IBROHIM YUSUPOVNING BALET ARTISTI VA BALETMEYSTER SIFATIDAGI IJODIY SHAXSINI SHAKLLANTIRISH
Olga Sergeevna Sabirova O'zbekiston davlat xorerografiya akademiyasi
Annotatsiya: Ibrohim Yusupov ijodida amalga oshirilgan baletmeysterlik san'atining rivojlanish tendensiyalari, an'analarning yangi ma'naviy vositalarni qidirish bilan bog'liq muammolari, bir qator balet asarlarida sahnalashtirib ko'rsatilgan. Baletmeysterlik va spektaklning badiiy ijodiy yaxlitligi ustida ijodiy ishlash tamoyillari asosida ustoz-shogird an'analarini o'z shogirdlariga tadbiq etgan. Ushbu maqola O'zbekiston xalq artisti Ibrohim Yusupov hayot va ijodiga bag'ishlanadi.
Kalit so'zlar: balet, artist, libretto, baletmeyster, puante, poza, xoreografik asar, akt, divertisment, solo, korebalet
FORMATION OF CREATIVE PERSONALITY OF IBRAHIM YUSUPOV AS A BALLET ARTIST AND BALLET MASTER
Olga Sergeevna Sabirova State Academy of Choreography of Uzbekistan
Abstract: Development tendencies of the ballet master's art realized in the work of Ibrahim Yusupov, problems of traditions related to the search for new spiritual tools, are shown in a number of ballet works. He applied the teacher-student tradition to his students based on the principles of ballet mastership and creative work on the artistic and creative integrity of the performance. This article is devoted to the life and work of People's Artist of Uzbekistan Ibrahim Yusupov.
Keywords: ballet, artist, libretto, ballet master, pointe, pose, choreographic work, act, divertissement, solo, core ballet
O'tgan davr mobaynida o'zbek raqs san'atiga ko'plab buyuk ijodkorlar o'z hissalarini qo'shib ketishgan. O'z davrida o'zbek raqsini jahonga tanitishda Yusufjon Qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Qizlarxon Do'stmuhamedova, Dilafruz Jabborova, Galiya Izmaylova kabi ko'plab raqs ustalarining xizmatlari katta bo'ldi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz rahnamoligi ostida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab farzandlarimizni barkamol qilib ulg'aytirish, ularni yetuk insonlar sifatida
I icclT^^^^H 427 http://oac.dsmi-qf.uz
ko'rish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga milliyligimizni aks ettiruvchi turli xil raqslarimiz misol bo'la oladi. Bu yo'lda baletmeyster, raqqos va raqqosalarimizning o'rni ham beqiyos. Nafaqat milliy raqslarimiz, balki hozirgi yosh baletmeysterlarimiz tomonidan sahnalashtirilayotgan turli zamonaviy raqslar ham bu sohadagi ulkan yutuqlar samarasidir. Ammo bularning chegaradan chiqib ketish hollari hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. Sababi zamon shiddati rivojlanayotgan bir davrda yangi va yanada murakkab vazifalarni qo'ymoqda.
O'zbek xoreografiya san'atini o'rganish, raqs maktablarini, uslubiy asoslari L.Abdeyevaning "O'zbek milliy raqsi tarixidan" 1, "Танцевальное искусство Узбекистана"2, "Танец Мукаррам Тургунбоевой"3 monografiyalarida, shuningdek, R.Karimovaning "Бухарский танец"4, "Ферганский танец"5, "Урок узбекского танца"6, "Узбек ракслари"7 "Хорезмский танец"8, "Меросий ракс дурдоналари"9, "Танцы Равии Атаджановой"10 kabi kitoblari , M.Ahmedovning "Маргарита Окилова"11, R.R Iskandarovaning "Классический танец" 12 kabi risolalarida yoritilgan. Ro'za Iskandarovaning "Классический танец" kitobi mumtoz raqs san'ati bo'yicha o'quv qo'llanma bo'lib, unda mumtoz raqs san'atining qoidalari, holat va harakatlar nomlari ularning qanday bajarilishi haqida to'liq hamda tushunarli bayon etilgan.
O'zbek balet san'ati tarixida, XX asrning ikkinchi yarmi ХХ1 asr boshida tanilgan balet artisti, baletmeyster va pedagog, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Ibrohim Yusupov yaqqol iz qoldirdi. Muhiddin Qori-Yoqubov, Tamaraxonum va Mukarram Turg'unboyevalar rus balet maktabi an'analarini davom ettirgan holda O'zbekistonda mumtoz balet raqs san'atini rivoj topishiga o'z hissalarini qo'shishdi.
