Научная статья на тему 'RAQS SAN’ATI VA BALETMEYSTERNING IJODIY QIRRALARI'

RAQS SAN’ATI VA BALETMEYSTERNING IJODIY QIRRALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
346
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Raqs / san’at / xoreografiya / baletmeyster / klassika / obraz / opera / balet

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — G.Tursunova

Raqs san’atining hususiyatlari, unihg eng qadimiy shakllari hamda baletmeysterning ijodiy qirralari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQS SAN’ATI VA BALETMEYSTERNING IJODIY QIRRALARI»

RAQS SAN'ATI VA BALETMEYSTERNING IJODIY QIRRALARI

G.Tursunova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Raqs san'atining hususiyatlari, unihg eng qadimiy shakllari hamda baletmeysterning ijodiy qirralari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Raqs, san'at, xoreografiya, baletmeyster, klassika, obraz, opera, balet.

THE ART OF DANCE AND THE CREATIVITY OF A CHOREOGRAPHER

G.Tursunova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Describes the features of the art of dance, its most ancient forms and the creative aspects of the choreographer.

Keywords: Dance, art, choreography, choreographer, classical, image, opera, ballet.

Raqs san'ati nafaqat iste'dod va ajoyib mahorat, balki harakat bilan tomoshabinni hayratga soladigan va hayot trayektoriyalarining noma'lum dunyosiga o'zgacha taassurot beradigan fikrlar va his-tuyg'ularni yetkazish qobiliyatidir. Raqs xalq san'atining eng qadimgi ko'rinishlaridan biri bo'lib, kuchli his-tuyg'ular ifodasi sifatida paydo bo'ldi. Harakatlar yordamida musiqani ko'rishimiz va his qilishimiz mumkin. Ayniqsa klassik raqslar tufayli egiluvchanlik, harakatlarni muvofiqlashtirish rivojlanadi. Bu sizga tayanch-harakat tizimini mustahkamlashga imkon beradi va tanangizni qanday boshqarishni o'rganishga imkon beradi. Yurish paytida harakat chiroyli bo'ladi. Klassik xoreografiya odatda balet deb hisoblanadi. "Raqs san'ati" fani "Sahna nutqi", "Rejissorlik va aktyorlik mahorati" kabi asosiy fanlardan hisoblanadi. Bu fanlarning asosiy maqsadi bo'lajak rejissorlarning g'oyaviy va kasbiy tayorgarliklarini chuqur bilim hamda amaliy tayorgarlik asosida etishtirib berishga qaratiladi. Raqs san'ati xuddi sport kabi talabani jismonan rivojlantiruvchi, sog'lomlashtiruvchi va hamisha bunyodkorlik kayfiyatini uyg'otuvchi san'atdir. Muntazam sport bilan shug'ullanuvchilar jismonan baquvvat, ruhan tetik bo'lganlaridek, raqs san'ati bilan shug'ullanuvchi talabalar ham hamisha jo'shqin, g'ayratli, shijoatkor bo'ladilar. Raqs san'ati bilan shug'ullanuvchi talabalarni badan a'zolari g'oyat mutanosib rivojlanadi va go'zallik tushunchasining barcha taqozolariga mos keluvchi mukammallik-grasiya kasb etadi. Raqs san'ati insonda musiqiylik va

salomatlik kabi bebaho fazilatlarni tarbiyalaydi, shuningdek, psixologik jihatdan qaraganda, go'zallik va mukammallikni talabada ruhlantiradi, mehnat va ijodga rag'batlantiradi. Umuman raqs san'ati shunday kuchga egaki ishtirokchi hox san'at yo'lidagi talaba bo'lsin yoki oddiy muxlis raqsga shunchaki yuzaki qarab bo'lmaydi, balki yurak-yurakdan xis etish, uning xissiy mohiyati va ritmik plastik asoslarini chuqur tushunish idrok etish ruhida tarbiyalovchi muhim omildir.

