Научная статья на тему 'CHOLG‘U ANSAMBLLARІ FAOLІYATІ VA MІLLІY SANATІMІZ MADANІYATІDA TUTGAN TARІXІY O‘RNІ'

CHOLG‘U ANSAMBLLARІ FAOLІYATІ VA MІLLІY SANATІMІZ MADANІYATІDA TUTGAN TARІXІY O‘RNІ Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
12
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musіqa / cholg‘u / xalq / sozanda / xonanda / marosіm / rіsola

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rafiq Maqsudovich Ahmedov

Maqolada cholg‘u ansambllarі va іjrochіlіk san’atіnіng o‘zіga xos jіhatlarі bayon qіlіngan bo‘lіb, ushbu mіllіy madanіyatіmіznіng qіmmatbaho merosі va unі ko‘klarga ko‘targan namoyondalarnіng qіlgan іjodіy іshlarі ham ko‘zdan kechіrіlgan. Ushbu kіchіk іlmіy-tahlіlіy maqola orqalі mіllіy cholg‘u ansambllarіdan bazіlarіnіng іjod yo‘nalіshlarі va ansamb, jamoavіy іjro shaklіdagі musіqa turnіng asl ta’rіxіy іldіzlarі ham tadqіq qіlіngandіr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOLG‘U ANSAMBLLARІ FAOLІYATІ VA MІLLІY SANATІMІZ MADANІYATІDA TUTGAN TARІXІY O‘RNІ»

CHOLG'U ANSAMBLLARI FAOLIYATI VA MILLIY SANATIMIZ MADANIYATIDA TUTGAN TARIXIY O'RNI

Rafiq Maqsudovich Ahmedov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada cholg'u ansambllari va ijrochilik san'atining o'ziga xos jihatlari bayon qilingan bo'lib, ushbu milliy madaniyatimizning qimmatbaho merosi va uni ko'klarga ko'targan namoyondalarning qilgan ijodiy ishlari ham ko'zdan kechirilgan. Ushbu kichik ilmiy-tahliliy maqola orqali milliy cholg'u ansambllaridan bazilarining ijod yo'nalishlari va ansamb, jamoaviy ijro shaklidagi musiqa turning asl ta'rixiy ildizlari ham tadqiq qilingandir.

Kalit so'zlar: musiqa, cholg'u, xalq, sozanda, xonanda, marosim, risola

ACTIVITY OF INSTRUMENT ENSEMBLES AND HISTORICAL PLACE OF

NATIONAL ART IN OUR CULTURE

Rafik Maksudovich Akhmedov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article describes the unique aspects of musical ensembles and performing arts, the valuable heritage of our national culture and the creative works of its representatives. This short scientific-analytical article explores the creative directions of some of the national musical ensembles and the original historical roots of the ensemble and collective performance.

Keywords: music, instrument, folk, musician, singer, ceremony, risola

KIRISH

Milliy musiqa san'atimizni ravnaq toptirish, uning taraqqiyoti uchun o'ziga xos maktab va an'analarni rivojlantirishda hukumatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan e'tibor yosh avlod ma'naviyatini yanada yuksaltirish, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda qo'lga kiritgan yutuqlarimizni jahonga namoyon etish kabi ulug'vor maqsadlarga xizmat qilmoqda.1

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Sharq taronalari" o'n ikkinchi xalqaro festivalining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so'zida ta'kidlaganidek, - "Sayyoramizda turli kelishmovchiliklar va qaramaqarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzod tobora o'z dunyosiga o'ralib

1 Ahmad Bahriev "MUSIQA SAN'ATIMIZ TARAQQIYOTI YO'LIDA" 2018

ITFVE^^Hl 75 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg'otadi2.

O'zbek xalq cholg'ulari orkestri va ansambllari haqida fikr yuritishdan oldin uning kelib chiqish tarixiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. O'zbek xalq cholg'ulari orkestri tashkil qilinishidan avval, ma'lum bir xalq cholg'ular asosida o'ziga xos musiqiy ansambllar tashkil topgan. Ular o'zining ko'p asrlik taraqqiyoti davomida o'ziga xos xususiyatlarini saqlab qolgan. Ana shu o'ziga xoslik tufayli nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g'ijjak, qobuz kabi sozlar an'anaviy shakllarda bizgacha yetib keldi.3

