Научная статья на тему '“SHARQ QALDIRG’OCHI” TAMARAXONIM'

“SHARQ QALDIRG’OCHI” TAMARAXONIM Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
294
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
raqs / qo’shiqchi / raqqosa / baletmeyster / o’zbek professional raqsi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Абдираманов Нокисбай Маратович

Ushbu maqolada Tamaraxonim hayoti, san’atga kirib kelishi, ijodiy faoliyati, o’zbek raqs san’atini yanada rivojlantirishdagi xissasi, o’zbek milliy hamda o’zbek xalq raqslarini turli mamlakatlarda targib etganligi haqida bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“SHARQ QALDIRG’OCHI” TAMARAXONIM»

"SHARQ QALDIRG'OCHI" TAMARAXONIM

Абдираманов Нокисбай Маратович O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Tamaraxonim hayoti, san'atga kirib kelishi, ijodiy faoliyati, o'zbek raqs san'atini yanada rivojlantirishdagi xissasi, o'zbek milliy hamda o'zbek xalq raqslarini turli mamlakatlarda targib etganligi haqida bayon etilgan

Kalit so'zlar: raqs, qo'shiqchi, raqqosa, baletmeyster, o'zbek professional raqsi.

EASTERN SWALLOW - TAMARAKHONIM

Abdiramanov Nokisbay Maratovich Urgench branch of Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: This article describes the life of Tamarakhonim, her introduction to art, her creative activity, her contribution to the further development of Uzbek dance, the promotion of Uzbek national and Uzbek folk dances in different countries.

Keywords: dance, singer, dancer, choreographer, Uzbek professional dance.

Tamara Artemovna Petrosyan 1906 yili 29 mart oyida Farg'ona shahrining arman ishchi oilasida dunyoga keldi. Tamaraxonim taxallusi qo'shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o'zbek professional raqsi asoschilaridan.

Tamaraxonim Turkiston (hozirgi O'zbekiston) Respublikasining birinchi halq ashulachisi Muhiddin Qori Yoqubov rahbarligida 1922 yili birgina ayol bo'lib ansamblga kirdi. Hali ancha yosh bo'lgan Tamara Xonim vokal, raqs va musiqa san'atining yirik ustalari Qori Yoqubov, doirachi sozanda, baletmeyster Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, To'xtasin Jalilov, Jo'raxon Sultonov, Xojisiddiq Islomov kabi ajoyib san'atkorlardan kun va soat sayin ta'lim oldi. Uning professional mahorati o'sgan sari uning konsert repertuarlari ham boyib bordi. 1924 yildayoq yosh o'zbek raqqosasining Sharq halqlari Kommunistik universitetining kechasida qilgan chiqishini ko'rgan Anatoliy Vasilevich Lunacharskiy Tamara Xonimni birinchi "Sharq qaldirg'ochi" deb atagan edi.

Ana shu "qaldirg'och" o'zining haqiqatdan ham chaqqonlik bilan qilgan zo'r mehnati tufayli o'zbek raqs san'atini yanada gullatib yashnatdi. U halq raqsi merosining eng qimmatli, o'ziga xos yorqin tomonlaridan foydalanib, qadimgi xususiyatlar bilan boyitdi.

1920 yillar oxirida Tamara Xonim o'zbek san'atini yaratish, rivojlantirish va uchun kurashning oldingi safida xizmat qildi. U musiqali drama spektakllarida rol o'ynadi, rang-barang rollarda raqqosa, qo'shiqchi va drama artisti bo'lib ishtirok etdi, har bir obrazda o'z qobiliyati, g'ayrati, san'atga butun vujudi bilan berilganliginin ko'rsatdi.

1930 yili Moskvada bo'lib o'tgan Sobiq ittifoq san'at Olimpiadasi yosh o'zbek san'atining yanada yuksaklarga ko'tardi. Tamara Xonim Olimpiadada ko'p qirrali istedod sohibasi sifatidagina emas, ayni vaqtda ulkan fantaziya va rang-barang xoreogarfik palitraga ega qobiliyatli baletmeyster sifatida ham maxorat ko'rsatdi. 1932 yili Tamara Xonim O'zbekiston halq san'ati Olimpiadasi uchun ustozi Usta Olim Komilov rahbarligida ommaviy va yakka raqs uchun dastur tayyorladi. Qadimiy halq maqomi asosida bu dasturga sahnalashtirilgan "Pilla raqsi" o'zbek ayollarining hayoti, ozod mehnatni aks ettiruvchi hozirgi zamon o'zbek raqslaridan biri bo'lgan edi.

