Научная статья на тему 'O‘ZBEK MILLIY RAQS SAN’ATI: FAG‘ONA VA XORAZM RAQS MAKTABLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEK MILLIY RAQS SAN’ATI: FAG‘ONA VA XORAZM RAQS MAKTABLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4107
273
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
nomoddiy / madaniyat / lazgi / raqs maktabi / harakat / marosim / tadbir / festival / raqqosa / san’at / ma’naviy-madaniy

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nilufar Laziz Qizi Maratova, Xolmoʻminov Zokir Oʻg‘Li Moʻminmirzo

Ushbu maqolada o‘zbek milliy raqs san’ati tarixi, rivojlanishi, tarqqiyot bosqichlari, raqs san’ati maktablari va hududlaro milliy liboslarimizning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, raqs san’atini rivojlantirish bo‘yicha oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, milliy raqs san’atining jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganligi keng bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MILLIY RAQS SAN’ATI: FAG‘ONA VA XORAZM RAQS MAKTABLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

O'ZBEK MILLIY RAQS SAN'ATI: FAG'ONA VA XORAZM RAQS MAKTABLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Nilufar Laziz qizi Maratova Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy raqs san'ati tarixi, rivojlanishi, tarqqiyot bosqichlari, raqs san'ati maktablari va hududlaro milliy liboslarimizning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, raqs san'atini rivojlantirish bo'yicha oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar, milliy raqs san'atining jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilayotganligi keng bayon etilgan.

Kalit so'zlar: nomoddiy, madaniyat, lazgi, raqs maktabi, harakat, marosim, tadbir, festival, raqqosa, san'at, ma'naviy-madaniy.

UZBEK NATIONAL DANCE ART: FEATURES OF FAGANA AND

KHOREZM DANCE SCHOOLS

Nilufar Laziz kizi Maratova Zokir oglu Muminmirzo Xolmuminov mominmirzoxolmominov@gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the history, development, stages of development of the Uzbek national dance art, the peculiarities of our national costumes of dance schools and regions, as well as the large-scale work on the development of the art of dance, national it is widely stated that the art of dance is recognized by the world community.

Keywords: intangible, culture, lazgi, dance school, movement, ceremony, event, festival, dancer, art, spirit

O'zbekistonning nomoddiy madaniy merosi o'zbek xalqining bitmas-tuganmas boyligi bo'lib, asrlar davomida boyitilib, avloddan avlodga o'tib kelmoqda. Bu bebaho meros o'zbek xalqning o'zligi va g'ururi hisoblanadi. [1:4] Haqiqatan ham, o'zbek raqs san'ati boy madaniyatimizning ajralmas qismi xalqimizning dunyoni his qilish jarayonida o'ziga xosliginini aks ettiradigan san'at turlaridan biridir. San'atning barcha turlari kabi raqs san'ati ham turmushi, hayot tarzi, tirikchilik o'tkazishi jarayonida paydo bo'lgan. Undagi harakatlar ham o'z- o'zidan paydo

I icclT^^^^H 307 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'lib qolmagan. Tadqiqotchilar fikriga ko'ra, raqs elementlari dastlab odamlar tomonidan ovlangan, ularning hayot kechirishlari uchun zarur bo'lgan hayvonlarning harakatlariga taqliddan boshlangan. Keyinchalik ibtidoiy jamoa tuzumi davrida olovlar atrofida har xil harakatlar bilan aylanganligi, diniy marosimlar paytida raqsga tushishganligi, hatto oziqlanish uchun ovlaganlarida ov qurollarini ko'tarib har xil harakatlar qilganliklari tarixdan ma'lum. Insoniyat jamiyat taraqqiyoti sari qadam qo'yishi bilan o'zlarining ehtiyojlari uchun ongli ravishda kurasha boshladilar. Diniy marosimlarda ham, turli xil bazm va yig'inlarda qo'l va oyoq harakatlari orqali his tuyg'ularini namoyon eta boshladilar. Ma'lumotlarga qaraganda, qadimgi "Avesto" marosimlari teatrlashtirilgan holda musiqa, qo'shiq va raqslar hamohangligida o'tkazilgan. Bu marosimlarda "Avesto"ning mifologik qahramonlari - "Mitra", "Anaxita", "Humo", "Jamshid"larning xislatlari va qahramonliklari va sifatlari alohida professional ijrochilar tomonidan taqdim etilgan. Hatto Markaziy Osiyoda eng mashhur xudolardan bo'lgan "Anaxita"ga bag'ishlab o'tkazilgan marosimlarning katta qismini raqqoslar va aktyorlar tashkil etganligi haqida ma'lumotlar bor. [2:8] Shunday qilib, bugun butun dunyo uchun madaniyatning "yuragi" deb baholanadigan raqs san'atiga tamal toshi qo'yilgan.

