Научная статья на тему 'XORAZM LAZGI RAQSINING O‘RGANISH TARIXIDAN PARCHALAR'

XORAZM LAZGI RAQSINING O‘RGANISH TARIXIDAN PARCHALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
504
192
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / lazgi / olov / tarix / tadqiqot / raqqosa / tajriba / tur / qoʻlyozma

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘li Xolmoʻminov

Ushbu maqolada xorazm raqsi gultoji lazgining tarixi, rivojlanish bosqichlari va taraqqiyot jarayonida amalga oshirilgan keng qamrovli ilmiy-tadqiqotlar, ularning bugungi raqs san’atining rivoj topishidagi ahamiyati va o‘rni haqidagi fikr milohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM LAZGI RAQSINING O‘RGANISH TARIXIDAN PARCHALAR»

XORAZM LAZGI RAQSINING O'RGANISH TARIXIDAN PARCHALAR

Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada xorazm raqsi gultoji - lazgining tarixi, rivojlanish bosqichlari va taraqqiyot jarayonida amalga oshirilgan keng qamrovli ilmiy-tadqiqotlar, ularning bugungi raqs san'atining rivoj topishidagi ahamiyati va o'rni haqidagi fikr milohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: san'at, lazgi, olov, tarix, tadqiqot, raqqosa, tajriba, tur, qo'lyozma.

PIECES FROM THE HISTORY OF KHOREZM LAZGI DANCE

Kholmuminov Zokir oglu Muminmirzo [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article describes the history of Khorezmian dance - the history of Lezgi, the stages of development and the extensive research carried out in the process of development, their importance and place in the development of modern dance.

Keywords: art, lezgi, fire, history, research, dancer, experiment, tour, manuscript.

Milliy raqs san 'atimiz tarixida alohida o 'rin egallaydigan, ta 'bir joiz bo 'lsa, uning gultoji bo 'lgan "Lazgi" raqsi o 'zining chuqur hayotiy falsafasi, betakror ijro usuli va jozibasi bilan nafaqat yurtimizda, balki xorijiy mamlakatlarda ham keng shuhrat qozongan. Sh. Mirziyoyev, O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti San'at turlari ichida o'ziga xos mazmun va chuqur ma'noga egaligi bilan ajralib turadigan, xalq qalbiga yaqin beqiyos tur borki, u ham bo'lsa betakror raqs san'atidir. Nafaqat O'zbekistonda, balki butun O'rta Osiyo xalqlari orasida raqs san'atining gultoji hisoblanmish lazgi raqsi xalqimizning qadim tarixini, boy madaniyati va ma'naviyatini ko'rsata oladigan go'zal san'at turi hisoblanadi. Lazgi raqsining payda bo'lish tarixi, rivojlanib sayqal topishi va taraqqiyot yo'lini o'rganish uzoq yillar davomida san'atshunoslik ilmining muhim yo'nalishi sifatida e'tirof etilib, davr va zamon o'tsahamki o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Shuningdek, lazgining orginal ijro uslublari, jozibadorligi, mazmun-mohiyati bilan farqlanadigan turlari mavjud. Uning

I ¡bOH^^Sl 264 http://oac.dsmi-qf.uz

ochilmagan sirlari bir talay. Lazgi o'z eliga, o'z beshigiga ega va u mangulikka daxldordir. [1]

Xorazm san'ati va madaniyati to'g'risida, xususan lazgi san'ati haqida ilk ma'lumotlar va mantiqiy xulosalarni olishimiz mumkin bo'lgan dastlabki asarlar -Gerodotning "Tarix", Zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto", Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va Mahmud Zamaxshariyning "Muqaddimat ul-ada" asarlari ko'plab olimlarning ilmiy ishlari uchun foydali manbalar hisoblanadi.

Shuningdek, S.P.Tolstovning "Qadimgi Xorazm", "Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab", Iso Jabborovning "Ko'hna xarobalar siri", T.Qilichevning "Xorazm xalq teatri", V.I.Abdiyevning "Qadimgi sharq tarixi", M.Rahmonovning "O'zbek teatrining tarixi" va Xorazm Ma'mun akademiyasi arxivlarida saqlanayotgan qo'lyozmalari ham katta ahamiyatga ega.

