"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
QADIMIY MUSIQIY SAN'ATNING SHAKLLANISH JARAYONI B. Qobilova, 2Sh. Toshpolatova, 3М. Muhammadjonova, 4М. Muninova, 5М.
Baxromova, 6D. Rahimova, 7Axrorova M.
1Qo'qon DPI Musiqa ta'limi kafedrasi dotsenti 2,3,4,5,6,7Musiqa ta'limi yonalishi 2- kurs talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.10159930
Annotatsiya. Ushbu maqolada qadimiy musiqiy san 'atning shakllanish jarayoni, tarixi qadimiy manbalardan ''Avesto'', ''Shoxnoma'' asarlarinda keltirilgan ma'lumotlarni o'quvchilar bilishlari va ushbu asarlar orqali qadimgi musiqa va san'at tarixini o'qib o 'qganishlari borasida so 'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: tarix,san'at,musiqa,ohang,ansambl,nag'ma,burg'usimon puflama, daf, chang, qo'sh nayli, vin, barbat, tanbur,ud.
Аннотация. В этой статье студенты узнают о процессе формирования и истории древнего музыкального искусства из древних источников в произведениях «Авеста», «Шохнома», а также прочтут историю древней музыки и искусства через эти произведения.
Ключевые слова: история, искусство, музыка, мелодия, ансамбль, песня, духовые инструменты, бубен, чанг, двойная флейта, вин, барбат, танбур, уд.
Abstract. In this article, the formation process and history of ancient musical art can be learned from ancient sources in the works of "Avesta", "Shokhnoma" and read the history of ancient music and art through these works. There was talk about their meetings.
Keywords: history, art, music, melody, ensemble, song, wind instrument, tambourine, chang, double flute, vin, barbat, tanbur, oud.
Kirish: Musiqa san'ati eng qadimgi davrlardan Markaziy Osiyo hududlarida yashab kelgan xalqlar madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan. Shavkat Mirziyoyev: "Musiqa - hech narsa bilan o'lchab, solishtirib bo'lmaydigan beqiyos ilohiy ta'sir kuchiga ega"!(1) degan so'zlarida juda katta ma'no bor. Shavkat Mirziyoyev may oyi oxirida "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon va "O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi qarorni imzolagan edi.Bu yuzdan musiqa ta'limida o'qitish va ta'lim sifatini yaxshilash, takomillashtirish barcha professor-o'qituvchilarning bosh maqsadiga aylandi.Uning yo'nalishlari, janrlari, shakllari o'zbek xalqining ajdodlari bo'lmish hozirgi 0'rta Osiyo, Afg'oniston, Pokiston, Eron va Sharqiy Turkiston hududida yashagan qadimgi sug'diylar, xorazmiylar, parfiyaliklar, baqtiriyaliklar ijodiy faoliyati va tafakkurining mahsuli sifatida asrlar davomida shakllanib taraqqiy etib kelgan. Shuningdek, bu san'at turining rivojlanishiga Xitoyning shimoliy chegaralaridan to sharqiy Yevropagacha cho'zilgan ulkan mintaqaning dasht, o'rmon -dasht, tog'li o'lkalarida yashagan (skif, savromat-sarmat,sak-massaget) xalqlarning ta'siri ham nihoyatda katta bo'lganligini hisoblovchi dalillar yetarli. Musiqa san'atining tarixiy shakllanish jarayoni dastlab, tabiat hamda tevarak-atrofda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tushunishga harakat qilishga bo'lgan ehtiyoj sifatida ilk mifologik tasavvurlar ta'siri ostida kechib, keyinchalik kohinlar boshchiligida o'tkaziladigan turli marosimlaming ruhiy-ma'naviy o'tkaziladigan turli marosimlarning ruhiy-ma'naviy oziq mazmuniga aylangan. Musiqa san'atini takomillashuvi shaharlar madaniy hayotining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, uning ildizlari eramizdan avvalgi
"RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
ikkinchi ming yillik oxiri va birinchi ming yillik boshlariga borib taqaladi. Ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi, turli xil kasb-hunarlaming pay do bo'lishi va taraqqiyoti, xalq bayramlari, diniy marosimlar, shuningdek, saroydagi har xil tadbirlami o'tkazish uchun xizmat qiluvchi maxsus tayyorgarlikni o'tagan kishilar, ya'ni, musiqachilar qatlamining shakllanish jarayonini tezlashtiradi. Urnumiy maqsad asosida birlashgan musiqachilar, sozandalar, raqqosalar qo'yinki, butun san'at ahli, ajdodlari tomonidan qoldirilgan musiqiy-ma'naviy merosni o'rganib, boyitib uni ustoz-shogird an'analarini davom ettirgan holda keyingi avlod vakillariga yetkazish yo'lida jonbozlik ko'rsatishgan. Bunday toifadagi kishilar faoliyatining dastlabki kurtaklari esa o'z davrining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kohinlar jamoasi muhitida ildiz otdi.
