Научная статья на тему 'AKBAR MO‘MINOV O‘ZBEK XOREOGRAFIYA SAN’ATI FIDOIYSI'

AKBAR MO‘MINOV O‘ZBEK XOREOGRAFIYA SAN’ATI FIDOIYSI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
190
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
turmush / oila / qо‘shiq / raqs / artist / baletmeyster / ansambl / ijod

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Shavkat Ataxonov

Ushbu maqolada о‘zbek xoreografiya san’ati fidoiysi, ulug‘ namoyonda О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi Akbar Mо‘minov hayoti va ijodiy faoliyatining ilk yillari tо‘g‘risida yoritilgan. A.Mо‘minovning bolalik yillari, raqs san’atiga ilk qо‘ygan qadamlari ustozning о‘zi bilan bо‘lgan suhbat asosida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKBAR MO‘MINOV O‘ZBEK XOREOGRAFIYA SAN’ATI FIDOIYSI»

AKBAR MO'MINOV - O'ZBEK XOREOGRAFIYA SAN'ATI FIDOIYSI

Shavkat Ataxonov

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o'qituvchisi

Annotasiya: Ushbu maqolada o'zbek xoreografiya san'ati fidoiysi, ulug' namoyonda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Akbar Mo'minov hayoti va ijodiy faoliyatining ilk yillari to'g'risida yoritilgan. A.Mo'minovning bolalik yillari, raqs san'atiga ilk qo'ygan qadamlari ustozning o'zi bilan bo'lgan suhbat asosida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: turmush, oila, qo'shiq, raqs, artist, baletmeyster, ansambl, ijod.

AKBAR MUMINOV-SELF-SACRIFICE OF THE ART OF UZBEK

CHOREOGRAPHY

Shavkat Ataxonov Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: This article is about the first years of his life and creative activity of the Uzbek art of choreography fiduciary, culture worker Akbar Muminov, who served in Uzbekistan in the great show. A.Muminov's childhood years, his first steps in the art of dance, were explained on the basis of the conversation with the master himself.

Keywords: married, family, song, dance, artist, ballet dancer, ensemble, creativity.

A.Mo'minov 1935-yil Andijonda oddiy ishchi oilasida tavallud topgan. Uning bolalik yillari jamiyatning ijtimoiy siyosiy murakkab davrlariga, shuningdek, Ikkinchi jahon urush yillariga to'g'ri keladi. Otasi urushga ketgandan so'ng uning onasi besh o'g'il farzand bilan ota hovlisiga ko'chib keladi. Og'ir turmush tarzi, o'sha yillardagi ocharchilik vaqtlarini eslar ekan A.Mo'minov "Kunjara yeb qorin to'yg'azar edik, maktabga kuz bo'lishiga qaramay, u paytlarda kechasi yer sovuqdan muzlar, kunduzi hammayoq loy bo'lar edi. Men esa bitta kalishda choponga o'ranib maktabga borardim"1 deya xotirlaydi.

Ana shunday kunlarning birida dars jarayonidan habar olgani maktab direktori sinfxonaga kiradi. Barcha o'quvchilar o'rinlaridan turib salom berganda birgina Akbar joyida qotib o'tiraveradi. Direktor nega o'rnidan jilmay o'tirganini so'raganda u oyog'i sovuqdan uvushib qolganini aytadi. Direktor darsdan keyin xonasiga borishini tayinlab chiqib ketadi. Maktab rahbarining g'azabidan qo'rqibgina uni xonasiga uch to'rt bola

1 O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Akbar Mo'minov bilan suhbatdan. 04.12.2020 y

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

borishadi. Direktor Akbarning qo'liga xat tutqazib, o'sha yerdagi 30-sonli Bolalar uyiga yuboradi. Xatni Mehribonlik uyi direktorining shaxsan qo'liga topshirishini tayinlaydi. Akbar sheriklari bilan aytilgan joyga boradi. Direktor yo'qligini bilib ortga qaytmoqchi bo'lgan bolalarni qorovul yo'lini to'sadi va bir xonaga kiritib qo'yadi. Kechroq kelgan rahbar xatni o'qib, bolalarni xodima ayolga topshiradi.

