Научная статья на тему 'SPEKTAKLLAR SAHNALASHTIRISHDA XOREOGRAFIYANING AHAMIYATI'

SPEKTAKLLAR SAHNALASHTIRISHDA XOREOGRAFIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
177
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
raqs harakatlari / teatrshunos / saroy tomoshalari / dramatik sahna / ommaviy raqs / o‘rta asrlar / miniatyura / devoriy suratlar / dostonlar / xalq sayillari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — L.Fazliyeva

Har qanday millatning raqs san’ati g‘ayriodddiy tarzda vujudga kelmagan. Bu san’at turi plastik texnika yordamida ichki ongning o‘ziga xos xususiyatlarini ifoda etish usuli sifatida paydo bo‘lgan. Arxeolog olimlarning tadqiqotlariga qaraganda ibtidoiy davrdanoq turli san’atlarning ilk ko‘rinishlari shakllangan. Ushbu maqolada go‘zal va nafis san’at sifatida targ‘ib etiladigan xoreografiyaning sahnalashtirishda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPEKTAKLLAR SAHNALASHTIRISHDA XOREOGRAFIYANING AHAMIYATI»

SPEKTAKLLAR SAHNALASHTIRISHDA XOREOGRAFIYANING

AHAMIYATI

L.Fazliyeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Har qanday millatning raqs san'ati g'ayriodddiy tarzda vujudga kelmagan. Bu san'at turi plastik texnika yordamida ichki ongning o'ziga xos xususiyatlarini ifoda etish usuli sifatida paydo bo'lgan. Arxeolog olimlarning tadqiqotlariga qaraganda ibtidoiy davrdanoq turli san'atlarning ilk ko'rinishlari shakllangan. Ushbu maqolada go'zal va nafis san'at sifatida targ'ib etiladigan xoreografiyaning sahnalashtirishda tutgan o'rni haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: raqs harakatlari, teatrshunos, saroy tomoshalari, dramatik sahna, ommaviy raqs, o'rta asrlar, miniatyura, devoriy suratlar, dostonlar, xalq sayillari

THE IMPORTANCE OF CHOREOGRAPHY IN STAGING

PERFORMANCES

L.Fazliyeva

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The dance art of any nation did not arise in an unusual way. This type of art appeared as a way of expressing the specific characteristics of the inner mind using plastic techniques. According to the researches of archeologists, the first forms of various arts were formed from primitive times. This article talks about the role of choreography in staging, which is promoted as a beautiful and elegant art.

Keywords: dance movements, theater critic, court performances, dramatic scene, public dance, middle ages, miniatures, murals, epics, folk tales

Jamiyat taraqqiyotining ibtidoiy bosqichlarida ijodkorlik sintetik xususiyatga ega bo'lgan xalq o'yinlarida namoyon bo'ldi. Bu musiqa, ashula, raqs, she'riyat va jang san'atlari birlashtirilgan jonli ijro edi.

Har bir sohaning o'ziga xos tabiati, ritmi, tovushlari va san'ati mavjud. Birlamchi ommaviy raqsning bunday shakllariga insonning hayotiy ehtiyojlari va uning o'zgaruvchan ritmga, tabiat va o'zaro muloqotga jalb etilishi bilan bog'liq holda rivojlangan estetik hodisa sifatida qarash mumkin.

Raqs harakatlari kengligi va ochiqligi bilan e'tiborli. Unda qo'llar keng, to'liq uzunlikda ochiladi, raqs paytida bosh va tana cheklanmaydi, lekin har bir harakatni aniq ifodalaydi. Erkin shamollar ostida tebranayotgan qayinlar va emanlar hamda raqs

I icclT^^^^H 221 http://oac.dsmi-qf.uz

tushayotgan insonning harakatlari xuddi shunday erkin, kuchga to'la bo'ladi.Bunday dramatizatsiyalar ko'proq teatr va plastika harakatlarini eslatadi, unda inson shijoati jasorati, ba'zida ichki kechinmalari ifoda etilib, ajoyib ijro yuzaga keladi.

