Научная статья на тему '“AVESTO” DAVRIDA RAQS SAN’ATINING SHAKLLANISHI'

“AVESTO” DAVRIDA RAQS SAN’ATINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
237
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarix / din / zamon / kuy / raqs / marosim / an’ana / о‘yin / asar

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Botirov Shonazar Xusainovich

Ushbu maqolada xorazm raqslarining ilk shakllanish tarixi va unga ijtimoiy-siyosiy muhitning ta’siri, rivojlanish bosqichlari ilmiy yoritilgan. Shuningdek, maqolada zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”da bayon etilgan raqslar haqida atroflicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“AVESTO” DAVRIDA RAQS SAN’ATINING SHAKLLANISHI»

" AVESTO" DAVRIDA RAQS SAN'ATINING SHAKLLANISHI

Botirov Shonazar Xusainovich shbotirov72 @gmail .com O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada xorazm raqslarining ilk shakllanish tarixi va unga ijtimoiy-siyosiy muhitning ta'siri, rivojlanish bosqichlari ilmiy yoritilgan. Shuningdek, maqolada zardushtiylik dining muqaddas kitobi "Avesto"da bayon etilgan raqslar haqida atroflicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: tarix, din, zamon, kuy, raqs, marosim, an'ana, o'yin, asar.

FORMATION OF THE ART OF DANCE IN THE AVESTO PERIOD

Botirov Shonazar Khusainovich shbotirov72 @gmail .com Urgench branch of Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: In this article, the history of the first formation of Khorezm dances and the impact of socio-political environment on it, the stages of development are scientifically illuminated. In addition, the article provides comprehensive information about the dances described in the Bible of Zarathustra religion "Avesto".

Keywords: history, religion, time, melody, dance, ritual, tradition, play, masterpiece.

Raqs shunday san'atki, uni biz boshqa san'at turlaridan butkul farqlashimiz va buning о'zini alohida san'at turi sifatida qarashimiz shart. Tо'g'ri, sintetik san'at hisoblangan teatr va kino san'atida raqs kuzatilishi mumkin, ammo bu sohalarda raqs yetarlicha ochib berilmaydi, aksincha ularni to'ldirishga xizmat qiladi. Vaholanki, raqs san'atini qanchalik qadimiy tarixga ega ekanligini, jamiyatda tutgan o'rni, dolzarb muammolari va zamonaviy konsepsiyalari, hamda raqs san'atida aktyorlik mahoratining tutgan o'rni, merosiy raqslar ijrosi jarayonida ishlatiladigan yuz imo-ishoralari, bu imo-ishoralardan va raqs ijrosi jarayonida aktyorlik mahoratidan unumli foydalanish, ayniqsa, merosiy raqslarimizda kuzatiladigan o'zbekona ibo, hayoni saqlab qolish dolzarb masaladir. Bundan tashqari raqs faqatgina musiqa ohangiga mos harakatlardan emas, balki, ma'lum bir voqeaviylikka, janrga ega bo'lgan san'atdir, shuning uchun ham har bir raqsni ijro etish jarayonida aktyorlik mahoratiga jiddiy e'tibor bermog'imiz shart. Buni tushunish uchun esa raqs haqida nazariy bilimga ham ega bo'lmoqlik lozimdir.

I icclT^^^^H 326 http://oac.dsmi-qf.uz

Har bir millatning ma'naviy qiyofasi, yuzi uning raqs san'atida ham yaqqol namoyon bo'ladi, O'zbek raqs san'ati milliy joziba, or-nomus, hayo, andisha, betakror nafosatga asoslanadi. Liboslar, hatti-harakatning musiqaga uyg'un bo'lishi, kuy mazmunini ochib berish, milliy ruhni saqlagan holda milliy g'ururni yuksaltirish raqqosa zimmasidagi katta mas'uliyatdir. Bunda eng avvalo yurtimizda qadimdan shakllangan an'analar, ustozlar bisotidagi o'gitlar bilan birga raqs san'atining tub ildizlarini ilmiy-nazariy jihatdan o'rganmoq zarurdir. Xususan, qadimiylikda ulug'vor sanalgan xorazm raqs san'ati shular jumlasidandir.

