Научная статья на тему 'XV ASR OXIRIXVI ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI O‘ZBEK NASRINING TIL XUSUSIYATLARI (“BOBURNOMA” ASARI ASOSIDA)'

XV ASR OXIRIXVI ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI O‘ZBEK NASRINING TIL XUSUSIYATLARI (“BOBURNOMA” ASARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
237
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Boburnoma” / Monstyuart Elfinston / Hodarvesh / “Qarshi”

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Buviniso Abdayeva

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” o‘zbek nasrining noyob namunasi bo‘lib, u tarixiy, badiiy, memuar asar ekanligi barchamizga ma’lum. O‘zbek adabiyoti tarixidagi ayrim badiiy adabiyot namunalariga nisbatan xalq tiliga yaqin bo‘lgan bu “noma” da adibning tilimizni qanchalik mukammal bilishi, undan foydalanishdagi cheksiz mahoratini ham ko‘rishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XV ASR OXIRIXVI ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI O‘ZBEK NASRINING TIL XUSUSIYATLARI (“BOBURNOMA” ASARI ASOSIDA)»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

XV ASR OXIRI- XVI ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI O'ZBEK

lW

>

NASRINING TIL XUSUSIYATLARI

("BOBURNOMA" ASARI ASOSIDA)

>P

Buviniso Abdayeva

Namangan davlat universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6899645

"Bobur san'at va,ayniqsa, adabiyotni sevardi"

Javoharlal Neru

".. .Shundan keyin jahon ahli birinchi marta buyuk tojdor (Bobur)ning so'z mulkining ham shahanshohi ekanidan xabar topdi"

Abdurahim Xoni Xonon

* : 1 -

Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" o'zbek nasrining noyob namunasi bo'lib, u tarixiy, badiiy, memuar asar ekanligi barchamizga ma'lum. O'zbek adabiyoti tarixidagi ayrim badiiy adabiyot namunalariga nisbatan xalq tiliga

»

m?

yaqin bo'lgan bu "noma" da adibning tilimizni qanchalik mukammal bilishi, undan

foydalanishdagi cheksiz mahoratini ham ko'rishimiz mumkin. "Boburnoma"

sarguzashtlar, voqealar tarixi aks etgan nasriy asardek ko'rinsada unda tilimizning

fonetika, leksika, onomastika... kabi sohalariga oid ko'plab til xususiyatlarini

uchratamiz. Bunday so'z qo'llash san'atlari nasriy bayonlarda ham, mumtoz , , . ....... , ., ,

adabiyotga oid bo'lgan she'r namunalarida ham uchraydi.

"Boburnoma",avvalo, yetuk badiiy asar. Badiiy tasvirga xos talqinlar, voqea hodisalarning butun voqeiligi bilan kitobxon ko'z oldida gavdalantira olish, so'z ustida san'atkorona ishlash, uslub baquvvatligi - bu uslubning bir xususiyati fikran saxiylig-u ixcham bayon bo'lsa, ikkinchi xususiyati - o'zigagina xosligi va, eng muhimi, ta'sirchanlik ustuvorligidir. Memuarni o'qish jarayonida yozuvchining mahoratiga tan bermay ilojimiz yo'q, zero ingliz sharqshunosi Monstyuart Elfinstonning "Boburnoma" va uning bosh qahramoni haqida aytgan quyidagi fikrlari J-jt e'tiborga molikdir: "Bu xotiralarda buyuk turkiy podshohning hayoti batafsil tasvirlangan, uning shaxsiy his-yuyg'ulari har qanday mubolag'a va parchalardan holi. Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o'z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek tasvirlaydi. Shu jihattan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir. Bobur harbiy odamning tashqi ko'rinishi, kiyimi, ta'bi va odatlarini ifoda etadi, mamlakatlarni, ularning iqlimi, tabiati, xo'jaligi, san'at va hunarmandlik namunalarini tasvirlab beradi. Lekin muallifning yorqin xarakteri asarga eng ko'p joziba bag'ishlaydi".