Teatrshunos M.Qodirov "Alisher Navoiy davrida tomoshalar uch guruhga bo'lingan: saroy tomoshalari, keng omma o'rtasida uyushtiriladigan tomoshalar, kasb-kori, nasabi, mansabi, diniy va dunyoviy e'tiqodi, jinsi bo'yicha vujudga kelgan, uyushmalar ichida o'tadigan tomoshalar. Ular o'rni, dasturi, ijrochilar malakasi, tomoshabinlar tarkibiga ko'ra bir-biridan farq qilgan"1. Tabiiyki, mazkur tomoshalarda musiqa va raqs yetakchi o'rinda turgan. Bunga nafaqat tadqiqot ishlari, balki o'sha davrga oid miniatyuralar va devoriy suratlar orqali ham ishonch hosil qilish mumkin. Bulardan tashqari Alisher Navoiy dostonlarida ham soz ila raqs hamrohlik qilgan bazmlar ko'plab tilga olingan.

O'rta asrlarda tomosha tushunchalari yanada kengaydi. Saroy tomoshalari va oddiy xalqning o'ziga xos tomoshalari taraqqiy etdi. Bu borada o'zbek an'anaviy teatri o'zining ko'p qirrali badiiy imkoniyatlarini ko'rsatdi. Ayniqsa, an'anaviy teatr xalq sayillari, turli bayramlarni uyushtirish va o'tkazish jarayonlarini faollashtirdi. Odatda mana shunday bayram sayllarda an'anaviy teatrning qiziqchi, masxarabozlik, o'yin, raqs qo'shiq kabi turlari rivojlanib bordi.

XIX asrda dramatik sahnada raqsning birinchi ko'rinishi kuzatildi, u ba'zi balet spektakllarida qo'llanildi. XX asrning boshlarida raqs xoreografiya san'atining mustaqil shakli sifatida konsolidatsiya qilingan folklor sahna raqs ansambllari paydo bo'ldi. Xuddi shu davrda xalq raqsini o'qitish uchun pedagogik tizim shakllandi va rivojlana boshladi.

Ko'pgina raqslar ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan marosim va bayramlarga asoslangan bo'lib, an'analarning saqlanib qolishi va davomiyligini isbotlaydi. Raqsda xalq ruhining psixologizmi, lirikligi, soddaligi va ohangdorligi o'z ifodasini topadi. Binobarin, inson atrofida nima bo'layotganini chuqur va samimiy his qilishi, dunyodagi o'zgarishlarni va yaqin kishining kayfiyatini sezishi odatiy holdir.

XX asrga kelib O'zbekistonga xoreografiya tushunchasi kirib kela boshladi. Xoreografiya raqsning barcha shakllari, sinflari, turlari va janrlarini qamrab olgan raqsdir. Bu davrga kelib balet, sharq mumtoz raqsi, xalq, sahna, maishiy bal raqslari, va xatto muz ustidagi ijro etiladigan raqslarni ham bitta tushuncha - xoreografiya birlashtirdi.

Ommaviy raqs estetik hodisa sifatida asta-sekin hayotning tabiiy ehtiyojlari va insonning ongli ravishda o'zgaruvchan ritm va tabiat bilan aloqaga jalb qilinishi bilan bog'liq holda tug'ildi. Keyinchalik yuzaga kelgan raqs, o'yin, marosim va boshqalar -bu ajdodlarimizning ongli ijod mahsulidir. Xoreografiyaning ushbu o'ziga xos shakllari tomoshaviy sahna asarlarining evolyusiyasini aks ettiradi. Sayl va

^ognpoB M. HaBOHH Ba caxHa caffbaTH.-TomKeHT:,"y36eKHcroH mhUHH энцнкroпедннсн".,2000-96. I 222 http://oac.dsmi-qf.uz

tomoshalarning o'ziga xos badiiy-estetik xususiyati borasida akademik M.Raxmonov tomonidan o'rganilgan materiallardan muayyan xulosalar keltirish mumkin.

"1885 yilda Buxoroda tunda shunday bir antiqa tomosha ko'rsatilgan. A.Kopseva degan ayolning ma'lumotiga ko'ra zardo'shtiylik bilan bog'liq bo'lgan maydon tomoshasi Xiva xonligida ham ko'rsatilganidan dalolat beradi.