Tahlil va natijalari:
Insonning ichki ruhiy kechinmalari, yashash, hayot, o'lim bilan bog'liq mushohadalari kundalik munosabatlar doirasidagi voqea va hodisalarga nisbatan ta'sir ostidagi mushohadalari, yaqqol ifodasi musiqiy ohanglar sadosi tarzida, jilolanib baralla yangray boshladi. 0 'z navbatida musiqa xalqining ruhiy-emotsional tuyg'ulariga ta'sir etish hodisasini olgan kohinlar uchun mafkuraviy qurol, ya'ni ta'sir ko'rsatish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Gerodod cho'l va dashtli hududlarda yashovchi massagetlar bir joyda to'planib, kohin boshchiligida ulkan gulxan atrofida Hum (Xaoma) o'simligi mevasi va barglarini olovga tashlab, uning inson ruhiyatiga ta'sir etuvchi tutuni ta'sirida mastlik holatida junbushga kelib, qo'shiq aytib raqsga tushishlari haqida ma'lumot keltiradi: "..ularda yana bir daraxt borki, uning mevasini avaylab tgrib oladilar. Keyin gulxan yoqib, atrofga o'tirib haligi mevadan olovga oz-oz tashlab, chiqqan tutunni hidlashib, xuddi elinlar may ichib mast bo'lgandek kayf qilishadi. Haligi mevalarni tashlaganlari sari kayflari osha borib, oxirida o'yin tushib qo'shiq kuylashadi" Chertma musiqa asboblari ijrosida o'tkaziladigan qadimgi marosimlar va ularda ijro etiladigan qo'shiqlar, raqslar haqida dastlabki manbalarki, manbalardan biri sifatida Saymali tosh (Farg'ona vodiysi) petrogliflari hikoya qiladi.(4) Tog' qoyatoshlarida tasvirlangan musiqa asboblaridan biri daf sozi bo'lib, uning asosini o'rtasidan teshik hosil qilingan hamda aylana shakliga keltirilgan, teri bilan qoplangan ulkan tosh tashkil qilgan. "Shohnoma"da yozilishicha ''daf va qayroq chertilganda hosil bo'ladigan tovush va sadolar shoh Zaxxokning bosh og'riqlarini ma'lum muddat qoldirishga xizmat qilgan.'' Bu afsona qurbonlik marosimi bilan uzviy bogiiq bo'lib, hayvon terisi qoplangan tosh, hosildorlik mabudi ishonchi (kul'ti)ning ajralmas qismi, belgisi sifatida namoyon boMadi. Baqtriyaning qadimgi taxti Sangin shahari xarobalaridan topilgan Saroy mehrobidagi qo'sh nayli musiqa asbobi (avlos)ni chalib turgan go'zallik, nafosat, suv, nabotot ilohasi hisoblangan Silena-Marsiya haykali ham qadim zamonlardan boshlab ushbu hududlarda musiqa madaniyati qanchalik darajada rivojlanganligini ko'rsatadi. Shuningdek, ibodatxona xarobalaridan bir-biriga ulangan suyaklar birikmasi hamda gilli qotishmalardan yasalgan, puflab chalinadigan sozlar ham topilgan. Qo'shnayli avlos musiqa asbobi. Ushbu asbobni chalayotgan qiz. Yakka xudolikni targ'ib qiluvchi din sifatida zardushtiylikning vujudga kelishi va asrlar davomida ushbu hududlarda hukmron din mavqeyida unga e'tiqod qilinishi musiqa san'atining tadrijiy rivojlanishi va jarayoniga nihoyatda ulkan ta'sir ko'rsatdi. O'rta Osiyo xalqlari ma'naviyatining shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatgan ilmiy-tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta'limiy asoslar, avvalo, payg'ambar Zardusht tomonidan yaratilib, shakllangan zardushtiylik ta'limoti bilan aloqador. Zardushtiylik ta'limoti minglab yillar davomida yashab faoliyat ko'rsatib kelgan insonlaming jamiyat va tabiatga bo'lgan munosabatlarining in'ikosi sifatida shakllangan. Zardushtiylik ta'limotining muqaddas kitobi hisoblangan "Avesto" bitiklarida ilgari surilgan g'oyalar esa ajdodlarimiz hayoti, turmush tarzi,
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr
urf-odatlari, diniy e'tiqodi va aqidalarini o'zida mujassamlashtirgani shubhasizdir. Zardushtiylar ta'lim jarayoni yakunida egallashi shart bo'lgan bilimlar qatorida musiqa bilimi, musiqiy madaniyat yo'nalishi asosiy o'rinlardan birini egallagan. 0'rta Osiyoda musiqa madaniyatining rivojlanishi va nomoyon bo'lishining muhim qirrasi harbiy qo'shin, muntazam armiya faoliyati bilan bog'liq holda nomoyon bo'ladi. Tarixdan ma'lumki, eramizdan oldingi VII asrdayoq ajdodlarimiz o'zlarining aniq qoida-qonunlariga bo'ysungan, tuzulma sifatidagi muntazam armiyaga ega bo'lgan. Turli xil turdagi qo'shinlardan tuzilgan armiya tarkibida harbiy musiqachilar ham alohida o'rin egallagan.Plutarx parfiyaliklar armiyasida qozonsimon urma zarbli asboblardan keng foydalanilgani to'g'risida hikoya qiladi. Chunonchi, 53 -yil 9-may kunida Krass boshchiligida rimliklar armiyasi parfiyaliklardan qaqshatqich mag'lubiyat alamini tortadi. Jang oldidan o'zlarini ruhlantirish va dushmanni vahimaga solish maqsadida parfiyaliklar atrofida mis qo'ng'iroqlari ilib qo'yilgan, teri tortilgan ulkan chertma asboblarini chalib shovqin-suron ko'targanlar. Bu harbiy usulda keyinchalik,Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur kabi jahongirlar ham yurishlarida keng foydalanishgan. Burg'usimon puflama sozlardan iborat harbiy ansambl.Harbiy harakatlar va m arosim lar o 'tkazilishi davrida b a'zi m usiqa asboblari harbiylarning qurol-aslaha, tug', bayroq, tam g'alari qatorida m uhim ram ziy belgi vazifasini bajargan. Masalan, truba puflam a sozi harbiy q o 'm ondonning alohida ajratish belgisi hisoblansa, idiofon-jom , aerofon-nay kabi m usiqa asboblari shohlarning ram ziy belgisi sifatida qabul qilingan. Mem brafon - ulkan zarbli soz esa lashkarboshilarga topshirilgan. Tabira, charos kabi m usiqa asboblari ham q o 'shin tarkibidagi harbiylarning lavozim - larini ajratish va belgilashda xizm at qilgan. Panjikentdan topilgan, b urg'usim on puflam a sozlardan iborat harbiy ansam bl va uch boshli, uch ko'zli , olti qo'lli xudoning bo'ynidagi burg'u asbobi ushbu asbobning harbiy m usiqa am aliyotida keng qo'llanilganidan dalolat beradi. 0'z navbatida burg'u m usiqa asbobi m uqaddas hisoblangan. "Avesto"da yozilishicha, qattiq qish kelib, barcha tirik jonzotlarning qirilib ketishi xavf tu g 'ilganda tangri Ahura Mazda shoh Jamshidga oltin burg'u hadya qiladi. Shoh burg'uga puflanganda yer yorilib, inson va hayvonlar oltin burg'u sadolari ostida Jamshid qurgan yer ostidagi shahar - varlarga kiradilar. Hozirgi Buxoro Navoiy viloyatlari hududlarida Varaxsha, Varzonze, Varozun nomi bilan ataluvchi m anzilgohlar borligi ham ushbu hududlar insoniyat beshigi, yuksak m adaniyat va ma'naviyat o'chog'i bo'lganligini yana bir karra isbotlaydi. Saroy marosimlarini yuqori sifatda, ko'tarinkilik kayfyatida tashkil etish jarayonida ham musiqa san'atining alohida xususiyatlari ko'zga tashlangan. Saroy musiqa san'atining alohida xususiyatlari ko'zga tashlangan. Saroy musiqa amaliyoti shoh xizmatlaridagi falakiyotshunoslar tomonidan qat'iy belgilangan qoidalarga amal qilingan holda o 'tkazilgan. Shundan kelib chiqib, haftaning har bir kuni m a'lum bir mashg'ulotlani bajarishga ajtatilgan. Masalan: ''shanba kuni hukmdorlar ko'pchilik hollarda majlislar chaqirib, tegishli ishlami mas'ul kishilarga bajarishni tayinlasa, yakshanba kuni mamlakat ichki muammolarini hal qilish haqida bosh qotirib, qonunchilik masalalari bilan shug'ullangan(7). Dushanba kuni ovga chiqib, seshanbada chavandozlik, kurash va har xil harbiy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lganlar. Chorshanba kuni mamlakatning tashqi ishlariga ajratilib, qo'shni va uzoq davlatlar elchilari qabul qilingan. Nomalar, maktublarga javob xatlari bitilgan. Mamlakat boshqaruv apparati xodimlari, viloyat va shaharlar hokimlari, oqsoqollar, qabila, turli xalq va millat vakillari, urug' boshliqlari chorshanba kuni qabul qilinib, davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar hal qilingan. Shuningdek, qurilish masalalari muhokama qilinib, shahar, qo'rg'on, mudofaa istehkomlari, karvonsaroylar, sihatgohlar, ko'priklar, hammom, maktab hamda ibodatxonalar qurilishi bo'yicha fikrlar, takliflar
