Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA “VENA KLASSIK MAKTABI” NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA “VENA KLASSIK MAKTABI” NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1537
207
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Vena / raqs / vals / Fransuz burjua revolutsiyasi / simfonik musiqa / polifoniya / faktura / kadans / xalq qo’shiqlari. / Vienna / dance / waltz / French bourgeois revolution / symphonic music / polyphony / texture / cadence / folk songs.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umurova Ma’rifat Yoshiyevna, Raximov Abdurasul Ravshan O’g’li

Ushbu maqolada musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarga xorij musiqa san’ati tarixida shakllangan ijodiy yo’nalish – Vena klassik maktabi faoliyatini tanishtirish uslubiyoti haqida fikr yuritilgan. Ushbu yo’nalish vakillari Yozef Gaydn, Volfgang Amadey Motsart, Lyudvig van Betxovenlarning hayoti va ijodiy faoliyati keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF INTRODUCTION TO THE LIFE AND CREATIVE ACTIVITIES OF THE REPRESENTATIVES OF THE VENIAN CLASSICAL SCHOOL IN MUSIC CULTURE CLASSES

This article discusses the creative direction in the history of foreign music art in music culture classes the method of introducing the activities of the Viennese Classical School. The life and work of Joseph Haydn, Wolfgang Amadeus Mozart, Ludwig van Beethoven are widely covered.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA “VENA KLASSIK MAKTABI” NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI»

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN

TANISHTIRISH USLUBLARI

Umurova Ma'rifat Yoshiyevna Raximov Abdurasul Ravshan o'g'li

Buxoro davlat universiteti Buxoro davlat universiteti

San'atshunoslik fakulteti San'atshunoslik fakulteti

Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi

marifat [email protected] [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarga xorij musiqa san'ati tarixida shakllangan ijodiy yo'nalish - Vena klassik maktabi faoliyatini tanishtirish uslubiyoti haqida fikr yuritilgan. Ushbu yo'nalish vakillari Yozef Gaydn, Volfgang Amadey Motsart, Lyudvig van Betxovenlarning hayoti va ijodiy faoliyati keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: Vena, raqs, vals, Fransuz burjua revolutsiyasi, simfonik musiqa, polifoniya, faktura, kadans, xalq qo'shiqlari.

METHODS OF INTRODUCTION TO THE LIFE AND CREATIVE ACTIVITIES OF THE REPRESENTATIVES OF THE VENIAN CLASSICAL SCHOOL IN MUSIC CULTURE CLASSES

Umurova Ma'rifat Yoshiyevna Rakhimov Abdurasul Ravshan ugli

Bukhara State University, Faculty of Art Bukhara State University

History, Lecturer at the Department of Faculty of Art History

Music Education Student of music education

marifat [email protected] [email protected]

ABSTRACT

This article discusses the creative direction in the history of foreign music art in music culture classes - the method of introducing the activities of the Viennese Classical School. The life and work of Joseph Haydn, Wolfgang Amadeus Mozart, Ludwig van Beethoven are widely covered.

Keywords: Vienna, dance, waltz, French bourgeois revolution, symphonic music, polyphony, texture, cadence, folk songs.

KIRISH

Vena klassik maktabi Avstriyada XVIII asming ikkinchi yarmi va XIX asming birinchi choragida shakllangan musiqa san'atida ijodiy yo'nalishdir. Uch buyuk kompozitor — Y. Gaydn, V.A. Motsart va L. Betxoven ana shu yo'nalish vakillaridir.

Vena — Gabsburglar monarxiyasi feodal-mustabid hokimiyatining poytaxti edi. Bu ko'p millatli monarxiya tarkibiga Avstriya, Vengriya, Chexiya, Moraviya, Slovakiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya, Gersegovina, Tirol, Polsha va Ukrainaning ayrim viloyatlari kirgan.