- E.Obuxova, V.Gubskaya, Z.Afanasevalar, Ibrohim Yusupov milliy balet san'ati maktabining ilk namoyondalari bo'lishdi . O'zbekistonning Alisher Navoiy nomidagi teatrining yaratilishi o'zbek teatr va raqs san'ati tarixida e'tiborli holat bo'ldi.
Ibrohim Yusupovning hayoti va ijod yo'lini, ulkan ijodiy merosini ko'rib chiqishdan oldin baletmeysterning o'z kasbiga nisbatan munosabatiga to'xtalib o'tsak. Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida faoliyat ko'rsatayotgan balet artistlari, xoreograf-repetitorlar, baletmeysterlar shu jumladan o'z davrida ustoz I.Yusupov rahnamoligi ostida, birga faoliyat yuritgan teatr jamoasi ustoz
1 Л.Авдеева. Узбек миллий ракси тарихидан . - Тошкент. 2001. 284 б.
2 Л.Авдеева. Танцевальное искусство Узбекистана - Ташкент: Голитиздат УзССР, 1960. - 192 с.
3 Л.Авдеева. Танец Мукаррам Тургунбаевой - Тошкент, Fофур Fулом номидаги нашриёт, 1989 й., 56 б.
4 Р.Каримова. Бухарский танец. Ташкент:Изд. лит.и иск. им. Г.Гуляма, 1977 г., стр. 125.
5 Р.Каримова.Ферганский танец. Ташкент: Изд. лит.и иск. им. Г.Гуляма 1973 г., стр. 224.
6 Р.Каримова.Урок узбекского танца. Тошкент, Укитувчи нашриёти, 1987 й., 167 б.
7 Р.Каримова. Узбек ракслари.(Укув кулланма). Тошкент. Чулпон нашриёти. 2003 й. 167 б.
8 Р.Каримова. Хорезмский танец. Ташкент: Изд. лит.иск.им.Г.Гуляма, 1975 г., стр.114.
9 Р.Каримова. Меросий ракс дурдоналари. Тошкент:Чулпон. 2003 й., 102 б.
10 Р.Каримова. Танцы Равии Атаджановой - Тошкент, F.Fулом нашриёти, 1983 й., 166 б.
11 Р.Каримова. Маргарита Окилова. Тошкент: F.Fулом номидаги нашриёт, 1985 й. 64 б.
12 Р.Искандарова. Классический танец. Тошкент: Навруз нашриёти 2017й. 220 б.
ГГлЦ^^Ш! 428 http://oac.dsmi-qf.uz
- shogird an'analarini saqlab qolgan holda, I.Yusupov yaratgan baletmeysterlik maktabi va uning ijodiy merosini davom ettirib munosib izdosh sifatida tinimsiz mehnat, ijodiy izlanishlari o'laroq ko'pgina muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar.
Ibrohim Yusupov tabiatidagi o'tkir optimizim xususiyati, uning hayot yo'lida to'xtamaslik va doimiy harakatda bo'lishi, o'z kasbiga nisbatan alohida mas'uliyat bilan yondashuviga olib keldi.
Ibrohim Yusupov oltmish yildan ziyod umrini balet san'atiga bag'ishladi, u shu davr muobaynida xoreograf balet solistdan, bosh baletmeysterlik darajasigacha ulkan muvaffaqiyatli yo'lni bosib o'tdi. Baletmeysterlik faoliyati davomida ko'pgina jahonning mumtoz durdona balet asarlarini o'zbek balet sahnasida jonlantirdi. "Qarsildoq", "Uyqudagi go'zal", "Jizel" balet asarlari shular jumlasidan. Bundan tashqari I.Yusupov tashabbusi bilan "Spartak", "To'maris" kabi balet asarlari teatr truppasi bilan birgalikda o'zbek balet san'atini xorijiy mamlakatlarda bir necha bor namoyish etishga muvaffaq bo'ldi. I.Yusupov hamisha ijodiy izlanishda bo'lgan va biron bir balet spektakl asarlarini mustaqil ravishda sahnalashtirishni istagan ijodkorlarni hamisha qo'llab quvvatlagan. O'zi esa ijodiy izlanishdan yangiliklarni kashf etishdan aslo to'xtamagan. O'z davrida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatri truppasining asosiy tarkibi Ibrohim Yusupov maktabida o'z bilim ko'nikma malakalarini oshirishgan. Uning rahnamoligida ular o'z ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib, ijodkorlik mahorat va imkoniyatlarini namoyish etishgan.
