Научная статья на тему '"BOBURNOMA" ASARIDA HUKMDORLAR TASVIRI'

"BOBURNOMA" ASARIDA HUKMDORLAR TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3981
240
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
valodat / tanbal / masnaviy / hanaviy mazhab / chog’ir / viloyot / harrof. / valodat / lazy / masnavi / hanavi sect / chogir / viloyat / harraf

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahimova Bahora Shuhratjon Qizi

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida hukmdorlarning tarixiy tasviri, nasl-nasab, ularning jang – u jadallari va temuriy sultonlarning avlodlari haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF KINGS IN "BOBURNOMA"

This article deals with the historical description of the rulers, their genealogy, their battles and the descendants of the Timurid sultans in Zahiriddin Muhammad Babur's "Boburnoma".

Текст научной работы на тему «"BOBURNOMA" ASARIDA HUKMDORLAR TASVIRI»

»t

BOBURNOMA" ASARIDA HUKMDORLAR TASVIRI

Rahimova Bahora Shuhratjon qizi

Namangan Davlat Universiteti 1- bosqich magistranti https://d0i.0rg/l0.5281/zenodo.6535081

Annotatsiya. Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning ".Boburnoma " asarida hukmdorlarning tarixiy tasviri, nasl-nasab, ularning jang -u jadallari va temuriy sultonlarning avlodlari haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: valodat, tanbal, masnaviy, hanaviy mazhab, chog'ir, viloyot, harrof.

Аннотация. В данной статье рассматривается историческое описание правителей, их генеалогия, их битвы и потомки тимуридских султанов в «Бобурноме» Захириддина Мухаммада Бабура.

Ключевые слова: валодат, ленивые, маснави, секта ханави, чогир, вилоят, харраф.

Abstract. This article deals with the historical description of the rulers, their genealogy, their battles and the descendants of the Timurid sultans in Zahiriddin Muhammad Babur's "Boburnoma".

Keywords: valodat, lazy, masnavi, hanavi sect, chogir, viloyat, harraf.

Har bir xalqning tarixiy, madaniy, qiyofasini aniq belgilovchi ulug' shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shohlari bo'ladi. Masalan, Aleksandr Makedonskiy, Suqrot, Arastu nomlarini eshitganimizda, buyuk ellin madaniyati, uning ulug'vorligi, nafosati ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.

Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Shayboniyxon, Abulg'ozi Bahodirxon, Muhammad Rahimxon Feruz singari shoh, xon, amirlar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari

ОПИСАНИЕ КОРОЛЕВ В "БОБУРНОМЕ

»t

DESCRIPTION OF KINGS IN "BOBURNOMA

»t

buyuk allomalar: Imom al- Buxoriy, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy kabi hadis, din, tasavvuf, ilmi ulamolari : Alisher Navoiy, Lutfiy, Ogahiy, Mashrab, Mohlaroyim Nodira, Jahon otin Uvaysiy, Furqat kabi o'tkir qalam sohiblarini eslaganimizda yoki eshitganimizda Vatanimiz o'tmishini, uning ulug'vor qiyofasini ko'z oldimizga keltiramiz.

Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday ulug' insonlardan bo'lib, uning nomi nafaqat yurtimizda , balki butun dunyoda mashhurdir. Bobur - buyuk podshoh, mumtoz shoir, adabiyotshunos, tilshunos, huquqshunos, san'atshunos, hayvonot va nabobot olamining bilimdoni sifatida ko'p qirrali, faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina " Boburnoma" uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga misol bo'la oladi.