O'zbek milliy raqsi eng munavvar qadriyatlarni, insoniy fazilatlarni, milliy an'analarni ifoda etgan san'atdir. Milliy raqslarimizdagi har bir harakat, ko'z qarashlar, faqat millatimizga xos tarzda namoyon bo'ladi. Ular xalqimizning hayoti, yashash tarzi, zavq-u shavqi, orzu- umidini ko'rsatuvchi sahna asari, ohang va ritmga javoban inson yaralgan "aks-sado"dir. San'atshunos olima L.Avdeeva o'zining "O'zbek milliy raqsi tarixidan" nomli kitobida "Raqs- zamon va makonda mavjud san'at bo'lib, bunda badiiy obraz inson gavdasining ritmik uyushgan tasviriy va ifodali harakatlari bilan yaratildi", - deb yozadi. [3:12] Xalqimiz madaniyatga boy xalq. Yurtimizning qay go'shasiga bormang, o'ziga xos an'ana, betakror qadriyatlarga ro'baro bo'lamiz. Shu jumladan, har bir hududning o'z milliy raqsi va milliy liboslari ko'nglimizni shod etadi. Raqs san'atining tarixi esa bevosita uni yaratgan xalqning tarixi bilan bog'liq. XX asr boshida (1927-1930-yillarda) xalq orasida yetishib chiqqan Muhiddin Qoriyoqubov boshchiligidagi badiiy truppada faoliyat ko'rsatgan Usta Olim Komilov, Yusuf Qiziq Shakarjonovlar iste'dodli san'atkorlani o'z saflariga oladilar. Usta Olim Komilovning shogirdlari Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva bilan birgalikda o'zbek raqs san'ati maktabini yaratadilar. Usta Olim Komilov ijrosidagi betakror o'zbek doira usullariga Tamaraxonim va Mukarrama Turg'unboyeva raqs harakatlarini o'ylab topadilar, o'zlariga va truppadagi o'z tengdoshlariga raqslar sahnalashtira boshlaydilar. Ular ijrosidagi "Duchoba", "Katta o'yin" kabi ko'plab yakka va ommaviy raqslar xalq tomonidan katta quvonch bilan kutib olingan. Asta-sekin davr o'tishi bilan iste'dodlar ko'payib raqqosalar safi kengaya bordi. Shuning uchun Usta Olim Komilov,

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyevalar o'zbek raqs san'ati asoschilari hisoblanadilar. Ulardan qolgan "Tanovor", "Munojot", "Rohat", "Paxta", "Pilla" kabi asarlar ulkan raqs merosimizdir. An'anaviy san'atimizning ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov aytganlaridek, "Milliy musiqa san'atimiz bamisoli bir daraxt bo'lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg'onadir". [4:259] Shu bois, bugun o'zbek raqs san'atida o'ziga xos, o'z uslubiga ega bo'lgan Xorazm, Buxoro, Farg'ona raqs maktablari tan olingan.