Voqea kechasi o'tayotgan edi. Shu bois chiroyli manzara hosil bo'ldi... Keyin raqslar boshlandi, hamma o'yinga tushdi. Kim sakragan, kim qo'shiq aytgan, qayiqlar go'yo suzganday. Oltmishga yaqin raqqos va raqqosalar kemalarda saf bo'lib chiqib, eshkaklarni eshib, charx urib, qo'l harakatlari va ishvalari bilan ijroga jon kirgizdilar"2

A.Kopseva ma'lumoti shunisi bilan qimmatliki, u Xorazmda XIX asr so'ngida Amudaryo bilan bog'liq butun bir tomosha ko'rsatilganini tasdiqlaydi. M.Raxmonov mazkur "Kema o'yin"ni 1872 yilda Qo'qon xonligida ham ijro etilganini ta'kidlaydi.

Keltirilgan misollardan "Kema o'yin" san'atkorlar guruhi tomonidan ijro qilinadigan kuy, qo'shiq, raqs va xoreografik - plastik xarakatlarga qurilgan o'ziga xos yaxlit kompozitsiya ekanligi ma'lum bo'ladi. San'atkorlarning chiqish tartibi, ijro namunalarining tizimlashtirilishiga ko'ra o'z shakl qonuniyatiga ega bo'lgan "Kema o'yin" turli joylarda ko'rsatilgani, uning qat'iy tartibi, belgilangan syujet yo'nalishi bo'lganidan dalolat beradi.

Dramatik spektaklda raqsning plastik yechimi katta ahamiyatga ega. Raqs kompozitsiyalari sahna harakatlarini yangi hissiy sohaga ko'taradi va ko'pincha sahna asarining asosiy g'oyasini ochib berishga hissa qo'shgan holda, uning badiiy tuzilishini chuqur mohiyatini ochib beradi.XX asrda xoreografiya musiqali drama teatrlari spektakllarida alohida o'rin egallay boshladi. K.Stanislavskiyning, ayniqsa, keyingi yillarda, inson tanasining sahnaviy ekspressivligiga aktyorning imo-ishorasi, holati, yurishiga e'tiborini qaratgan. K.Stanislavskiyning shogirdi E.B.Vaxtangov psixologik chuqurlik, aniqlik va xarakteristikalarning aniqligi bilan ajralib turadigan sahna obrazlarini yaratdi. Shu bilan birga, rolni psixologik jihatdan takomillashtiribraqsning grafik ravshanligi, shaklning nihoyatda nozikligi va ideal ritm bilan birlashtirdi. E.B.Vaxtangovning aktyor sifatidagi ushbu fazilatlari uning rejissorlik faoliyatining asosiy talabiga aylandi.

Raqs harakatlari XX asrning buyuk rejissori teatr san'atining islohotchilaridan biri A. Ya.Tairovning sahnalashtirgan spektakllarida xoreografik timsollar orqali obraz mohiyatini ocha olishi mumkinligini isbotladi. A.Ya. Tairovning sintetik teatr san'atiga bo'lgan istagi uning kamer teatrida keng xoreografik qo'shimchalar bilan musiqiy va dramatik spektakllar yaratishiga poydevor bo'ldi.

Raqsshunos olim 1958-1965 yillarda mamlakatimizning barcha viloyatlari va tumanlari bo'ylab o'tkazilgan san'atshunoslik ekspeditsiyasida qatnashib, an'anaviy teatrni, masxaraboz va qiziqchilar ijro etgan o'yinlarni yozib olgan. Jumladan,

2Рахмонов М. Узбек театри (вддимги замонлардан XVIII асргача). - Тошкент: Фан, 1975

I ГсОТ^^^^Н 223 http://oac.dsmi-qf.uz

"Kichkinajon" o'yini, "Qarsak o'yin" turkumi shu tarzda saqlanib qolgan. Mavjud raqs uslublarining o'ziga xosligini tushunish uchun har bir uslubga xos asosiy harakatlarni yozib olish muhim edi. Shu asosda raqs harakatlari va raqs asarlarini yozib olishga kirishadi. Shuningdek, merosiy raqslar tarixi, raqs maktablari, uslubiy asoslari san'atshunoslik fanlari doktori, professor L.Avdeevaning bir qancha asarlarida namoyon bo'ldi. "Танцевальное искусство Узбекистана"3, "O'zbek milliy raqsi tarixidan"4 kabi kitoblar merosiy raqs san'atimiz tarixini o'rganishda katta ahamiyat kasb etadi.