Raqsning eng qadimiy shakllari - bu xali tom ma'nodagi raqs emas, - balki ibtidoiy shakllari ya'ni ritmik pontamimo faqat xalq ijodiyoti emas, balki masxarabozlar milliy an'anaviy professional teatr artistlari repertuarida ham saqlanib qolgan. Raqs professional raqqosalar va sozandalar maxsuli bo'lib, oliy shakllari professional raqqoslar repertuarida shuningdek professional raqqosalarga taqlid qiluvchi raqs xavaskorlari doirasida saqlanadi va rivojlanadi. Mustaqillik sharofati bilan o'zbek milliy raqsi ham gurkirab, rivoj topmoqda. O'zbek xalqi chinakam boy raqs san'ati merosiga ega. O'zbek raqsining butun boyligi serjilo qirralari, go'zalligini saqlash, olamga taratish uchun imkoniyatlar paydo bo'ldikim bu istiqlol mevasidir, sharofatidir. Bizgacha yetib kelgan raqslarning tur va janrlari rang-barangligi xayratda qolarli darajada. Avlodlar asrlar osha to'plagan ma'naviy boylikni o'quvchilarga me'ros qilib qoldiradilar. Talabalarni g'oyaviy, siyosiy, madaniy va estetik jihatdan mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash masalasi, uni takomillashtirish davrimizning eng muhim masalalaridan biridir. Siyosat faqat moddiy to'lqinlikni emas balki estetik, va ma'naviy barkamollikni ham taqazo etadi. Xozirgi kunda har bir talaba ijodiy kuch hamda qobilyaitlarini uyg'unlashtirish va ularni amalga oshirishning zarur omillarini his etmoq kerak. O'z navbatida madaniy-ma'rifiy va sport sohasidagi yanada takomillashtirish yangi bosqichni belgilab beradi. Endilikda mavjud zaxiralardan maksimal foydalanib, ommaviy bayramlarda va madaniy-sport komplekslarida ma'naviy - tarbiyaviy ishlarni davr sur'ati talab etayotgan yangi, yanada yuksak boskichga ko'tarish, tashabbuskorlik va ijodkorlik maqsadida ommaviy bayramlar rejissyorlik sa'natini takomilashtirish, talabalar qiziqishlarini xisobga olib, ijodiy yondashtirish unumdor foydalanishni talab etadi.

«Ijod - avvalo ma'naviy va jismoniy tabiatning to'liq jamlanishidir. U bundan tashqari tana va fikirni, aqlni, irodani, xissiyot, xotira va tasavvurni qamrab oladi»-degan edi K.S.Stanislavskiy. Aktyorlik san'ati yo'nalishidagi talabalar ham raqs san'atiga jiddiy yondashib eng muxim musiqani chuqur his etish, musiqa olamida yashash, musiqa to'lqinlarida «suzish» san'atini egallaydigan yuksak didli kishilar bo'lishlari kerak. Binobarin, raqs san'ati ishtirokchilaridan musiqiy tabiatga ega bo'lishni, o'zidagi musiqiy tabiyatni tobora takomillashtirib borishlikni taqazo etadi. Raqs azal-azaldan xalqimiz sevib ijro etadigan ommaviy san'at turidir. Doira sadosi rubob nag'masi va qo'shiq navosi bilan omuxta bo'lgan raqs barcha shodiyonalarning hamda ommaviy bayramlarning ko'rki bo'lib kelmoqda. Raqsda musiqa

harakatlarining o'zaro aloqasi o'quvchilarning estetik tarbiyasi uchungina emas, balki ruhiy emotsional kamolotni jismoniy barkamollikka birlashtiruvchi ko'prik bo'lib ham xizmat qiladi. Raqsda ma'lum bir obraz, sevgi raqsi etnografik raqslar, mehnat raqslari, ommaviy raqslar, yakka raqslar kasb-mahoratini namoyish etuvchi raqslar jonivorlarni ta'riflovchi raqslar va ommaviy bayramlardagi raqslardan qolmasdan tarixiy obrazlarga to'xtalib o'tmoqdamiz.

Baletmeyster - bu raqs ustasi degan ma'noni anglatadi. Bular oliy ma'lumotli raqs bo'yicha mutaxassis. Baletmeysterning ijodiy qirralari juda ko'p.