Xalq cholg'ulari Markaziy Osiyo aholisining turmushi va mehnat faoliyatiga singib, inson faoliyatining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Cholg'ular jo'rligida qo'shiq, o'yin va kuylar xalqning katta-katta marosimlari va oilaviy bayramlarida ijro etilgan. Bayramlar ko'proq yil fasllari bilan bog'liq bo'lgan. Markaziy Osiyoda "Navro'z", "Lola sayli", "Hosil bayrami", "Qovun sayli", "Uzum sayli" kabi mavsumiy bayramlarda xalq cholg'ularidan tashkil topgan ansambllar o'zlarining chiqishlari bilan qatnashganlar. Bunday ommaviy bayramlarida xalq cholg'u ansambllari, xonanda va sozandalar hamda raqqosalar faol ishtirok etishgan. Bayramlarda , madaniy marosimlarda ayniqsa, karnay, surnay, doira, nog'ora va chindovul4 kabi urma zarbli musiqa cholg'ulari keng qo'llanilgan. Xalq raqslari aslida qosh o'yini, yelka o'yini, bosh o'yini kabilarni o'z ichiga olgan.

Bugun ham o'zbek madaniyati va san'ati jahon xalqlarini o'ziga maftun etib kelmoqda. Respublikamizda o'tkazilgan xalqaro festival, anjuman va bayram tantanalari xalqaro madaniy hamkorlikka keng yo'l ochdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ushbu masala uzoq ta'rixiy ildizlarga egaligi va qadimdan xalqimiz mintaliteti ham aynan musiqani sevadigan nozik did va yuksak qadriyatlarga bog'langani nuqtai nazaridan ham tahliliy qismda avvalo buyuk allomalarimizning musiqaga oid qarashlari va davriy an'analarini o'zida mujassam etgan meros namunalarini ko'zdan kechirishni maqul deb bildi.

Cholg'ular tarixiga oid ma'lumotlar Forobiyning (873-950) "Katta musiqa kitobi" ("Kitob al-musiqa alkabr"), Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) "Davolash kitobi" ("Kitobi ushshifo") qomusidagi "Musiqa haqidagi risola", al-Xorazmiyning (X asr) "Bilimlar kaliti", Sayfuddin Urmoviyning (1216-1294) "Olijanoblik haqida kitobi"

2 Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. -T.: O'zbekiston. NMIU. 4-tom. 2020. -B. 344

3 Нурму^амеджанов, А., & Рустамов, И. (2022). ЁШЛАРНИ АХЛО^ИЙ, ЭСТЕТИК ТАРБИЯЛАШДА УЗБЕК ХАЛК; ЧОЛFУ АНСАМБЛЛАРИ ВА ОРКЕСТРЛАРИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10-2), 276-282.

4 Chindovul - o'zbek va tojik xalqlarida dubulg'a shaklidagi, bir tomoni ten bilan qoplangan urma cholg'u. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. 9-tom. 2005. -T.: -B. 623

yoki "SHarofiya kitobi", Jomiyning (1414-1492) "Musiqa haqidagi risola" kitoblarida bayon etilgan.5

Sayfuddin Urmaviy iste'dodli ud cholg'uchisi, xonanda, mashhur sozanda sifatida tanilgan. U Ozarbayjonning Urmaviya shahrida tug'ilgan. Sayfuddinning eng katta yutug'i lad (modius)larning mukammal sistemasini ishlab chiqqanligidadir.6

XVII asrda yashagan buxorolik musiqashunos Darvish Ali o'z risolasida tanbur, chang, qonun, rubob, qo'biz, g'ijjak kabi musiqa cholg'ulari haqida batafsil ma'lumotlar bergan. Buyuk Sharq mutafakkirlarining merosi xalq cholg'ularini o'rganish sohasida ham tarixiy qiymatga ega.

Abu Nasr Muhammad Forobiyning mashhur asari «Kitob al - musiqa al -kabir» («Musiqa haqida katta kitob») ulkan ahamiyatga ega. O'rta asr olimi bu kitobida ikki xil musiqa ijrochiligi: ohangni inson ovozi (qo'shiq san'ati) va cholg'ular vositalarida qayta tiklashga ajratadi. Forobiy mohir ijrochi sifatida musiqa cholg'ularining jamiyat hayotidagi o'rnini o'rganishga ahamiyat beradi va u: «... Jangu - jadallarda, raqslarda, to'y - tomoshalarda, ko'ngil ochar bazmlarda hamda ishq - muhabbat qo'shiqlarini kuylashda chalinadigan o'ziga xos cholg'ular bor» deb yozgan edi.