1923-1924 yillari Moskva teatr texnikumida o'qigan. Ijodiy faoliyatida ko'plab raqslar yaratganligi, musiqa va raqs san'atini rivojlantirishdagi katta yutuqlari uchun 1932 yili Tamara Xonim O 'zbekiston halq artisti unvoniga sazovor bo'ldi.

Halq raqsi va qo'shiqlariga zo'r mehr-muhabbat, izlanish ishtiyoqida yonish, topilmalaridan xursand bo'lish Tamara Xonimni o'ziga xos madaniyatiga ega qadimiy Xorazm o'lkasiga yo'llaydi. Halqning fe'l-atvori, tarixi, tili, musiqasi va raqslarini chukur anglamasdan turib Xorazm san'atining misilsiz nozik qirralarini tushunib bo'lmasdi. Sahna faoliyatini 1919 yil Hamza Hakimzoda Niyoziy truppasida boshlagan.

Keyinchalik Yusufjon qiziq truppasida ishlagan. 1921 - 1922 yillar Toshkent rus opera va balet teatrida, 1924 yildan Muhiddin Qoriyoqubov rahbarligidagi konsert truppasi (1926 yildan O'zbek davlat konsert-yetnografik ansambli, 1929 yildan O'zbek davlat musiqali teatri)da faoliyat ko'rsatgan. 1925 yil, Parijda bo'lib o'tgan Jahon bezak san'ati ko'rgazmasida M. Qoriyoqubov bilan birgalikda ishtirok etib, o'zbek san'atini ilk bor Yevropada namoyish etgan. Tamaraxonim o'zbek lapar va yalla namunalarini sahnaviy ijro sharoitiga moslashtirib, yangicha ifodaviy vositalar (mimika, raqs, dialog va boshqalar) bilan boyitib, ular negizida bir necha kichik musiqiy inssenirovkalarni yaratdi, milliy ommabop (estrada) san'at rivojiga asos soldi. Tamaraxonim ijrosidagi qo'shiq va laparlar («Lolaxon», «Qorasoch», «Bilaguzuk», «Oyijon», «Fabrikaning yo'lidan», «Qizlar, shitobingiz nima?», «Gulyor», «Yetimlar yigisi», «Tuyg'unoy», «Erk bolalari» va boshqalar), «Sinaxiroj», «Dil- xiroj», «Qarinavo», «Usmoniya» singari raqslari halqqa manzur bo'lgan.1925-29 yillar Andijon, Qo'qon, Samarqand teatrlarida sahnalashtirilgan musiqali dramalarda Halima (G'. Zafariy, «Halima»), Shirin (Xurshid, «Farhod va Shirin»), Gulchehra (U. Hojibekov, «Arshin mol olon») singari rollarni ijro etdi.

1929-1934 yillar Samarqanddagi O'zbek davlat musiqali teatri (1931 yil teatr Toshkentga ko'chirilgan)da, 1934-1935 yillar Xorazm teatrida ishladi. Tamara Xonim qadimiy va abadiy navqiron Xorazm san'atini o'rganishga bir necha yil sarflaydi. 1934 yil M. Yanovskiyning «Ferenji» baletida Indra rolini o'ynadi. O'zi tashkil qilishda qatnashgan respublika balet maktabi 1935-1947 yillar Tamaraxonim nomi bilan yuritilgan. 1935 yili Londonda bo'lib o'tgan, Tamara Xonim, Usta Olim Kamilov, To'xtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilovlar o'zbek raqsi va musiqa san'atining sevmli vakillari sifatida qatnashgan birinchi halqaro halq raqsi va musiqa san'ati festivalida o'zbek va Xorazmning jahonga hali noma'lum o'ziga xos san'atini namoyish qildilar va bunda Tamara Xonim bilan Usta Olim Komilov Oltin medal olishga sazovor bo'ldilar.