1. Baletmeyster - o'qituvchi.

2. Baletmeyster - yaratuvchi.

3. Baletmeyster - repetitor (mashq qildiruvchi).

4. Baletmeyster - sahnalashtiruvchi.

5. Baletmeyster - tiklovchi.

Baletmeyster klassik raqs sohasida ish olib borishi mumkin. Opera - balet teatrida xoreografik bilim yurtida, san'at maktablarida, madaniyat kollejlarida, studiyalarda, madaniyat uylarida dars berishi mumkin. Sayllarda, tadbirlarda, ommaviy bayramlarda baletmeystersiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ularni vazifasi gavdani to'g'ri tutish, tana a'zolarini harakat faoliyatini rivojlantirish, gavda muvozanatini saqlash va keyinchalik balet spektakllari uchun ijrochi tayyorlash. Xalq raqslari bilan ish olib boruvchi baletmeysterlar qaysi balet bo'lmasin shu xalqning milliy raqslarini va boshqa jahon raqslari haqida ijrochilarga ma'lumot beradi va o'rgatadi. Xalq raqs baletmeysterning vazifasi shu millatga mos milliy raqs san'atiga kadrlar tayyorlab berishdir. Bularga qadimda urf bo'lgan raqslar xozirgi zamonaviy raqs estrada raqslari haqida raqqos va raqqosalarga bilim beradi. Ijtimoiy va boshqa yo'nalishdagi fanlardan ertaga utilishi lozim bo'lgan mavzuni bugun o'qib tayyorlanib konspekt yozib dars berish mumkin ammo, Raqs san'atini bir kechada o'qib tayyorlanib ertasiga o'rgatish mumkin emas. Buning uchun xoreografik yo'nalishni boshidan bosib o'tishi lozim bo'ladi. Baletmeyster turlari ichida eng asosiysi baletmeyster o'qituvchidir. Chunki har bir baletmeyster albatta kimdandir bilim oladi, kimningdir shogirdi. Baletmeyster -o'qituvchi, bu sohada kadrlar tayyorlaydi. Uning vazifasi har bir o'quvchining raqs san'atini chuqur o'rganishiga mas'uldir. Uni gavdasini to'g'ri tutishdan har bir harakatni aniq bajarishgacha ularning texnikasidan ijro mahoratigacha hamma tomonlarni o'rgatadi. Baletmeyster o'z raqslariga ega bo'lishlari bilan birga, biror yaratilgan raqslarini o'z darslarida foydalanishi kerak. Chunki raqs kimnikiligi emas, o'quvchilarga shu raqsni to'g'ri o'rgatishda, shu bilan raqqoslarning bilimini kuchaytiradi. «Raqs sahnalashtirish» fani o'qituvchilari o'quvchilariga raqs qo'yish sirlarini o'rgatadi va ularni raqs qo'yishlarida yo'llanmalar beradi. O'qituvchi o'quvchiga raqs qo'yib berishi kerak emas. O'quvchini o'ylashga, mushohada qilishga o'rgatish kerak. Shu o'rinda baletmeyster o'qituvchilardan Roziya Karimova, Qunduz

Mirkarimova, O'g'iloy Muhamedova, Shokir Axmedov, Erkinoy Saitova, Yulduz Ismatova, Temur Murodovich, Akbar Mo'minov, Karima Uzoqova, Gulnora Mavayeva, Fotima Nosirova, Nasiba Madraximovalarning ishini o'rganish maqsadga muvofiq.

Baletmeyster turlari ichida baletmeyster repetitor alohida o'rin egallaydi. U baletmeyster sahnalashtiruvchining sahnalashtirgan raqsni har kunni ijrochilar bilan mashq qilib, metod jihatdan aniq bajarilishini talab qilib, bir xil (sinxronniy) bir vaqtda baravariga bajarishiga erishishi kerak. Repetitor faqat raqsni emas doim ijrochilarni formada ushlab turishi ertalabki mashqlar, aylanish, egilishlarni takomillashtirib beradi. Ijrochilarni ishga vaqtida kelishi xulq atvoriga ma'naviy tomonlarga javobgar shaxs bo'lishi kerak. Repetitor ijrochilarni tarbiyalash kerak. konsertlarni muvaffaqiyatli chiqishlari repetitorga bog'liq. Baletmeyster repetitorlarga Dilbar Yunusova, Muyassar Sotivoldiyeva, Gulmira Shirinova, Matluba Abdullayevaga o'xshashlar hozirda ish olib bormoqda.