Vena Yevropaning eng yirik musiqiy shaharlaridan edi. Venaga ko'p saltanatning barcha burchaklaridan qo'shiq va raqslarini ko'chalarda, bog' va xiyobonlarda ijro etuvchi xalq musiqachilari oqib kelardi. Avstriyaning uch hissali lendler — dehqoncha raqsi eng sevimli raqs bo'lib, keyinchalik shu raqs asosida vals rivojlandi. Nemis, venger, italyan, slavyan va tirol kuy-qo'shiqlarining tabiiy tarzda uyg'unlashuvi Vena klassiklari ijodi uchun ohang manbayi bo'ldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Vena klassiklarining san'ati Ma'rifat asri g'oyalarini aks ettirdi, bu g'oyalar ongning hukmronligiga, cherkov tomonidan joriy etilgan jaholat bilan kurashga chaqirardi. Vena klassik maktabi vakillari musiqasida xalq turmushi, atrof-muhit manzaralari, quvonchii va g'amgin o'ylar, tabiat hodisalari hamda ruhiy kechinmalar o'zining yorqin ifodasini topdi. Bu davrda nemis she'riyati gullab-yashnadi, badiiy tanqidchilik paydo bo'ldi, falsafa yuksak rivojlanish bosqichiga ko'tarildi. Davrning eng yirik san'atkorlari va mutafakkirlari — Gyote, Shiller, Lessing, Kant, Gegellar yangi insonparvarlik g'oyalarini ilgari surishdi. Russo tomonidan ilgari surilgan ozodlik va tabiiylik shiori Vena klassik maktabi kompozitorlari ijodida o'z talqinini topdi. Fransuz burjua revolutsiyasi g'oyalari Betxoven ijodiga zo'r ta'sir o'tkazdi.

Gaydn va Motsartning deyarli barcha yirik asarlari sonatasimfonik turkumlardan iboratdir. O'zidan oldin o'tgan ijodkorlarning yutuqlarini o'zlashtirgan holda Gaydn va Motsart simfonik musiqaning yuksak namunalarini yaratdilar. Ana shu asarlarda timsollar doirasi va mazmun boyligi mukammal badiiy shaklda talqin etilgan. Bu vaqtga kelib, sonata-simfonik turkumning tarkibi o'zining uch yoki to'rtta qismlari, shuningdek, bar bir qismning qonuniyatlari bilan tugal shakllandi. Gaydn va Motsartning simfoniyalari, sonatalari, konsert hamda kvartetlarida mazmun doimo hal qiluvchi ibtido bo'lgan. Shakl esa har doim mazmunga to'liq muvofiq tarzda yaratilgan. Gaydn va Motsartning asarlarida mavzu material! obrazlar yorqinligi va bo'rttirilganligi bilan ajralib turibdi. Har doim kompozitorning takrorlanmas, o'ziga xos ijodiy xususiyati aks etadi. Gaydn va Motsart mavzu rivojlanishining yangi usullari hamda vositalarini kiritgani, ularning asarlarini nihoyatda boyitdi.

Vena klassiklari musiqasi, asosan, polifonik rivojlanish bilan uyg'unlashgan gomofon garmonik tafakkurga asoslangan. Bu sohada Motsartning polifonik mahorati eng yuksak yutuqlardan biridir.

Vena klassiklari tonika, subdominanta va dominantaning garmonik funksiyalarini major va minor ladlari chegarasida keng tarzda ishlatadilar, dissonanslar va xromatizmlardan erkin foydalanadilar, ular ijodida modulatsiya uslublari yuqori rivojlanadi. Ular mavzu, lad va tonalliklarga oid qarama-qarshiliklardan, melodika, fakturadagi qarama-qarshiliklardan ustalik bilan foydalanishadi.