Xorazm raqslari va kuylarining eng qadimiyligini tasdiqlash uchun qadimiy Xorazmning muqaddas dini hisoblangan zardushtiylik dini va uning marosimlari bilan bog'laydilar - deb yozadi Iso Jabborov "Buyuk xorazmshohlar davlati" kitobida1.

Xorazm yer yuzidagi eng qadimiy davlatlardan biridir. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda payg'ambar Zardusht tomonidan yozilgan "Avesto" kitobi ushbu sarzaminda yaratilgan.

Tarixan o'ta qadimiy davlatlardan biri bo'lgan Xorazmda ibtidoiy tuzum odamlari yashaganligi to'g'risida ma'lumotlar S. P. Tolstovning Xorazmda olib borgan arxeologik ekspeditsiyalari natijalariga bag'ishlangan "Qadim Xorazm", "Qadim Xorazm sivilizatsiyasini izlab" kabiy va boshqa qator tarixiy manbaalarda yetarlicha ma'lumotlar berilgan.

Raqs san'ati bu zaminda ibtidoiy tuzumda, hali odamlarda zakovat va til u darajada shakillanmagan va rivojlanmagan davirdayoq patomima ko'rinishida paydo bo'lgan. Albatta bu raqslarni xorazmcha raqs edi deb ayta olmaymiz, lekin xorazmcha raqslarning ildizi shu yerdan boshlangan degan xulosani aytishimiz mumkin.

L.Avdeyeva ibtidoiy davrdagi ovchilik bilan bog'liq raqslarning vujudga kelishiga to'xtalib: "Muvaffaqiyatli ovdan keyin odamlar gulxan atrofida to'planishib bir - birlariga ov haqida so'zlashar, so'z yetishmay qolganda esa kun davomida esida saqlanib qolgan narsalarni, voqea hodisalarni yengil tana harakatlari bilan ko'rsatishar edi. Bular ilk raqslar edi"2 - degan fikri ham bu so'zimizni tasdiqlaydi.

Darhaqiqat patomimik harakatlar ibtidoiy tuzumda paydo bo'lgan bo'lsa - da hozirgi kunda ham pantomimik harakatlardan iborat raqslar mavjud. Oddiygina bir misol; Xorazm xalq raqslaridan "Cho'girma" raqsini olaylik. "Cho'girma" raqsi kasb - hunarga taqlid qilib yaratilgan raqs bo'lib ushbu raqsda cho'girma tikayotgan cholning ip yigirish, ignaga ip o'tkazish,"Nosvoy otish", cho'girmani tikish va raqsdagi "o'g'ri"larning orasida bo'lib o'tadigan dialoglarining barchasi pantomimik harakatlardan iborat. Demak ibtidoiy tuzumdan me'ros qolgan ushbu pantomimik

1 Буюк хорaзмшохлaр дaвлaти. И. Жaббaров. Тошкент 1999

2 Узбек радси сaнъaти тaрихидaн. Л. Авдеевa. Тошкеент 2001.

327

http://oac.dsmi-qf.uz

harakatlar hozirgi kun professional raqs san'atida ham keng ko'lamda foydalanib kelinmoqda.

Xorazm tarixini o'rganish jarayonida olimlar, boshqa xalqlarga nisbatan xorazmliklar turmush tarzida, urf - odat, udum va marosim, to'y va ma'raka hamda bayramlarida qadimiylik ko'proq saqlanib qolganligini ta'kidlashadi. Ko'p ming yillik tarixga ega an'analar qatorida shunday bir raqslarimiz borki ularda ham ilk paydo bo'lgan davrdagi raqsning negizi, mazmun va moxiyati saqlanib qolgan.

