Научная статья на тему 'TOPONIMIKA FANINING RIVOJIDA “BOBURNOMA”DA KELTIRILGAN O‘RIN-JOY NOMLARINING AHAMIYATI'

TOPONIMIKA FANINING RIVOJIDA “BOBURNOMA”DA KELTIRILGAN O‘RIN-JOY NOMLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2307
216
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boburnoma / toponimika / Temur / Bobur / antroponim / zoonim.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mashhuraxon Ulug‘bek Qizi Axmedova

Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida keltirilgan joy nomlari haqida so‘z ketgan. Shuningdek, joy nomlarining kelib chiqish tarixi haqida qisqacha yoritib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOPONIMIKA FANINING RIVOJIDA “BOBURNOMA”DA KELTIRILGAN O‘RIN-JOY NOMLARINING AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-225-229

TOPONIMIKA FANINING RIVOJIDA "BOBURNOMA"DA KELTIRILGAN O'RIN-JOY NOMLARINING AHAMIYATI

Mashhuraxon Ulug'bek qizi Axmedova

Farg'ona davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida keltirilgan joy nomlari haqida so'z ketgan. Shuningdek, joy nomlarining kelib chiqish tarixi haqida qisqacha yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Boburnoma, toponimika, Temur, Bobur, antroponim, zoonim.

KIRISH

Zahiriddin Muhammad Bobur o'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Adabiyot, nafis san'at, tabiat go'zalligiga yoshligidan mehr qo'ygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa cho'zilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi o'rniga Farg'ona ulusining hokimi etib tayinlangan. Zahiriddin Muhammad Bobur shu taxtga o'tirgan kundan to vafotiga qadar ko'rgan-kechirganlarini «Vaqoye»(Bu asar boshqa manbalarda «Voqeoti Boburiy», «Tuzuki Boburiy», «Tavorixi Boburiy», «Boburiya» kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Keyinchalik uni «Boburnoma» deyish rasm bo'lib qolgan ) siga yozib boradi. Uning nafis g'azal va ruboiylari turkiy she'riyatining eng nodir durdonalari bo'lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, she'riyat va til nazariyasi sohalariga munosib xissa bo'lib qo'shildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

«Boburnoma» - adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o'z davridagi ko'plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko'plab tog'lari, daryolari, o'rmon va cho'llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi ma'lumotlar jamlangan. «Boburnoma»ni g'arb tillariga tarjima qilgan J.Leyden, V.Erskin va boshqalar bu mumtoz kitobga, asosan, tarix asari sifatida yondashib, o'z tarjimalariga yozgan so'zboshi va izohlaridan uni XV asr oxiri va XVI

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-225-229

asr boshlarida O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni aniq tasvirlovchi tarixiy hujjat, ana shu hududlarning jo'g'rofiyasi, o'simlik va hayvonot dunyosi, etnografiyasi haqida ishonchli ma'-lumot beruvchi manba deb baholaganlar.

Bunga misol tariqasida Andijon tasvirini olsak bo'ladi :

"Andijondurkim, vasatta voqe bo'lubdur, Farg'ona viloyatining poytaxtidir. Oshlig'i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijonning noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bo'lmas".111

Asar bobomizning kundalik daftari hisoblangani uchun u turli mubolag'alardan xoli bo'lgan va undagi har bir narsa boricha aks ettirilgan. "Boburnoma" da qo'llangan sodda va ravon uslub Pirimqul Qodirov qalamiga mansub bo'lgan, Boburning hayoti yoritilgan «Yulduzli tunlar» asarida Xondamir nutqi bilan quyidagicha keltiriladi: «Bobur qalamga olgan voqealar juda murakkab bo'lsa-da, muallif ularni og'zaki hikoyaga yaqin bir tarzda xiyla oddiy uslubda yozgan edi».121 Voqealar Andijon, Samarqand, Xo'jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo'lgan qamrovga ega. Ya'ni unda O'rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo'lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.

«Boburnoma» asari orqali Zahiriddin Muhammad Boburni onomastik olim sifatida ham bilamiz.

Nomlar, ularning turlari, nomlanish sabablari bilan shug'ullanuvchi tilshunoslik bo'limiga onomastika deyiladi.

Atoqli otlar nomlanuvchi obyektiga ko'ra bir nechta guruhlarga bo'linadi:

1. Shaxs va ularga qo'yilgan nomlar antroponimlar: Ahmad, Karim va boshqalar.

2. Geografik obyektlar va ularning nomlari toponimlar: Shirmonbuloq, Qorako'l, Qarshi kabi.

3. Hayvon nomlari va ularga atab qo'yilgan nomlar zoonimlar: To'rtko'z, o'ribosar.

Asarni o'qib borar ekanmiz, bularning barchasini uchratamiz, shaxslar, o'rin-joylarning nafaqat nomlarini, balki barchasining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishamiz, ularni o'rganamiz.