Vena klassik maktabi kompozitorlari mavzuni rivojlantirish, asarning rivojlov bo'limlarida yuksak mahoratga erishib, turli uslublar — tonallikni, garmoniyalashtirishni, ritmni, kuy unsurlarini o'zgartirishdan foydalanishdi. Shakl sohasida Gaydn va Motsart musiqasi uchun kuy va ritmik tarkibning davriyligi hamda simmetriyaliligi xosdir. Ular kadans bilan yakunlanuvchi sakkiz yoki o'n olti taktlik tuzilmalardan iborat. Ushbu simmetriyalilik nemis va Avstriya xalq qo'shiqlari xarakteri bilan belgilanadi. Shaklning rivojlantiriluvchi bo'linmalari uchun ko'proq to'xtovsiz rivojlanish xos. Slavyan xalq qo'shiqchiligining ta'siri shaklning ekspozitsiya bo'limlaridagi toq sonli taktlardan tashkil topgan kuy-ritm tuzilmalarida namoyon bo'ladi.

Y O Z E F G A Y D N (1732-1809)

Frans Yozef Gaydnni torn ma'noda simfoniya va kvartet janrining otasi, klassik cholg'u musiqasining buyuk asoschisi, zamonaviy orkestrning birinchi tashkilotchisi, deb hisoblanadi.

Frans Yozef Gaydn 1732-yil 31-martda Quyi Avstriyaning Vengriya bilan chegaradosh bo'lgan Rorau qishlog'ida tug'ildi. Gaydnning ajdodlari avstro-nemis hunarmand-dehqonlaridan bo'lishgan. Kompozitorning otasi Matias kareta (faytun arava) ustasi bo'lgan. Onasi — qizlik ismi Anna Mariya Koller — oshpaz bo'lib xizmat qilgan.

Otasining musiqiy qobiliyati va musiqaga bo'lgan muhabbati farzandlariga meros bo'lib qoldi. Kichkina Yozef besh yoshligidayoq musiqachi san'atkorlar diqqatini o'ziga jalb qildi. U ajoyib eshitish, eslab qolish, ritmni sezish qobiliyatiga ega edi.

ASARLARI RO'YXATI

Simfoniyalar

— Jami 104 simfoniya.

— «Xayrlashuv» (1772).

— Oltita «Parij» simfoniyalari (1786).

— O'n ikkita «London simfoniyalari» (1791—1795).

— Oksford simfoniyasi.

7

www.scientificprogress.uz

Konsertlar

— Fortepiano va orkestr uchun 20 ta konsert.

— Skripka va orkestr uchun 9 ta konsert.

— Violonchel va orkestr uchun 6 ta konsert.

— Boshqa cholg'ular (kontrabas, bariton, fleyta, valtorna) uchun 16 ta konsert.

Kamer ansambllar

— 77 ta torli kvartetlar.

— Fortepiano, skripka va violonchel uchun 35 ta trio.

— Torli cholg'ular uchun 30 ta trio.

— Skripka va fortepiano uchun 12 ta sonata.

— Skripka va alt uchun 6 ta duet.

— Fortepiano asarlari.

— Fortepiano uchun 33 ta sonata.

— Variatsiyalar, fantaziyalar. Oratoriyalar

— «Dunyoning yaratilishi» (1798).

— «Yil fasllari» (1800).

— 14 ta messalar, Nelsonga bag'ishlangan messa.

Operalar

— «Asmodey yoki Yangi maymoq jin» (1751).

— «Aptekachi» (1768).

— «Kutilmaganda uchrashuv» (1775).

— «Asl doimiylik» (1776).

— «Oy dunyosi» (1777).

— «Orfey va Evridika» (1791).

— Jami 24 ta opera.

VOLFGANG AMADEY MOTSART (1756-1791)

Buyuk kompozitor Volfgang Amadey Motsart o'zining qisqa, ammo ajoyib hayoti davomida turli janrlarda 600 ga yaqin musiqa asarlari yaratdi. Ular ichidan eng ommalashib ketganlarini aniq nomlarini bilmasak ham, turli parchalarni ko'p marta tinglaganmiz va hammamiz yaxshi bilamiz. Bular: «Figaroning uylanishi», «Sehrli nay» operalari va o'zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi — «Rekviyem»dir.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Volfgang Amadey Motsart 1756-yil 27-yanvarda Alp o'lkasida joylashgan, san'at asarlariga o'xshash daryolar, bog' va o'rmonlar bilan o'ralgan Zalsburg shaharchasida dunyoga keladi.