"Respublikamizda balet san'atining rivojlanish yillari fan va texnika sohasida olamshumul kashfiyotlar yaratilayotgan taraqqiyot davri bilan hamohangdir. Yusupov ham o'zining xoreografik asarlarida zamonning dinamik vaznlarini, qalb tepishini ifodalash uchun doim tashnalik bilan yangi ifoda vositalarini, raqsning yangi shakllarini, balet klassikasidan faydalangan holda, navotorlik yo'llarini izlaydi. Zotan, klassik raqs - balet san'atining sarchashmasidir. Professor Yuriy Grigorovich bu haqida bunday degan edi: "Klassik raqsning teran, ko'z ilg'amas sirlarini mukammal bilmagan, uning texnikasini chuqur o'zlashtirmagan baletmeyster hech qachon zamonaviy baletda o'zining yorqin, betakror, jonli va to'lqinlantiruvchi so'zini aytolmaydi" 13
I.Yusupov Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi davlat imtihon komissiyasining uzoq yillar davomida doimiy raisi bo'lib ham keldi. Bir necha o'nlab bitiruvchilar hayot yo'llarida o'z sevimli kasblarini egallashda turtki berdi. Har yili balet truppasini istiqbolli yosh balet artistlari bilan to'ldirdi. Uning shogirdlari esa mustaqil va bir-birini mutloq takrorlanmas imkoniyatlarni namoyish etishdi. Turli avlodlar orasidan uning shogirdlari munosib joy olib, bir qancha davlat mukofotlariga sazovor bo'lishdi. Bular, Tamila Qo'medova, Nozima Xasanova, Vadim Gellertov,
13 A.Rahimov "Sahna sirlari munaqqid nigohida" T: 2016. 84 b.
I [ccñ^^BI 429 http://oac.dsmi-qf.uz
Andrey Shalberkin, Amina Babajanova, Nodira Hamroyeva va boshqalardir. O'zbekiston Xalq artisi Ibrohim Yusupovning yuksak davlat mukofotlari va unvonlari uning ijodiy yutuqlarining nishonasidir.
Hamisha ijodiy yondashuv va keng doiradagi hamkorlik bilan samarali muloqot qilish, doimiy izlanish, san'atga bo'lgan ruhiy ustuvorlik energiyasi I.Yusupovning hayot va ijod yo'lining mazmuniga aylandi. Uning ijodiy izlanishlari va tajribasi xoreografik yangi yondashuv vositalarni topishda o'z samarasini berdi.
Ibrohim Yusupov nafaqat ko'plab balet spektakllarini, opera va balet teatrining eng muhim sanalari, davlat tadbiri va konsert dasturlarini sahnalashtirishda ham faol ishtirok etdi. Uning zamon bilan hamnafas ijodiy yondoshuvi o'zbek mumtoz baletining bugungi ko'rinishi vujudga kelishida poydevor vazifasini bajardi. Uning ko'p asrlik milliy raqs an'analarini saqlab qolish va yanada takomillashtirish, ularni jahonning muvaffaqiyatli balet spektakllari yutuqlari bilan birlashtirish hamda mamlakatimizda xoreografiya san'atini keng ommaga tadbiq etishdagi say-harakatlari O'zbekistonda madaniyat sohasini yanada takomillashtirishda yaqqol aks etdi. Ustoz yaratgan an'analar, ijodiy tajribalari bugungi kunda yangi balet spektakllarini yaratishda o' z samarasini berib kelmoqda.
Ibrohim Yusupovning bolalik yillari mamlakatimiz tarixidagi eng og'ir davrlarga to'g'ri keldi. Ibrohim Yusupov 1935 yilning 5 martida Xorazm viloyatining Urganch shahrida ishchi oilasida tavallud topgan . Uning onasi vafot etganida u bor yo'g'i besh yoshda edi, shundan so'ng Ibrohim xolasining qaramog'ida Toshkentda yashay boshladi. Keyinchalik esa Toshkent shahridagi bolalar uylaridan birida tarbiyalandi. Urush davrining keyingi qiyinchiliklari bolalar uyida hukm surgan ijodiy muhitga to'sqinlik qilmadi. Odatda, og'ir sharoit tufayli bayramlarni keng nishonlashning imkoni bo'lmagan, shunga qaramay mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilar she'rlar yod olishgan, kichik teatr sahnalarini, musiqa va raqslarini namoyish etishgan faol qatnashishgan.