Bobur birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisidir. Ushbu sulola bizga ma'lumki, tarixda uzoq muddat hukmronlik qilgan suloladir. Shuningdek, ushbu asar o'zining tarixiy ahamiyati bilan ham qimmatlidir. Undagi tarixiy shaxslar, voqealar, joylar shu qadar aniq tasvirlanganki, agar ushbu asar bo'lmaganida, biz ko'pgina tarixiy shaxslar va hukmdorlar haqida bu qadar ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lmas edik. Asarda bir qancha tarixiy shaxslar bilan birgalikda hukmdorlar tasviri ham o'z aksini topgan. Sultonlar, xonlar tasviri birinchi o'sha hukmdor bilan bog'liq voqea berilgach, keyin esa uning tavalludi, nasl - nasabi, shakl - shamoyili, xulq - atvori, jang va urushlari, viloyatlari, avlodi, xotinlari va kanizlari, amirlari haqidagi ma'lumotlar o'z aksini topgan. Masalan, asar boshida keltirilgan Boburning otasi - Umarshayx Mirzo haqidagi ma'lumotlarga nazar tashlasak. Asar Farg'ona viloyati uning chegaralari,Andijon, O'sh, Marg'inon, Axsi, Koson shaharlarining iqlimi mevalari, hayvonat dunyosi, tabiati haqida ma'lumotlar berilgach, Boburning amakisi, Sulton Ahmad Mirzo va Boburning tog'asi Sulton Mahmud Mirzo ( Yunusxonning katta og'li, Yunusxon -Boburning ona tarafdan bobosi ) ittifoq tuzib Umarshayx Mirzo ustiga lashkar torishlari bilan boshlanadi. "Bu asnoda - deydi Bobur, g'arib voqea dast berdi, mazkur bo'lib edikim, Axsi qo'rg'oni baland, jar ustida voqe bo'lubtur, imoratalar

jar yoqasida erdi. Ushbu tarixda dushanba kuni ramazón oyining to'rtida Umarshayx Mirzo jardin kabutar va kabutarxona bila uchub, shunqor bo'ldi. O'ttiz to'qquz yoshar erdi." Bu voqeadan so'ng Bobur otasi haqida so'z boshlaydi.

Valodat va nasabi: Sakkiz yuz oltmishda Samarqandda edi. Abusaid mirzoning to'rtunchi o'g'li edi. Sulton Ahmad mirzo, Sulton Muhammad mirzo Sulton Mahmud mirzodin kichik edi. Sulton Abusaid mirzo Sulton Muhammad mirzoning o'g'li edi. Sulton Muhammad mirzo Mironshoh mirzoning o'g'li edi. Miron shoh mirzo Temurbekning uchunchi o'g'li edi. Umarshayx mirzo bila Jahongir mirzodin kichik. Shohrux mirzodin ulug' edi...

Shakl va shamoyil: past bo'yluq, tegirma soqolli, qo'ba yuzluk, tanbal kishi edi. To'nni bisyor tor kiyar edi., andog'kim, bog' bog'laturda, qornini ichiga tortib, bog'latur edi, bog' bog'lagondin so'ng o'zini qo'ya bersa, bisyor bo'lur edikim, bog'lari uzulur edi. Kiymoqqa va yemoqta betakalluf edi... Axloq va atvori: hanaviy mazhablik, pokiza e'tiqodliq kishi edi, besh vaqt namozni tark qilmas edi, umriy qazolarini tamom qilib edi. Ravon savodi bor edi. "Xamsatayn " va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o'qub edi. Aksar " Shohnoma" o'qur edi. Tab'i nazmi bor edi., vae she'rg'a parvo qilmas edi.Bisyor sahovati bor erdi.Burunlar ko'p ichar edi, so'ngralar haftada bir- ikki qatla suhbat tutar edi, xushsuhbat kishi edi.

Ushbu misollardan ko'rinib turibdiki, Bobur asarida har bir shaxs haqida fikr yuritar ekan, uning kamchiliklarini ham chetda qoldirmaydi. Faqat haqiqatni yozishga harakat qiladi. Ko'pgina tarixiy asarlarda hukmdorlarni maqtash, ularni ko'kka ko'tarish, faqat g'alabalarini aytish bilan bog'liq so'zlarga ko'zimiz tushadi. Lekin "Boburnoma" da hukmdorlarni maqtash emas, balki ularning kamchiliklarini, mag'lubiyatlarini ham ro'y - rost tasvirlash holatlari aks etadi. Masalan, Umarshayx mirzoning yurishlari haqida Bobur uning uch marotaba saf tortib urush qilganini: ikki marta yengilib, bir marta zafar qozonganini aytadi. Asarda shuningdek hukmdorlarning avlodlari, farzandlari, xotin va kanizlari haqida ham qimmatli ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. Misol uchun

