Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY RAQS SAN’ATIGA QARATILAYOTGAN YUKSAK E’TIBOR (“LAZGI” RAQSI MISOLIDA)'

YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY RAQS SAN’ATIGA QARATILAYOTGAN YUKSAK E’TIBOR (“LAZGI” RAQSI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
389
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
lazgi / zardusht / singan harakatlar / “ofatijon lazgi” / “Lazgi” folklor festival shoulari / milliy ruh

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — E’zoza Nuriddin Qizi Karimova, Xolmoʻminov Zokir Oʻg‘li Moʻminmirzo

Ushbu maqolada oʻzbek milliy raqs sanʼatining gultoji-lazgi haqida, u haqidagi Xorazm xalq folklorida uchraydigan afsonalar, lazgining rivojlanish bosqichlari, mustaqil Oʻzbekistonda milliy raqs sanʼati, xususan, lazgiga qaratilayotgan eʼtibor haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY RAQS SAN’ATIGA QARATILAYOTGAN YUKSAK E’TIBOR (“LAZGI” RAQSI MISOLIDA)»

YANGI O'ZBEKISTONDA MILLIY RAQS SAN'ATIGA QARATILAYOTGAN YUKSAK E'TIBOR ("LAZGI" RAQSI MISOLIDA)

E'zoza Nuriddin qizi Karimova Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotasiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy raqs san'atining gultoji-lazgi haqida, u haqidagi Xorazm xalq folklorida uchraydigan afsonalar, lazgining rivojlanish bosqichlari, mustaqil O'zbekistonda milliy raqs san'ati, xususan, lazgiga qaratilayotgan e'tibor haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: lazgi, zardusht, singan harakatlar, "ofatijon lazgi", "Lazgi" folklor festival shoulari, milliy ruh.

HIGH ATTENTION TO NATIONAL DANCE ART IN NEW UZBEKISTAN (ON THE EXAMPLE OF "LAZGI" DANCE)

E'zoza Nuriddin kizi Karimova Muminmirzo Kholmuminov mominmirzoxolmominov@gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article deals with the Uzbek national dance art, its legends in Khorezm folklore, the stages of development of the Lazgi, the national dance in independent Uzbekistan, in particular, the attention paid to the Lazgi.

Keywords: lazgi, zoroastrian, broken movements, "ofatijon lazgi", "Lazgi" folk festival shows, national spirit.

Kishilik jamiyati taraqqiyotida alohida o'rib tutuvchi bir yo'nalish borki, u ham bo'lsa betakror raqs san'atidir. Raqs insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq paydo bo'lgan, ibtidoiy jamoalar orasida o'ziga xos ahamiyat kasb etgan. Hindistondagi g'or rasmlari, Misrdagi qabrlarga ishlangan rasmlarni o'rganish natijasida olimlar raqs tarixini antik davrga borib taqalishi haqida aytib o'tishgan. Bu san'at turi ijodkorning ruhiyatini, his tuyg'ularini, maqsadlarini so'zsiz, faqat harakatlar orqaligina tomoshabinga yetkazadi. Raqs-o'zingni kuyga, ohangga baxshida etib, sehrlar dunyosiga sho'ng'ib ketmoq, istaklaringni bir dasta gul shaklida tomoshabin hayajonlari ustidan sochmoq, ularning olqishiga muyassar bo'lmoqdir. [1:6] O'zbek raqslarining gultoji bo'lmish Xorazm lazgisi ham o'zining paydo bo'lish tarixi,