31><}>

u>,* ^ «KQs

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

Muallifning yuqoridagi mahoratini ko'rish uchun bevosita asarga murojaat

qilishimiz mumkin, ayniqsa, leksik birliklardan tarixiy toponimlar va ularning lug'aviy ma'nolari izohi ko'plab uchraydi: "Xo'jandning shimoli va Fanokatning

J ' J b b

(hozir Shohruxiya sifatida mashhur) janubiy tarafidan o'tib, yana shimolga burilib,

3N)

Turkiston sari boriladi" "Qo'rg'onning sharqi-janubida bir ko'rkam tog' qad rostlagan Baroko'h (hozir Sulaymon tog'i deyishadi) deb nomlanadi" "Hidoya" asari muallifi Marg'inonning Rushdon nomli kentidandir" "Qo'rg'on bilan daryoning

! \m-

shimol tarafida bir tog' tushgan, Mevagul nomli (hozir Mo'g'ul tog'i deyishadi)". "Xo'jand va Kandi tog'i orasida Hodarvesh nomli bir dasht bor". Bu dasht nomi haqida Bobur izoh yozib ketadi: " Derlarki, bir necha darvesh bu dashtda qattiq shamolga yo'liqib, bir-birlarini topolmay, "Ho, darvesh!", "Ho, darvesh!" deya-deya halok bo'lganlar. O'shandan beri bu dashtni Hodarvesh deydilar" "Sayxun suvining shimoliy tarafidagi shaharlardan biri Axsidir. Kitoblarda Axsikat deb yozadilar... Farg'onada Andijondan keyin bundan yirikroq shahar yo'q".

"...Avval Yunusxon bilan Andijonning shimol tarafi - Sayxun daryosining

yoqasidagi Takasekretku degan yerda. Bunday nomlanishining sababi shuki, tog' etagi bo'lganidan bu yerda daryo shunday tor joydan oqadiki, rivoyat qilishlaricha, u yerda daryodan taka sakrab o'tgan ekan" "... Sulton Mahmudxon Mirzaxonni unga

topshirib, Dizak (Jizzax)ni berdi" "Bundan uch-to'rt yil burunroq Chir (Chirchiq) suvidagi kechuvda katta shikast topgan edilar..." " Yana Qarshi viloyatidirki, Nasaf va Naxshab ham deydilar, "Qarshi" Mo'g'ulcha so'zdir, qabristonni mo'g'ul tilida "qarshi" deydilar". "Tolunxojaning ko'chi ikkis suv orasida edi. Ikki suv orasini Rabotak o'rchini deydilar". "Andijonning janub tarafidagi tog' ellariga - Ashporiyon, Turuqshoron va Chakrak kabi tumanlarga biz tomonga moyil qilish yoki zo'rlik bilan jCH I

rv'nlin allnmt 1 fr\ nfrrn 1/al +1 n n Ii uniiiin iniKAnlrli"

o'sha ellarni itoatga keltirish uchun yuborildi"

"Ushturgardan (tuyabo'yin) tarafida ko'kaldoshlar va yaqin kishilar... bularga ot soldi".

"Daxkat O'ratepaning tog' etagi kentlaridandir, baland tog'ning tubida joylashgan. Bu tog'dan o'tgach Mascho keladi. Daxkatning qo'yini qirq ming hisoblar edilar" "Xuddi arablar arabdab boshqani "ajam" deganlaridek, hindustonlik hindustonlik bo'lmaganlarni "xuroson" deydi" Hinduston bilan Xuroson orasida J-jt

quruqlikdagi yo'lda ikki katta qo'nimgoh bor: biri - Kobul, yana biri - Qandahor"

"Katta dovon bilan Parvon orasida yana yetti dovon borligi uchun Haftbacha (yettibolali) deydilar... U Valiyon (valilar) va Hinjonga inadi" "Bu ikki dashtning orasida bir kichikroq tog' qad ko'targan bu tog'da bir parcha uyulgan, tog' boshidan

w*'