Xususan, "Avesto", Geradotning "Tarix" va Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarlarida raqslarning kelib chiqish va shakllanishini bevosita ibtidoiy davrdagi ov jarayonlariga, xalqlar o'rtasidagi an'ana va urf-odatlarga bog'lagan holda ma'lumotlar keltirilgan. Sovet Ittifoqi davrida lazgining shakllanishiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilishiga O'zbekiston xalq artisti, taniqli ustoz baletmeysterlar Tamaraxonim va Gavhar Rahimova, shu bilan birga Anash Cho'loq, Raviya Otajonovalarning lazgini sahna raqsiga aylantirilishidagi sa'y-harakatlari asos bo'lgan.

Xorazm raqs san'ati o'zining boyligi, rang-barangligi va maftunkorligi bilan Tamaraxonimni o'ziga oshufta etgan. "Xorazm raqslarida, - deydi Tamaraxonim, -Farg'ona lirikasining nozik lirikasi, Buxoro raqsining oliyjanob latofati o'z aksini topgan va bular Xorazm raqsiga xos yorqinlik, rang-baranglik, zo'r jo'shqinlik, qizg'in g'ayrat va ehtiros bilan birga qo'shilib ketgan" [2]

1937-yilda taniqli arxeolog-etnograf, akademik Sergey Tolstov qadimgi Xorazm imperiyasining sirlarini o'rganish uchun keng ko'lamli etnoarxeologik ekspeditsiyaga chiqdi. Ko'plab qazishmalar va intensiv tadqiqotlar olib borgan ekspeditsiya to'xtatilishiga qaramasdan raqs rivoji uchun xayrli ishlar davom etaverdi[3]

Bu tadqiqotlar natijasida Tolstov lazgi raqs san'atining ayrim unsurlariga oid bir qator asarlar yozgan. Ularda lazgi haqida ko'plab tarixiy-falsafiy ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Xususan, "Qadimgi Xorazm" kitobida o'rta asrlarda mehmonxona va choyxonalarda odamlar yig'ilib, charchog'ini chiqarish maqsadida holdan toyguncha olovga qarab raqs tushganlarini yozadi.

Yana bir olim T.Obidov esa "Xorazm masqarabozlari" kitobida olov raqsi misolida san'atning ming yillik otashparastlik odatlari va raqsning takomillashuv jarayonlarini kuzatish mumkinligini qayd etib o'tgan.

265

http://oac.dsmi-qf.uz

Lazgi raqsi turli davrlarda rahbar lavozimlarda ishlagan xodimlardan Madamin Matkarimov, Hasanboy Yo'ldoshev, Razzoq Hasanov, Ullibibi Abdullayeva, savdo xodimi Hurmat Habibullayev, teatrning kiyim sex boshlig'i Arslon Otajonovlar xorazmning mashhur lazgi raqsnini puxta ijro qilgan san'atkorlardir.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan ustozlar Sharip Tog'onov, Davlat surnaychi, Qodir surnaychi, Quronboy Bobojonov, Qodir Bobojonovlar ham lazgining mohir ijrochilari bo'lishgan.

Garchi amalda raqs san'atini rivojiga hissa qo'shayotganlar, yangi-yangi uslublar bilan uni xalq orasida keng targ'ib etayotganlar ko'p bo'lsada bu borada qilingan ilmiy ishlar juda ko'p emas. Lazgiga oid fikr va mulohazalar, uning rivoji va taraqqiyot bosqichlari haqida O'rta Osiyo, Movarounnahr, ayniqsa, Xorazm tarixiga oid boshqa manbalardan, O'zbekiston va chet davlatlarda bosilgan maqolalardan ko'p ma'lumotlar olish mumkin. Ammo, mazkur asarlarda lazgi raqsi to'loqonli mukammal yoritilib berilmagan. Aynan lazgi raqsiga bag'ishlangan ma'lum bir asarning mavjud bo'lishi, izlanuvchi olimlar, shuningdek sohaga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun ajoyib tuhfa bo'lishi tabiiy edi.

Bu boradagi dastlabki va eng salmoqli izlanishlardan biri Xorazm xalqining farzandi, mashhur raqqosa Gavharxonim Matyoqubova tomonidan amalga oshirildi. G.Matyoqubova o'zi ijro etgan lazgi raqsi haqida ilmiy izlanish qilgan ilk o'zbek raqqosasi hisoblanadi. G.Matyoqubova tomonidan 1993-yilda Xorazm raqslari, xususan lazgi raqsi turlarining paydo bo'lishi, tarixi, o'ziga xosligi bo'yicha baholi qudrat malumot berish niyatida "Ofatijon Lazgi" nomli risola taqdim etgan.

