Научная статья на тему 'XORAZM VOHASIDA BAXSHI IJROCHILIGI GENEZISI'

XORAZM VOHASIDA BAXSHI IJROCHILIGI GENEZISI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
158
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baxshi / baxshi ijrochiligi / kohinlar / soz / so‘z ustalari / xalq dostonchisi / baxshichilik san’ati / shomonlar. / baxshi / baxshi performance / priests / soz / word masters / folk narrator / baxshi art / shamans.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sabirova, Nasiba Ergashevna

Ushbu maqolada baxshichilik san’ati xususida so‘z boradi. Baxshi ijrochiligining yuzaga kelishidagi dastlabki omillar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan dastlabki folklor asarlarining yaratilishi diniy e’tiqodlar bilan uzviy bog‘liq ekanligi, baxshichilikning “Avesto” da keltirilgan ma’lumotlar, rus va o‘zbek olimlarining bu borada qilgan ilmiy tadqiqot ishlari qiyosiy tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE GENESIS OF BAKHSHI PERFORMANCE IN KHOREZM OAZIS

This article is about the art of giving. Detailed information on the initial factors in the emergence of Bakhshi performance is given. Also, the comparative analysis of the creation of the first works of folklore, which appeared in the primitive society, is inextricably linked with religious beliefs, the information given in the "Avesto" of Bakhchisarai, the research work of Russian and Uzbek scholars in this area.

Текст научной работы на тему «XORAZM VOHASIDA BAXSHI IJROCHILIGI GENEZISI»

Scientific Journal Impact Factor

XORAZM VOHASIDA BAXSHI IJROCHILIGI GENEZISI

Sabirova Nasiba Ergashevna

Xorazm VXTXQTMOHM "Tillami o'qitish metodikasi" kafedrasi mudiri, dotsent, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Ushbu maqolada baxshichilik san 'ati xususida so 'z boradi. Baxshi ijrochiligining yuzaga kelishidagi dastlabki omillar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Shuningdek, ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo 'lgan dastlabki folklor asarlariningyaratilishi diniy e'tiqodlar bilan uzviy bog'liq ekanligi, baxshichilikning "Avesto " da keltirilgan ma 'lumotlar, rus va o 'zbek olimlarining bu borada qilgan ilmiy tadqiqot ishlari qiyosiy tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: baxshi, baxshi ijrochiligi, kohinlar, soz, so'z ustalari, xalq dostonchisi, baxshichilik san 'ati, shomonlar.

В данной статье речь идёт об искусстве сказителей. Дана подробная информация об исходных факторах возникновения перформанса сказителя -бахши. Также, сравнительный анализ создания первых произведений фольклора, возникших в первобытном обществе, неразрывно связан с религиозными верованиями, информация приведена в «Авесто» сказителях, исследовательской работе русских и узбекских ученых в этой области.

Ключевые слова: сказитель, представление сказителя, священники, инструмент, мастера слова, народный сказитель, искусство сказителя, шаманы.

This article is about the art of giving. Detailed information on the initial factors in the emergence of Bakhshi performance is given. Also, the comparative analysis of the creation of the first works of folklore, which appeared in the primitive society, is inextricably linked with religious beliefs, the information given in the "Avesto" of Bakhchisarai, the research work of Russian and Uzbek scholars in this area.

Keywords: baxshi, baxshi performance, priests, soz, word masters, folk narrator, baxshi art, shamans.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTARCT

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Insoniyat ma'naviyatining tub ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Ibtidoiy jamoa davridayoq insoniyat tafakkuridagi evolyutsiya tilning rivojlanishiga, har ikkalasi esa ma'naviyatning yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Ma'naviyat va ma'rifat ibtidoiy dinlarning kelib chiqishiga olib kelgan. Ularning bir ko'rinishi totemizm va yana bir ko'rinishi afsungarlikdir [1].

Diniy ibodat insonni qo'shiq kuylashga, urf-odat, marosim -she'riyatga, inonchlar esa raqs tomon yetakladi. Hayvonlarga bo'lgan inonch, ularning evrilishlari haqidagi mifik tasavvurlar asosida ertaklar, kosmogonik va diniy tasavvurlar negizida mifologiya, paydo bo'ldi, bahodirlar haqidagi rivoyatlar esa eposni yuzaga keltirdi

Ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo'lgan dastlabki folklor asarlarining yaratilishi diniy e'tiqodlar bilan uzviy bog'liqdir.

