Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI TARIXI VA UNING METODOLOGIK ASOSLARI'

MUSIQA MADANIYATI TARIXI VA UNING METODOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
134
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
antik davr / Misr / Bobil / Yunoniston / “Olamiy aql” / atom / Gippokrat / Demokrit / Afina / Aristotel / Gomer davri / katta ashula / darvesh.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Akbarova Nasiba

Ushbu maqolada musiqa madaniyatining qadimgi antik davrdan boshlab rivojlanish jarayonlarini va ularning metologiyasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI TARIXI VA UNING METODOLOGIK ASOSLARI»

MUSIQA MADANIYATI TARIXI VA UNING METODOLOGIK ASOSLARI

Akbarova Nasiba

Farg'ona davlat universiteti Magistratura bo'limi 2 -bosqich magistranti https://doi. org/10.5281/zenodo. 8041590

Annotatsiya. Ushbu maqolada musiqa madaniyatining qadimgi antik davrdan boshlab rivojlanish jarayonlarini va ularning metologiyasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: antik davr, Misr, Bobil, Yunoniston, "Olamiy aql", atom, Gippokrat, Demokrit, Afina, Aristotel, Gomer davri, katta ashula, darvesh.

Qadimgi antik davrda tabiat va insonlar faoliyati ustidan olib borilgan kuzatishlarning natijalarini umumlashtirish natijasida falsafiy qarashlar ravnaq topib borgan. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo xalqlarining bilimlaridan ko'p bahramand bo'lganlar. Qadimgi Sharq fani yunon dunyosida ilm-fanning yanada rivojlanishiga barakali ta'sir etgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlardan boshlab Yunonistonda madaniyat va fan yanada rivojlanib ketadi. O'sha davrda Yunonistonda Gerodot, Demokrit, Pifagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Aristotel kabi ulug' olimlar yashab ijod qilganlar.

Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyoning g'arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan yaxshi xabardor bo'lib, o'sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar. Ular tabiat va jamiyat hodisalarini kuzatib bu hodisalarning sabablarini tushuntirishga harakat qilganlar.

Periklning do'sti Anaksagor materiyaning tuzilishi bilan qiziqqan va uning kelib chiqishiga asos "Olamiy aql" deb hisoblangan. Miloddan avvalgi 460-370 yillarda yashagan Abderalik Demokrit esa butun koinot, narsalar ham eng mayda zarralar - atomlardan iborat degan mashhur ta'limotni yaratdi. "Atom" - yunonchada "bo'linmas" demakdir. Uning fikricha harakat materiyaning azaliy xususiyatidir [7, 184].

Mashhur yunon olimlaridan yana biri tabib Gippokratdir. U Kichik Osiyoning janubi-g'arbiy sohiliga yaqin kelgan. Olim Misr, Kichik Osiyo, Liviya va qadimgi skiflar mamlakatiga safar qilgan. Gippokrat o'sha yerdagi odamlarning turmus h tarsi va urf-odatlari bilan tanishgan. Gippokrat tibbiyot bilimi asoslarini otasi Geraklitdan o'rgangan. U mashhur tabib bo'lib, tibbiyotning barcha masalalari bilan shug'ullangan. Gippokrat mashhur tabib bo'lishi bilan birga zamonasining ulug' faylasufi - donishmand ham bo'lgan. U odamlarga mehribon, kamtar odam edi. U o'z shogirdlari bilan birga "Gippokrat to'plami" nomli tibbiy asar yozib qoldirgan. U 72 ta kitob va maqolalardan iboratdir. Gippokrat miloddan avvalgi 375-yili 85 yoshida vafot etgan.

Atoqli yunon faylasuf donishmandlaridan biri Suqrot bo'lib, u miloddan avvalgi 441 -yili Afinada tug'ilgan [8, 497]. U o'z umri davomida birorta ham kitob yozmagan. Suqrot maktablarda dars bermagan, ma'ruzalar o'qimagan, balki odam gavjum bo'lgan joylarda o'z shogirdlarini haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas deb o'ylovchilarga qarama-qarshi, uni bahs-munozara orqali bilinadi deb hisoblardi. O'z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning bu fikrlari Afina quldorlik demokratiya tuzumining dushmani sifatida ayblanib, miloddan avvalgi 399-yilda sudga berilgan. Sud uni o'lim jazosiga hukm qilgan. Sud hukmiga muvofiq, u giyohdan tayyorlangan bir payola zaharni ichib o' lgan.

Yunonistonning ulug' olimlaridan biri Aristoteledi. U Makedoniya podsholari saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan avvalgi 384-yilda tug'ilib, 322-yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni "birinchi muallim" deb baholaganlar, chunki u g'oyat keng bilimga ega bo'lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo'lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo'lib, ularning har birini botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.

Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer shar shaklida bo'lib, u butun koinotning markazidir, quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z davri va keying davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.