1937 yili Moskvada bo'lib o'tgan birinchi o'zbek san'ati dekadasi Tamara Xonimning Xorazm milliy raqslarini sahnalashtiruvchi baletmeyster, ajoyib san'atkorligini yana bir karra tasdiqladi. 1936- 1941 yillar O'zbek davlat filarmoniyasi, ayni vaqtda, O'zbek davlat musiqali teatri (1939 yildan O'zbek davlat opera va balet teatri)da raqqosa va baletmeyster. 1941-1969 yillarda O'zbek davlat filarmoniyasining musiqa ansamblida badiiy rahbar, baletmeyster va aktrisa. Tamaraxonim 2-jahon urushi yillarida konsert brigadalari bilan armiya qismlarida xizmat qildi. Tamaraxonim qaysi halq qo'shiq va raqsini ijro etmoqchi bo'lsa, o'sha halqning tarixi, etnografiyasi, mahalliy urf-odatlari, san'ati va madaniyatini batafsil o'rganib, so'ng ijro etgan. Uning ijrosida «Erta bilan» (qo'qoncha), «Yallama yorim» (marg'iloncha), «Omonyor» (andijoncha), «Farg'onacha raqs», «Buxorocha raqs», «Mavrigi», «Lazgi» (xorazmcha), «Bibijon» (turkmancha), «Yangi oy» (mo'g'ulcha), «Nikoh to'yi» (gruzincha), «Eshikni qoqma» (ozarbayjoncha), «Gulizor» (turkcha), «Chando» (indonezcha), «Xumor ko'zlar», «Binti shalobiya» (arabcha), «Banday tog'i» (yaponcha), «Cho'pon raqsi», «Torazi» (koreyscha), «Shirin zabon» (afg'oncha), «Nilufar» (hindcha), «Parizodoy» (qirg'izcha), «Jo'ra jonim» (tojikcha), «Garmonchi» (tatarcha), «Oy da Galya i Sultan» (ukraincha) kabi 500 dan ortiq qo'shiq va raqslar 86 tilda yangragan. U ustozi Usta Olim Komilov bilan ko'plab o'zbek halq raqslarini sahnalashtirib, o'ziga xos (ayollar va erkaklar raqsi harakatlarini mujassam etgan) uslubini yaratdi, yangi zamonaviy raqslar, teatrlashgan raqs syujetlarini, yangi xoreografik kompozitsiyalarni («Gul o'yin», «Sadr», «Zang», «Pilla», «Kema o'yini» kabi) ijod qildi. U o'zbek halq raqs harakatlari bilan Yevropa mumtoz balet raqslari harakatlarini uyg'unlashtiruvchi dasturlar («Bahor», «Navo», «Qizil va oq atirgullar urushi» va boshqalar) yaratdi, bular milliy o'zbek baletini yuzaga kelishida, milliy xoreografiyani rivojlantirishda muhim omil bo'ldi. U birinchi o'zbek baletlaridan «Gulandom» (Ye. Brusilovskiy, 1938) librettosini Uyg'un va M. Yanovskiylar bilan birgalikda yaratdi, uni sahnalashtirib, bosh rolni o'zi ijro etdi.

O'zbek raqs san'atini yanada rivojlantirish sohasida faol qatnashayotgan Tamara Xonim Navoiy nomli teatr sahnasida birinchi o'zbek balet spektaklini yaratish ustida ish olib boradi. U librettoning ham muallifi. 1930 yillar o'rtasidayoq Tamara Xonim o'z repertuarini turli millat qo'shiq va raqslari bilan to'ldira boshladi. Halq orasida do'stlikning mustahkamlanayotgani, milliy san'atlarning zo'r berib rivojlanishi Tamara Xonimga qardosh halqlarining ijodini chuqur o'rganish, o'zbek milliy sozandalar ansambli bilan mamlakatning turli burchaklariga qilgan safarida tomornshabinlami ana shu halq ijodlari bilan tanishtira borishga imkon berdi.

Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Gruziya, Ozarbaydjon va Tojikiston - barcha respublikalarda shahar va qishloqlarda arzigulik chiqishlar qilib tomoshabinlar va tinglovchilarning o'zbekcha va qozoqcha, uyg'urcha va armancha, tojikcha va tatarcha, ozarbayjoncha va ruscha, ukraincha va shular singari ko'pgina qo'shiq va raqslar bilan tanishtiradi.

1941 yilda Ulug' Vatan urushi yillarida Tamara Xonim va uning ansambli artistlari "Hamma narsa front uchun, hamma narsa g'alab uchun" degan jangovor vaxtada turib xizmat qildilar. Tamara Xonim Kavkaz, Eron va Uzoq Sharqda qilgan chiqishlaridan so'ng Mangoliya halq respublikasining shaharlarida konsertlar berdi..

Tamara Xonim ijodiy faoliyatini bir kun ham to'xtatmasdan har bir konsertini yangi qo'shiqlar bilan, boyitdi, yangi-yangi raqs va kuylar qidirdi, o'rgandi. Turli halqlarning yangi-yangi (raqs) kiyim-boshlarini o'z ijodida qo'lladi.