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

rivojlanish bosqichlari bilan boshqa raqs turlaridan ajralib turadi. Olimlarning ko'pchiligida bu raqs tarixini islomdan avvalgi asrlarga, xususan, zardusht davrlariga borib taqalishi haqida mulohazalari mavjud. Bugun esa ko'hna Xorazm yurtida bu beqiyos raqsning kelib chiqishiga oid bir qancha afsona-yu asotirlar mavjud. Bir kuni, kechqurungi ziyofatdan so'ng Xorazm shohi unga raqs tushib berishlari uchun xotinlari va kanizaklarini to'pladi. Xotinlari orasida u tabiiy nafislik, raqs bilan sehrlash qobiliyatini ajratib ko'rsatgan bittasini tanladi. Qolgan xotinlar esa go'zalning soyasida qolishni xohlamadilar. Raqibalardan biri raqs paytida uning oyoqlari ostiga munchoqlar va shirinliklarni tashladi. Sevimli xotin sirpanib yiqildi va oyog'ini sindirib oldi. Sevgilisini ranjitmaslik uchun u qo'l barmoqlarini yoyib raqsga tushdi. Shoh juda xursand bo'lib, ayolning g'alati harakatlarini yangi raqs deb qabul qildi. Shunday qilib, rivoyatlarga ko'ra, xorazmcha "Lazgi" raqsi uchun o'ziga xos uslub - "qo'llar va oyoqlarning "singan" harakatlari" paydo bo'ldi. [2:https//uzbekistan.travel]

Bu rivoyatni Xorazm raqsini ilk shakllanishiga asos qilib oladigan bo'lsak, yana bir rivoyatda bunday deyilgan: Qadim o'tgan zamonda, Turon degan tomonda bir o'lka bor ekan, bu o'lkani Xuvayrazm ya'ni quyosh yeri deb atashar ekan. Odamlari shunday yaralgan ekan: jonga qarata "tanaga kir" debdilar. Jon tanaga kiribdi-yu, yugurib chiqibdi. Jondan so'rabdilar: "nega qaytib chiqding", jon javob beribdi: "u yer qorong'u ekan". Shunda ilohiydan bir kuy taralibdi. Bu kuyga maftun bo'lgan jon tanaga kirganini o'zi ham bilmay qolibdi. Oldin barmoqlarga, keyin panjalarga, bilaklarga, yelkalarga va azoyi badaniga jon kirib inson tirilibdi. Ilohiydan kelgan bu kuy lazgi edi.[3:61] Albatta bularning bari afsona va rivoyatlar bo'lsa-da, Xorazm xalqi folklorining yuragi bo'lmish lazgi raqsini butun xalqqa yoyishga ma'lum darajada xizmat qilgan. Nafaqat Xorazmda, balki butun o'zbek xalqida o'ziga xos shijoat uyg'otadigan, bayram-u shodiyonalarning ko'rki bo'lib, hatto prizedentlarni ham raqsga majbur etgan bu qadimiy xoreografik kompozitsiya bugunga kelib butun dunyo tomonidan allaqachon o'rganish boshlangani sir emas. Ammo tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist, lazgi raqsining maftunkor ijrochisi Gavhar Matyoqubova "Ozodlik radiosi"ga bergan intervyusida lazgi raqsining XX-asrning ikkinchi yarmidayoq misli ko'rilmagan tarzda rivoj topgani, shuningdek, O'zbekiston hududidan chiqib butun dunyoga yuz tuta boshlagani haqida aytib o'tadi. Gavhar Matyoqubova o'z davrining mashhur san'atkori bo'lib, o'zi ijro etgan lazgi raqsi haqida ilmiy ish qilgan yagona o'zbek raqqosasi hisoblanadi. Lazgining rivojlanish bosqichlarida bu ayolning o'rni beqiyosdir. U lazgini ijro etgan buyuk o'zbek raqqosalarining ikkinchi avlod vakili hisoblanadi. Uning ustozlari, biz tanigan o'sha mashhur raqqosalar - Tamaraxonim, Roviya Otajonova va Anash xalfa Sobirovalar lazgi raqsiga tushishni erkak ustozlardan o'rganishgan. Hatto AQShda ilk o'zbek raqs dastasini tuzgan Lourel