1950 yilda mehribonlik uyiga bo'lgan mehmonlarning tashrifi Ibrohimning hayotidagi muhum uchrashuvlardan biri bo'ldi. Gap shundaki, tasvirlanayotgan voqealardan uch yil oldin - 1932 yilda Toshkentda Tamaraxonim tashabbusi bilan tashkil etilgan balet maktabi 1947 yilda o'zbek xoreografiya bilim yurtiga aylantiriladi. Sankt-Peterburg xoreografiya bilim yurtining bitiruvchisi Zinayida Nikolayevna Afanasyeva (1907 - 1975) yangi o'quv yurtining birinchi badiiy rahbari etib tayinlandi. Zinayida Nikolayevna Afanasyeva - Agrippina Yakovlevna Vaganovaning shogirdi va uning pedagogik tizimining izdoshi bo'lib, mumtoz raqsni o'qitish metodikasini ishlab chiqish va joriy etishga sezilarli hissa qo'shdi. 1949-yillar oxirida Zinayida Nikolayevna tashabbusi bilan O'sha vaqtda O'zbekiston xoreografiya san'atida rahbar bo'lgan Afanasevaga ta'lim muassasasiga kirish uchun iste'dodli bolalarni saralab olish maqsadida xoreograf-pedagoglar guruhi shakllantirildi. Ushbu guruh Toshkent
I 430 http://oac.dsmi-qf.uz
shahridagi uchta bolalar uyida bo'lib, dastlabki saralash bosqichi natijasida xoreografik ma'lumotga ega 30 nafar o'g'il bolalarni tanlab oldi. Takroran saralash natijasida tanlangan 30 nafar boladan faqat beshtasi qoldirildi.
Bular - Ibrohim Yusupov, Qo'rqmas Sagatov, Ravil Sadiqov, Vova Nasirov, Hayriddin Fayozevlar edi.
Saralash bosqichi yakunlangandan so'ng, tanlovdan o'tgan o'g'il bolalar O'zbekistondagi eng birinchi iqtidorli bolalar uyi bo'lgan 20-sonli mehribonlik uyiga o'tkazildi. U yerda yosh raqqoslar iste'dodli musiqachi, rassom tengdoshlari bilan birgalikda tarbiyalanishdi. Ushbu bolalar uyining birinchi direktori Orenberg Mixail Solomonovich bo'lib, u hamisha mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini o'z farzandi deb bilib, ularga g'amxo'rlik qilar edi. Ushbu inson xotirasi murg'ak go'dak qalblaridan mangu o'chmas illiq joy egalladi. Mixail Orenberg yosh iste'dodlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va ularning o'z ijodkorlik qobiliyatlarini namoyish etishda mashaqqatli mehnati va yuksak pedogogik salohiyati tufayli amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.
20-sonli mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchisi Q.S.Sagatovning so'zlariga ko'ra, "O'sha yillarda mehribonlik uyida o'tkazilgan raqs ijodiy kechalarida o'zbek raqs san'atining yetuk namoyondalari Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyevalar bilan birgalikda rus mumtoz raqs maktabining iste'dodli vakili Peterburgdagi Marinskiy teatrining sobiq solisti va pedagog Yekaterina Obuxova ham ishtirok etgan. Ularning samarali ijodiy faoliyati bilan O'zbekistonda xoreografiya kasb-hunar ta'limi, xalq raqslari va xususan balet san'ati shakllanishi vujudga keldi. 1920-1930-yillar davomida ustozlarning ko'pchiligi Toshkentdagi Rus opera teatrining balet spektakllarida raqslar ijro etib, ijodiy faoliyatlaridan keng tajribaga ega bo'lishgan edi. Ular nafaqat xoreografiya san'atining iste'dodli ustalari, balki iqtidorli yosh avlodlarni izlashda haqiqiy tashabbuskor yetakchilarga aylanishdi. I.Yusupovning ijodiy salohiyatini ochishda xoreografiya bilim yurtidagi birinchi murabbiy va ustozlari -A.M.Sabo va E.P.Novikov katta o'rin tutdi. Ustozlaridan olgan saboqlari natijasida an'anaviy maktablarining o'ziga xos xususiyatlari va ifodaviy vositalarini qiziqish bilan o'rgandi. Baletning kasb-hunar artisti sifatida shakllanib, mumtoz raqsning barcha badiiy murakkab harakat elementlarini puxta egallab, balet sahnasida yaqqol, e'tiborli xoreografik obrazlarni namoyish etishga tayyor bo'ldi"14.