Keng jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan Farg'ona raqs maktabi uzoq tarixga borib taqaladi. Tarixga murojaat qilsak, Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanidan topilgan ayollar haykalchalarida raqs holati tasvirlangan. Yoki Qorabuloqdagi qabrdan topilgan ko'zgu dastasiga ishlangan rasmda raqqosa tasviri gavdalangan. [5:107] Har bir yaratilgan raqs namunasi xalqning kayfiyatidan, ichki his-tuyg'ularidan darak beradi. Xususan, Farg'ona vodiysi raqslaridagi epchillik va chaqqonlik, chapanilik ruhi boshqa raqs maktablaridan ajralib turadi. Tog'li, havosi toza, iqlim jihatdan qulay hududda joylashganligi, xalqining soda va samimiy, mehnatkash, uddaburon xalq ekanligi raqs harakatlarida, ijro mahoratida yaqqol namoyon bo'ladi. Ustoz Mukarram Turg'unboyeva o'zbek raqs san'atining Farg'ona maktabini ma'lum bir tizimga keltirdi va ulkan meros qoldirdi. Xalq orasida, sayillarda, to'ylarda yurib, xalqning oddiy harakatlarida san'at yaratdi. U yaratgan san'atni bugun dunyo e'tirof etmoqda. 1957-yilda Mukarrama Turg'unboyeva o'zi sahnalshtirgan "Paxta" va "Pilla" raqslari bilan Moskvada o'tkazilgan festivalda oltin medalni qo'lga kiritdi va unga milliy raqs ansamblini tuzishni maslahat berishdi. Shunday qilib, 1957-yilning oktyabr oyida Zulayho Rahmatullayeva, Volya Romanova, A'lo Rahimjonova, Ira Rasulxo'jayeva, Dilbar Abdullayeva kabi 12 nafar raqqosadan iborat "Bahor" ansambl o'z faoliyatini boshlagan. Birin-ketin 15ta dastur yaratilgan. 1960-yili "Bahor" ansambli davlat raqs ansambliga aylantirildi, - dedi O'zbekiston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev. 1967-yilda ansambl Yoshlar mukofotiga, oradan bir yil o'tib esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ansambl unvoniga ega bo'lgan. Ansambl Liviya, Marokash, Jazoir, Tunis, Hindiston, Malaziya, Singapur, Pokiston, Afg'oniston, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi mamalakatlarda gastrolda bo'lgan.[6:6] Shu sabab ham, ular yaratgan asarlar umrboqiydir. Afsuski, xalqimizning ma'naviy-madaniy merosi oyoq osti qilingan va izchil o'rganilmagan. Xalq ichidan chiqqan va asosiy faoliyatini xalq ichida olib borgan raqs san'ati ustalariga tahdidlar qilingan. Chunki ular o'z raqslari bilan jamiyatdagi illatlarni fosh etishgan, oddiy xalqqa yaxshi kayfiyat ulashganlar, nurli hayot haqidagi orzulariga albatta, yetishishlarga ishontira olganlar. Ammo ayni damda Yangi O'zbekiston - ushalmagan orzular ro'yobidir. 2020-yil 4-fevral o'zbek madaniyati va san'ati tarixida shonli va unutilmas kun bo'lib qoldi. Negaki, ayni shu kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'zining qadimiyligi,

I [ccñ^^BI 309 http://oac.dsmi-qf.uz

jozibadorligi, nafisligi, go'zalligi jihatidan o'ziga xos va milliy san'atimiz tarixida o'z o'rni va ahamiyatiga ega bo'lgan o'zbek milliy raqs san'atini tubdab isloh qilish maqsadida bir kunda bir yo'la ikkita - "Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida "gi PQ-4584 hamda "Raqs san'ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4585 qarorlarini imzoladi. Davlatimiz rahbari o'z ma'ruzalarida san'atda ustoz-shogird an'anasi muhim ekanligini ta'kidlab, O'zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg'unboyeva o'z san'ati bilan xalqimiz madaniyati, san'atini dunyoga tanitishda juda kata mehnat qilganini bejiz e'tirof etmadi. Chindan ham bir paytlar O'zbekistonni ko'p davlatlar tanimas edi. "Bahor" ansambli esa O'zbekiston nomini dunyoga tanitdi, mamlakatning tashrif qog'oziga aylandi. Ayni paytda Yangi O'zbekiston "Bahor"I ham yurtimizning tashrif qog'oziga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo.[7:6] 2019-yilda mustaqillik arafasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi yangi binosini ochilishida ishtirok etgan edilar. 2020-yilda "Bahor" ansamblini tiklash va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat OTM shaklida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etish to'g'risidagi muhim hujjatga imzo chekkan edilar. Va bugungi kunda hujjatlarda belgilangan ishlar amaliyotda ortig'i bilan amalga oshirildi. Madaniyat vazirligi tizmida yangi OTM faoliyatini boshladi. Darhaqiqat, "Bahor" raqs ansamblining sahnaga qaytishi unutilmas kun bo'ldi. Ayni vaqtda ansamblda 30 nafar yosh raqqosalar ijod qilmoqda.