O'sha xolatlarni xotirlar ekan, nigohlarida hazin tabassum bilan ustoz shunday dedi "...Urushda bir qo'lidan ayrilgan harbiy ayolga bizni topshirdi, u esa qop qora ko'mirday bo'lib ketgan oyoqlarimizi yuvishimiz uchun yarimtadan g'isht berib ariqning muzday suvida oyoqlarimiz qonab ketguncha yuvdirgan edi"2. O'sha kuni bolalarni uylariga ketishga ruhsat berilmaydi va ular Mehribonlik uyida tunab qolishadi. Ertasi maktabdan uyiga qaytganda onasi yig'lab, tog'asi achchiqlanib kutib oladi. Tog'asi och qolayotgan edingmi, nega u yerga bording deb qattiq koyib beradi. Shunday qilib Akbar Bolalar uyida yashay boshlaydi.

Kunlarning birida (1949-yil) sinf xonasida gullarning rasmini chizib o'tirgan vaqti xonaga Bolalar uyining direktoi kirib uning xonasiga borishini salom berib kirishini ta'kidlaydi. Akbar xonaga kirib borganda esa ikki ayol bir erkakka ko'zi

tushadi. Yosh Akbarni ko'rib ular "Oy, kak xoroshiy malchik......" deya yaxshi so'zlar

aytishadi. Oyoqlaringni ko'rsatginchi deyishganda rosa uyalganman deya kulib xotirlaydi o'sha damlarni.

Keyinchalik bu insonlar o'zbek xoreografiya san'atining buyuk namoyondalari, ustoz pedagoglar: Zina Nikolayevna, Zoya Aleksandrovnalar ekanini Toshkentga kelib o'qishni boshlaganda biladi. Hullas, Andijon viloyatidan to'qqiz nafar bola tanlab olinib Toshkentga Xoreografiya bilim yurtiga olib kelinadi. Toshkentga ilk kelgan vaqtlarini yodga olar ekan ustoz "Bizni eski konservatoriyaning ro'parasiga tushirib ketishdi va biz kunni issig'ida nima qilishni bilmay ancha vaqt o'tirdik, birinchi marta troleybuslarni ko'rishimiz, hayratlanib atrofni tomosha qilib o'tirdik. Qornimiz ochib ketganidan matrasning chixoliga o'ralgan konserva bankalaru kolbasa, nonlarni o'sha yerdayoq yoyib yeyishni boshladik, ammo konservani ochishga pichoq yo'q, menga pichoq topib kel deyishda, bir hovliga kirsam, yevrey ayol pichoq berib turgan, hullas ko'chada tushlik qilib o'tirganimizda bizni avtobusda kelib Labzakdagi ta'mirlash ishlari ketayotgan 12-son Bolalar uyiga olib ketishdi."3 Toshkentdagi hayot va ilk bor raqsga qadamlar 1949-yildan ana shunday boshlangan edi.

Ushbu bolalar uyiga yosh Akbarlar qatori Sivilya Tanguriyeva, Dilya Boybuganova, Dilbar Abdullayeva, Bibas, Katya Ganiyeva, Gulya Abdusalomovalar -afsonaviy "Bahor" ansamblining bo'lajak birinchi qaldirg'ochlari ham joylashtiriladi.

Xoreografiya bilim yurtida o'qiyotgan kezlari Yevgeniy Nikolayevich Boronovskiy taklifi bilan yakkaxon raqqos sifatida "O'zbek Katta ashula va raqs"

2 O'sha manbaa

3 Yma cyhöaTgaH

davlat ansambli (keyinchalik "Shodlik", bugungi kundagi "O'zbekiston" davlat ashula va raqs ansambli)da ham ishlay boshlaydi. Uning ilk ijodiy parvozi, yutuqlari aynan mana shu ansambl bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki ansambl 1955-yilda Mukarrama Turg'unboyeva tomonidan sahnalashtirilgangan raqs ijrosi bilan Sivilya (Xaybullayeva) Tanguriyeva hamda o'n nafar yigitlar Moskvaga, Jahon yoshlari festivaliga boradi. O'sha yili o'qishni tamomlab, ansamblda ijodini davom etdiradi qabul qilinadi.