! K*

tubigacha Xoja Regiravon (yurmaqum) deydilar. Aytishlaricha, yozlari bu qumdan nog'ora va do'mbira ovozi kelarmish". "Istalifchalik kent bu yaqin orada ma'lum

emas Katta anhor katta kentning ichidan onib o'tadi Soyning har ikki tarafi

emas. Katta anhor katta kentning ichidan oqib o'tadi. Soyning har ikki tarafi

___rvi: i™ _______ ^„„u_____

bog'lardir. Sabzalik, safoli bog'chalari bor. Suvi sovuq. Yaxobga extiyoj bo'lmas,

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

aksar vaqt tiniqdir. U kentda Bog'i Kalon (Katta bog') nomli Ulug'bek Mirzoga

tegishli bog' bor edi". "Iroqayn (ikki Iraq) va Ozarbayjonda Sultoniya hamda Tabriz ham sovug'i bilan shuhrat qozongan" "Xisravshoh ham anglab, Ko'histonga (tog'li yer) borishga rozi bo'lmadi"

"Boburnoma"da toponimlar singari antroponimlardan ham foydalanilgan bo'lib, ularning aksariyatiga muallifning o'zi tushuntirish va izohlar berib ketgan, avvalo, adibning o'z ismi sharifiga to'xtalsak: Mirzo Olim Mushrifning "Ansob us-salotin fi tavorixi xavoqin" nomli tarixiy asari ma'lumotlariga qaraganda, Umarshayx

1 J O 1 O J

mirzoning to'ng'ich o'g'liga bu ismni Xoja Ubaydulloh Ahror qo'ygan. Ism so'zlarining sharhiga kelsak: Zahiri dini Muhammad - Muhammad dinining tayanchi, posboni, demakdir. Bobur - babr (yo'lbars) sifat, yo'lbars degan ma'noga molikdir.

"Sulton Mahmudxondan kichigi Sulton Ahmadxon bo'lib, Olachaxon ismi bilan mashhur. Olachaxon deb atalishining sababi shundaki, aytishlaricha, qalmoq va mo'g'ul tilida qotilni "olachi", deydilar. Qalmoqlarni bir necha marta bosib, ko'plab odamlarni qirgani uchun "Olachi" deyilaverib, iste'molda Olacha atalib ketgan". "G'aroyib voqealardan biri shuki, Sulton Husayn mirzo Badiuzzamon mirzoni yenggan chorshanba kuni, Astrobodda Muzaffar mirzo Muhammad Mo'min mirzoni yengadi. Bunda ham ajabrog'i shundaki, Chorshanba ismli kishi Muhammad Mo'min

iw

m?

mirzoni qo'lga tushirib keltiradi".

Muallif antroponimlarni o'sha davrda yaratilgan ayrim she'riy parchalarda ham keltirib o'tgan:

Abdullatif edi, Jamshidsimon shoh, Qullari safida Faridun, Zardusht. Bobo Husayn otdi juma kech uni, Ta'rixini yozgin: "Bobo Husayn kusht" (o'ldirdi). "Andijonga Uzun Hasanning kuyovi Nosirbekni qo'ygan edilar. Agar uni ikkinchi Uzun Hasan deb bo'lmasa-da, uchunchisi desa bo'lardi" "Sulton Shihobiddinni "Tabaqoti Nosiriy" kitobida va ba'zi Hind tarixida Muiziddin (dinni

Ш.

e'zozlovchi) deb yozganlar".

"Avliyo Qutb bizga yetkazdiki, senga "Hizabrulloh" (Allohning sheri) laqab bo'ldi. Sen o'zbakni yengasan". "...Yana, Binoyi edi. Hirotlikdir. Otasi Ustod

A W Л Д 1 11-4 П Ml П С Г>1>Г7 V\ 1 11 Г» 1 г Г»П 11 /Л 1лл\ '1 ГГЛИ1 ПЛ1Л1Т1Л П 11Л/4 Г>Т Г +лл7л11пп ГГЛ1

Muhammad Sabz binokor banno bo'lgani uchun shunday taxallus olgan.

ш

"Boburnoma"da leksikologiyaga, jumladan, ko'p ma'nolilikka oid bir qator

leksik birliklarni ham ko'plab uchratamiz. Masalan, metaforaning o'ziga bir qator

J "l> Jb i

misollar keltirishimiz mumkin: "... U hujradan quyiroqda, ushbu tog'ning

! !>»

tumshug'ida to'qqiz yuz ikkinchi yili (1497) men bir ayvonli hujra soldirdim". "Baroko'h tog'ining etagida - shahar bilan tog' orasida "Masjidi Javzo" nomli bir masiiH пяН ko'targan"

masjid qad ko'targan".

