Научная статья на тему 'XORAZMDA SAHNAVIY RAQSNING GENEZISI'

XORAZMDA SAHNAVIY RAQSNING GENEZISI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
122
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Raqs / paleolit / neolit / mezolit / tarix / marosim harakatlari / xalq raqslari / pantomimika / sahnaviy raqs

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shonazar Xusainovich Botirov

Ushbu maqolada Xorazm sahnaviy raqsining genezisi, bu davrda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va kamchiliklar hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Ko’p ming yillik tarixga ega Xorazm raqs san’ati bugungi kungacha yetib kelgan bo’lsa ham, oldingi davrlarda raqsni yozib olish haqqoniy ravishda mavjud bo’lmaganligi sababli qanchadan qancha xalq va mumtoz raqslar tarixdan izsiz yo’qolib ketgani bayon qilinadi. Ko’pgina raqslarning kitoblarda nomigina saqlanib qolganligi, sahnaviy raqs yaratilgan paytda xalq raqslari ilk sahnaviy raqslarning asosi bo’lganligi haqida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZMDA SAHNAVIY RAQSNING GENEZISI»

XORAZMDA SAHNAVIY RAQSNING GENEZISI.

Shonazar Xusainovich Botirov shbotirov72 @gmail .com O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm sahnaviy raqsining genezisi, bu davrda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va kamchiliklar hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Ko'p ming yillik tarixga ega Xorazm raqs san'ati bugungi kungacha yetib kelgan bo'lsa ham, oldingi davrlarda raqsni yozib olish haqqoniy ravishda mavjud bo'lmaganligi sababli qanchadan - qancha xalq va mumtoz raqslar tarixdan izsiz yo'qolib ketgani bayon qilinadi. Ko'pgina raqslarning kitoblarda nomigina saqlanib qolganligi, sahnaviy raqs yaratilgan paytda xalq raqslari ilk sahnaviy raqslarning asosi bo'lganligi haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Raqs, paleolit, neolit, mezolit, tarix, marosim harakatlari, xalq raqslari, pantomimika, sahnaviy raqs.

THE GENESIS OF STAGE DANCE IN KHORAZM.

Shonazar Khusainovich Botirov shbotirov72 @gmail .com Urganch branch of Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: This article will talk about the genesis of Khorezm stage dance, about the work done during this period, about achievements and shortcomings, as well as about its importance today. Although Khorezm dance art with many thousand years of history has reached today, it is stated how many folk and classical dances have disappeared from history without a trace due to the fact that in earlier times the recording of Dance did not exist truthfully. It is given information that many dances were preserved in the books, folk dances were the basis of the first stage dances at the time of the creation of the stage dance.

Keywords: dance, Paleolithic, Neolithic, Mesolithic, history, ritual movements, folk dances, pantomimics, stage dance.

Har bir xalqning o'z raqs an'analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari mavjud. San'atning qadimiy turlarini o'zida jamlagan Xorazm sahnaviy raqslari xalq hayotining tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlari ta'siri ostida tarkib topib, rivojlanib kelgan. Xorazm sahnaviy raqsining genezisini tarixiy manbalarga asoslangan holda o'rganar ekanmiz L.Avdeeva "O'zbek milliy raqsi tarixidan"

I icOE^^^^HI 630 http://oac.dsmi-qf.uz

kitobida quydagicha "raqsni "yozib olish", uning shakllarini ifodalashga urinishlami insoniyat 40 ming yil muqaddam boshlagan"1 - ma'lumot beradi. Arxeolog olimlar tomonidan topilgan G'orlarda, tosh devorlar, sag'analar, uy ro'zg'or buyumlarida, tosh va loydan yasalgan haykalchalardagi raqs tushayotgan ayollar va erkaklarning tasvirlari bunga misol bo'la oladi.

O'zbekistonning ko'plab viloyatlarida eramizdan oldingi IV - III ming yillikka oid -paleolit, neolit, mezolit davrlarida ibtidoiy tuzum odamlari tomonidan (Surxondaryo -Zarautsoy) g'or devorlariga chizilgan 40 mingta tasviriy obidalar Navoiy viloyati -Sarmishsoy qoyatoshlaridan topilgan. Jumladan o'sha davrlarga oid hisoblangan qadim Xorazm hududidan topilgan qadimiy Kaltaminor madaniyatiga tegishli bo'lgan obidadan ham shu kabi san'at asarlari ko'plab topilganligi bizga ayon.