ASARLARI RO'YXATI

Operalar

— «Appolon va Giatsint» (1767). — «Bastyen va Bastyenna» (1768).

— «Soxta laqma» (1768). — «Mitridat, Pontiy qiroli» (1770).

— «Lutsiy Sulla» (1772). — «Soxta bog'bon qiz» (1775).

— «Idomeney, Krit shohi» (1780). — «Saroydagi o'g'rilik» (1782).

— «Teatr direktori» (1782). — «Figaroning uylanishi» (1786).

— «Don Juan» (1787). — «Hamma shunday qiladi» (1790).

— «Titning rahmdilligi» (1790). — «Sehrli nay» (1791). Kantatali-oratorial asarlar

— Rekviyem (.1791). — 15 ta messa.

— 5 ta mason kantatalari. — Motetlar.

— Ovoz va fortepiano uchun qo'shiqlar.

Simfoniyalar

— «Xafner simfoniyasi» D-dur (1782).

— C-dur simfoniyasi (1783).

— Praga simfoniyasi D-dur (1786).

— Es-dur simfoniyasi (1788).

— g-moll simfoniyasi (1788).

— C-dur «Yupiter» simfoniyasi (1788). Jami 41 simfoniya.

— Divertismentlar, kassatsiyalar, serenadalar. Jami 30 dan ort.

— 15 ta variatsiyali sikl. — Menuet.

— Orkestr uchun 9 ta marsh. — Orkestr uchun 25 ta raqs.

Konsertlar

— Skripka va orkestr uchun 7 ta konsert.

— Fortepiano va orkestr uchun 27 ta konsert.

— Turli cholg'ular va orkestr (fleyta, fagot, valtorna, fleyta va arfa) uchun konsertlar.

Kamer ansambllari

— 26 ta torli kvartetlar. — 7 ta torli kvintetlar.

— 2 ta fortepiano kvarteti. — 8 ta fortepiano triosi.

— 42 ta skripka sonatalari. — Torli va puflama cholg'ular uchun kvintetlar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Fortepiano asarlari

— 19 ta fortepiano sonatasi. — 4 ta fantaziya.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

— 15 ta variatsiyali sikl. — Menuet.

LYUDVIG VAN BETXOVEN (1770-1827)

Yevropa madaniyati tarixida 1789-yildagi fransuz burjua inqilobi yangi davr boshlanganini bildirar edi. U millionlab insonlarga qaratilgan yangi davr musiqa madaniyatini boshlab bergan marra vazifasini o'tadi.

Buyuk nemis kompozitori Ludvig van Betxoven Bonn shahrida 1770-yil dekabr oyida dunyoga keldi. Betxovenning onasi saroy oshpazining qizi bo'lgan. Otasi — saroy xonandasi (tenori) bo'lib, ashula, musiqa nazariyasi va klavesindan dars berardi.

www.scientificprogress.uz

ASARLARI RO'YXATI

Simfoniyalar

— Birinchi C-dur op.21 (1800). — Ikkinchi D-dur op.36 (1802).

— Uchinchi Es-dur («Qahramonnoma») op.55 (1804).

To'rtinchi B-dur op.60 (1806). — Beshinchi c-moll op.67 (1808).

— Oltinchi F-dur «Pastoral» op.68 (1808). — Yettinchi A-dur op.92

— Sakkizinchi F-dur op.93 (1812). - To'qqizinchi d-moll op.125 xor Uverturalar

— «Prometey» op. 43 (1800). — «Koriolan» op. 62 (1806).