Musiqali dramatik teatrga xoregrafiyaning kirib kelishi unda xoreografning ijodi uchun yangi yo'nalish ochilishga sabab bo'ldi. Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida o'zbek xalqining yetuk san'atkorlari Mukarram Turg'unboeva, Roziya Karimova, Usta Olim Komilov, Yulduz Ismatova, Qunduz Mirkarimova hamda Shokir Axmedov singari katta san'atkorlar ijodiy faoliyat yuritgan. Ayniqsa Yulduz Ismatova teatrdagi faoliyati davomida sahnalashtirgan milliy ruhdagi raqslari bilan ko'pchiliknnig yodida qolgan.

"Mumtoz raqs turli raqs unsurlari, raqqosalar, akrobatlar, xalq teatrlari harakatlaridan tanlab sintezlashtirilgan raqsdir. Insonning turli holati, fikrlari, his-tuyg'ulari va uning atrof muhit bilan aloqasini musiqa ohanglariga jo'r holda aks ettirish mumtoz raqsning asosiy maqsadidir."5

Teatrdagi spektakllarni asosan xoreograf sahnalashtiradi. Binobarin xoreograf -teatrdagi yetakchi ijodiy kasb bo'lib u ijodiy jamoaning yetakchi rahbari sanaladi. Ushbu kasbni tanlagan kishidan soha bo'yicha chuqur bilim, ijodkorlik, mehnatsevarlik, havaskorlar bilan ishlash qobiliyati va mahorat talab etiladi. Xoreograf kasbi ish jarayonida ko'plab masalalarni hal qilishni nazarda tutadi va nafaqat xoreografik matn, raqs tasviri (raqs kompozitsiyasi)ni yaratadi, balki, xoreografiya san'atining barcha vositalaridan foydalanib o'z fikrini sahnaviy obrazlarda talqin etadi, ma'lum o'y-hislarini ifodalaydi.

Ana shunday kasbining fidoyisi, taniqli xoreograf, O'zbekitonda xizmat ko'rsatgan artist, O'zbekiston san'at arbobi Shokir Axmedov 1962 yilda Xoreografiya oliy maktabini tamomlagach, A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri va boshqa ansambllarga ishga taklif etiladi.

1974 yilda Razzoq Hamroyev "Olifta" spektaklini sahnalashtirayotgan jarayonga Turob To'la Sh.Axmedovni olib keldi. Spektakl muhokamasi paytida Turob To'la Sh.Axmedovdan fikr so'radi. Sh.Axmedov Moskvadagi teatr spektakllari va olgan bilimlariga tayangan holda aktyorlar plastikasi va xoregrafik imkoniyatlari haqida gapirdi. 1974 yildan boshlab Sh.Axmedov teatrning bosh xoreografi lavozimiga

3 Авдеева Л. Танцевальное искусство Узбекистана. - Т., 1960

4 Авдеева Л. Узбек миллий ракси тарихидан. - Т.,2001 5Г.Хамраева «Ракснинг миллий киёфаси». Тошкент 2012 йил

Пмта^^Н ^24 http://oac.dsmi-qf.uz

tasdiqlandi. U yerda R.Hamraev, N.Po'latova, S.Po'latov, X.Umarov kabi yetuk aktyorlar bilan birga ishladi.

Sh.Ahmedov o'zbek xalq ertaklariga murojaat etib "Ur, to'qmoq"ni sahnalashtirdi. Spektaklning boshiga ajdarho, xo'roz o'yinlari, laylakni balet elementlaridan foydalanib uni ko'tarish sahnalari ertak spektaklning ko'rimliligini oshirishga xizmat qildi. Uning sa'y-harakatlarini ko'rgach rejissor Abdurashid Raximov birgalikda ishlashni, unga aktyorlar ijrosini qo'shishni taklif etdi. Avvaliga Sh.Axmedov rozi bo'lmadi, chunki u balet sahnalashtirishni rejalashtirgandi. Chunki balet alohida ko'ringandagina o'zining butun jozibasini namoyon qiladi, degan fikrda edi. "Ur, to'qmoq" spektakli eng yaxshi folklor spektakl sifatida e'tirof etilgan.