Raqs - inson hayotida hamisha o'z o'rniga ega bo'lgan, bugun ham ertaga ham hech shubhasiz o'zining ahamiyatini yo'qotmaydi. XX asrgacha raqsni so'z bilan yozib olish mavjud bo'lmagan ammo ajdodlarimiz haykalchalar va rasmlar orqali bundan 10 - 12 ming yil oldin ham raqs tushganliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni bizgacha yetkazib bera olishgan.

Insoniyatning butun bir taraqqiyoti davrida raqs harakatlari bosqichma bosqich shakillanib, rivojlanib kelgan. Ilk davrlarda so'z o'rnida gaplashish vositasi hisoblangan pantomimik harakatlar bugungi davrda raqs harakatlariga aylanib bo'lgan deb ayta olamiz. Hozir esa shu harakatlarni biz mutaxassislar raqs "tili", raqs qonun-qoidalari deb ataymiz. L.Avdeeva aytgan 40 ming yil oldingi odamlar hayotida esa diniy, madaniy va mafkuraviy marosimlar mavjud edi va ular ongli ravishda marosimiy raqslarni aks ettirishga harakat qilishgan.

R.Karimova "O'zbek raqslari" kitobida "O'zbek xalqining milliy iftixori bo'lgan raqs san'ati necha-necha asrlar davomida shakllandi, rivoj topdi. Lekin bu

1 "O'zbek milliy raqsi tarixidan". L. Avdeeva. Toshkent 2001 | {cc)E^M| 631

http://oac.dsmi-qf.uz

san'at turi yozma ravishda o'z aksini topmagan", deganida inkor qilib bo'lmas haqiqatni aytgan edi. Bugungi kunda sohaga oid bo'lgan kitoblarda nomlari keltirilgan qadimgi raqslarning yarmidan ko'pining musiqasi ham raqsni ijro qilinish texnikasi ham umuman noma'lum. Masalan, Xorazm xalq masxaraboz raqslaridan "Kampir ufori", "Kaptar o'yini", "Qorvun ufori" boringki Roziya Karimovaning "Xorezmskiy tanes" kitobida nomi yozilgan va bu kitobga kirmasdan qolgan qator Xorazm raqslarining nomlarigina qolgan xolos. Masalaning yana bir tomoni haqida aytadigan bo'lak, ularning 70-80 foizining na musiqasi na raqsning ijro qilinish uslubi raqsni so'z bilan yozib olish mavjud bo'lmaganligi sababli ma'lum emas.

O'zbekiston milliy entsiklopediyasida: "O'zbekistonda garchi raqs asrlar davomida yashab, rivojlanib kelgan bo'lsa-da, o'tmishda raqs yozilmagan. Natijada qanchadan-qancha mumtoz va xalq raqslari izsiz yo'qolib ketgan. Etnograf Iraida Baxta Farg'ona raqs turkumini so'z bilan yozib olganligi ta'kidlanadi" Umuman, ko'pchilik raqsshunos mutaxassislarning tadqiqotlarida "o'zbek raqslarini yozib olish XX asrning 30-yillaridan boshlandi", degan fikr ilgari surilgannini ko'rishimiz mumkin.

1936 - 41 yillardagina etnograf Iraida Baxta "Katta o'yin" nomli Farg'ona raqs turkumini so'z bilan yozib olgan. Unga G'ulom Zafariy va musiqashunos Ye. Romanovskaya yaqindan yordam bergan. Shu davrda Usta Olim Komilov bilan Tamaraxonim esa "Doyra darsi" mashg'ulotlarini yaratib, shu asosda yosh ijrochilarni tarbiya qila boshlagan. Bu qilingan ishlar o'z o'rnida raqs yozuvini yaratish uchun muayyan bir tizim ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltirgan. Bu ishni Roziya Karimova raqs harakatlari asosida ishlab chiqdi2. Aynan shu davrga kelib O'zbek milliy raqslarini so'z bilan yozib olib kelajak avlodga sofligicha yetkazib berish borasida mutaxassislar fikr yurita boshladi va R. Karimova kabi mutaxassislar bu masuliyatli ishga jalb qilingan.