Endi asarda berilgan toponim turlari bilan tanishib chiqsak:

Shahar va qishloq nomlari:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-225-229

Qoshg'ar, Samarqand, Badaxshon, Xo'jand, Fanokat, Shohruhiya, Turkiston, Andijon, Kesh, O'sh, Marg'inon, Isfara, So'x, Xushyor, Voruhyana, Toshkent, Xo'jand, Kobul, Konibodom, Axsikat, Koson, O'ratepa, Qubo , Hisor, Termiz, Balx, Astrobod, Buxoro, Zomin, Kandahor, Xorazm, Kesh, Itmak, Pop, O'ratepa, O'zgan, Saripul, Qorabog', G'azna, Odinapur, Ningnahor, Lag'monot, Alishang, Mil, Kunar, Lamata, Nurigul, Bajavr, Chag'onsaroy, Nijrov, G'urband, Mitakacha va shu kabilar Mamalakat nomlari:

Afg'oniston, Hindiston, Xitoy, Xuroson, Mo'g'uliston kabi mamlakat nomlarini uchratamiz.

Tog' nomlari: Olatog', Saretog', Olg'tog'i, Metar Sulaimon tog'i, Murg'on tog'i, Shovdor tog'i, Shunqorxona tog'i, Kirmosh tog'i, Xoja Ismoil tog'i singarilar.

Daryolar nomi: Gang daryosi, Amu daryosi, Oqsuv daryosi, Jun daryosi, Saygun daryosi, Saru daryosi, Satluj daryosi, Ilamish daryosi, Sind daryosi, Daryi Xo'r kabilar.

Yozuvchi vodiy tasvirini berar ekan shunday deydi: "Shimolda agarchi burun shaharlar bor ekandur; misli: Olmoliq, va Olmotu va Yangikim bu tarixda buzulubdur, aslo ma'mura qolmabdur"-11 Ushbu ma'lumot orqali bu shaharlar XV asrgacha vayron bo'lganligini bilib oldik. Bugungi kunda ularning o'zi mavjud bo'lmasa-da, ularning nomlari Qozog'istonning eng katta shaharlaridan biri, Olmota (Almati) va Toshkent viloyatidagi shaharlardan biri, Olmaliqlarda saqlanib kelmoqda. Demakki, bu ikki shahar nomlarining kelib chiqish tarixini o'rganish uchun ham olti asr, balki undan ham ko'proq davr ortga qaytishimiz kerak ekan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Bu nomlar aksariyati o'sha davrda qaysi hududlarning atoqli oti bo'lgan bo'lsa, bugungi kunga qadar ham saqlanib qolganligining guvohi bo'lamiz. "Yana biri O'sh qasabasidur. Andijonning sharqi - janubiy tarafidur, sharqqa moyil, Andijondin to'rt yig'och yo'ldur". ш Hozirgi kunda ham qaraydigan bo'lsak, bu ikki shahar qo'shni davlatlarda joylashgan bo'lsa-da, o'zaro yonma - yon.

«Boburnoma» shaharlarning nomlarining kelib chiqish tarixini o'rganishimiz uchun ham manba bo'la oladi.

Xalqimizda afsona va rivoyatlar bir talay, ular asosida esa hayotiy haqiqatlar yotadi. «haqiqatdan tug'ilar ba'zan afsona»141. «Boburnoma» da keltirilishicha, ba'zi joy nomlarining kelib chiqishi ham shunday yaratilma asosida shakllangan ekan. Bobur Mirzo Hodarvesh qishlog'i nomining kelib chiqishini quyidagicha izohlaydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-225-229

"Derlarkim, bir necha darvesh bu bodiyada tund elga yo'luqub, bir - birini topolmay "Ho darvesh", "Ho darvesh" deya - deya tamom halok bo'lurlar, andin beri bu bodiyani "Hodarvesh" derlar"—1^ Hodarvesh hozirgi Qayroqqumning qadimgi nomidir.