Umarshayx mirzoning avlodi haqida shunday deydi: uch o'g'ul, besh qiz mirzodin qolib edi. Bori o'g'lonlaridin uluq men - Zahiriddin Muhammad Bobur edim: mening onam Qutluq Nigorxonim edi. Yana bir o'g'ul Jahongir mirzo edi, mendin ikki yosh kichik edi, aning onasi mo'g'ulning tuman beklaridin edi, Fotima Sulton otliq. Yana bir o'g'ul Nosir mirzo edi, onasi andijonliq edi, g'unchachi edi. Umid otliq. Mendin to'rt yosh kichik edi.Bori qizlaridan ulug' Xonzodabegim edi, mening bila bir tuqqon erdi, mendin besh yosh ulug' erdi.

Bobur mirzo ikkinchi marta Samarqandni olgach Saripulda Shayboniyxondan yengilgach, qamalda qoladi. O'shanday og'ir, tahlikali zamonda Xonzodabegim o'zini Shayboniyxonga topshirib, Bobur mirzoning hayotini saqlab qoladi. Asarda Umarshayx mirzoning qizlari: Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor sultonbegim, Ruqiya sultonbegimlar ularning onalari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, " Boburnoma" da Umarshayx mirzoning harami, uning amir va beklari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. Asarda biz ko'plab temuriy hukmdorlarni uchratishimiz mumkin. Ulardan biri Bobur mirzoning amakisi Sulton Ahmadxon. Asar boshida aytilganidek, Sulton Ahmad va Sulton Mahmudxon Farg'ona ustiga yurish boshlaydi. Lekin baxtsiz voqea sabab ya'ni, Quva ko'prigi buzilib, qo'shinga katta zarar yetadi.Yana o'sha paytda otlarga o'lat tegadi. Shu sabab, Sulton Ahmadxon sulh tuzib, ortga chekinadi. Ammo Sulton Ahmadxon Samarqandga yetolmay yo'lda - O'ratepada vafot etadi. Asarning shu yeridan boshlab , Sulton Ahmadxon haqida ma'lumotlar keltiriladi. Valodat va nasabi: valodati sakkiz yuz ellik beshda, Sulton Abusaid mirzo taxt olg'on yili edi. Sulton Abusaid mirzoning bori o'g'lonlaridin ulug'i bu edi. Onasi O'rda Bug'a tarxonning qizi Darvesh Muhammad tarxonning egachisi edi. Mirzoning e'tiborliq xotini edi.

Shakl va shamoyili: baland bo'yluq, qo'nqor soqolliq, qizil yuzluk, tanbal kishi erdi. Soqoli engakida edi. Ikki yangoqida soqoli yo'q edi. Bisyor xushmuhovara kishi erdi. Dastorni ul zamon dasturi bilan chaxorpech chirmab, aloqasini ilgarrak qoshining ustiga qo'yar edi.

Axloq va atvori: hanafiy mazhablik, pokiz e'tiqod kishi erdi, besh vaqt namozini betark o'tar edi. Shurb mahallarida ham namozi tark bo'lmas edi. Hazrati Hoja Ubaydullog'a irodati bore di. Hazrati Xoja murabbiy va muqavviy edilar. Bisyor muaddab bore di. ...Hech nimarsa o'qug'on emas edi, omi edi. Ahd va qavlig'a rost va durust edi. Shijoati bor edi... Asru ko'p hayosi bor erdi. Bobur amakisining to'rt marta urush qilganini va bu urushlarning barchasida g'olib bo'lganini aytib o'tadi. Shuningdek, Sulton Ahmadxonning mulki haqida ham shunday ma'lumotlar beradi:

Viloyoti: Samarqand va Buxoro erdikim, otasi berib edi. Asarda aytilishicha, Toshkent hukmdorini o'ldirganidan so'ng, Toshkentni, Shohruhiya va Sayramni oladi. Bu joylar bir qancha vaqt uning qo'l ostida bo'lganidan so'ng, Toshkent va Sayramni ukasi Umarshayx mirzoga beradi. Xo'jand va O'ratepa ham Sulton Ahmad mirzo tasarrufida edi.