O'zbek xalqining musiqiy merosi boy an'analarga, qadimiy tarixga egaligi ham yuqoridagi kichik doiradagi fikr va keltirilgan iqtiboslardan ham bilinadi. Tarixdan ma'lumki, u vaqt o'tishi bilan xalq musiqasi va mumtoz musiqa negizida rivojlangan. Musiqa san'ati insoniyatning ma'naviy boyligi, estetik dunyoqarashi va kelajak barkamolligini belgilovchi mezonlardan biri sifatida e'zozlanadi.7 TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL Ma'lumotlarga qaraganda "Ansambl" so'zi fransuzcha "ensemble" - so'zidan olingan bo'lib, "birgalikda" ma'nosini bildiradi8. Ikki va undan ortiq sozandalar ansambli mavjud bo'lib, ular - "duet", "trio", "kvartet", "kvintet" va turli tarkibdagi unison hamda ko'p ovozli ansambllardan iborat.

Cholg'u asboblari - musiqiy ton yoki o'ziga xos jarangdortovushlar hamda ma'lum ritmik tuzilmalarni hosil etishga mo'ljallangancholg'u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr vaboshqa turli guruhlar) tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir Musiqa cholg'u asboblarining sadosi o'ziga xos tembr, ma'lumdiapazotm tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholg'uasboblari sadosining sifati, ko'pincha, muayyan cholg'u asbobining shakli,umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materialgabog'liq.

5 Shokir o'g, H. J. R. (2023). O 'ZBEK MILLIY CHOLG 'U SOZLARINING TARIXIY TARAQIYOTI. Scientific Impulse, 7(7), 49-51.

6 Zokirjon o'g'li, U. S. (2023). MILLIY MUSIQA, AN'ANAVIY XALQ CHOLG'ULARI. Journal of new century innovations, 22(3), 36-39.

7 Burxonovich, T. F., & Xasanovich, M. O. (2023). AN'ANAVIY CHOLG'U ANSAMBLLARINIG O'ZBEK MUSIQASIDA TUTGAN O'RNI

8 I.Akbarov "Musiqa lug'ati" G'.G'ulom nomidagi san'at nashriyoti, T.,1987

Musiqa cholg'u asboblari qadimdan qamish, bambuk, yog'och, tosh, suyak, metall, teri, ipak, kokos yong'og'i, qovoq va shu kabilardan tayyorlangan.9

O'zbek xalq cholg'u ansamblari jo'rligida qo'shiq va o'yinlar xalq ommasining madaniy hayotida, ommaviy bayramlarda ijro etilganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Madaniy yodgorliklar, tasviriy san'at asarlari, devoriy rasmlar, sopol haykalchalar va turli xil miniatyuralar eramizning VII asridayoq ikki turdagi, ya'ni damli va urma-zarbli cholg'ular; torli chertma mizrobli cholg'ular ansambllari mavjud bo'lganligidan dalolat beradi.10

Markaziy Osiyo xalqlari turmushida «Navro'z», «Lola sayli», «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Uzum sayli», «Paxta bayrami» kabi xalq ommaviy sayil va bayramlarida karnay, surnay, doyra, nog'ora kabi musiqa cholg'ulari keng qo'llanilib kelingan. Shuningdek bunday shodiyonalarda xalq raqslari ommalashgan bo'lib, ular qosh o'yini, yelka o'yini, bosh o'yini kabi raqslarni o'z ichiga olgan. Raqslar qarsak jo'rligida ham ijro etilganligi bois o'ziga xos «Qarsak o'yin» san'ati shakllangan. «Qarsak o'yin» xalq tomosha san'atining qadimiy ko'rinishlaridan biri hisoblangan. Qarsak chalib, usul (ritm) hosil qilish va unga mos harakatlar topib o'ynash, qarsak o'yinining asosiy belgisi bo'lganligi haqida ma'lumotlar mavjud. U asosan ikki xil, yirik - «Besh qarsak» va «Mayda qarsak»dan iborat bo'lgan. Qarsak o'yini ibtidoiy ovchilarning turli o'yinlari ba'zi marosim raqslari negizida, hamda sodda dunyoqarashlar bilan bog'liq holda yuzaga kelib, ko'p asrlik taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan.