Qadimgi yunon adabiyotining paydo bo'lishi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Yunonlar ajoyib afsona, rivoyat, she'r, doston, tragediya va komediyalar yaratganlar. Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og'zaki tarzda avloddan-avlodga yetkazganlar. "Prometey", "Gerakl", "Didal va Ikar", "Argonavtlar", "Odisseya" va "Iliada" kabi afsona va dostonlar yunon adabiyotining nodir namunalaridir.

Yunon adabiyotining mashhur asarlari qatoriga "Iliada" va "Odisseya" dostonlarini kiritish mumkin. Rivoyatlarga ko'ra bu asarlarning muallifi miloddan avvalgi VIII asrda yashagan ko'r baxshi Gomer ekan. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshlaridan o'tkazgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.

Olimlar uzoq vaqtgacha Gomer dostonlaridagi voqealar o'ylab chiqarilgan afsonalar deb faraz qilganlar. Ular Troya shahari ham bo'lmagan deb o'ylab kelardilar. Ammo arxeolog olimlar Kichik Osiyoning shimoli-g'arbidagi yerlarda qazish ishlarini olib borar ekanlar, u yerdan yog'indan kuyib kul bo'lgan shahar xarobalarini topganlar. Bu yunonlar o'n yildan urush olib borgan Troya shaharining qoldig' iekan. Olimlar Troya xarobalaridan uy-joylar, mudofaa devorlari, spool buyumlarining parchalari, yashirinib qo'yilgan narsalar va odam suyaklarining qoldiqlarini topganlar. Bu "Iliada" va "Odisseya" dostonlarida tasvirlangan Troya shahri edi.

Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari, xususan Gomer dostonlari juda katta ahamiyatga ega. Shu ma'noda miloddan avvalgi XI-IX asrlar Gomer davri deb bekorga aytilmagan.

O'rta Osiyoning har qaysi viloyatlarida mahalliy sharoitlariga ko'ra o'z musiqiy uslublari yoki yo'nalishlari paydo bo'la boshlaydi: masalan: Buxoroda katta hajimdagi "xalq ashula va kuylari", bular maqom yo'llariga yaqinroq yo'nalishda: Farg'ona hmada Toshkent hududida "Katta ashula" janri, Buxoroda "Shashmaqom" va Xorazmda "Xorazm maqomlari" turkumlari rivoj topgan edi.

XVIII asrda Farg'ona vodiysida darveshlar avlodi hukmronlik qila boshlab o'sha vaqtda darveshlar musiqalari o'zlari oralarida ijro etilar edi. Ijro etiladigan qo'shiqlarning ko'proq ma'nosi dinga bag'ishlangan.

Yo olloh do'st, yo olloh,

Haq do'st yo olloh.

Daveshlar kiyimlari ham omma kiyimlaridan ajralib turardi. Ular har-xil rangli quroqlardan parchalardan tikilgan to'nlar, boshlarida "Kuloh" kiyar edilar. Qo'llarida uzun tayoq, sochlari uzun taralmagan -devonasifat bo'lganlar, (ularni qalandarlar ham der edilar). Lekin darveshlar qo'shiqlarini xalq hech qachon kuylamagan. Oddiy xalq mehnat, turmush

sharoitlarini e'zozlaydigan qo'shiqlarni dildan kuylab ijro etar edi. Bu qo'shiqlarning she'rlari Turdi, Mashrab kabi shoirlar tomonidan bastalangan edi va uni xalq sevib ijro etardi.

O'zbek xalqining bebaho boyligi hisoblanmish - milliy musiqiy cholg'ularimiz o'zining betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoz tarovatining rang-barangligi va ijro imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida o'rin tutadi. Musiqiy cholg'ular azal-azaldan o'zbek xalqining ma'naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, kundalik turmush tarsi bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Ular hozirgi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, cholg'u ijrochiligi san'ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik vosita sifatida shakllanib, nafaqat musiqa ilmida, balki zamonaviy musiqa ijodiyotida ham katta qiziqish uyg'otib kelmoqda. Uning barcha o'ziga xosxususiyatlari vaqirralarini o'rganish esa cholg'u ijrochiligi amaliyotini boyitishga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 2-fevraldagi PQ-112-sonli "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil, 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror.

3. T.Ye.Solomonova. "O'zbek musiqasi tarixi". Toshkent "O'qituvchi", 1981. 23-bet.

4. T.Ye.Solomonova. "O'zbek musiqasi tarixi". Toshkent "O'qituvchi", 1981. 36-bet.

5. T.Ye.Solomonova. "O'zbek musiqasi tarixi". Toshkent "O'qituvchi", 1981. 54-bet.

6. Xolmurod Abdujafforovich Nazarov Termiz davlat universiteti. Qadimgi davrlarda vujudga kelgan ilk cholg'ular va ularning rivoji. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4. 939-bet.

7. Грубер Р. История музыкальной культуры. - М., 1941 (том 1, часть первая), 139-бет.

8. Вызго Т. Музыкальные инструменты Средней Азии. - М., 1980, 15-бет.

9. Грубер Р. История музыкальной культуры, 140-бет.

10. Грубер Р. История музыкальной культуры, 138-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.