O'zbekiston xalq artisti, tadqiqotchi va baletmeyster Gavhar Matyoqubova bu bilan cheklanib qolmasdan, salkam oltmish yillik san'at sohasidagi hayotiy tajribalari umumlashtirilgan bir asarni kitobxonlarga taqdim etdiki, uni o'ziga xos bir Lazgi qomusi deb atasak ham bo'ladi. 2017-yilda ming nusxada chop etilgan bu kitob jurnalist Sharqiya Eshjonova bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo'lib, unda juda keng qamrovli ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Ustoz Gavhar Matyoqubova ko'plab san'at shinavandalarining takliflarini inobatga olib, "Lazgi" raqslari tizimiga kiruvchi mumtoz o'yinlarni jahondagi 40 dan ziyod mamlakatlarda o'tkazilgan konsert-gastrol safarlaridagi foto-materiallari bilan boyitib nashr etishga jazm etgani ham quvonarlidir[4].

Xorazm xalqining yashash tarzini, madaniyatini, san'atini badiiy obrazlarda namoyon etuvchi lazgi raqsi chet olimlari tomonidan ham keng tadqiq etilmoqda. Jumladan, mustaqil raqs tadqiqotchisi Roza Verko o'z maqolasida shunday yozadi: "Lazgi - Xorazmni ko'rish demakdir. Lazgi - bu o'zingizni yaxshi his qiladigan raqs bo'lib, siz hayot zavqi yoki hayot shavqini his qilasiz. Qadimgi "lazgi" so'zining ma'nosi "qaltirash" degan fikr bor, bu jonli musiqiy ritmlar va ifodali yuz mimikalari bilan birga tananing juda shiddatli harakatini tasvirlaydi"[5].

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Tarixdan ma'lumki, XVI-XVIII asrlarda Xiva o'sha davr san'ati va madaniyatining eng yaxshi namunalarini jamlagan va keyinchalik musiqa, teatr hamda raqs san'ati taraqqiy topgan shaharlardan biri bo'lgan. Ko'plab iste'dodlarga ega bo'lgan ijrochilar guruhi mazkur shaharga kelib o'z san'ati va madaniyatidan xalqimizni manzur qilar edi.

Xorazm raqsi ijro uslubini, an'analarini, yangi ijtimoiy sharoitlarda saqlash va rivojlantirishda Bekjon Madrimov, Sulton Otaniyozov, Oliya Otamurodova, Reyim ota, Qambar bola, Qodir bola, Kanarak bola Saidov, Jummi, Qodirbergan Otajonov, Karim Olloberganov, Rimajon Matkarimova, Xudoybergan to'q-to'q, Gavhar Matyoqubova va boshqalarning o'rni katta va beqiyos[6].

Bugun ularning mashaqqatli mehnatlari samarasi o'laroq lazgi o'zbek raqs san'atining gultoji degan ulug' nomga sazovor bo'ldi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, bizning yurtimiz madaniyat va san'at namunalariga boy diyor. Ayniqsa, yuqorida aytganimizdek raqs san'atining yaralishi insoniyat paydo bo'lgan davrdan hozirgi kungacha o'z taraqqiyot bosqichini bosib kelmoqda. Raqslar ichida eng jozibalisi bo'lgan Xorazm lazgisini yanada chuqur o'rganish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ekspeditsiyalar tashkil qilish kerak. Mazkur o'rganish ishlarining natijasida ilmiy risolalar, maqolalar yozishni yangi bosqichga ko'tarish lozim, deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G.Matyoqubova "Ofatijon "lazgi". - T. Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993. -64 bet.

2. L.Abdeeva. O'zbekiston raqs san'ati. O'zSSR davlat badiiy adabiyot nashryoti. Toshkent - 1960. 184 bet.

3. Roza Verko. "Khorezm Lazgi: The Sunniest Dance on Earth". 2020-yil https://voicesoncentralasia.org/khorezm-lazgi-the-sunniest-dance-on-earth/

4. G. Matyoqubova. Sh. Eshjonova. Lazgi. - Urganch: "Quvanchbek Mashhura", 2017. - 240 bet.

5. Roza Verko. "Khorezm Lazgi: The Sunniest Dance on Earth". 2020-yil. https://voicesoncentralasia.org/khorezm-lazgi-the-sunniest-dance-on-earth/

6. N.E. Abraykulova. Raqs. - Toshkent. "Turon-Iqbol" nashriyoti. 2018. - 154

bet

267

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.