Lazgi - nomoddiy madaniy merosimiz durdonasi. Raqsning barcha turlari kabi lazgining ham o'ziga xos tarixi bor. Bu tarix mana shu mo'tabar zaminimizda asrlar bo'yi yashagan ona xalqimiz taqdiri bilan uyqash va hamohang kechgan. [8:6] Bundan olti-yetti yil oldin bobom Xivaga sayohatga bordilar. "Rohati jon lazgini tomosha qildim, yigirma yil keyin tug'ilganimda xorazmchaga raqsga tushishni o'rganardim. Xorazmlik og'alardan lazgini tarixini so'radim chiroyli qilib tushuntirib berishdi", - deb aytgandilar. Bir kuni kechqurungi ziyofatdan so'ng Xorazm shohi unga raqs tushib berishlari uchun xotinlari va kanizaklarini to'pladi. Xotinlari orasida eng chiroyli nafislik bilan raqs tushib o'ziga rom etgan bittasini tanladi. Qolgan xotinlar esa go'zalning soyasida qolishni xohlamadilar. Raqibalardan biri raqs paytida uning oyoqlari ostiga munchoqlar va shirinliklarni tashladi. Sevimli xotin sirpanib yiqildi va oyog'ini sindirib oldi. Sevgilisini ranjitmaslik uchun u qo'l barmoqlarini yoyib raqsga tushdi. Shoh juda xursand bo'lib, ayolning g'alati harakatlarini yangi raqs deb qabul qildi. Shunday qilib, rivoyatlarga ko'ra, xorazmcha Lazgi raqsi "qo'llar va oyoqlarning "singan" harakatlari" natijasida paydo bo'lgan ekan. Bundan tashqari Odam Atoning jismiga ruhning kiritishi va jonlanishi obrazli ifodalaydi, degan fikrlar ham bor. "Lazgi" bu - nafaqat raqs, balki his-tuyg'ularni,

I [ccñ^^BI 310 http://oac.dsmi-qf.uz

hissiyotlarni boshqarnvchi, odamlarning ruhiyatiga ta'sir etuvchi noyob san'atdir. Xorazmda "Lazgi"ning 9 xili mavjud: "Olov", "Dutor", "Qayroq", "Masxaraboz", "Garmon", "Surnay", "O'g'lon bola", "Xorazm lazgisi", "Zamonaviy lazgi"lar. Bizgacha yetib kelgan xotin-qizlar raqsini sahnaga olib chiqishda Xorazm tarixida eng mashhur - Onajon xalfa Sobirova kata xizmat qilgan.[9:27] "Lazgi" harakatlarining o'ziga xos xususiyati - bu yarim bukilgan oyoqlar, yelkalar va qo'llar salgina silkinishining ustunligi, qo'llarning tebranadigan harakatlari, oyoqlar bilan o'ziga xos harakatlar hamda bo'yin va boshning o'ngdan chapga va chapdan o'ngga harakatlanishidir. Xorazm raqsini ijro etish paytida yuz ifodalari nihoyatda ta'sirchan va hissiyotli ko'rinish oladi. Raqs liboslari ham g'ayrioddiyligi bilan ajralib turadi. Xorazm erkaklar raqs libosining ajralmas qismi bu qo'pol mo'ynali qalpoq bo'lsa, ayollarning bosh kiyimi, aksincha, juda nafisdir. Raqqosalarning liboslari doim ko'plab tangalar bilan bezatilgan bo'ladi.

