Научная статья на тему 'XX ASR О‘ZBEK RAQS SAN’ATINING RIVOJLANISH YО‘LLARI'

XX ASR О‘ZBEK RAQS SAN’ATINING RIVOJLANISH YО‘LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3313
250
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodkor / xalq / meros / raqqosa / professional / raqs / baletmeyster

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saitov Xabibullo Akbarovich

Maqolada о‘zbek raqs san’atining XX asrdagi rivojlanishi, buyuk namoyondalar, о‘zbek milliy raqs san’atida mavjud raqs maktablarining о‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada о‘zbek milliy professional raqs san’ati rivojiga ulkan hissa qо‘shgan namoyondalar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XX ASR О‘ZBEK RAQS SAN’ATINING RIVOJLANISH YО‘LLARI»

XX ASR O'ZBEK RAQS SAN'ATINING RIVOJLANISH YO'LLARI

Saitov Xabibullo Akbarovich O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali

Annotatsiya: Maqolada o'zbek raqs san'atining XX asrdagi rivojlanishi, buyuk namoyondalar, о'zbek milliy raqs san'atida mavjud raqs maktablarining о'ziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada o'zbek milliy professional raqs san'ati rivojiga ulkan hissa qo'shgan namoyondalar haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ijodkor, xalq, meros, raqqosa, professional, raqs, baletmeyster.

WAYS OF DEVELOPMENT OF UZBEK DANCE ART IN THE 20TH

CENTURY

Saitov Khabibullo Akbarovich Urgench branch of Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: The article covers the development of the Uzbek dance art in the 20th century, the great performances, the peculiarities of the existing dance schools in the Uzbek national dance art. The article also contains information about the performances that made a huge contribution to the development of the Uzbek national professional dance art.

Keywords: creative, folk, heritage, dancer, professional, dance, choreograph.

O'zbek xalq raqs san'ati uzoq tarixiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Ijodkor xalqimiz tomonidan yillar osha yaratilgan raqslar milliy raqs san'atining noyob durdonalari sanalib kelmoqda.

O'zbek raqs daholari yaratgan g'oyaviy-badiiy jihatdan yuksak mumtoz raqslar xalqimizni asrlar davomida insonparvarlik, ona Vatanga muhabbat, jasorat, fidokorlik, kurashchanlik, go'zal xulq ruhida tarbiyalashga yaqindan yordam berib kelmoqda. Kelajak avlodni voyaga yetkazish, xalq orasida haqiyqiy insoniylik munosabatlarini shakllantirishda o'zbek xalqining merosi bo'lgan bugungi kunda muhim estetik tarbiya vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Inson tarbiyasi estetik, ahloqiy-madaniy tarbiya sohalari bilan uzviy bog'liqdir.

O'zbek raqs me'rosini o'zlaridan oldingi avlodlardan qabul qilib, uni o'nlab yillar va asrlar mobaynida ko'z qorachig'idek saqlab kelgan ko'pgina ijrochilarning nomlari ma'lum. Raqs san'ati asoschilari Yusufjon qiziq Shakarjonov, Ahmadjon Umurzoqov, Usta Olim Komilov, aka Buxor, Qimmatxon Sultonova, Sharofat To'rayeva, Tamaraxonim kabi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab o'tgan o'nlab taniqli raqs

ustalarining nomlari mashhur. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi raqs san'ati haqida shu davrda yashab ijod etgan birinchi raqs tadqiqotchisi I.G.Baxta Farg'ona va Toshkent qadimgi raqslari va raqs ustalari to'g'risida ma'lumot yig'gan. U XX asr boshlari va 20-yillarda Farg'ona vodiysi, Xorazm va Buxoroda faoliyat boshlangan taniqli raqqosalar bilan uchrashib, muloqotda bo'lgan.

Asrlar davomida ijro etilgan an'anaviy xalq va professional raqslar plastikaning "haykaltaroshlik" turiga oid bo'lib, ulardagi qadam tashlashlar hech qanday badiiy-ifodaviy ahamiyatga ega emas edi. Raqs juftliklari orasidagi raqs muloqoti tamoyillari ham ishlab chiqilmagan edi. O'zbek xalq va professional raqslari esa garchi xalq bayramlarida erkaklar tomonidan ijro etilgan bo'lsa-da, ularning har biri alohida o'ziga xos xususiyatlarni mujassamlashtirgan.

Dastlabki ommaviy sahna raqslarida Tamaraxonim slavyan va kavkaz xalqlari an'analariga tayanib, bir qator saf, diagonal, doira usullaridan foydalanadi, qiyofalarning ritm-plastik haykalsimon turishini chekladi, harakatlarni "muloyimlashtirdi", raqslar manzarasini "to'rtinchi devor" bo'lib turgan tomoshabinga burdi.