"Avesto" kitobiga tegishli "videvdat" majmuini faqat jres (kohin) lar kuylab uning to'liq matnini keyingi avlodlarga yetkazishgan [3]. "Avesto"dagi "goh" lar faqat kohinlar tomonidan o'qilgan. "goh" -Zardusht badeha yo'li bilan yaratgan da'vat so'zlari bo'lib, "Avesto"ning "Yasna" kitobida 17 ta "goh"-qo'shiq saqlangan. Ularni yod o'qish o'ta savobli hisoblangan [4]..

"Avesto" "goh"larini yod o'qish oddiy she'r o'qish emas, balki kuy ohangida qiroat bilan matn mazmunini tinglovchiga yetkazishdir. Buni faqat mutaxassis kohinlar ijro etishgan.

Kohinlar esa shamonlarning ilk avlodidir. Diniy marosimlarni bajarish, shu jarayonda muqaddas kitoblardagi she'riy matnlarni rechitativ (kuy) tarzda ijro qilish eng qadimgi an'analardan biridir. Dinning paydo bo'lishi ma'naviyat bilan uzviy bog'langan bo'lib insoniyat qalbida ezgulik g'oyalarini kamol toptirishdir. Bu vazifa esa kohinlar zimmasiga tushgan.

Kohinlar oddiy yoki tasodifiy kishilar bo'lishmagan. Ular qobiliyatli, yuksak iqtidor egasi bo'lgan shaxslardan tanlangan. Chunki, ular ezgu g'oyalarni ishontirish usuli bilan omma ongiga yetkazishgan. Shu sababli kohinlar va shomonlarning shaxsiga oid turli afsonalar uchraydi. Bunday shaxslar ilohiy qudratga ega bo'lib, ularga ushbu kasb asosan tushida armug'on qilinadi. Bu xususda ko'plab xalqlar folklorida turli asotirlar yaratilgan. Jumladan, V.M.Jirmunskiy birinchi anglosaks shoiri va kohin Kedmon (Caedmon)haqidagi quyidagi asotirni keltiradi.

Kedmon VII asrda monastir kohini bo'lgan. U o'zining qo'shiq aytish san'ati bilan mashhurlik qozongan. Ammo shuni aytish joizki, u qo'shiq kuylash san'atini oddiy kishilardan o'rgangan emas, balki, bu iqtidorni unga Xudo ato qilgan. Kedmon

[2].

Scientific Journal Impact Factor

katta yoshlarga yetganda ham qo'shiq kuylashdan yiroq kishi bo'lgan. Bir kuni katta ziyofat bo'lib, do'stlar yig'ilishganda musiqa avjiga chiqib, qo'shiq kuylash navbati unga yetganda Kedmon qobiliyatsizligidan uyalib, davradan qochib ketadi. U shu kechasi yotib uxlab tush ko'radi. Tushida notanish kishi uning qoshiga kelib, qo'shiq kuylashni iltimos qiladi. Kedmon esa qo'shiq kuylay olmasligini aytadi. Ammo notanish kishi uni olamning paydo bo'lishi haqidagi qo'shiqni kuylashga majbur qiladi. Kedmon buyruqni bajaradi. Ertalab o'rnidan turgach, qo'shiqni eslab, kuylashni boshlaydi. Uning olamni kashf etgan Xudoga bag'ishlangan gimn-madhiyasi anglosaks tilida hozirgacha saqlangan [5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

V.M.Jirmunskiy "Легенда о призвании певца" (-kuychi iste'dodi haqida afsona) deb nomlangan ushbu maqolasida Kedmon haqidagi ushbu afsonani keltirar ekan, undagi voqealarni Sharqda tarqalgan kuychi-qo'shiqchi-baxshilar haqidagi rivoyatlar bilan qiyoslaydi: "Ko'pgina o'zbek baxshilari ham Keddmon kabi biror joyda, aksariyat daraxt oldida uxlaydi. Uning tushida biror notanish kishi (ko'p hollarda ilohiy shaxslar) kelib "Sen baxshi bo'lasan", deb ko'zdan g'oyib bo'ladi. Bo'lajak baxshi esa tushida kuy chalib qo'shiq aytadi. Uyg'ongan paytda yonida hech kim bo'lmaydi. Ammo shu kundanoq kuychi-baxshiga aylanadi" [6].