Baletmeyster - tiklovchi, baletmeyster turlari ichida ancha rivojlanmagan turidir. Baletmeyster tiklovchining ishi ancha qiyin, vaqt talab qiladigan kasbdir. Shu bilan birga keraklidir. Chunki qadimda xalqlar orasida yaxshi raqsga tushgan kishilar bo'lib o'tgan shularni harakatlarini o'rganib ular haqida ma'lumot to'plab usha raqslarni tiklaydi. Bu raqslar xalq boyligi. Folklor raqslar xalqning yuragidir. Har bir viloyatlarning o'ziga yarasha harakatlari uslublari bor. Har bir maktabni rivojlanishida tiklovchining xizmati katta. Mana xozirda milliy raqslar kamayib ketgan. Mutaxassislar joylarga borib, keksa ijrochilardan surishtirib, harakatlarni tiklamoqdalar va yangi harakatlar bilan boyitmoqdalar. Qadimda beshik tuyi, sunnat to'yida, kelin salomda o'ynalgan raqslar xozirda tiklanmoqda Xozirda baletmeyster tiklovchilardan Roziya Karimova, Lyubov Avdeyevalarni bilamiz. Baletmeyster ijrochisi uchun eng keraqli narsa tana harakati, uni idora kila bilishi madaniyatini vujudga keltirishga erishila boradi. O'z navbatida raqqosa yoki raqqosning e'tibori qahramonning aniq holati, kayfiyatni o'zining jismoniy va ruxiy imkoniyatlarga payvand qilib jonli bir insonning shu ondagi xolati va kechinmasini bayon etishga qaratadi. Xoreografik obrazlarni fikrlash kobiliyati bilan baletmeester opera dramaturgi hamda rejjisyordan farq qilib turadi. Obrazni izlab topish yaratishda musiqa bilan raqs harakatlarining bir-biriga mos tushishda fikrni tomoshabinga etkaza olish ishida baletmeyster psixolog va pedagogik xislatlarga ega bo'lishi kerak. Ijodkor xalqimiz tomonidan yillar osha yaratilgan raqslar o'zbek san'atining noyob durdonalari sanalib kelyapti. O'zbek raqs daxolari yaratgan g'oyaviy badiiy jihatdan yuksak raqslar xalqimizni asrlar davomida inson parvarlik ona vatanga muxabbat, jasorat, fidokorlik, kurashchanlik, go'zal xalq ruxida tarbiyalab keldi. Mana shu xususiyatlar barkamol insonning fazilatlaridir. Yangi insonni voyaga etkazish, xalq orasida xaqiqiy

insonniylik munosabatlarini shakilantirishda o'zbek xalqining merosi bo'lgan mumtoz raqslar bugungi kunda estetik tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. L.Avdieva "O'zbek milliy raqsi tarixidan" Toshkent 2001.

2. L. Avdieva, M.Kodirov, YU. Ismatova "Tanovar" raqsi jilolari. G'.G'ulom nashriyoti T.-2002.

3. R.Karimova "Танцы Равии Атаджановой, Т.: Изд. Литературь и искусства имени Гафура Гуляма. 1983.

4. Roziya Karimova "O'zbek raqslari", "CHo'lpon" nashriyoti, T.: 2003.

5. R.Karimova, D.I. Sayfullaeva "O'zbek ayollar yakka raqslari "Cho'lpon" nashriyoti, T.: 2007.

6. Madalievna, I. S., & Abdurahimovna, J. R. (2021). The Analogies Used in Mukimi's Works. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 9, 95-99.

7. Abdurakhimovna, J. R. (2021, March). LEXICO-SEMANTIC PROPERTIES OF ANTHROPONYMS (On The Example Of Mukimi's Works). In E-Conference Globe (pp. 301-303).

8. Abdurakhimovna, R. J. (2021). Lexemas of meaning of clothes in mukimi's works. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 199-202.

9. Juraeva, R. (2020, December). EMOTIONAL-EXPRESSIVES IN WORKS OF MUKUMIY. In Конференции.

10. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). СЕМАНТИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПАРАНТЕЗ. Ученый XXI века, 68.

11. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ. Учёный XXI века, (4-1 (17)), 67-68.

12. Султонова, У. С. (2017). КИРИТИШ ВА КИРИТМА ТЕРМИНИ ХУСУСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР. Интернаука, 8(12 Часть 3), 62.

13. Jamoliddinova, D. M. (2020). TERMINOLOGY AND PROFESSIONAL VOCABULARY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 294-298.

14. Jamoliddinova, D. (2020). The poetical actualization of terms in the literary works (As the sample of the works of askad mukhtar, abdullah kahhor and ulmas umarbekov). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 2597-2602.

15. Джамолиддинова, Д. М. (2020). ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАЩЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

16. Jamoliddinova, D. M. (2011). Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech. Tashkent: Fan, 93.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.