Tamaraxonimning raqs san'ati xotin-qizlar ozodligiga chaqiriq sifatida maydonga kelgan bo'lsa, 30-yillardagi Mukarrama Turg'unboyevaning raqs san'ati shu harakatning navbatdagi bosqichiga aylandi. Bu bosqich Sharq ayollarning san'atga intilishdagi dadil qadam edi. Mukarrama Turg'unboyeva raqslari xotin-qizlarning ijtimoiy hayotga faol arashuvining o'ziga xos ramzi bo'lib ko'rindi.

Mukarrama Turg'unboyevaning lirik qahramoni o'zbek ayolning azaliy fazilatlari hamda yuksak iroda bilan yangilikka, erkinlikka, ozodlikka intilishining ramzidir. Uning lirik raqslari kishilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlaydi.

Tabiiyki, raqqosalarning qomati baletmeysterlik qoidalar talabiga ko'ra emas, balki ularning ichki ruhiyatiga ko'ra ham adllashib boraveradi. 30-yillardagi libos keyinchalik o'zbek ayollarining an'anaviy libosiga aylandi. Chunki Tamaraxonim sahna uchun o'zbek ayollarining bayramona libosini moslagan va bu libos bilan raqqosalar 1925 yili yozda Parijdagi I jahon bezak san'ati ko'rgazmasida ishtirok etishgan edi. 30-yillarda raqs libosi ko'ylak, nimcha, torroq lozimdan ibora edi. Ko'ylak to'g'ri bichimli, ochiq yoqali, o'rtacha uzunlikda edi liboslar xonatlas, yorqin rangli krep, shifon kabi matolardan tikilgan. Ko'ylak ustidan baxmal, parcha yoki gilam matosidan tikilgan kalta nimcha kiyilgan. Bu liboslar majmui ayollarning bayram libosi bo'lib, u "o'zbek libosi" modasini tashkil etadi. Keyinchalik ko'ylak bel barobar qilinib, pastiga keng burmali yubka kiyila boshlandi. Shu ikki xildagi bichim o'zbek ayollari sahna libosini tashkil etdi.

Birinchi o'zbek raqqosalarining chiqishlari yuz minglab kishilarni hayratga solib, tomoshabinlarni maftun etib qo'ydi. Ammo raqqosalarimiz mahalliy mutaassiblarning qarshiligiga ham uchradi, ular raqqosalarga nisbatan keskin choralar ham ko'rdilar.

20-yillar oxirida birinchi o'zbek raqqosalarga Xolchaxon va Nurxon mutaassiblar tomonidan vahshiyona o'ldirildi. 1929-yili Nurxon Yo'ldoshxo'jayeva qotillari ochiq sud qilindi. O'zbek ayollari bunday jaholatga norozilik bildirishib, "artistlik"ka yozila boshladilar.

Mukarrama Turg'unboyeva pedagogik texnikumda o'qib yurgan paytidek (1927-1929-yillar) teatrda ishlashni, raqqosalikni orzu qilib yurardi. Nurxonning o'limi unga juda qattiq ta'sir qildi va u hayotini san'atga bag'ishladi. U "teatr-maktab" ekanligini tushundi. Mukarrama Turg'unboyevaning teatr sahnasiga chiqishi san'at olg'a qarab intilayotgani, bu jarayonni to'xtatib bo'lmasligini isbotladi. Uning san'ati insonning sirli kechinmalari ifodasi sifatida tomoshabinlarni go'zallik dunyosiga oshno qildi.

Taniqli o'zbek raqqosa va baletmeysteri Mukarrama Turg'unboyevaning ijodiy yo'li o'zbek xoreografiyasining shakllanish bosqichlarini o'zida aks ettirdi.

O'zbek musiqali teatrida ish boshlaganidan to 1936-yilgacha bo'lgan davr Mukarrama Turg'unboyeva uchun o'zbek raqs me'rosini o'rganish va raqs mahoratini egallash davri bo'ldi. Yosh raqqosa yig'inlarda xalq raqslarini ijro egiluvchilarni ko'p kuzatdi va ularning raqslari Turg'unboyeva uchun o'ziga xos darslik bo'ldi. Mukarrama Turg'unboyevaning professional raqqosa bo'lib yetishishida taniqli san'atkor Yusufjon qiziq Shakarjonov, marg'ilonlik raqqosa Qimmatxon Sultonova va namaganlik raqs aktrisasi Sharofat Satang ustozlik qildilar. U musiqali teatrda Usta Olim va Tamaraxonimdan saboq oldi. Doira usullari jo'rligida Farg'ona raqs maktabining "Katta o'yin" ohang-plastik usullarini o'rgandi.