Baxshilarga tushida talant, idrok in'om etilishi aslida shomonlik davridan qolgan an'analarning davomidir. Xorazmda shomonlik vazifasini so'nggi davrlarda po'rxon (parixon)lar amalga oshirgan. "Shomonlikka da'vat, avvalo tushda kechadi. Kishiga tushida shomonlikka daxldor asboblar -doira, qamchi hadya etiladi. O'z navbatida unga tabib, ta'birchilik kasbi ham ato etilgan [7].

Shomonlikning ilohiy kasb ekanligi, u ayrim kishilarga tushida tuhfa qilinishi hodisalari o'tkan asrning 30-yillarida Xorazmga kelgan L.P. Potapovning tadqiqotlarida ham qayd qilingan [8].

Soz va so'z ustalarining qadimgi shomonlik, tabiblik, afsungarlik kasbkorlariga aloqadorligi To'ra Mirzaevning ishlarida ayniqsa ishonchli dalillar orqali yoritib berilgan. Uning yozishicha, Qo'rg'on dostonchilik maktabi vakili Egamberdi Ollamurod o'g'li (1895-1972), baxshichilik vazifasini "qo'shnoch", "qoqimchi" kasbi bilan qo'shib olib borgan. U ayrim bemorlarni turli usullar ishlatib, afsun o'qib "davolagan" Hatto taniqli baxshi Ergash Jumanbulbul o'g'li ham ayrim qishloqlarga borganida "qo'shnochlik" vazifasini bajargan [9].

Har bir kasb -korning qadimiy ildizlariga razm solinsa, uning birikkan-sinkretik mohiyati oydinlasha boradi. Chunki, ibtidoiy jamiyatda barcha murakkab vazifalarni amalga oshirish ongli, aqlli, iste'dodli, qobiliyatli kishilar zimmasiga tushgan.

658

Scientific Journal Impact Factor

Bunday toifa kishilar esa, tabiiy ravishda kam bo'lgan. Shu sababli oddiy avom xalq bunday shaxslarni ilohiylashtirib, ulardagi donolik sifatlari ilohiydan berilgan, degan xulosaga kelishgan. Bunday shaxslar haqidagi yuqorida keltirilgan afsona, rivoyatlar zamirida ham o'sha hodisa yotadi.

To'ra Mirzaening qayd qilishicha, "baxshi" atamasining negizida ham turli qarashlar mavjud bo'lib, uning sinonimik ifodalari ham nihoyatda ko'pdir.

Baxshi -ijodkor va ayni paytda epik an'analarni saqlovchi va kelgusi avlodlarga yetkazuvchidir. Baxshichilik san'atini xalq juda e'zozlaydi. Shu boisdan ham "Baxshili ovul botir, mulla ovul qo'rqoq" degan maqol keng tarqalgan. Baxshilarning xotira va hofiza qudrati hamisha ilohiylashtirib kelingan. Buyuk o'zbek yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek baxshi shaxsi haqida shunday yozadi: "Rivojlangan yozma adabiyot paydo bo'lgunga qadar O'rta Osiyo xalqlari o'z ona tilida boy va rang barang folklor asarlari-qo'shiqlar, ertaklar dostonlar ijod qilishdi.

To'ylarda, sayillarda. Bayramlar va yangi manzillarga ko'chishda xalq kuychilari-baxshilarning yoqimli ovozi, qo'biz va do'mbiralarning ohanglari yangrab turdi. Baxshilar oddiy mehnatkashlarning mashaqqatli mehnatlari, qabila-urug'lar tarixi, elbahodirlarining buyuk qahramonliklarini baland ruhda kuylab kelishdi.

Og'zaki xalq adabiyotining asosini qahramonlik dostonlari tashkil etadi. Xalq ijodiyotining buyuk yodgorligi bo'lgan dostonlar o'z xalqining buyuk qahramonlari amalga oshirgan mislsiz jasoratlarini monumental obrazlar orqali ifodalab beradi. Doston qahramonlari xalqning haqiqat va adolat haqidagi g'oyalarini tashuvchi oliyjanob insonlardir. Xalq ijodiyotining ushbu xazinasi ming yillar davomida paydo bo'lgan xalq donishmandligining buyuk boyligidir" [10].