Keyinchalik A.Navoiyning zabardast asarlaridan biri "Sabbai sayyor"dagi fíkrni yoshlarga yetkazish maqsadida shu nomdagi spektakl- baletni qo'yganida, ko'pchilik mutaxassislar Muqimiy nomidagi musiqali drama teatridagi yangilik - deya e'tirof etildi. U spektakl boshida "Sabbai sayyorning mazmunini kengroq ochish va voqeani bayon etish maqsadida A.Navoiy obrazini sahnaga chiqardi. Shuningdek Sh.Axmedovga M.Bafoevning musiqasi ham katta yordam bergan. Sh.Axmedovning o'zi klassik raqqos bo'lgani bois bu mavzu unga yaqin edi. Spektakl tayyor bo'lgach, adabiyotshunos olim Sh.Rizaev uni ko'rib, "Mukammal rejissorlik postanovkasi"-deya ta'rif bergandi. Musiqani to'g'ri his qilgan holda, Bahromni qanday kirib kelishi, uni qay holatda talqin etishni nihoyatda nozik tushungan. Bahrom asar nihoyasida o'ladi, lekinSh.Axmedov spektaklga o'zgartirish kiritishdan avval navoiyshunos olimlar bilan maslahatlashgan holda, asar mazmuniga putur yetkazmay spektakl nihoyasida Diloram bilan to'y sahnasiga o'zgartirgan. Chunki ijodkorning asarni o'zgartirishga haqqi bor. teatr spektallaridagi faoliyatidan tashqari ko'pgina ommaviy bayram tomoshalarida ham faoliyat yuritib, davlat mukofotlariga sazovor bo'ldi.

Musiqali spektakllarni sahnalashtirishda Sh.Axmedov rejissor R.Hamroev bilan birgalikda asar mohiyatini ochib berishi uchun qayerga raqs kerakligi haqida maslahatlashardi. Chunki raqs uni to'ldirib berardi. Masalan,""Toxir va Zuhra" spektaklida raqs orqali Toxirni berkitib qo'yishga Sh.Axmedov qarshi bo'ladi. Chunki asarda qahramonga raq sorqali yo'l ko'rsatishi, imkoniyat yaratish kerak,"- deb hisoblaydi6.

Yana bir spektaklda Sh.Axmedov poraxo'rni qanday xarakatlar bilan pul olishini qo'rsatib berishga muvaffaq bo'ldi.Chunki raqs kuchli san'at turi hisoblanadi va hamma harakatni raqs orqali ifodalash mumkin.

"Qizi borning nozi bor " spektaklidagi lo'li qizlar raqsi va "Tuzoq" spektaklidagi poraxo'r qahramonning his tuyg'ularini va spektakl g'oyasining mohiyatini oq-qora niqoblarda raqqosa qizlar plastik texnika orqali ochib berishga muvaffaq bo'lishgan. Poraxo'rning hatti-harakatlari raqs orqali shunchaki harakatlar yig'indisi bo'libgina

6ffl.AxMegoB 6raaH ôyOTUH ^OHÏÏH cyxôargaH.

I fcclT^^^^HI 225 http://oac.dsmi-qf.uz

qolmay holat, vaziyatning yaqqol ifodasi hamdir. Aktyor sahnadagi voqelikni mimika, harakatlar orqali his qila bilishi shart. Masalan, raqs nafaqat spektaklda balki katta konsert zallaridagi xonandaning haraatlariga ham zarur. Misol uchun, O'zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning sahnadagi qo'shiq ijrosida yurishi haqiqiy musiqaga mos tarzda kechadi.

Umuman musiqali spektakllarda raqsning o'rni katta ekanligini har bir aktyor va aktrisa his qilib turishi zarur. Opera teatri va musiqiy drama teatrining farqi shundaki. Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri ommabop spektakllari va raqslari bilan xalqqa, millatimizga yaqin.Teatrda bolalar uchun ham spektakllar sahnalashtirib ularda ham raqs elementlaridan foydalanilgan. Masalan, "Oltin tuxum" spektaklidagi quyonchalar ishtirokidagi raqs shular jumlasidandir.