O'zbek raqsining har bir maktabi o'ziga xos nafis kuy-ohanglari va plastik qismlari bilan ajralib turadi.

Professional raqqosalar raqs sir-asrorlarini uzoq yillar davomida o'rganadi. Raqsning eng sodda texnikasini egallagach, uni ijro qilayotganda usulga tushish, qoidaga kirib qolgan shakllarni eslab qolish talab qilinadi. Raqsni o'rganish nafasni to'g'ri yo'lga qo'yishni egallashni ham taqozo etadi.

"Qomatni tutish" va "mushaklar kuchini taqsimlash" kabilardagi o'ziga xoslik ham o'zbek an'anaviy raqsi uch mumtoz maktabining har biri betakror ekanligini ko'rsatadi.

Yevropacha mumtoz raqsining dastlabki holatida qomat adl tutilib, oyoqlar mushagi, tizza tarang, yelkalar erkin, yelka tushirilgan, bel tekis, qo'llar mushagi tirsakdan xiyol egilgan bo'ladi.

Farg'onacha raqsda ham oyoq mushaklari tovondan belga tarang tutiladi. Lekin bel mushaklari bir oz bo'sh qo'yilib, oyoqlar xiyol bukiladi. Asta qadam qo'yilib, yengil o'tiriladi, tizza o'z o'rniga keladi. Oyoqlarning yengil egilishi tufayli mumtoz raqsdagi kabi kontrapunkt chizig'i belning kichik markaziy qismiga emas, yelka mushaklari bo'ksaga bosim o'tkazadi. Qo'llar yo erkin yoki yig'ilgan vaziyatda bo'ladi. Farg'onacha raqsda qo'llar "cho'zilgan" bo'lib, ular o'simlik dunyosining

badiiy ifodasiga aylanadi. Ya'ni barglar va maysalarning shamolda yengil tebranishini ifodalaydi. Xorazmcha raqslarda esa oyoqlar mushagi kuchi boldirdan tizzaga yo'lantirilib, tizzalar bukiladi. To'qnashuv chiziqlari bel, bo'ksa, tizzalar o'rtasida o'zgarib turadi. Yelka bir oz pastga osilib turadi. Qo'llar ham erkin qo'yilib, panjalar doim nafis harakatlantiriladi. Ularning nozik titrashini ko'rsatish uchun ko'p mashq qilishga to'g'ri keladi.

Xorazm raqslari o'simlik dunyosini emas, balki jonzotlar dunyosini o'zida aks ettiradi. Undagi harakatlarda qushning parvozi, otning chopishi, kaklikning yo'rtishi kabilarni anglash mumkin. Xorazmcha raqsda tananing ayrim harakatlari, undagi murakkab raqs lisoni hayvonot dunyosi hayotini ifodalaydi. Unda makon to'la egallanadi, qomat xuddi uchayotgandek, qo'llar goh keskin, goh nozik harakat qiladi. Xorazmcha raqsda keskin o'tirib-turish, sakrash ko'p. Unda ko'krak mushaklari ko'p bora silkinadi.

Buxorocha raqsda qomatning yelkadan pastki qismi erkin qo'yiladi. Tana harakati davomli va sirli. Uni bajarishda mushaklar kuchi yo'nalishini o'ziga xos tarzda tashkil qilish talab etiladi. Bel qismi orqaga turtib turadi (ispancha raqsdagi kabi). Bu qo'llarning erkin, shiddatli harakat qilishiga yordam beradi. Oyoqlar yarim o'tirish, yarim aylanishga tayyor turadi. Shu asosda oyoqlarning to'la burilishiga imkon yaratiladi. Buxorocha raqslarda farg'onachadagi kabi qo'llar cho'zilmaydi. Ularda tirsaklar qattiq bukilgan holatda bo'lib, panjalar harakati quruqroq chiqadi. Harakatlar va panjalarni qarsillatish musiqaga mos keladi. Qomat adl, sho'xchan, qadamlar esa oddiy bo'ladi.