— «Leonora» 1 op. 138 (1805). — «Leonora» 2 op.72 (1805).

— «Leonora» 3 op.72a (1806). — «Fidelio» op.72 b (1814).

— «Egmont» op. 84 (1810). — «Afma xarobalari»op.113(1811).

— «Qirol Stefan» op.117 (1811). — «Tavallud kuniga» op.115(1814) Simfonik va puflama cholg'ular orkestri uchun 40 dan ortiq raqslar

hamda marshlar. Konsertlar

— Birinchi C-dur (1796)

— Ikkinchi B-dur (1795)

— Uchinchi c-moll (1800)

— To'rtinchi C-dur (1805)

— Beshinchi Es-dur (1809) Kamer-cholg'u asarlar

— 16 ta kvartetlar.

— Skripka va fortepiano uchun 10 ta sonata.

— Violonchel va fortepiano uchun 5 ta sonata.

— Fortepiano uchun trio. Fortepiano uchun asarlar

— Fortepiano uchun 32 ta sonata.

— Fortepiano uchun 20 dan ortiq turkum variatsiyalar.

— Fortepiano uchun 60 ga yaqin kichik pyesalar. Sahna asarlari

— «Fidelio» — uch pardali opera (1807).

— «Prometeyning yaratmalari» — balet (1800—1801).

— «Egmont» — Gyote dramasiga musiqa.

Xor uchun asarlar

— Messaop.88 (1807). — «Tantanali messa» op. 123 (1823).

— «Iso zaytun tog'ida» (1800). — Bir nechta sonata va xorlar.

Vokal lirikasi

— 150 ga yaqin qayta ishlangan xalq (shotland, irland, ingliz, uelscha, italyancha) qo'shiqlari.

— Fortepiano jo'rligida 80 ga yaqin qo'shiqlar, kanonlar, ariyalar, ansambllar, shu jumladan, «Olisdagi mahbubaga» turkumi;

Gyote she'rlariga qo'shiqlar, Gellert she'riga 6 ta qo'shiq.

XULOSA

Vena klassik maktabi kompozitorlari ijodi jahon musiqa san'ati cho'qqilaridan birini tashkil qiladi. U musiqa san'atining keying rivojlanishiga o'zining ulkan ta'sirini o'tkazgani bois, hozirgi kunda ham ko'plab avlodlar uchun tengi yo'q namuna bo'lib kelmoqda.

REFERENCES

1. Миршаев Улугбек Музафарович МУЗЫКАЛЬНО-ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ И СОВРЕМЕННЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К УЧИТЕЛЮ МУЗЫКИ // Вестник науки и образования. 2020. №21 -2 (99). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/muzykalno-esteticheskoe-vospitanie-i-sovremennye;rebova

2. Норова Шойра Умрзаковна, Наимов Темур Джахонгир Оглы Воспитательное значение классических музыкальных произведений в образовании студентов // Academy. 2020. №5 (56). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vospitatelnoe-znachenie-klassicheskih muzykalnyh-proizvedeniy-v-obrazovanii-studentov (дата обращения: 15.01.2021);

3. Нуриллаев Фаррух Гайбуллаевич, Нурилаева Нозима Кудратовна Роль фольклорных песен в воспитании учащихся // Проблемы педагогики. 2020. №3

(48). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rol-folHomyh-pesen-v-vospitanii-uchaschihsya (дата обращения: 15.01.2021).

4. JT Yarashev - European Journal of Research and Reflection in ..., 2019 https: //scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=1424390814270496977&btnI=1 & hl=ru;

5. Trigulova A. X. Xorijiy musiqa adabiyoti. T.: "ILM ZIYO" - 2016;

6. Ibrohimov O. A., Xudoyev G'. M. . Musiqa tarixi - o'quv qo'llanma. T.: "Barkamol fayz media", 2018.

7. Madrimov B. X. Musiqa tarixi (Chet el musiqasi tarixi) o'quv qo'llanma/ Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.