -T.1983].

Qadimiy Misr musiqasidan saroy va haram ibodatlarida foydalanilgan. Shu bilan birga musiqa turi toifaga mansub insonlarning dam olish vositalaridan biriga ham aylandi. Shu bois Misrda musiqa "xi" ya'ni "orom" olish so'zi bilan nomlanishi tabiiy holdir. Jamoa saflanishi davridan avval quyidagi cholg'ular mavjud edi: ya'ni qo'ng'iroqchalar, sistr, kolotushka hamda aerofonlarning ilk shakllari esa - hushtak va fleytalar. Ilk Qadimiy va O'rta podsholik darida (miloddan avval 3000 - 1700 asrlar) qamishdan yasalgan nay, uffata fleytalari, truba, arfa, turli xil barabanlar, shiqqildoqlar amalda ya'nikim, yuqorida sanab o'tilgan marosimdalrda keng qo'llanilgan. Bu davrga kelib esa, piktografik notalashtirish va musiqani koinot jismlari bilan bog'lash nazariyasining ilk namunalari ham paydo bo'la boshladi. Misr ibodatxonalarida o'tkazilgan marosimlarda musiqa namunalaridan keng tarzda foydalanilgan. Bu borada - xudolar Osiris, Isida, Tot ( ular musiqa san'atini yaratuvchilari deb hisoblangan) larga bag'ishlab o'tkazilgan ibodatlar alohida qayd qilingan.

Qadimgi Misrning musiqiy ladi ya'ni (cholg'ular tuzilishining tahliliga ko'ra) Pentatonikaga asoslangan holda bo'ladi. Shuni ta'kidlash joizki, bu davrlarda shu bilan bir qatorda saroy musiqasi ham, ma'lum darajada o'ziga xos bo'lgan. Saroyda ijro etilgan musiqalar ( xor qo'shiqchiligi, marosim kuylari, ayollarning qo'shiq - yig'ilari va raqslari ) yurish harakarlari hamda, dramatik epizodlar bilan biriktirilgan holda kelgan.

Miloddan avvalgi 3 - ming yillikda Misrda "xeyronomiya" rivoj topib (xeyronomiya taxminlarga ko'ra notalashtirish vazifasini ham bajargan) keng tarqaldi. Qadimgi podshohlik davrida professional musiqachilar (ko'p hollarda saroy musiqachilari) ijtimoiy tabaqasi shakl topdi. Ular ichida Xemre, Xufu - Anx va boshqalar mashhur bo'lgan. [MUSIQA TARIXI IBROHIMOV O.A, XUDOYEV G'.M 9 - bet].

Yangi podshohlik davriga kelib esa, (miloddan avvalgi 1580-1070-yillar) Qadimgi Misr musiqasi Osiyo, xususan Siriya ta'siri ostida rivoj topa boshladi.

Musiqa cholg'ulari - goboy , uchburchakli arfa, lira, lyutnya, kifara va boshqa cholg'ular bilan boyitildi. Ko'p cholg'ularni mukammal tarzda tuzilishi to'liq xromatik tovushqatorni amalda qo'llash imkonini yaratib berdi. Yunon - rim ta'siri ostida esa, Misrda (miloddan oldin 332-395 yillar) keng miqyosida avlos, ko'ndalang fleyta, buksina, turli xil lira, lab - garmonikasi, baraban va boshqa asboblaridan foydanildi. Miloddan avvalgi III asrda Aleksandriya gidravlos cholg'usi ham kashf qilindi. [Levik B.Chet el musiqasi tarixi. - 1981 17-bet].

Shu o'rinda Misr musiqa madaniyati - eng qadimiy musiqalar sirasiga kiradi. Bizgacha yetib kelgan musiqa madaniyatining ilk moddiy yodgorliklari esa, yuqorida

ta'kidlaganimizdek 3 - ming yillikka mansub. Bular turli musiqa asboblari - shiqildoq, tartarak hamda chig'anog'lardan yasalgan hushtaklar hisoblanadi. Maqbaralar devorlariga ishlangan bralyeflar maishiy turmushda musiqa tarqalganiga guvohlik beradi. Ommaviy bayramlar, diniy turli hildagi marosimlar, mehnat jarayonlari musiqasiz tasavvur etib bo'lmagan. Misrda bir ovozli musiqa rivoj topgan. Yangi podshohlik davrida ko'p ovozli musiqaning sodda shakllari ham pay do bo'lgan. Raqslar, sahna tomoshalari, badiiy adabiyot musiqa bilan uzviy bog'liq bo'lgan.

Arfa, nay, yog'och va jez karnay, organ, urma zarbli musiqa asboblari keng ommalashgan. Qadimgi Misrda musiqa ijrichilari, professional musiqachi, shoirlar mo'tabar zotlar sanalib, fir'avnlarga qarindosh deb hisoblashishgan. Ellinistik va Rim davrida Misrda musiqa o'ziga xosligni aytarli darajada saqlab qolgan. Rim hukmronligi barham topgach esa, turk, arab va boshqa xalqlar musiqa madaniyati bilan uzviy bog'liq bo'lib qolgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, aynan yuqorida ta'kidlangan davrlarda Qadimiy Misr musiqa madaniyati va taraqqiyoti o'zining yangi bosqichlariga ko'tarilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. MUSIQA TARIXI IBROHIMOV O.A, XUDOYEV G'.M TOSHKENT-2018

2. Lexik.B Chet el musiqasi tarixi. - T.1981.

3. Chet el musiqasi tarixi. Ma'ruzalar matni. To'plovchi: A.S.Qo'shayev. -Buxoro, 2006.

4. Tursunova R, Tursunova G. Jahon musiqa tarixi. - T. Voris, 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.