O'zbek xalq sahnaviy raqsining shakllanishi birinchi galda Asqar hoji Xaydaraliyevning XX asr boshida faoliyat ko'rsatgan ansambli va atoqli raqqos Hamdamxon nomi bilan chambarchas bog'liqdir. Hamdamxon Farg'ona vodiysi shaharlarida, Toshkent va Samarqandda, 1905-yilda esa kavkazorti mamlakatlarida o'zbek xalq raqsini yangi asosda sahnalarda ijro etib, yangi yo'nilishni boshlab berdi. Ayniqsa, xalq sahnaviy raqsi taraqqiyotida Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva, Isaxor Oqilov, Gavhar Raximova, Qunduz Mirkarimova, Roziya Karimova va boshqa o'nlab raqs ustalarining, "Bahor", "Shodlik", "Lazgi" kabi ansambllarning xizmati katta. Baletmeysterlar va bastakorlarning say-harakati bilan o'nlab yakka tartibda ijro etiladigan o'yinlar, duetlar, ommaviy raqslarmamlakatimiz va jahon tomoshabinlarining bir qancha avlodini maftun etib, o'zbek raqs san'ati zahirasidan joy oldi. "Tanavor", "Munojot", "Katta o'yin", "Bahor", "Pilla", "Paxta", "Lazgi", "Dilxiroj", "CHo'pon o'yin", "Namanganning olmasi", "Andijon polkasi" va boshqalar shular jumlasidandir. Ular mumtoz raqslarga aylangan. Shu asosda raqqos va raqqosalarning bir qancha avlodi kamolga yetdi. Raqs uslublari, mahorat asoslari, harakatlar silsilasi avloddan-avlodga o'tib, yashab kelmoqda.

O'tgan XX asrning dastlabki 20 yilida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy parokandalik, birinchi va ikkinchi jahon urushlari, mustamlakachilik siyosati, xalq hayotidagi turli o'zgarishlari, shu yillar mobaynida jamiyatning barcha jabhalaridagi shiddatli jarayonlar, albatta, madaniyat va san'at sohasiga ham o'z ta'sirining ko'rsatdi. Jamiyat hayotidagi mana shunday o'zgarishlar xalq madaniy hayoti ayniqsa raqs san'atining nodir namunalari yo'qolib ketishiga sabab bo'lgan.

XX asrda mamlakatimizga professional teatr san'ati kirib keldi. Uzoq asrlar davomida maishiy hayot, diniy udumlar zamirida paydo bo'lgan raqs san'ati ustoz san'atkorlar: raqqos va raqqosalar, keng xalq ommasi tomonidan xalq bayramlari, ommaviy tomoshalari, to'y va marosimlarida ijro etilib, avloddan-avlodga meros bo'lib o'tib keldi.

XX asr sahna madaniyatining paydo bo'lishi xalq raqslarining professional sahnaviy raqs sifatida qaytadan yaralishiga, ansambllar faoliyatining shakllanishiga turtki bo'ldi. Ustoz raqqos va raqqosalar Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva, Isoxor Oqilov, Roziya Karimova, Galiya Izmaylova, Qunduz Mirkarimova singarilarning o'zbek milliy professional raqsining jahon andozalariga mos ravishda qaytadan yaralishida xizmatlari katta bo'ldi.

Ulardan saboq olgan keyingi avlod ijodkorlari Ravshanoy Sharipova, Valentina Romanova, Halima Komilova, Klara Yusupova, Gulnora Mavayeva, Viloyat Oqilova, Ma'mura Ergasheva, Dilafruz Jabborova, Qizlarxon Do'stmuhammedova, Malika Ahmedova, Gulchehra Foziljonova, O'g'iloy Muhammedova singari raqs san'ati ustalarining har biri o'ziga xos badiiy uslublar barpo etishgan. Ming yillar davomida yig'ilgan raqs san'atining durdonalari XX asrning 30 yillaridan boshlab raqs san'ati namunalari sifatida o'rganila boshlandi.

Ayni XX asrda o'zbek teatr san'atidagi o'zgarishlar raqs san'atining taraqqiyotiga ham ulkan ta'sir ko'rsatdi. Natijada qisqa vaqt ichida professional o'zbek milliy raqs san'ati paydo bo'ldi va o'zining maktabiga ega bo'ldi. O'zbek raqsining har bir maktabida o'ziga xos shakl ketma- ketligi, kuy va ohang, imo-ishoralar, хдракат хрлатларини фаркланиши сезилиб туради.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Avdeyeva L.A. Ozbek Milliy raqsi tarixidan. -Toшкент: Mukarrama Turgunboeva nomidagi "O'zbekraqs" milliy raqs birlashmasi, 2001 y.

2. Авдеева Л.А. Мукарамма ТурFунбoеванинг ракси. -Тoшкент: Foфур Fулoм нoмидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1989 й.

3. Авдеева Л.А. Танцевальше искусствo Узбекистана. -Ташкент: Гoсударственнoе издательствo xудoжественнoй литературы Узбекскoй ССР, 1966 г.

4. Каримова Р. Ферганский танец (методическое пособие). -Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1973 г.

5. Каримова Р. Харезмский танец. -Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1975 г.

6. Каримова Р. Бухарский танец (методическое пособие). -Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1977 й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.