Tamara Xonimning "Jahon halqlarining qo'shiq va raqslari" degan yangi konsert afishalari uning ijodiy ko'lami tasdiqladi. G'arbiy, Yevropa halqlarining san'ati bilan yaqindan tanishish uni yaxshilab o'rganish repertuarini ko'pgina yangi qo'shiqlar bilan boyitishga katta imkon berdi.

Halqlar do'stligi tuyg'usi uni Sharq mamlakatlari sari safarga yo'lladi. U Hindiston va Afg'oniston, Indoneziya, Pokiston mamlakatlariga borib, Sharqdagi qo'shinlarimizni o'zbekcha qo'shiq va raqslar bilan tanishtirdi. Chiroyli o'zbekcha kiyim-boshlarimiz, gazlamalarimiz va kashtachilik buyumlarimiz bilan hammani maftun etdi. Tamara Xonim namoyish qilgan Sovet Ittifoqi halqlarining san'ati tinglovchi va kelgusi avlodning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Tamara Xonim o'z safarlaridan juda ko'p qo'shiq va raqslarni to'plab qaytdi. U ularni san'atkor va ehtirosli kolliksioner sifatida o'rgandi. 1956 yili Halq artisti unvoni berildi.

Tamara Xonim ijodiy faoliyatiga 50 yil to'lganda jamoatchilik uni 1969 yili nishonlangan katta va samarali mehnati natijasi sifatida Tamara Xonim ijodiy labaratoriyasi bizning mamlakatimizdagi va jahondagi 86 millatning qo'shiq va raqslari bilan boyitgan edi.

Tamara Xonim ijodiy yo'lining bosqichlari o'zbek sahna san'ati tarraqiyotining eng muhim bosqichlari bilan hamohang.

M.Turg'unboeva, G.Rahimova, R.Karimova, G.Mavaeva, H.Komilova, I.Oqilov, L.Petrosova kabilar Tamaraxonimning shogirdlaridir. Tamaraxonim Fransiya, Norvegiya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Eron, Hindiston kabi davlatlarda gastrolda bo'lgan. Toshkent shahri ko'chalaridan biri (o'zi yashagan ko'cha)ga Tamaraxonim nomi berilgan. Toshkentda Tamaraxonim uy muzeyi faoliyat ko'rsatmoqda. Vafotidan so'ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2001).

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Fazliyeva Z.K. "O'zbek raqsini o'rganish uslubiyoti" - O'quv qo'llanma. T. 2020 y

2. MD Tavakulovna, FZ Kamarbekovna. HE ROLE OF PHYSICAL CULTURE IN PROFESSIONAL APPLIED TRAINING IN THE UNIVERSITIES OF ARTS AND CULTURE//International Engineering Journal For Research & Development 6 (1), 6-6 9 2021

3. ФМ Азатова, ЗК Фазлиева.АСРЛАРГА ТАТИГУЛИК РА^С АСАРИ//

Oriental Art and Culture,(6) 8 2021.

4. ЗК Фазлиева. УЗБЕК САДНА РАЛ СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ//Oriental Art and Culture.-2020.-№. III 6

5. СШ Маннонов, ЗК Фазлиева. ИБТИДОИЙ ПАНТОМИМАЛАР: УЙИНЛАР ВА СЮЖЕТЛАР//Oriental Art and Culture 2 (3), 99-105 4 2021

6. SF qizi Yangiboyeva, ZK Fazliyeva. O'ZBEK MILLIY RAQS SAN'ATIDA MAQOM JANRINING O'RNI//Oriental Art and Culture 2 (1), 32-35 2021

7. ИМ Иманкулова, ЗК Фазлиева. АЛИШЕР НАВОИЙ НОМИДАГИ ДАВЛАТ АКАДЕМИК КАТТА ТЕАТРИ СА^НАСИДА "ЛАЗГИ ^АЛБ ВА СЕВГИ РА^СИ" БАЛЕТИ СЦЕНОГРАФИЯСИДА ЗАМОНАВИЙ ТАЛ^ИШ/Oriental Art and Culture 2 (4), 295-302 2021

8. ФМ Азатова, ЗК Фазлиева. "МУНОЖОТ" АСРЛАРГА ТАТИГУЛИК РА^С АСАРИ//Oriental Art and Culture 2021

9. ФЗ Камарбековна. Ракс ансамбллари ижодида узбек миллий ракс мактабларининг услубий ифодаланиши// International scientific-practical online conference on Emergency management and public health research in Asia. 2020. Стр 284-288

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.