"I.Yusupov yana bir muhim professional fazilatga ega. Bu badiiy did andozasi hisoblangan xoreografik tafakkur madaniyatidir. Bunga xoreograf uzoq izlanishlar, mashqlar asnosida erishdi. Balet ixlosmandlari Ibrohim Yusupovni ajoyib raqqos sifatida yaxshi biladilar. O'ziga xos ijro uslubini yaratgan, qahramon obraziga chuqur
14 Г.А.Исаева Диссертация "И.Ю.Юсупов-главный балетмейстер государственного академического большого театра имена Алишера Навоий. Биография и анализ творчества" muaUifmng Q.Q.Sagatov bilan suhbatidan 14.02.2019 T.:2019. 23 b.
Пмта^^Н 431 http://oac.dsmi-qf.uz
kirib tomoshabinlarni maftun etgan solist san'atining yuksak bosqichlariga ko'tarilishini orzu qildi. Alisher Navoiy nomidagi teatrda bir necha yil balet truppasida ishlagach, 1950 yilda Moskvaga o'qishga otlandi. Teatr san'ati intitutining baletmeysterlik fakultetida o'qidi. Atoqli baletmeyster, RSFSR xalq artisti, san'atshunoslik doktori, professor Rostislav Zaharov qo'lida tahsil oldi. Ustoz shogirdning tinib-tinchimasligi, intilish va ishtiyoqidan mamnun edi. Talabalik yillaridagi etyudlaridayoq undagi individuallik, mustaqil mulohaza yuritish sifatlari quvontirardi. Yosh Ibrohim hech qachon eksperimentdan cho'chimadi, xoreograf ijodiga oid kitoblarni, badiiy adabiyot durdonalarini mukka tushib o'qidi. Kitoblar uning hayotdagi hamrohi bo'lib qoldi. Chindan ham, xoreograf badiiy adabiyot xazinasidan bahramand bo'lmasa, mukammal balet spektakllarini ijod qilish qiyin".15
Ibrohim Yusupov 1955 yilda xoreografiya bilim yurtini tugatgandan so'ng Akademik teatr sahnasiga qadam qo'ydi. U o'z orzusini amalga oshirgan holda Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta opera va balet teatri balet artistiga aylandi. Yosh balet artistilari Galiya Izmaylova va Mixail Satunovskiy teatrning birinchi baletmeysterlari edi. Tirishqoqligi natijasida oradan ko'p o'tmay yakkaxon solist bo'lib, amaldagi repertuarning balet spektakllarida yetakchi partiyalarni ijro etdi. Mumtoz va milliy balet spektakllarida ijro etgan xoreografik obrazlari orasida Albert "JizelMa, Zvezdich "Maskarad"da, Batur "Orzu"da, Zigfrid "Oqqush ko'li"da, Bambur "Kashmir afsonasi"da, Solist "Shopeniyanlar"da, Garmodiya "Spartak"da kabi obrazlarni mohirona gavdalantirdi. Ushbu balet spektakllarida Ibrohim Yusupovga Galiya Izmaylova, Bernora Qoriyeva, Gulnora Mavayeva, Valentina Proskurina, Sevilya Tanguriyeva kabi sahna san'ati ustalari hamrohlik qilishdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Кадыров М.Х. Труды по истории зрелищных искусств Узбекистана. В 3-х томах. - Т.: «Санъат», 2013.
2. Каримова Р. Бухарский танец. Т.: 1977.
3. Каримова Р. Хорезмский танец. Т.: 1975.
4. Каримова Р. Ферганский танец. Т.: 1973.
5. Корсакова А. Узбекский оперный театр. Т.: Изд-во им. Г.Гуляма. 1961.
6. Рахимов А. Сахна сирлари мунаккид нигохида. Т.: Турон, 2016.
7. Тулахужаева М.Т. Театр танкидчилиги. Актёр, режиссёр, спектакль. Т.: Санъат, 2015
8. Хамраева Г.Р. Национальный образ танца. Т.: Санъат, 2012.
9. Хореографическое искусство. Справочник. - М.: Искусство, 2005.
15 A.Rahimov "Sahna sirlari munaqqid nigohida" T: 2016. 86 b.
432
http://oac.dsmi-qf.uz