Albatta ibtidoiy tuzumda paydo bo'lgan raqs san'ati "Avesto" davriga kelib ancha taraqqiy topadi, yaxshigina shakillanadi. Endi til va ong to'liq shakillangan bu davrda hamma narsa, odamlarning turmush tarzi ham o'ziga yaarasha rivojlangan edi. Qolaversa bu davrda ilk davlatchilik paydo bo'lib boshlagandi. Bu davrda madaniyat ham san'at ham insonlar turmush tarzidagi ijtimoiy - madaniy, diniy o'zgarishlar zamirida rivojlanib bordi.

T. Qilichev ("Xorazm xalq teatri" G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti 1988 y) - rivojlanishda Baqtriyadan oldinda bo'lgan Xorazm ibtidoiy jamoa davrida ibtidoiy teatr kurtaklari paydo bo'lgan bo'lsa, eramizdan avvalgi IV -III asrlarga kelib shakillanish davriga qadam qo'yadi, eramizning III - IV asrlariga kelib maxsus tomosha ko'rsatish zallariga ega bo'ladi - deb yozadi.

S.P.Tolstovning ekspeditsiyasi davrida tuproqql'adan topilgan maskalar zali (S.P.Tolstov ushbu zalni "Zal tansuyushix masok" deb nomlaydi) va u yerdan eramizdan avvalgi IV - III asr va eramizning III - IV asriga oid maskalarning topilishi ham Xorazmda raqs san'ati ayniqsa masxarabozlar raqs san'atining qanchalik qadimiy ekanligidan dalolat beradi.

Shu o'rinda shuni ta'kidlab o'tish joizki, xorazm masxarabozlari tomonidan ijro qilib kelingan "Xo'bbimboy", "O't o'yini" va boshqa bir qator raqslar borki bular "Avesto" davrida, "Avesto"dagi voqealar va afsonalar asosida paydo bo'lgan va shakillangan.

Xo'bbimboy "Aveto"da tarixiy shaxs va ma'bud - xudo sifatida ta'riflanadi. U suv ostida yashovchi suv toshqinini keltirib chiqaruvchi "arallar"ga boshchilik qiladi. Ta'rif bo'yicha Xo'bbimboy xushsurat, chaqqon, uchqur ot minib yuruvchi jangovar mard yigit sifatida namoyon bo'ladi. Xalq shundan kelib chiqib Xo'bbimboyga bag'ishlab qo'shiq va raqslar yaratgan. Shu qo'shiq va raqs bugungacha masxarabozlar tomonidan ijro qilinib kelinadi.

Abu Rayxon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida bayon etishicha, Xorazm xududida yashovchi xalqlar otashparastlik marosim bayramlarida kechasi gulxan yoqib, uning atrofida aylanib tong otguncha raqs tushib, qo'shiq aytishgan. X. Vamberi og'ziga issiq temirni qistirib qo'lida olov bilan raqs tushgan erkaklar haqida, Xorazmlik tarixnavis, adabiyotshunos olim, dramaturg Ayyomiy "Kokilli qalandarlar" uyushmasining diniy marosimlarda o'rtaga olov

I ibiSi^^Bl 328 http://oac.dsmi-qf.uz

yoqib qo'lida cho'g' bilan jazavaga tushib raqs tushganligi to'g'risidagi ma'lumotlar xorazmda ijro qilinadigan "O't o'yini" ham "Avesto"dan bizgacha yetib kelgan qadimiy raqslardan ekanligidan darak beradi.