1959 yilda Moskvada mashhur baletmeyster Igor Moiseev rahbarligida ashula va raqs ansambli, uning qoshida esa raqs akademiyasi tashkil etildi. Respublikalardan soha mutaxassislari taklif etilib, xalq raqslari turlarga bo'lina boshladi. O'sha paytda milliy raqslarning o'zligini saqlash uchun ilmiy asoslangan qo'llanmalar yozishga katta ehtiyoj tug'ildi3 - deb yozadi Roziya Karimova.

Bu muammoni hal qilish masalasi XX asrga kelib yuzaga chiqdi, ya'ni mutaxassislar shakllanib mamlakatda raqs san'atining kelajagi uchun sohada professionallarni tayyorlash zarurati paydo bo'lgandan so'ng. Ammo bu paytda raqsni turlarga ajratish barobarida qadim raqslarni yozib olish e'tibordan chetda qolgan edi. Vaholanki, o'sha davrlarda yuqoridagi kabi qadim xalq raqslari ijrochilarining ko'pchiligi mavjud bo'lishganlar.

2 Qomus.info. Onlayn ensiklopediya.

3 Nursafardiya harakatlar tizimida o'zbek milliy raqslari va jangovar o'yinlari. "Lider press" nashriyoti, 2008 y.

I icclT^^^^H 632 http://oac.dsmi-qf.uz

XX asrga kelib raqs san'ati Buxoro, Xorazm, Farg'ona raqsi yo'nalishida shakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy raqs sifatida rivojlandi. Har bitta raqs maktabining qo'l va oyoq holatlari, muqom harakatlari, qo'l - oyoq harakatlari o'rganilib ishlab chiqildi. Albatda, bu narsalar o'z - o'zidan sodir bo'lmagan, buning zamirida ko'plab ustoz san'atkorlarning, yetuk mutaxassislarning zalvorli mehnati yotibdi. I. Baxtaning "Katta o'yin"i sahnaviy raqslar tomon ilk qadam bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Negaki Usta Olim Komilov va Tamaraxonim yaratgan "Doyra darsi" asosida "Katta o'yin"ning usul va harakatlari mujassam. Tarixga nazar soladigan bo'lsak, ilk sahna raqslari xalq raqslaridan olinib sahnaga chiqarilganini guvohi bo'lamiz. Qolaversa, ushbu raqslarni ilk bor sahnalashtirib sahnaga olib chiqilishida Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Mukarrama Turg'unboyevalarning xizmatlarini alohida hurmat bilan tilga olsak arziydi.

1955 yildan boshlab san'atshunoslik instituti tomonidan respublikamizning barcha hududlari va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'ylab ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilindi. Jumladan Xorazm vohasi (1957 y), Toshkent (1958 y), Samarqand (1959 y), Buxoro (1960), Surxondaryo va Qashqadaryo (1955, 1956, 1958, 1961 yy), Farg'ona vodiysi (1962 - 1964 yy)da yashovchi mahalliy aholidan o'zbek raqsi va xalq teatriga tegishli qimmatli ma'lumotlarni yozib olishadi. Shu davrda ushbu ekspeditsiya a'zolari orasida san'atshunoslik institutida faoliyat olib borayotgan Xoreografiya sohasining yetuk mutaxassislari L. Avdeeva va R. Karimovalar ham bo'lgan. Ana shu o'rganishlar samarasi sifatida Roziya Karimova "Ferganskiy tanes" (1973 y), "Xorezmskiy tanes" (1975 y), "Buxarskiy tanes" (1977 y) kitoblarini yozadi. Ushbu kitoblar bugungi kungacha barcha xoreografiya yo'nalishi mavjud bo'lgan ta'lim muassasalarida dasturul amal bo'lib xizmat qilmoqda.