Teatr sahnasida qo'yilgan har bir spektakl ma'lum bir syujet asosiga qurilgan dramaturgiya qonunlariga bo'ysungan holda repertuar tanlab tayyorlanadi. Repetitsiya uchun ajratilgan vaqt davomida aktyorlarni tanani boshqarish va harakatlanish, raqs harakatlarini o'rgatish bilan birga har bir harakatning mazmuni va uning qo'llanilishidan ko'zlangan maqsadini anglatishga urinar edi. O'rganilayotgan raqsning qaysi millatga, davrga xosligi, uning madaniyati, turmush tarzi, insonlarning ruhiyati, kiyinishi, millat xarakteri haqida to'liq ma'lumot berib, aktyorlarda tasavvur hosil qilganidan so'ng raqs sahnalashtirishni boshlar edi.

Boshqa sohadagi kabi raqs sohasida ham "oddiydan murakkabga" metodi qo'llaniladi. Bu metodni Sh.Axmedovning repetitsiya jarayonida foydalanganligini anglash mumkin. Chunki, raqs sahnalashtirishdan avval aktyorning tanasini qizdirib, to'liq ishlash holatiga keltirib olish uchun "trenaj" mashqlariri o'tkazib olinadi. Sh.Axmedov ishiga butun vujudi bilan kirishar, aktyorlarni ham raqsga bo'ysundirar, ammo majburlab emas, ularni avaylagan holda, raqs ijrochiligining sir-asrorlarini oddiy so'zlar bilan tushuntirib, mahoratlarini charxlab borar edi. Endigina ish boshlyotgan aktyorlar bilan tinimsiz mashg'ulotlar olib borib, yildan yilga ularning ijodiy imkoniyatlarini yuksaltirishga erishardi. Xoreograf Sh.Axmedov o'z pedagoglik faoliyati davomida aktyor tarbiyasida raqs san'atining o'rni beqiyos ekanligini isbotlab berdi. Raqs san'atini aktyorlik mahorati bilan birlashtirib, har bir kattayu-kichik harakatning eng nozik, jozibali tomonlariga ishlov berishni biladi. Buning natijasida raqqosalar har bir raqs ijrosi asnosida raqs harakatlari bilan birga o'zlariga berilgan rolni ham ijro etish darajasiga yetganlar. U imkoniyati yetadigan aktyorlarni tanlab olib, hattoki yakka raqslar ham sahnalashtirgan edi. Bunday raqslar ijrosi orqali Sh.Axmedov aktyorlarning shaxsiy imkoniyatlarini ochishga erishar, sezilmagan qirralarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratadi. Sahnalashtirilgan raqslar turli davr, millatlarga xos bo'lib, uning janri, ritmi xarakteri ham turlicha bo'lgan.

Voqelikka yangicha qarash bu - ijod, o'rgata olinadigan bilim bu - ijod, o'rgata olish esa savobdir. Xoreograf sifatida aktyorlarning dunyoqarashini boshqarishdan

I icclT^^^^H 226 http://oac.dsmi-qf.uz

yiroq bo'lsa-da, berilayotgan bilimlar orqali boyitib va o'zining yo'lini topishga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Рахманов М."Узбек театри (кадимги замонлардан ХУШ асргача)"-Т.,,Фан

1975

2. Васильков Ю. Х. // Актёрлар кандай тугилади. - СПб.: Сотис, 2001

3. Авдеева Л.А.Танцевальное искусство Узбекистана-Т.,1988

4. Авдеева Л.А. Узбек миллий ракс тарихидан - Т..,: "Узбекракс" бирлашмаси, 2001

5. Хамидова Х. Меросий ракс дурдоналари - Т.,2003 й.

6. Каримова Р. Танцы Равии Атаджановой - Т.,1987.

7. Хамраева Х.Ракснинг миллий киёфаси - Т..2012

8. Каримова Р. "Узбек ракслари"-Т.:Чулпон.,-2016

9. Каримова Р.Узбекские танцы в постановке Исахара Акилова-Т.:Изд. лит. и искусств им. Г.Гуляма.,1987

10. Н.Абрайкулованинг "Ракс жамоаси билан ишлаш услубиёти.-Т.,2003

227

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.