Asrlar davomida u shaklan va mazmunan o'zgarib, madaniylashib, xalq orasida ommaviylashib, bizgacha yetib kelgan. Jizzax viloyatining Forish, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Samarqand viloyatining tog'li va cho'l tumanlarida «Besh qarsak» va «Mayda qarsak» o'yinlari hozirgacha ijro etilib kelinmoqda. Hayotdagi ijtimoiy o'zgarishlar taraqqiy etganidek, ansambl ijrochilik san'ati ham rivojlana boradi va uning turlari takomillashaveradi. Masalan: chang, ud, doyra; g'ijjak, ud, doyra; ud, chang, g'ijjak, nay, doyra; ud, chang, g'ijjak, doyra; ansambl kabi turlari ijrochilik amaliyotida qo'llanilgan. Tanbur va doyra cholg'ularidan tuzilgan kamer turdagi ansamblar Shashmaqom asarlari, shuningdek, maqomlarning ashula yo'llari ijrosida jo'rnavoz sifatida ishtirok etgan. Tantanalar, bayramona marosimlarda barcha sozlardan tuzilgan katta cholg'uchilar ansambllari jumladan, tanbur, dutor, rubob, g'ijjak (yoki qobuz), chang, nay, qo'shnay (yoki bulaman) va shu kabi cholg'u ansambllari faoliyat ko'rsatgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

9 D. Abduraxmonova (2022). ЧОЛГУАНСАМБЛЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ВА МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ. Science and innovation, 1 (C7), 93-100. doi: 10.5281/zenodo.7256697

10 Назира Радматуллаевна Турсунова (2023). АНСАМБЛ ИЖРОЧИЛИГИ (УЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ КОНСЕРВАТОРИЯСИ "РЕГИСТОН" АНСАМБЛИ ФАОЛИЯТИГА БИР НАЗАР). Oriental Art and Culture, 4 (3), 303-306.

Hozírgí vaqtga kelib mamlakatimizda sozlarning turlari va tuzilishlariga ko'ra, orkestrlar simfonik, xalq cholg'ulari, kamer, puflama, torli cholg'ulari, estrada, jaz orkestrlari faoliyat olib boradilar.

Yillar davomida ansambllar ham boshqa musiqiy yo'nalishlarga monand va barobar tarzda o'sdi, ijrochilik repertuari boyidi, xalq e'tiborini qozondi. Tez fursatda ansambl O'zbekistonning eng yaxshi musiqiy jamoalari safidan o'rin olganligi musiqa shinavandalariga yaxshi ma'lum. 1936 yili tashkil topgan O'zbek davlat filarmoniyasi (direktori Muhiddin Qori Yoqubov, musiqa rahbari To'xtasin Jalilov) qoshida 98 ijrochidan iborat «Etnografik unison ansambli», 30 ijrochidan iborat dutorchi qizlar ansambllari tuziladi.11

Bizga ma'lum milliy va zamonaviy Ansamblda ko'plab mohir sozandalar, san'at ustalari faoliyat ko'rsatadilar, jamoaning ko'p yillik ijodiy faoliyati esa o'zbek musiqa san'atini yanada rivojlanishiga, uni keng ko'lamda targ'ib qiliniishiga samarali xizmat qiladi. 1939 yilda esa naychi A.Ismoilov, A.Umrzoqov va changchi F.Sodiqovlar Moskvadv o'tkazilgan xalq cholg'ulari ijrochilari Butunittifoq ko'rigida 2- darajali diplom bilan taqdirlanganlar. Shundan keyingi yillarda O'zbekiston radiosi va televideniesi qoshida ko'plab professional musiqa jamoalari, viloyat va tumanlarda, maktablar, o'quv yurtlar va madaniyat uylarida o'nlab, yuzlab cholg'uchilar ansambllari tashkil etildi va bugunda faoliyat yuritib kelmoqda. Ular: O'zbek teleradio kompaniyasi qoshida Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambli (rahbari Abduhoshim Ismoilov), M.Turg'unboeva nomidagi «Bahor» xalq raqs ansambli (rahbari Ma'mura Ergasheva), filarmoniya qoshidagi «Shodlik» ashula va raqs ansambli (rahbari Qodir Mo'minov), «Tanovar» ansambli (rahbari Yulduz Ismatova), «Lazgi» ashula va raqs ansambli (rahbari Raxmatjon Qurbonov), bolalar «Bulbulcha» ansambli (rahbari Shermat Yormatov), Aviasozlar madaniyat saroyi qoshidagi «Parvoz» ansambli (rahbari Sharip Janaydarov), Xorazm viloyati Bog'ot tumanidagi «Qaldirg'och» ansambli (rahbari Shermat Fayzullaev), Qoraqalpog'iston filarmoniyasi qoshidagi «Ayqulosh» ansambli, Buxoro viloyatidan«Zarafshon» ansambli kabi ko'plab ijodiy jamoalar shular jumlasidandir.12