"Hazrati Nuh payg'ambarning otasi Mehtar Lomning qabri Alishang tumanidadir. Ba'zi tarixda Mehtar Lomni Lamak (Lamkon) ham debturlar. Ul elni xeyli mulohaza qililibturkim ba'zi mahal "kof" o'rnig'a "g'oyn" talaffuz qilurlar. Bu jihattin g'olibo, bu viloyatni Lamg'on debturlar"-^. Bundan ko'rinadiki, ba'zi bir oykonimlarning nomi xalqning nutq jarayonida o'zi uchun qulay bo'lgan tanlovi asosida ham kelib chiqar ekan. Samarqanddagi hovuz, Konigilning ham nomi insonlarning nutqiy qulaylikka intilishi natijasida kelib chiqqanini asar orqali bilib olishimiz mumkin: "Ba'zi derlarkim, bu o'langning asl oti Konobgir ekandur, vale tarixlarda tamom Konigil bitirlar"-1^.

Joy nomlari ma'lum bir voqea hodisa asosida emas, balki biror mashhur shaxs xotirasiga nisbatan ham shakllanishi mumkin. «Sulton Mahmudning qabri G'aznining mahallotidadirkim, sulton qabri anda uchun Ravza derlar ... »m

Bu an'ana, ya'ni buyuk shaxslarning xotirasini abadiylashtirish uchun ularning nomlarini hududlarga berish hozirgi kunda ham keng qo'llanilmoqda. Masalan, Navoiy viloyati, Abdulla Qodiriy mahallasi, Amir Temur ko'chasi .

Bunga hozirgi kunda Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan Namozmahram qishlog'i nomining kelib chiqishini oladigan bo'lsak:

Mazkur toponim kishi ismi va Qo'qon xonligi davridagi amal-mansabga oid atamalardan biri mansab so'zidan tashkil topgan. Mahram - xonga yaqin bo'lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi. Shuningdek, mahramlar saroydagi boshqa ishlarni ham bajarganlar. ko'rinadiki, o'tmishda mansab nomlari ko'pincha amal egasining nomiga qo'shilib aytilgan. Shunga ko'ra ba'zi joy nomlariga kishi ismi va mansab nomi atama bo'lib qolgan. Nazarmahram fikrimizning isbotidir. ^

Mahmud Qoshg'ariyni «Devoni lug'ot -at turk» asarida keltirilishicha qadimda shaharlar «kent «deyilgan ekan. «Boburnoma»da : «Samarqandni mo'g'ul va turk ulusi «Semizqand» derlar» .(49). Semiz hozirgi kungi muqobilga ko'ra «katta» deydigan bo'lsak, «qand» ni «kent» so'zining og'zaki shakli bo'lsa, bundan biz Samarqand nomini bir tomondan «semiz (katta) shahar» deb izohlasak ham o'rinli bo'lar ekan. (XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg'ariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent", ya'ni „semiz qishloq" so'zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar)151 .

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-225-229

„Samarqand" so'zining kelib chiqishi haqida bir qancha tahmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand" so'zining 1-qismi, ya'ni „Samar" so'zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun'iy ta'riflarni taklif etdilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi haqida ma'lumotlar aniqlanmagan. So'zning 2-qismi „kent" (kand) — qishloq, shahar degan ma'noni bildiradi. Ba'zi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya"ra yaqin, ya'ni „yig'ilish, yig'in" so'zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin bo'lib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.( 1404 yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qo'llab quvvatlaydi)161.

XULOSA

Bizning tariximizning naqadar ulug'ligini, boyligini shu birgina shahar, qishloqlarimizning atoqli nomlarini o'rganish orqali ham his etamiz. «Boburnoma» asari o'lkamiz va Hindiston va Afg'oniston hududlaridagi joy nomlarini o'rganishga asosiy material bo'la oladi. Undagi har bir ma'lumotlar qimmatli ahamiyatga ega. Shuning uchun ham tariximiz oynalari hisoblangan shu va shu kabi nodir asarlarimizni o'rganib, asrab-avaylab kelajak avlodni ulardan, ma'naviy boyliklarimizdan bahramand aylash bizning avlodlik burchimizdir.

REFERENCES

1. "Boburnoma" Zahiriddin Muhammad Bobur

2. Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar» 292-bet

3. Hozirgi o'zbek adabiy tili. II kitob. A. Nurmonov, N. Mahmudov, A. Sobirov, N. Qosimov

4. Shuhrat. «Mardlik afsonasi»

5. Abu Rayhon Beruniy, Kanon Masuda. "Избраннее произведения"ю - Том 5 часть 1 - Ташкент, 1973 год

6. Руи Гонсалес де Клавихо, Дневник путешествия в Самарканд ко двору Темура (1403-1406). Перевод из книги Староиспанского, предисловие и комментарии И. С. Мироковой. М., 1990 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.