1957-yilda yana bir ulkan muvaffaqiyatli ijodiy safar boshlanadi. 1957-yili Moskvada bo'lib o'tgan VI Jahon yoshlar festivalida "Farg'onacha yoshlar raqsi" hamda "Uch o'rtoq" raqslari muvaffaqiyatli ijro etilganligi tufayli mazkur chiqishlar ko'pchilikning jiddiy e'tibor va qiziqishlariga sazovor bo'ldi. Bu festivaldagi muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun I.Oqilov, A.Mo'minov va yana bir qancha artistlar festival laureatlari degan sharafli nomga sazovor bo'ladilar.

Teatr san'atiga mansub bot-bot ta'kidlanib turadigan mashhur bir ta'bir bor: "faqat yaxshi, iste'dodli aktyorgina, chinakam qobiliyatli rejissyor bo'lishi mumkin." Ana shu ta'birni bevosita raqs san'atiga, yana ham aniqroq qilib aytganda, baletmeyster - xoreograflik mutaxassisligiga bafurja qo'llash mumkin. Binobarin faqat yaxshi, mahoratli raqqos sifatida tajriba va malaka orttirib, el e'tiboriga tushgan haqiqiy raqqosgina kelgusida iste'dodli va zo'r baletmeyster sifatida shuhrat qozonishi mumkin.

Ushbu dekadada raqsni tomosha qilganlar oliqishiga ko'milib ketgan yosh raqqosning ko'nglida surur, ko'zlarida quvonch yoshlari akslanadi. Oliy o'rniga sazovor bo'lib, oltin medalni qo'lga kiritgan "Shodlik" ansamblining bu muvaffaqiyatida A.Mo'minovning hissasi ko'p edi. "O'shanda oltin medalni biz olganimiz, "Bahor" esa kumush medal olgani ancha vaqtgacha raqs san'ati vakillari og'zida gap bo'lgan" -deya, g'ururlanib so'zlab berdi ustoz o'sha kezlarni.

1955-yilda bilim yurtini tamomlab, besh yil davomida ansamblda ijodiy faoliyatini davom ettirgan A.Mo'minov ijodiy mukammalikka intilish sabab o'z bilimlarini yanada oshirish uchun 1960-yilda Moskva balet akademiyasi GITSga o'qishga ketadi. U yerda "Baletmeyster-rejissor" fakultetida besh yil davomida A.V.Shatindan, T.N.Tkachenkodan Xalq sahna raqslarini, R.V.Zaxarovdan Baletmeysterlik san'ati sirlarini va L.M.Talankina, T.A.Tarasova kabi bir qancha dunyoga mashhur xoreografiya san'ati nomoyondalaridan bilim olgan yosh iste'dod sohibi 1965-yilda O'zbekistonga Bitiruv malakaviy ishi bo'yicha amaliyot o'tagani, ya'ni yangi balet yaratgani qaytadi. O'sha yillarda A.Navoiy nomidagi opera va balet katta teatriga P.I.Chaykovskiyning "Franchesko da Rimini" baletini sahnalashtirish uchun boradi.

Ammo teatr direktori teatrning barcha xodimlari mehnat ta'tili (Otpusk)ga ketayotganini aytib rad javobi beradi. Moskvadan kelgan xatni olib qolgan direktor

I ícclT^^^^H 950 http://oac.dsmi-qf.uz

keyin xatni qaytarib berishini so'raganda topib berolmaydi. Noiloj qolgan A.Mo'minov Madaniyat vaziriga murojaat qiladi. Xolatni to'la tushuntirgandan so'ng vazir teatr direktorini telefon orqali topib amaliyotchiga barcha sharoitlarni qilib berishini tayinlaydi.

Shundan so'ng teatr direktori Anatoliy Kuznetsov boshchiligida va o'zbek baletining yetuk namoyondalari O'zbekiston xalq artisti Galiya Izmailova, Bernora Qoriyeva kabi bir qator balet artistlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tadi. Musiqani plastinkada olib kelgan yosh ijodkorga juda keksa konsertmeyster Rozal Moiseyevnani biriktirishadi. Bir qancha to'siq va qiyinchiliklarga qaramay balet sahnaga olib chiqiladi. "Franchesko da Rimini" muvaffaqiyatli sahnalashtirilib, barchaga manzur bo'lganidan A.Kuznetsov bu asarni "men sahnalashtirganimda edi..." -deya, so'zlagan edi. Keyinchalik u Arab davlatlaridagi ijodiy faoliyatida ushbu baletni sahnaga olib chiqdi va bir necha yillar sahnalarda namoyishi to'xtovsiz davom etadi.