O'zbek xalqi orasida doston kuylovchilarni "baxshi" deb atash bilan birga bu atamaning turli variantlari uchraydi. Respublikaning turli hududlarida bu nom "shoir", "jirov", "oqin", "sannovchi", "oxun", "soqi", "jirchi", "sozchi" kabi atamalar negizida ham "baxshi" ma'nosi anglashiladi. Bundan tashqari, eng mashhur baxshilar xalq orasida hurmat yuzasidan "chechan", "juyruk", "bulbul" kabi nomlar bilan ham atalgan. Ammo so'nggi yillarda "baxshi" atamasi asosiy nom sifatida mustahkamlanmoqda [11]. Xorazmda bunday baxshilarni go'yanda deb atashadi.

Baxshi atamasiga turlicha sharhlar berilgan. Alisher Navoiy yashagan davrda ushbu atama kotib, mirzo ma'nolarida ishlatilgan [12].

V.V.Bartold baxshi atamasini sanskritcha bhikshu so'ziga aloqadorligini ta'kidlaydi [13]. Taniqli folklorshunos Hodi Zarif esa mazkur atamaning etimologiyasiga to'xtalib, uni mo'g'ulcha va buryatcha baxsha, bag'sha (ustod,

Scientific Journal Impact Factor

ma'rifatchi), sanskritcha bhikshu (qalandar, darvesh) so'zlaridan olinganligini ta'kidlaydi.

Olimning qayd qilishicha, baxshi atamasi o'zbeklarda uchta ma'noda ishlatiladi:

1. Xalq dostonchisi, san'atkor.

2. Ibtidoiy dinga aloqador shomonlikka xos yomon va yaxshi ruhlarga tayanib afsungarlik qiluvchi shaxs.

3. Mo'g'ullar davrida budda dinidagi qalandarlar, kotiblar, Boburiylar davridagi ayrim amaldorlar ham baxshi deb yuritilgan [14].

O'zbek tilining izohli lug'atida ham o'sha fikr takrorlanadi. Boshqa turkiy xalqlarda ham baxshi atamasi bilan birga uning turli muqobillari qo'llaniladi. O'z navbatida ularning turlicha vazifalar bilan shug'ullanishi haqida ma'lumotlar uchraydi. Baxshi atamasi qozoq va qoraqalpoqlarda baqsi, qirg'izlarda baqshi, turkmanlarda bagshi shaklida talaffuz qilinsa, yoqutlarda oyuun, Oltoy, xakas tuvalarda qam, qalmiqlarda jangarchi, tunguslarda shaman, turklarda ozan shaklida uchraydi.

Ozarbayjonlarda ashug so'zi bizdagi baxshi ma'nosida qo'llaniladi. Biroq ozarbayjon folklorshunoslarining yozishicha, qadimda ashug so'zi o'rnida varsag so'zi ishlatilgan. Bu atamaning ma'nolari quyidagicha bo'lgan: a) soz sohibi; b)cholg'u ustasi; v) aktyor. Shu bilan birga bu atama bilimdon, ijodkor ma'nolariga ham ega bo'lgan [15]. Varsaglar ashuglar ajdodidir. Shu narsani qayd qilish kerakki, Xorazm o'g'uz lahjasida ashug va varsag so'zlari ayrim tovush o'zgarishlari bilan saqlanib qolgan. Ushbu vohada tarqalgan "Oshiq G'arib", "Oshiq Mahmud" kabi dostonlarning birinchi komponenti ashug so'zi bilan aloqador bo'lib, qo'shiq kuylovchi, baxshi ma'nosiga ega. "Oshiq" so'zi bilan "ashug" so'zini farqlash lozim birinchi atama arabcha ishq so'zidan olingan bo'lsa, keyingi atama baxshi, kuylovchi ma'nosiga ega. Ammo ashug so'zi tovush o'zgarishi orqali "oshiq" shakliga ko'chgan [16]. Endi varsag atamasiga kelsak, Xorazm dostonlarida ushbu so'z ko'p takrorlanadi: "Onda Go'ro'g'libek yigitlariga qarab bir varsoqi aydi" [17].

Dostonlarda ishlatiladigan bu so'z o'z asl ma'nosidan ancha uzoqlashgan. Varsag so'zi aytuvchi, kuylovchi shaxsni anglatsa, varsoqi so'zi afsona, so'z, gurung ma'nosiga ko'chgan. Biroq, bu ikki so'zning tub ma'nosi baribir bir-biriga mos keladi. Demak, ashug va varsag so'zlari o'g'uz tilli turkiy xalqlar ijodida bir vaqtlari faol ishlatilgan. Varsag so'zladi .varsoqi so'zladi birikmalaridagi ma'no o'zaro ancha yaqin keladi.