R.Karimova soha mutaxassislari bilan hamfikr bo'lib O'zbek raqs san'atidagi uchta raqs maktabining bosh, gavda, qo'l, oyoq holatlari - qo'l va oyoq harakatlarini yaratadi. Bu davrda negadir uchala raqs maktabi uchun ham yettita qo'l va yettita oyoq holati qabul qilinadi. Bular bir biridan qo'l kafti, tirsaklarning "sindirilgan" (Xorazm raqs maktabi) yoki ochiq kaft holati (Buxoro) bilangina farqlanadi. Ana shu holatlar professional sahna raqs san'atining asosi, negizi bo'lib xizmat qiladi. Raqslardagi barcha harakatlarning qaysidir holatdan boshlanishi yoki qaysidir holat orqali o'tishi yoki bo'lmasa yakunlanishi professional raqs san'atining qonuniyati hisoblanadi. Oddiy xalq ijro qiladigan raqslarda esa bunday qonuniyat mavjud emas.

Xorazmda sahnaviy raqsning paydo bo'lishida ham yuqorida ismlari zikr qilingan ustoz san'atkorlarning xizmatlari beqiyosdir va aynan yuqoridagi qonuniyat Xorazm sahna raqslarida ham mavjud ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Tamaraxonim 1934-1935 yillarda Xorazm viloyat musiqali drama teatrida (hozirgi kunda "Ogahiy" nomidagi teatr) ,baletmeyster, raqqosa, pedagog - repetitor

I icclT^^^^H 633 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'lib ishlaydi va o'sha paytlarda ilk ommaviy sahna raqslarini sahnalashtiradi. Keyinchalik uning singlisi Gavhar Raximova 1957 yilda olti marta xorazmga keladi. G. Raximova har gal Xorazmga kelganida Moskvada bo'lib o'tayotgan dekadalarda ishtirok etish uchun xorazmlik san'atkorlardan iborat ansambl tuzgan. 1968 yilda esa Toshkent shahrida hozirgacha ma'lum va mashhur bo'lgan "Lazgi" ansamblini tuzadi.

Xorazmda ilk sahnaviy raqsni Tamaraxonim sahnalashtirgan bo'lsa bu ishni Gavhar Raximova davom ettiradi. G. Raximova "Lazgi" ansamblini ochgan paytida Xorazmdan ko'plab xonanda, sozanda, raqqos va raqqosalarni Toshkentga olib ketadi. Xorazmdan olib kelingan raqqosalar ichida o'zi garmon chalib qo'shiq ijro qiladigan, xalfa nomi bilan butun Xorazm xalqiga ma'lum va mashhur bo'lgan Anabiyi (Onabibi) Sobirova ham bor edi. A. Sobirova xalfa bo'lishidan tashqari mahoratli raqqosa ham edi. Uning bir qo'li va bir oyog'i kalta bo'lishiga qaramasdan, G. Raximovaning ta'rif berishicha, u juda chiroyli raqsga tushgan. U raqs tushganida qo'l va oyog'idagi nuqsoni umuman sezilmagan. Negaki A. Sobirova har bir harakatni o'z nuqsonlariga moslashtirib ijro qilishi tufayli o'zgacha joziba yarata olgan. Xorazmda "Lazgi" raqsini u kabi mahorat bilan ijro qila oladigan boshqa raqqosa bo'lmagan.

G.Raximova Xorazmga tashriflarining birida Roviya Atajanovani (keyinchalik O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist) o'zi bilan Toshkentga olib ketib A.Sobirovaga shogirdlikka bergan. R.Atajanova, A. Sobirova kabi o'ta mahoratli, iste'dodli raqqosa bo'lib yetishadi. U Xorazmga qaytib kelgach "Ogahiy" nomidagi viloyat musiqali - drama teatriga ishga kirib aktrisa, raqqosa bo'lib faoliyat yuritadi. Keyinchalik esa ustozlari Tamaraxonim, G.Raximovalardan baletmeysterlik sirlarini o'rganib, baletmeyster, pedagog sifatida Xorazm sahna raqslarining rivojiga beqiyos hissa qo'shadi.

R.Atajanovaning Xorazm viloyatidagi qator ansambllarda sahnalashtirgan yakka va ommaviy raqslarining ko'pchiligi R.Karimovaning "Tansi Ravii Atajanovoy"4 kitobida raqs chizmalari bilan yozib olingan. G.Raximova esa o'zining "Qutlug' yo'lda"5 kitobida R.Atajanovani "Lazgi" ansambliga kelib bir nechta xorazmcha raqslar sahnalashtirgani to'g'risidagi ma'lumotlani keltirib o'tgan.