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

Viktoriya Grey xonim ham Xorazm farzandi Gavhar Matyoqubovani o'ziga ustoz deb biladi. O'zbek raqs san'atini rivojlantirish va dunyo miqyosida keng yoyish, xalqmiz orasida keng targ'ib qilish, kelajak avlodga g'oyat boy nomoddiy madaniy merosimiz bo'lmish milliy raqslarimizni aslicha yetkazib berish maqsadida mustaqillikning ilk yillaridanoq davlatimiz tomonidan islohotlar amalga oshirila boshlandi. Xorazm raqslarining mohir ijrochisi Gavhar Matyoqubova 1993-yildayoq san'atsevar xalqimizga "Ofatijon Lazgi" nomli risolasini taqdim etdi. 1997-yilda esa "O'zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san'atini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 101-sonli qarori milliy madaniyatimiz timsoli bo'lmish raqs va xoreografiya san'atini rivoji uchun boshlangan islohotlarning birinchisi bo'ldi. Raqs va xoreografiyaga e'tibor kuchaygani bilan, aynan Lazgi raqsining rivoji uchun harakatlar faqatgina fidoyi san'atkorlar tomonidangina bo'lib qoldi. Ular tomonidan bir qancha maqolalar yozildi, ustoz-shogird an'analari asnosida avloddan-avlodga o'tib kelgan bu raqs o'z ihlosmandlariga ega bo'lib qolaverdi. Xorazm lazgisi O'zbekistonning mashhur san'atkorlari tomonidan chet ellarda, jumladan, Rossiya, Angliya, Hindiston, Xitoy, Belgiya, Fransiya, Turkiya, Amerika, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Isroil, Ispaniya, Portugaliya, Germaniya, Birlashgan Arab amirliklari kabi davlatlarda ijro etishib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib kelishgan va bu hali ham davom etmoqda. Bilamizki, Xorazm maqomlari, kuy-qo'shiq va raqslari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi, Xorazm san'atining qaysi turi bo'lmasin alohidaligi, milliyligi, an'anaviyligi ijro uslubi bilan farq etib turadi. [4:3] 2017-yilda Gavhar Matyoqubova va Sharqiya Eshjonovalar tomonidan ishlab chiqilgan "Lazgi" nomli yirik kitobning bosmadan chiqarilishi, soha qiziquvchilari uchun ayni muddao bo'ldi. Kitobda Xorazmning qadimiy raqslaridan biri, xorijiy davlatlarda ham dong'i ketgan lazgi tarixi to'laqonli aks ettirilgan. Xalqaro "Oltin meros" xayriya jamoat fondi tomonidan YUNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy meros ro'yxatiga kiritish uchun "Lazgi" raqsi pasporti 2017- yil 29-mart kuni YUNESKO qarorgohi Parij shahriga yuborildi. [5:5] Ko'p o'tmay, 2018-yil 28-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori ishlab chiqildi. Bu konsepsiyadagi eng muhim topshiriqlardan biri o'zbek xalqining ko'hna va betakror san'at namunasi bo'lgan Xorazm "Lazgi"sini "Xorazm raqsi - lazgi" nomi ostida YUNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga kiritish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish edi. Lazgini YUNESKOga kiritish bo'yicha yakuniy qaror 2019-yil 12-dekabrda YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish bo'yicha hukumatlararo qo'mitasining Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida o'tkazilgan