XULOSA VA TAVSIYALAR

Mustaqillikga erishishgacha bo'lgan qiyin davrda ham san'atkorlarimiz va ko'plab musiqiy sferada yetuklik maqoimga erishgan shaxslarning mehnati bilan jamoaviy ijro, umuman olganda o'zbek xalqining o'ziga xos yagona cholg'u ansabl ijrochiligi an'analari saqlab qolindi. Ular qardosh xalqlarning cholg'u asboblari va qo'shiqlarini o'rganib, mahalliy bayram va tantanalarda ulardan foydalanganlar. Shu bilan birga, o'sha davrdagi boshqa Butunittifoq xalqlari ham o'zbek madaniyati va

11 N. Usmonova. "Musiqa fidoiysini xotirlab" maqolasidan. Manzil: https://uza.uz/posts/232661

12 I Rustamov, Ahmadjon Nurmuhamedjanov, & Ismoiljon Rustamov (2022). YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGIDA MADANIYAT VA SAN'AT MUASSASALARIDAGI TO'GARAKLARNING O'RNI. Science and innovation, 1 (C2), 48-50. doi: 10.5281/zenodo.657842

ITiy^^^BI 79 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

san'atiga katta qiziqish bildirgan, uni o'rgangan. Mustaqillikka erishgach, bu jarayonlar yanada kuchaydi.

Xulosa qilib aytganda buyuk allomalarimiz, musiqashunos olimlarimiz, musiqiy olamning sir-sinoatlarini ochib beruvchi ko'plab nodir asarlarni va qo'l yozmalarni meros qilib qoldirib ketganlar. Bu xazinani o'rganib undan yetarlicha xulosa chiqarib olish va undagi durdona fikrlarni yoshlar ongiga singdirib, ularning musiqa haqidagi bilimlarini kengaytirib, o'stirib borish ham musiqa ixlosmandlarining zimmasiga yuklatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmad Bahriev "MUSIQA SAN'ATIMIZ TARAQQIYoTI YO'LIDA" 2018

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. -T.: O'zbekiston. NMIU. 4-tom. 2020. -B. 344

3. Нурмудамеджанов, А., & Рустамов, И. (2022). ЁШЛАРНИ АХЛОКДЙ, ЭСТЕТИК ТАРБИЯЛАШДА УЗБЕК ХАЛК ЧОЛГУ АНСАМБЛЛАРИ ВА ОРКЕСТРЛАРИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10-2), 276-282.

4. Chindovul - o'zbek va tojik xalqlarida dubulg'a shaklidagi, bir tomoni teri bilan qoplangan urma cholg'u. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. 9-tom. 2005. -T.: -B. 623

5. Shokir o'g, H. J. R. (2023). O ^ВЕК MILLIY CHOLG 'U SOZLАRINING TARIXIY TАRАQIYOTI. Scientific Impulse, 1(7), 49-51.

6. Zokirjon o'g'li, U. S. (2023). MILLIY MUSIQA, AN'ANAVIY XALQ CHOLG'ULARI. Journal of new century innovations, 22(3), 36-39.

7. Burxonovich, T. F., & Xasanovich, M. O. (2023). AN'ANAVIY CHOLG'U ANSAMBLLARINIG O'ZBEK MUSIQASIDA TUTGAN O'RNI

8. I.Akbarov "Musiqa lug'ati" G'.G'ulom nomidagi san'at nashriyoti, T.,1987

9. D. Abduraxmonova (2022). ЧОЛГУАНСАМБЛЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ВА МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ. Science and innovation, 1 (C7), 93-100. doi: 10.5281/zenodo.7256697

10. Назира Радматуллаевна Турсунова (2023). АНСАМБЛ ИЖРОЧИЛИГИ (УЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ КОНСЕРВАТОРИЯСИ "РЕГИСТОН" АНСАМБЛИ ФАОЛИЯТИГА БИР НАЗАР). Oriental Art and Culture, 4 (3), 303-306.

11. N. Usmonova. "Musiqa fidoiysini xotirlab" maqolasidan. Manzil: https://uza.uz/posts/232661

12. I Rustamov, Ahmadjon Nurmuhamedjanov, & Ismoiljon Rustamov (2022). YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGIDA MADANIYAT VA SAN'AT MUASSASALARIDAGI TO'GARAKLARNING O'RNI. Science and innovation, 1 (C2), 48-50. doi: 10.5281/zenodo.657842

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.