Amaliyot ishini ustozlariga taqdim etar ekan, Akbarga barcha pedagoglar bir ovozdan a'lo baho berishadi. Uning bunday a'lo bahoga munosib ko'rilishining yana bir sababi, A.Mo'minov o'qish davridagi imtixon jarayonlarining birida o'zbek xalqining milliy qaxramoni Shiroq haqida bir aktli balet asarini sahnalashtirib, ustozlar e'tirofiga sazovor bo'lganligi edi. Xachaturyanning "Spartak" baletidan musiqa olib sahnalashtirilgan bir aktli ushbu "Shiroq" baletida milliy raqs namunalarimizdan, xorazmcha, fag'onacha raqslarni sahnaga olib chiqib, milliy raqs san'atimizni sahnada moxirona namoyish etadi. O'sha damlarni xotirlar ekan ustoz shunday deydi, -"Shiroq"da "Andijon polkasi", "Lazgi"lar bilan tomoshabinlarni raqsga tushirvorganman (miyig'ida kuladi), odatda doim milliy raqslarimiz bilan hammani raqsga tushirardim4.

Bu so'zlardan ayon bo'ladiki A.Mo'minov o'zbek milliy raqs san'atimizni Moskvadagi ta'lim jarayonida ham bor bo'yicha, maxorat va muhabbat bilan namoyon eta olgan. Vatanidan yiroqda Ona yurtining chinakam farzandi sifatida o'zbek san'atini sahnaga baralla olib chiqa olgan.

Shunday qilib, o'qishni tamomlab 1965-yilda u O'zbekistonga butunlay qaytadi. Qaytgandan so'ng uni "Bahor" davlat ashula va raqs ansambli bosh badiiy rahbari O'zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg'unboyeva ansamblga ishga taklif qiladi va o'zi bilan birga Madaniyat vaziri qabuliga olib boradi. O'zining keksayib qolgani, safarlarga, gostrollarga sog'ligi tufayli bora olmay qolishini aytib A.Mo'minovni ansamblga olmoqchi ekanini aytganda vazir avval qayerda ishlaganini A.Mo'minovdan so'raydi O'zbek katta ashula va raqs ansamblida ishlaganini aytganida ansambl rahbariyatiga qo'ng'iroq qilgan vazir u yoqdan Akbarni maosh to'lab o'qitganlarini (0,5 stavka oylik ish haqqi saqlangan xolda), atay bilimini oshirib

' O'sha suhbatdan.

kelishi uchun yuborishganini ta'kidlab, uni o'zlariga zarur kadr ekanini bildiradi. A.Mo'minov faoliyatini yana o'z ansmblida davom ettiradi.

Bu davrda ansamblga Tamaraxonim badiiy rahbar bo'lib tayinlanadi. Keksayib qolganiga qaramay u A.Mo'minovni yoniga olib vodiy viloyatlariga yangi iste'dodlarni izlab safarga chiqadi. Farg'ona, Andijon saaridan so'ng ohirida Namanganga kelgan Tamaraxonim konsert uyushtiradi ochiq maydonda ular to'xtovsiz uch yarim soat konsert berib qaytishadi. Shunday qilib A.Mo'minov asta-asta ansamblning kadrlarini "yoshartiradi" Tamaraxonimdan so'ng rahbar bo'lib Nabi Xalilov tayinlanadi. Shundan so'ng ansambl ijodiy faoliyati yanada jonlanadi. N. Xalilov tomonidan bastalangan musiqaga "Dugonajonim" nomli raqs-kompozitsiya sahnalashtiriladi.

Yana bir iste'dod Sayfiddin Yo'ldoshev musiqasiga "Sayribog'" xoreografik-kompazitsiya va Ikrom Akbarovning "Orzu" baletining uyg'urcha raqs musiqasi olinib "Kuyovto'ralar (Jenixi)" raqs kompozitsiyasi sahnalashtiradi. Ushbu raqslarning barchasida A.Mo'minovning eng munosib shogirdi, bugungi kunda "O'zbekiston" davlat ashula va raqs ansambli bosh badiiy rahbari, O'zbekiston xalq artisti Qodir Mo'minov yakkaxon ijrochi sifatida sahnaga chiqadi.