_____1_____ л 1 • J___„1__t„u:

"Dilni yaralama, ohidan cho'chi,

» ! 3 1Й*

WiW к/

>q )> q )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

Bu yara biror kun sirtga tepadi.

С X

Birorta ko'ngilga bermagil ozor, Jahonni o'rtashga bir oh yetadi".

"Bir necha kundan so'ng buzuq hayol bilan Axsiga qarab yo'l oldik". "She'rga

m.)

ishtiyoqi bor edi. Devon tartib bergan, biroq she'ri juda bo'sh va bemaza edi". "Qori Kobuldagidek tushmasa ham, qishi qattiq sovuqdir". "Movarounnahrda Buxoro maylaridan o'tkirroq sharob bo'lmas". "Ketar-turar yerimizdan, qilar-qilmas

! Ш-

ishimizdan so'roqlab va surishtirib, qattiq ta'sirlanib, bizning holimizga achinib, fotiha o'qib ketdi" "Bu xunuk harakatdan so'ng Xisravshoh Boysunqur mirzoni podshoh qilib, Hisorga jo'natdi. "Shu oqshom Lotkand qishlog'iga qo'ndik". "Barcha jangchilar qurollangan holda xandaq yoqasiga chiqib o'rnashdilar" "Mening onam Qutlug' Nigorxonim og'rib qoldi, ancha yomon og'ridi. Qattiq xatarlarni o'tkazdi". "... bunday yaxshi imkoniyat eshigi uzoq yillar ham topilmas" "Pamg'on kentining uylari batamom yiqildi".

"Yaxshi er uyida yaramas xotin, Shu dunyoda erning do'zaxi tayin"

"Sharobni ko'p ichar ekan, sharabxo'r ekan. Qattiq zarbli mushti bor ekan" Metonimiyaga oid til birliklar: "Ko'pincha "Shohnoma" o'qir edi". "...

iW

m?

Shohruxiyani firib bilan olib, ancha vaqt foydalanib turdi" "Sulton Mahmu d mirzo hayotligida katta o'g'li Sulton Ma'sud mirzoga Hisorni, Boysunqur mirzoga Buxoroni bergan edi". "Barchasi Sulton Ahmad Tanbal borgani zahoti ochiq va oshkora yomonlik tomonida bo'ldilar. Samarqandni olish umidida necha yil jadal Lashkar tortgan bo'lsak, Sulton Mahmudxondan biror ishonchli madad va ko'mak

1 1 1 1 • ^ 1 1 • Л S à Л • • • Л' Л • 1 '11 /* /"w ~т~

bo'lmasa-da, lekin u Samarqand olingandan so'ng Andijonni olishni istar edi". "U kelsinlar, shaharni beramiz, degan xabar keltirildi". "Bular yaqin yetib, otdan o'zlarini tashlab, yiroqdan ta'zim qilib, ikki bukilib, mening oyog'imga yiqildilar". "Malik Busa'id Kamariy butun Afg'onistonni yaxshi bilardi. Bu yurishda yo'lboshchi u edi". "Darayi Xush og'zida - Jangalakda hujumni boshladik. Oz-moz hazora talandi". "Hisor qo'rg'onini Boqi Chag'oniyoniy, Mahmud barlos va Qo'chbekning otasi Sulton Ahmad berkitdilar".

Sinekdoxa: "O'ratepaning ustida ekanida kishimizning ozligiga va yaroqsizligiga qaramay, yov eshik oldiga kelganda imkonni qo'ldan chiqarmaslik uchun Maschodagi xonadonni qo'yib, Obburdon dovonidan oshib Dahkat kentiga keldik".

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vahob Rahmonov va Karomat Mullaxo'jayeva "Boburnoma" asarining hozirgi o'zbek tiliga qilingan tabdili asosida yozildi, Toshkent - 2017

♦ ¡>

>q ] q )> >

а j

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.