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr
o'rganilgan. Tegishli ko'rsatmalar berilib, qarorlar qabul qilingan. Juma hafta kunlarining "ko'rki", "bezagi" hisoblanib barcha ishlardan bo'shagan hukmdorlar turli xil ziyofatlar, tantanalar uyushtirganlar. Hukmdor va atrofidagilaming ma'naviy ozuqa olishi, vaqtxushlik qilishlari maqsadida musiqachilar, ko'zboylovchilar hamda boshqa san'at turlari vakillari taklif qilinib, ko'ngilochar chiqishlar qilishgan''. Shuningdek, ilm ahli, tarix, falsafa, falakiyotshunoslik, musiqa adabiyot, notiqlik, stilistika, mantiq, matematika, tibbiyot kabi fanlar bo'yicha zamonasining yetakchi fuzaloyu olimlari bilan suhbatlar va munozara kechalari o'tkazilgan. Musiqa san'atiga alohida o'rin ajratilib, dunyoviy "farxangiston" va diniy "dabiriston" maktablari vakillari chang, vin, barbat, tanbur hamda puflama cholg'u asboblarini erkin tarzda chalib, diniy hamda qahramonlik mavzularida qo'shiqlar kuylangan. Saroy musiqasi mazmunida "Yazdon Ofarid", "Oina Jamshed", "Xurushi Mug'on" kabi diniymarosimiy qo'shiqlar, tirik tabiatni inson bilan uyg'unlikda his qilishga intilish natijasida yuzaga kelgan "Bog'i Shirin", "Romishi jon", "Mushkuya" kabi lirik qo'shiqlar qahramonlik mavzusidagi "Surudi pahlavon", "Surudi mazandaron", "Xurosoni" kabi qo'shiqlar o'z aksini topgan. Ikki daryo oralig'ida yashaydigan xalqlar qo'shiqlari mazmunida, tabiatda hodisalari hamda mavsumiy o'z-garishlarga munosabat tarzida "Oroishi Xurshed" ("Quyosh jamoli"), "Farruhro'z" ("Go'zal kun"), "Sabzai bahor" ("Bahor ko'klami"), "Guljam" kabi qo'shiqlar ijro etilgan. Qadimgi bayramlar ham turli musiqiy janrlar va shakllaming paydo bo'lishida rol o'ynagan. ''Ahura Mazda tomonidan dunyoni yaratish boshlangan dastlabki kun hamda afsonaviy shoh Jamshidning taxtga o'tirish kunlari zardushtiylar tomonidan Navro'z bayramining nishonlanishida o'z aksini topadi''. Navro'z bayrami bilan "Nozi navro'z", "Navro'zi buzurg", "Navro'zi Qayqubod", "Navro'zi Haro" kabi qo'shiqlar sirasiga kiradi. Islomgacha davrda ajdodlarimiz musiqa madaniyatining rivojlanishi va taraqqiyoti sosoniylar hukmronligi davri (22-65-yillar)da yuksak pog'ona va cho'qqilarga ko'tarildi. Bu davrda ko'plab tarixiy-badiiy, falsafiy, didaktik hamda musiqaga oid asarlar yozilgan. Ular jumlasiga: "Xusrav Kavatan o'rizak" ("Xusrav Kavatan va uning mahrami"), "Traniknoma" ("Qo'shiqlar kitobi"), "Ayni Xvarsandix" ("San'atning nazariy va amaliy qoidalari") kabi bebaho asarlami kiritish mumkin. Musiqiy taraqqiyotning cho'qqisi sifatida qo'shiqchi, sozanda, bastakor hamda yirik musiqa nazariyotchisi, sosoniylar davlati hududlarida yashovchi xalqlar tomonidan yaratilgan musiqa merosini umumlashtirib, ma'lum tizimga solgan Borbad (585-638-y.) ijodini misol qilib keltirish mumkin. Borbadning ijodiy merosi mana bir yarim ming yildan beri musiqashunoslar avlodi tafakkurining shakllanishiga ta'sir ko'rsatib, hayratlanitirib kelayotgani sir emas. Ayniqsa, "Xusrav Sarvod', "Srot-I Xusrav", "Xusravoni-at" kabi musiqiy asarlari keyingi davr musiqa madaniyatining rivoji uchun poydevor vazifasini bajardi. Borbad qadimgi kosmologik hamda astrologik tasavvurlami o'z mazmunida jo qilgan mavjudot musiqa materiallarini tizimga solib, hafta, oy va yil kunlari uchun davriy yangilanib turadigan maxsus qo'shiqlar taqvimini yaratdi. Bu taqvim yettita "Shoh qo'shiqlari" hamda 30 va 360 ta qo'shiqlar guruhlarini o'z ichiga