R.Atajanovani haqli ravishda Xorazm sahna raqsining asoschisi deyishimiz mumkin. Chunki u Xorazm raqs harakatlarini to'plash, ularni professional nuqtai nazardan sahna darajasida qayta ishlash, oldin o'zi ijro qilib, harakatlar kerakli darajada ishlanib maromiga yetgach sahnalashtirgan raqslarida foydalanishi oqibatida yuzlab xorazmcha harakatlarga qayta hayot baxsh etgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

4 Танцы Равии Атаджановой. Р. Каримова.издателсьтво литературы и искусства имени Гафура Гуляма. Ташкент 1983 год.

5 Qutlug' yo'lda. Gavhar Raximova. Adabiy jihatdan qayta ishlab nashrga tayyorlovchi O. Husanov. Toshkent "Yosh gvardiya" nashriyoti 1973 yil.

Пмта^^Н http://oac.dsmi-qf.uz

R.Atajanovaning qalbida bitta armoni bor edi - balet maktabida o'qib ballerina bo'lish. Bu haqda R.Karimova "Tansi Ravii Atajanovoy" kitobida - O'zbek balet san'ati R. Atajanova timsolida buyuk bir balerinadan ayrilgan edi - deb yozgan edi.

Bu narsa boshqa bir tomondan yaxshi ham bo'lgandir. R.Atajanova Xorazmga qaytib kelgach Xorazm sahnaviy raqs asoschilari qatoridagi eng muhim insonga aylandi. R.Karimova aytganidek - Xorazm raqsi xazinasining haqiqiy qo'riqchisi, Xorazm sahnaviy raqsining asoschisidir.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, Xorazmda sahnaviy raqs paydo bo'lguniga qadar raqs san'ati yakka ijro tarzida mavjud edi. Ommaviy tarzda turib xon saroylarida ijro qilingan raqslarni mahsus sahnalashtirilgan deb bo'lmasdi. Raqs san'ati esa avloddan avlodga ustoz - shogird an'analari orqali yetib kelgan. XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan o'quv va uslubiy qo'llanmalar professional mutaxassislarni tayyorlashda muhim rol o'ynadi. O'zbek raqslarining turlarga ajratilishi, har bir raqs maktabining hususiyatini o'rganish orqali janrlarga bo'linishi, holatlar yaratilib harakatlar yozib olinishi har bir mutaxassisga maktablarni aniq ajrata olish imkonini tug'dirdi.

Raqs - hamisha zamon bilan hamnafas rivojlanib borar ekan, o'zi bilan millatning qadim madaniyati, mafkurasi, urf - odat, udum-u marosimlari, etnografiyasini zamondan zamonga, davrdan davrga tashib yuruvchi betakror san'at hisoblanadi. Unga na til, yoxud, tilmochning zarurati yo'q.

Bugungi kunda raqs san'ati nafaqat shunchaki fan, balki ilm sifatida rivojlanib bormoqda. Raqs ilmi bilan shug'ullanayotgan yoshlar safi yildan yilga asta sekin kengayib bormoqda. Ko'plab yosh mutaxassislarimiz o'quv, uslubiy qo'llanmalar yaratmoqdalar. Bu yutuqlar avvalambor mamlakatimiz rahbarining sohaga berayotgan e'tiborining mevasidir, qolaversa mustaqilligimizning raqs san'ati fidoiylariga ochib bergan keng imkoniyatlari samarasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "O'zbek milliy raqsi tarixidan". L. Avdeeva. Toshkent 2001.

2. Qomus.info. Onlayn ensiklopediya.

3. Nursafardiya harakatlar tizimida o'zbek milliy raqslari va jangovar o'yinlari. "Lider press" nashriyoti, 2008 y.

4. Танцы Равии Атаджановой. Р. Каримова.издателсьтво литературы и искусства имени Гафура Гуляма. Ташкент 1983 год.

5. "Qutlug' yo'lda" Gavhar Raximova. Adabiy jihatdan qayta ishlab nashrga tayyorlovchi O. Husanov. Toshkent "Yosh gvardiya" nashriyoti 1973 yil.

635

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.