Bizning davrimizga kelib, afsonaviy o'zbek raqqosalari Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva va Gavhar Matyoqubova har bir harakatga sayqal bergan holda, Xorazm xalq raqslarini mukammallikka olib keldilar va shu bilan jahon sahnasini zabt etdilar. Bugun bu betakror san'at asari jahon hamjamiyati e'tiborini qozonmoqda. Shu bois, 2019-yil 12-dekabrda afsonaviy Lazgi raqsi O'zbekiston madaniy merosining elementi sifatida YUNESKOning insoniyatning nomoddiy merosi Reprezentativ ro'yxatiga kiritildi. Yaqin besh yil ichida madaniyatimizga, san'atimizga, nomoddiy madaniy merosimizni asrab- avaylashga qaratilgan samarali ishlar e'tirofga loyiqdir. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-sentyabrda "Lazgi" xalqaro raqs festivalini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi PQ-4843-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 25-30-aprel kunlari Xiva shahrida "Lazgi" xalqaro raqs festivalini hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o'tkazilishi belgilangan. Bugungi kunda ildam odimlab borayotgan G'arb mamlakatlari ham hatto bizning milliy merosimiz bo'lmish lazgi harakatlaridan andoza olib badiiy chiqishlar tayyorlayotganliklari, butun dunyo hamjamiyatida iliq kutib olinayotganligidan o'zingga sig'maysan kishi. Jumladan, 2021-yilda Dubay Opera sahnasida "Lazgi -qalb va muhabbat raqsi" balet pastanovkasining xalqaro primyerasi bo'lib o'tdi. [10: https://yuz.uz] Bunday quloqlarga xush yoquvchi xabarlar qalblarimizda faxr va iftixor tuyg'usini uyg'otadi. Raqs san'ati va raqqosalik kasbiga bo'lgan munosabatlarning ijobiy tomonga o'zgarishi uchun asosli sabab bo'lsa, ajab emas, albatta. Muhim yangiliklardan yana shuni aytmoqchimanki, 2022-yilda Turizm va sport vazirligining qo'llab- quvvatlashi ostida yosh umidli rejissyor Ixtiyor Baxtiyorov tomonidan suratga olingan "Lazgi" hujjatli filmi "Art Stream", "Fifflondon", "Blackboard", "Lift-Off Season Awards" va "IFFT" kabi qator nufuzli

311

http://oac.dsmi-qf.uz

tadbirlarda "Raqs haqidagi eng yaxshi hujjatli film" deya tan olindi. [11: https://yuz.uz]

Umuman xulosa qilib aytganimizda, madaniyat bu - o'zligimiz. O'zbek milliy raqs san'ati madaniyat va san'atimizning yo'g'on, mustahkam ildizlaridan biridir. San'atimizni raqs maktablarisiz tasavvur qilish qiyin. Raqs - insonlar ruhiyatini davolovchi, qalb torlarini chertuvchi, musiqa hamohangligida mukammal obraz yaratuvchi bebaho san'atdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kuon Xo. O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi ro'yxati. "Kamin-Press" MCHJ, "Adabiyot uchqunlari" MCHJ. Toshkent- 2016. - 72b

2. Sh.Qurbonova, X.Xursandov. Surxon raqs maktabi. "Nur sehri oshyonu" MCHJ bosmaxonasi. Toshkent - 2010. - 73b

3. O'sha manba: 12-bet

4. J. Muydinov, A.G'ulomjonov. Musiqa san'ati orqali o'quvchilarning estetik dunyoqarashini shakllantirish. "Madaniyat va san'at tizimi sohalarining ustuvor yo'nalishlari, muammo va yechimlari" konferensiyalar to'plami. "Poligraf Super Servis" MCHJ. Farg'ona-2020.-385b

5. Mas'ul muharrir:B.Sayfullayev. "Nomoddiy madaniy meros va folklor ijrochilik san'ati" konferensiyalar to'plami. "Lesson press" nashryoti. Toshkent-2016. - 260b

6. M. Tojimetova. "Yangi O'zbekiston" gazetasi. № 43 (565), 2022-yil 1-mart. -

6b

7. O'sha manba:6-bet

8. A. Karimov. Lazgi — nomoddiy madaniy merosimiz durdonasi. "Yangi O'zbekiston" gazetasi. 2020-yil 24-oktyabr. - 6b

9. N. E. Abraykulova. Raqs. - T: "Turon - Iqbol ", 2018. - 156b

10. https://yuz.uz/news/dubai-opera-sahnasida-lazgi--qalb-va-muhabbat-raqsi-balet-postanovkasining-xalqaro-premerasi-bolib-otdi

11. https://yuz.uz/news/lazgi-hujjatli-filmi-qator-xalqaro-kinotanlovlar-golibi-

boldi

312

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.