olgan. VII asrga kelib arablaming Markaziy Osiyoga qilgan harbiy yurishlari ta'sirida ulkan hududlaming bosib olinishi hamda ushbu hududlarda islom dinining yoyilishi natijasida xalqimizning islomgacha davri musiqa san'ati bosqichi nihoyasiga yetdi. Mazmun va mohiyat jihatidan tamomila yo'g'rilgan islom musiqa madaniyati bosqichi shakllana boshlandi. Masalan, ''Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo'lgan muhabbati, tanimagan otasi qo'lida qatl qilingan o'g'li Suhrobning o'limi to'g'risida hikoya qiluvchi qo'shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik bu qo'shiqlar tojik xalqining ajoyib eposi -«Shohnoma»da o'z aksini topdi.'' Rustam, Siyovush va boshqa bahodirlar to'g'risida afsonalar
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
sikli yaratildi. Xudolarga sig'inish bilan bog'liq bo'lgan turli xil marosimlarda ham qo'shiq aytilgan. Bu haqda "Avesto"da bayon qilingan. "Avesto" gimnlari (yashtlar)ning o'zi rechitativ tarzida ijro etilgan. Gimnlar xor bo'lib aytish mumkin bo'lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo'lgan. Xudolarga sig'inish bilan bog'liq bo'lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo'shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xalqning bayram marosimlari, masalan: bahorda kun va tunning baravarlashuvi-Navro'z keng tarqalgan edi. O'rta asr yozuvchilari musiqaning mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bilan, tabiatdagi o'lish va tirilish haqidagi miflar bilan bog'lashga bo'lgan intilishlarini ham ko'rsatib o'tganlar. O'rta Osiyoning yirik davlatlari hududida vujudga kelgan zo'ravonlikning mustahkamlanishi ulami atrofdagi davlatlar bilan yanada yaqinlashtirdi. Markaziy Osiyo (eramizdan oldingi IV asrdan eramizning III asrigacha) Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan edi. Markaziy Osiyo tarixida antik deb nomlangan bu davr madaniyatda aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining tasviri saqlanib qolgan. Qadimgi Markaziy Osiyodagi antik madaniyatning ko'pgina musiqa asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko'rsatib berdilar. Mahalliy an'analaming yunon, hind va boshqa an'analar bilan chatishib ketishi sozlarda ham aks etgani o'sha davr madaniyatining o'ziga xos xarakterda bo'lganini nazarda tutadi. Garchi, Gretsiyaning Markaziy Osiyo musiqa madaniyatiga ta'sirini o'rta asrdagi o'rta osiyolik olimlaming musiqaga oid risolalarida uchratish mumkin bo'lsa ham, vaqtlar o'tishi bilan bu ta'sir yo'qola bordi. Kichik terrakotiv haykaltaroshlik Markaziy Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi hisoblanadi. Afrosiyob (qadimgi Samarqand shahrining o'mi)dan topilgan ko'pgina haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirlangan. Ko'plab topilgan haykalchalar musiqaning sug'dlar va ulaming poytaxti bo'lgan Samarqand hayotidagi ahamiyati to'g'risida guvohlik beradi. Musiqa san'ati eng qadimgi davrlardan Markaziy Osiyo hududlarida yashab kelgan xalqlar madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan. Uning yo'nalishlari, janrlari, shakllari o'zbek xalqining ajdodlari bo'lmish hozirgi 0 'rta Osiyo, Afg'oniston, Pokiston, Eron va Sharqiy Turkiston hududida yashagan qadimgi sug'diylar, xorazmiylar, parfiyaliklar, baqtiriyaliklar ijodiy faoliyati va tafakkurining mahsuli sifatida asrlar davomida shakllanib taraqqiy etib kelgan. Shuningdek, bu san'at turining rivojlanishiga Xitoyning shimoliy chegaralaridan to sharqiy Yevropagacha cho'zilgan ulkan mintaqaning dasht, o'rmon-dasht, tog'li o'lkalarida yashagan (skif, savromat-sarmat, sak-massaget) xalqlarning ta'siri ham nihoyatda katta bo'lganligini hisoblovchi dalillar yetarli.