Baxshi atamasining o'zbekcha va turkmancha ma'nolari ko'p jihatdan bir-biriga yaqin keladi.

Scientific Journal Impact Factor

Turkman folklorshunoslarining yozishlaricha, ularda baxshining uch turi bor: a) termachi baxshi (bagshi). Bu toifa vakillari mumtoz va zamonaviy shoirlar she'rlarini musiqa jo'rligida kuylashadi; b) yanama baxshi (omonat, vaqtincha). Bu xildagi baxshilar musiqa asbobisiz kuylovchi shaxslardir; v) dostonchi baxshilar. Bu toifa baxshilar doston ijrosi bilan shug'ullanishadi.

Turkman baxshilarining uch turi hududiy farqlarga ega. Termachi va Yanama baxshilar Oxal, Lebob, Mari viloyatlarida faoliyat ko'rsatsalar, dostonchi baxshilar asosan Toshovuz viloyati va Mari viloyatining bir qismida faollik ko'rsatishadi [18].

Turkmanlarning Toshovuz mintaqasida yashovchi baxshilarining repertuari va musiqiy kuylari Xorazm baxshilarinikiga juda o'xshash keladi.

Baxshi atamasi masalasida eronlik olimlarning fikri butunlay boshqacha xarakter kasb etadi.

Tehron universitetining muallimi Vavak RHAZRAI fikriga ko'ra, baxshi atamasi xitoy tilidan olingan bo'lib, ustoz degan ma'noni anglatadi. U Xitoycha ikki so'z birikmasidan iborat. Birinchisi "Pak" (Hozirgi Xitoy tilida "po"). Ikkinchi komponent "dzhi" (hozirgi xioy tilida "shi"). Birinchi so'z "ulkan" degan ma'noni bersa, ikkinchisi "janob", "olim" degan ma'nolarga ega. Shunday qilib, "pakdzhi" birikmasi keyinchalik "Bakshhi" shaklini olgan.

Kazray sanskritcha "bhikshu" so'ziga ham to'xtaladi va uni "tilanchi" "diniy rahnamo" tarzida sharhlaydi va bu atamaga ishonchsizlik bilan qaraydi [19].

Umuman olganda baxshi atamasi xususida turli-tuman farazlar mavjud. Ayrim manbalarda bu so'z turkiy tilga mansub bo'lgan "bak" (boq, qara) ma'nosiga ega, deb qaraladi [20]. (masalan, sharishunos olim Radlov ishlarida).

A.N.Samoylovich esa "bhikshu" atamasini to'g'ri, deb hisoblab, uni "tilanchi" emas, balki "muallim" tarzida sharhlaydi [21]. Ushbu fikr ko'p jihatdan mantiqqa mos keladi.

Turklardagi Ozan (O'zon) so'zi ham baxshi ma'nosida qadimdan ishlatilib keladi. Bu so'z Alisher Navoiy asarlari lug'atida cholg'u chalib,yalla, ashula aytuvchi va hikoya qiluvchi kishilar, baxshilar tarzida sharhlangan [22]. Bu so'z o'zbek xalqi orasida, xususan Xorazmda ham ishlatiladi. Baxshilarning (Bola baxshi) aytishlaricha bu so'z "o'zg'ir", "ilg'ori" ma'nolarini anglatadi.

Binobarin, o'zbeklarda, shu jumladan, Xorazm o'g'uzlarida ham baxshi shomon, o'zon so'zlari, deyarlik barchaga tanish. Epik baxshi obrazining tarixan mifologiya, shomonlik bilan bog'lanishi uning islomdan avvalgi e'tiqodlar bilan bog'liqligini ko'rsatadi va bu kasbning patronimiya (patriarxal -urug'chilik) bilan aloqador hodisa ekanini ko'rsatadi. Baxshichilik san'atida azaldan tabiiy iste'dod asosiy o'rinni

Scientific Journal Impact Factor

egallab kelgan va epik an'analar doirasida ustozlik -shogirdlik masalasiga qat'iy amal qilingan. Shunisi e'tiborliki qadimdanoq epik kuychining ijro etgan har bir asaridagi voqealar baxshi tomonidan ham, eshituvchilar tomonidan ham real voqea sifatida idrok etilgan.