170

http://oac.dsmi-qf.uz

14-sessiyasida qabul qilingan. Shu yili avgust oyida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2019-2022-yillarda Xorazm viloyatining Xiva shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 673-son qarorida ham aynan durdona raqs-lazgiga e'tibor qaratish kerakligi belgilab qo'yildi. Unga ko'ra har yili sentyabr oyining oxirgi yakshanba kuni "Ichan qal'a" va "Dishan qal'a" hududlari bo'ylab madaniy-ma'rifíy tadbirlarni uyg'unlashtirgan holda turistlarni tarixiy umumxalq an'analari bilan tanishtirish maqsadida "Lazgi" - folklor festival shoularini o'tkazish yo'lga qo'yilishi vazifa qilib belgilandi.[6: www.lex.uz ] Chindan ham, so'nggi yillarda respublikamizda milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish, Yangi O'zbekistonning yuksak madaniyatini asrab avaylash, butun dunyoda qiziqish uyg'otayotgan nomoddiy madaniy merosimizni kelajak avlod uchun ham o'z holicha yetkazib berishga oid qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bularning negizida aynan ota bobolarimizdan qolgan boy ma'naviy merosni asrab-avaylash va yanada boyitish g'oyalari yotibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi rivojlanib borayotgan zaminimizda milliy raqsimizga bo'lgan e'tibor tahsinga loyiq albatta. Hayotimizga kirib kelgan Yangi O'zbekiston va Uchinchi Renessans tushunchalarini amalda ko'rsatib berish va ko'zlangan maqsadlarga erishishda san'atimizning, xususan, boy va betakror madaniyatimizning ajralmas qismi bo'lgan milliy raqs san'atining ham roli va ahamiyati yetarlicha. Albatta bu yo'lda davlatimiz so'nggi yillarda samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan 2020-yilda qabul qilingan "Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 4584-sonli qarori hamda xuddi shu sanada qabul qilingan "Raqs san'ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4585-sonli qarorlari ayni so'zlarning isbotidir. Raqs-beqiyos kuch, inson tafakkuri va shuurining mahsuli sifatida butun jamiyat uchun muhimligi barchamizga ma'lum. Shu jumladan beqiyos lazgi raqsining o'rni va rolini o'zbek sifatida biz his qilmasak, kim his qiladi?! Qon-qonimizga singib ketgan, kuy yangraganda suyaklarimizgacha kirib borib, o'yinga majburlaydigan bu raqs turining rivoji uchun hammamiz mas'uldirmiz. Shunga ko'ra milliy raqs san'ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi "Lazgi"ni asrab-avaylash, uni ilmiy o'rganish, jahon miqyosida keng targ'ib qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvarda qabul qilingan "O'zbekiston xoreografiya akademiyasining Urganch fílialini tashkil etish to'g'risida"gi 31-son qarori ayni muddao bo'ldi. Chunki lazgi o'z vatanida yanada gullab yashnaydi, qonida lazgi raqsi oqadigan asl Xorazm xalqi o'z milliy merosini asrab-avaylash va boyitishga bemisl hissa qo'shishi ma'lumdir. Albatta, bugungi kunda milliy madaniyatning yanada gullab-yashnashi yo'lida qilinayotgan har bir ish va vazifa

I [ccñ^^BI 171 http://oac.dsmi-qf.uz

tahsinga sazovordir. Zero, har bir vazifada juda katta ezgulik va ulug' maqsadlar mujassam. [7:18]

Lazgi raqsining rivoji yo'lidagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Lazgi" xalqaro raqs festivalini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi 2020-yil 28-sentabrdagi 4843-sonli qarori juda katta voqea bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. O'zbekning boy raqs san'ati tarixida alohida o'rin egallagan lazgini ulug'ligini xalqaro festival darajasida namoyish qilishdan maqsad eng avvalo "Xorazm lazgi raqsi"ning asriy an'analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san'ati orqali xalqlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik ko'lamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish hisoblanadi. Raqs marosim yoki e'tibor belgisi sifatida ishlatilgan bo'lsa bugunga kelib raqs yuksak san'at namunasi darajasiga ko'tarildi. [8:30] Zamon rivojlanib borayotgan ekan undan ortda qolmaslik uchun, bir vaqtlar bizni taraqqiyot yo'limizdan o'rnak olib rivoj topgan Yevropa darajasiga yetish uchun bugun bizdan ko'p o'qish va izlanish talab qilinadi. Bu yo'lda ayniqsa, milliy madaniyatimiz va san'atimizni rivojlantirish barchamizning ezgu burchimizdir. Bugun butun dunyoni Ommaviy madaniyat qamrab olayotgan bir davrda, o'z milliyligini e'zozlagan xalqgina millat ruhini asrab qoladi. Yangi O'zbekistonni qurmoqchi ekanmiz, eng avvalo uni ulug' g'oyalar, ezgu maqsadlar va albatta buyuk milliy qadriyatlar uyg'unligida qurishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.Y.Saitova, N.E.Abraykulova. Xoreografiya va raqs san'ati asoslari. -T.: "Fan va texnologiya" , 2015. 128 bet

2. https//uzbekistan.travel. Lazgi raqsi - Xorazm folklorining yuragi

3. G.Matyoqubova "Ofatijon "lazgi". - T. Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993. -64 bet.

4. O'sha manba:3-bet

5. G. Matyoqubova. Sh. Eshjonova. Lazgi. - Urganch: "Quvanchbek Mashhura", 2017. - 240bet.

6. Axborot qidiruv manbai: www.lex.uz

7. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478

8. Do'smurodova X. Raqs - qalbning yashirin tili. // Teatr jurnali. - Toshkent: 2021. 3-son. - B. 48.

172

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.