Xulosa: Musiqa san'atining tarixiy shakllanish jarayoni dastlab, tabiat hamda tevarak-atrofda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tushunishga harakat qilishga bo'lgan ehtiyoj sifatida ilk mifologik tasavvurlar ta'siri ostida kechib, keyinchalik kohinlar boshchiligida o'tkaziladigan turli marosimlaming ruhiy-ma'naviy o'tkaziladigan turli marosimlarning ruhiy-ma'naviy oziq mazmuniga aylangan. Musiqa san'atini takomillashuvi shaharlar madaniy hayotining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, uning ildizlari eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillik oxiri va birinchi ming yillik boshlariga borib taqaladi. Ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi, turli xil kasb-hunarlaming pay do bo'lishi va taraqqiyoti, xalq bayramlari, diniy marosimlar, shuningdek, saroydagi har xil tadbirlami o'tkazish uchun xizmat qiluvchi maxsus tayyorgarlikni o'tagan kishilar, ya'ni, musiqachilar qatlamining shakllanish jarayonini tezlashtiradi. Urnumiy maqsad asosida birlashgan musiqachilar, sozandalar, raqqosalar qo'yinki, butun san'at ahli, ajdodlari tomonidan qoldirilgan. Xulosa qilib aytganda, Tarixiy manbalarni ta'rif etar ekanmiz hozirgi kunda ham musiqa san'ati
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
cholg'ulari va ulardagi ijrochilik rivojlanib borayotganligini eslatib o'tishni lozim topdik. Qadimiy manbalarda keltirilgan cholg'ulardan ud, qonun, tablak, doul kabi cholg'ular va undagi ijrochilik keyingi 15-20 yil ichida qayta tiklandi hamda ushbu cholg'u asboblari xalq cholg'ulari ansamblini boyitdi.Bugungi kun musiqa fani o'qituvchilari musiqa san'atining tarixi va yaratililishi borasida barcha bilimlarga ega bo'lishi zarur.Zero o'qituvchi tarbiya qiluvchi,ta'lim beruvchi bo'libgina qolmasdan o'quvchilarda musiqa orqali Vatanparvarlik ,kasbga sadoqat, mehnatsevarlik,san'at va madaniaytni tushunish kabi ijobiy tuygu va fazilatlarni shakllatiruvchi pedadog xamdir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston PF-da harakatlanish harakati"F-4947-son Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yana yordam va takomil boshqarishga doir-tadbirlar" gi Qarori. 2017 yil 31-may №PQ-3022. "Xalq so'zi" gazetasi 1 iyun, 2017 y.
3. Sh.M.Mirziyoev. huquq barqarorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq xalqligining garovi. T.: "O'zbekiston", 2017.
4. Avesta. Izbrannbie gimnbi; Iz Videvdata.Per. s avest., predisl., primech. i slovar I.M. SteblinKamenskogo.// M.: Drujba narodov; KRAMDS - Axmed Yasovi. 1993.- 208 s.
5. E.Qobilova The role of a music teacher in the process of educating Children's moral feelings Scopus(International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE)DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.240 ISSN: 1308-5581 V0ol 14, Issue 06 2022
6. E.Qobilova Classical music and youth education Impact factor((Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities ISSN: 2249-7315 Vol. 12, Issue 09, September 2022 SJIF 2022 = 8.625 A peer reviewed journal)
7. E.Qobilova Formation of creativity in preschool children by means of folk instruments using advanced foreign experience Impact factor(ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 10, Oct., 2022)