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti "Doston ijrochiligi" kafedrasi Professori v,b. San'atshunoslik fanlari nomzodi. Ardaxan (Turkiya) universiteti go'zal san'atlar Fakulteti doktori, professor B. Matyaqubov -Ollabergan Hoji sulolasidan Rahim va Karim Ollaberganovlar el yurt ichida ancha taniqli raqqoslar bo'lib, ayniqsa Rahim qayroq juda chaqqon, mag'aldaqchi-ekvillibrist, xalq ta'biri bilan aytganda "Og'zidan o't sochib o'ynovchi" raqqos bo'lgan - deb yozadi "Doston nomalarining raqsbop usullari" maqolasida.3

"Avesto" - Ma'naviyatimiz sarchashmasi" kitobida berilgan ma'lumotlar biz uchun yanayam qadirliroqdir. "Yasna" matnlarini diqqat bilan mutolaa qilsak deb yozadi mualliflar - Navro'z bayrami xar yili Xorazmda yangi yil bayrami sifatida o'tkazilgani, yomonlik xudosi Axriman bilan yaxshilik xudosi Axura - Mazda o'rtasida kurash raqsi o'ynalganligi va o'yin yaxshilikning yomonlik ustidan g'alabasi bilan nixoyalanganligi bizga ma'lum bo'ladi. Raqqoslar davra tuzib, ins -jinslarni "jaxuv", "jaxuv " deb haydaganlar. "Kisht - kisht" deb yomonlikni surib quvganlar. Yomonlik yaxshilikdan zarba yeganda "ox, ox, vox, vox" deb qichqira boshlagan. O'yin oxirida yaxshilikni zafarga undab, davra ishtirokchilari baland ovozda "ova, ovva" ya'ni "uraver - uraver" deya baralla qichqirishgan. Raqqoslar xoldan toyguncha raqsga tushganlar va yengil tortib, ruxan poklanganlar.4

Xozirgi xorazmliklarda hali hanuzgacha bemorga isiriq tutatib "Kisht ho kisht, qayerdan kirgan bo'lsang o'sha yerdan chiq" - kabiy aytimlar bilan bemor tanasiga kirgan insu jinslarni quvish odati bor.

Xorazm raqslari XX asrning oxirigacha ustoz - shogird an'anasi asosida avloddan avlodga o'tib, sayqal topib shakillanib, rivojlanib kelgan. Ming afsuskiy "O't o'yini", "Ho'bbimboy" va shunga o'xshagan uch ming yillik tarixga ega qator masxaraboz raqslari bugungi kunda ijro qilinmay yo'qolib ketyabdi. Lekin san'atsevar xalqimiz va fidoiy ustozlarimizning sayi harakatlari tufaylidan uch ming yildan keyin ham saqlanib gullab yashnayotgan raqslarimiz bor. Ayniqsa "Lazgi", "Gusfand", "Orazibon", "Ushlini uforisi", "Norim - norim", "Galalaylim" va boshqa qator raqslarimiz borki har bittasi xorazmning bitta shox asariga aylanib mangulikka yuz tutgan asarlar deb ayta olaman.

3 "MapKa3HH ocuë x&iK^apHHHHr MagaHHH xaMKop^HK HcrHKÖOOTapH". I Xa^apo H^MHH-aM&iHH кoн$epeнцннcн Marepua^apugaH. TomKeHT 2020.

4 «ABecro MaiHaBHHTHMH3 capnamMacu» X,. EoöoeB, C. X,acaHOB Toc^Kem - Ägo^ar 2001.

I fccIT^^^^HI 329 http://oac.dsmi-qf.uz

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Буюк хоразмшохлар давлати. И. Жаббаров. Тошкент 1999

2. Узбек ракси санъати тарихидан. Л. Авдеева. Тошкеент 2001.

3. "Марказий осиё халкларининг маданий хдмкорлик истикболлари". I Халкаро илмий-амалий конференцияси материалларидан. Тошкент 2020.

4. «Авесто маънавиятимиз сарчашмаси» X,. Бобоев, С. Хдсанов Тосхкент -Адолат 2001.

5. Хоразм хал; театри. Т. ^иличев

330

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.