Q.Mo'minov bilan ustoz A.Mo'minov haqida, ular bilan olib borgan ijodiy jarayonlar haqida suhbatlashganimizda juda ko'plab qiziqarli va hanuzgacha yoritilmagan ijodiy faoliyatlari to'g'risida ma'lumotlar oldik:

"Ustoz juda sermaxsul ijodkor edi, tinim bilmay yangi-yangi raqs asarlari yaratar, yaratganda ham, o'zgacha, mutlaq yangicha ijodiy g'oyalarni ilgari surar edilar. Yaratgan raqslari ham zamonaviy, ham milliy an'analarni uyg'unlashtirar, nafaqat tomoshabin, raqs san'atining buyuk namoyondalariga ham juda ma'qul bo'lar, biroz ularning rashkini ham keltirar edi, shuning bilan birga ularni ilhomlantirar edi. Masalan, "Toshkent gullari" nomli raqs suitasini sahnalashtirganlarida bu raqsni ko'rib "Bahor" ansamblida ham keyinroq shunga o'xshash raqs ijro etila boshlangan (shu o'rinda yoqimli xotiralar sababaidan kulib qo'ydi).

O'sha kezlari Hindiston va Pokiston davlati urush xolatida bo'lib, sovet ittifoqi ushbu ikki davlatni o'zaro yarashtirish uchun davlat rahbarlari G'oyibxon va Lal Bahodir Shastrini O'zbekistonga taklif qilishadi. Yarashuv munosabati bilan tashkil etilgan O'zbek san'ati ustalarining konsertida ustoz sahnalashtirgan "Yigitlar (Jigiti)" va "Dugonajonim" raqsi bilan ishtirok etganmiz. Bu bizning ilk katta sahnaga chiqishimiz bo'lgan. Mana shu konsertda "Bahor" bitta raqsi bilan qatnashgan edi..."5 Aynan mana shu konsert sabab A.Mo'minov M.Turg'unboyevadan qattiq dakki eshitadi. "Ikkala raqsni komissiyaga topshirib qaytayotsam, Mukarrama opa yo'limni to'sdida:

5 O'zbekiston xalq artisti Qodir Mo 'minov bilan suhbatdan. 30.11.2020 y.

LMÜ^H 952

- Akbar, sen nima endi, institutni tamom qib keldim deb har xil harakatlarni qo'shovrasanmi, -dedi.

- Qanaqa, desam "Jigiti"ni aytayotgan ekan. - Opa, bu arablarga xos harakatlar, sahroyi arablarning shiddatkorligini ifodalaydigan harakatlar, biz olmagan bo'lsak, bu bizni aybimiz, ruslar allaqachon bularni o'zlashtirib, o'ziniki qilib olgan, harbiy ansambllarida ham aynan shu harakatlar bilan raqs ijro qilishadi dedimu boshqa gap aytmay o'tib ketdim. O'shanda raqsimdagi yangilik ustozni g'ashlariga tekkani yaqqol sezilgan" 6. Bularning bari aslida samimiy ijodiy raqobat bo'lib bu ikki san'at fidoiysi ham o'zbek raqs san'ati uchun jonkuyarlik bilan xizmat qildilar va milliy raqs san'timizni dunyoga dovrug'i yoyilishida eng ilg'or, tashabbuskor ijodkorlar sirasida bo'ldilar.

A.Mo'minov munozarali, yangiliklarga boy ijodiy ishlari bilan o'zbek raqs san'atiga ana shunday tarzda kirib kelgan edi...

Foydalinilgan adabiyotlar

1. Авдеева Л.А. Узбек миллий ракси тарихидан. -Тошкент: Мукаррама Тургунбоева номидаги "Узбек ракс" миллий ракс бирлашмаси, 2001 й.

2. Р. Досметова Н.Абрайкулова Раqс дарслик- Т.: «Баркамол файз медиа», 2017, 160 бет.

6 O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Akbar Mo'minov bilan suhbatdan. 04.12.2020 y

953

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.