Baxshi va doston so'zlari hamisha birgalikda namoyon bo'ladi. Ajdodlar merosi sifatida asrdan-asrga ko'chib saqlanib kelayotgan eposni xotirasida saqlab kelayotgan baxshi bunday olib qaraganda ilohiy xotira quvvatiga ega. Dostonlar esa inson ma'naviyatini yoritishda tafakkur mash'ali bo'lib xizmat etadi. Ularning ijrochisi bo'lgan baxshilarning ayrim lug'atlarda murabbiy, muallim, tarbiyachi yetakchi, yo'l boshchi tarzida sharhlanishi bejiz emas [23].

Baxshilarga ilohiy shaxs sifatida qarashning zamirida ham ularning hofiza quvvati yotadi. Ayrim baxshilar repertuaridagi dostonlar silsilasi buni yaqqol isbotlaydi. Po'lkan shoir 76 ta, Fozil shoir 60 ta, Ergash shoir 50 ta Mardonqul baxshi 43 ta, Bola baxshi 20 ta dostonni yod bilgani ayni haqiqat [24]. Agarda ayrim dostonlarning hajmi 1000 sahifadan iborat ekanini hisobga olsak, hammadan ham baxshi chiqavermasligiga amin bo'lamiz. Afsuski hozirda bunday buyuk baxshilarni topish qiyin.

REFERENCES

1. Косвен М. Ибтидоий маданият тарихидан очерклар. -Т.: Фан, 1960. -Б.159.

2. Колер И., Ранке И., Ратцель Ф. История человечества. (До исторический период), Санкт-Петербург, "Полигон", 2003. -Б.78. (329)

3. Крюкова В. Авестийский жрецкий кодекс "видевдат", историко-этнографические реалии. / "Авесто" ва унинг инсоният тараккиётидаги урни. Тошкент -Урганч "Фан", 2001. -Б.120 (120-124)

4. Авесто. Яшт китоби- Т.: "Шарк", 2001. -Б.28.

5. Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. -Л.: Наука, 1979. -С.397. (494)

6. Жирмунский В.М. Курсатилган асар, 399-бет.

7. Снесарев Г.П. Реликты до мусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. -Москва, «Наука», 1969. -С.45 (336)

8. Потапов Л.П. Порханы. / Узбек фольклоршунослиги масалалари. -Т.: Фан, 2010. -Б.233-245.

9. Мирзаев Т. Эпос и сказитель. -Т.: Фан, 2008. -С.26. (410)

XULOSA

(240)

Scientific Journal Impact Factor

10. Ойбек. Мукаммал асарлар туплами. XIX том. -Т.: Фан, 1982. -Б. 152 (310).

11. Мирзаев Т. Эпос и сказитель, 22-23-бетлар.

12. Алишер НАвоий асарлари тилининг изошли лугати. -Т.: Фан, 1983. -Б.231.

13. Бартольд В.В. Сочинения. -М.: Наука, 1968. -С.501.

14. Зариф Узбек энциклопедияси. Т. 2. -Т.: УзСЭ тахририяти, "Фан". 1972.

15. hэкимов М. Азэрбаjжан ашыг эдэбицаьы. Бакы, «]азычы». 1983. -Б.10 (240)

16. Рузимбоев С. Специфика типология и поэтика хорезмских дастанов. АДД. Т.: 1990. -С.30. (46)

17. Ошикнома, 4-китоб. -Урганч, "Хоразм". 2009. -Б.309.

18. Мухаммедов Р. Искусства бахши Туркменистана: История и современность. //Жахон цивилизациясида бахшичилик санъатининг урни (халкаро илмий-амалий конференция тезислар туплами) Термиз, 2019 Ташкент-2019. -Б.37-38.

19. КИА7КА1 Babak.BAKHSHI.// Жахон цивилизациясида бахшичилик санъатининг урни. (Термиз, 2019 йил 5-10 апрель). Тошкент, 2019. -Б.38-39.

20. Мередов А. Ахаллы С. Туркмен классыкы эдебиятыниц сезлуги. Ашгабат, «Туркменистан», 1988. -Б.40 (510)

21. Уша манба, 40-бет.

22. Алишер Навоий асарлари тилининг изохли лугати, III том. -Т.: Фан, 1984. -Б.605. (622)

23. Древнетюркский словарь. -Ленинград, Наука, 1969. -С.82.

24. Хдйдаров А. Бахшилик ва достончилик тараккиётининг долзарб масалалари. / Жахон цивилизациясида бахшичилик санъатининг урни. -Б.60.

Б.98-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.