"Boburnoma" da mirzoning avlodi haqida ham so'z yuritiladi. Uning ikki o'g'li bo'lganini, kichikligida vafot etganini, besh qizi borligini ham aytib o'tadi. Qizlaridan kattasi Robiya sulton begim bo'lib, uni Qorako'zbegim deyishar edi. Uni mirzo hayotligidayoq Boburning tog'asi sulton Mahmudxonga uzatadi.Ulardan Boboxon ismli farzand bo'lganini, ammo shayboniylar Sulton Mahmudxonni Xo'jandda mag'lub etib o'ldirganlaridan so'ng, Robiya sultonbegimni Shayboniyxonning amakivachchasi Abulxayrxonning nevarasi Jonibek sultonga nikohlanadi. Ikkinchi qizi Solihabegim uni Oqbegim der edi. Uni mirzo vafotidan so'ng Sulton Mahmud mirzo o'g'li Sulton Mas'ud mirzoga olib berishadi. Uchinchi qizi Oysha sultonbegim Bobur besh yoshida Samarqandga kelganida uni beshikkerti qilishgandi. So'ngra Xo'jandga kelganida unga uylanadi. Bobur 19 yoshida Samarqandni qo'lga kiritganda undan Faxruniso ismli qiz farzandli bo'ladi.Lekin yoshligidayoq nobud bo'ladi. To'rtinchi qizi Sultonbegi m bo'lib uni Sultonali mirzo oladi, Mirzo Shayboniylar qo'lida halok bo'lgach uni Temur sulton o'z nikohiga oladi. Kichik qizi Ma'suma sultonbegim bo'lib onasi

Sulton Arg'unning jiyani Habiba sultonbegim edi. Bobur Xurosonga borganda uni ko'rib so'rattirib Kobulga olib keladi.

Bundan tashqari asarda Sulton Ahmad mirzoning harami amir va beklari haqida keng ma'lumotlar keltiriladi. Sulton Ahmad mirzo vafotidan so'ng taxtga ukasi Sulton Mahmud mirzo o'tiradi, lekin qisqa vaqtdan so'ng u ham vafot etadi. Bu hukmdor haqida ham Bobur qimmatli ma'lumotlarni ketirib o'tadi. Valodat va nasabi: sakkiz yuz ellik yettida edi. Abusaid mirzoning uchunchi o'g'li edi. Sulton Ahmad mirzo bilan bir tuqqan edi.

Shakl va shamoyili: Past bo'yluq, suyuq soqolliq, tanbal, sinchisizroq kishi edi. Axloq va atvori: yaxshi edi. Namozni tark qilmas edi. Tuzuki va zabti bisyor yaxshi edi. Siyoq ilmini xo'p bilur edi. Viloyotdin bir diram va bir dinor aning bevuqufi xarj bo'lmas edi. Navkarining ulufasi aslo munkasir bo'lmas edi... Zulm va fisqqa ko'p mashg'ul edi. Muttasil chog'ir ichar edi.Bad e'tiqod kishi edi. Yuraksiz kishi edi. Hayosi kamroq ed

Temuriylar davlatining tanazzulga yuz tutishiga asosiy sabab - ularning mayxo'rlikka,, aysh - ishratga berilishi bosh omillardan biri hisoblanadi. Chunonchi, Bobur Xurosonga borganida ham barcha temuriy shahzodalarning mayxo'rlikka ruju qo'yganining guvohi bo'ladi.Bunga misol qilib, temuriylar saroyida tez - tez o'tkazilib turadiga mayxo'rlik bazmlarini aytsak bo'ladi. Bobur mirzo asarda otasiga bosh ko'targan noqobil farzandlarda - Xusayn Boyqaroning o'g'illarini xayosizlikda e'tiqodsizlikda ayblaydi. Chunki muborak ramazon oyida otasiga qarshi isyon ko'tarib, bu ham yetmaganday, muqaddas oyda chog'ir ichib padarining yuziga tik boqib mulk talab qilishini qattiq qoralaydi. Ushbu misollardan ko'rinib turibdiki, bunday muhit hukmron bo'lgan davlat alal oqibat tanazzulga yuz tutadi.

Shuningdek ,ushbu asarda biz temuriy hukmdorlardan - Boysung'ur mirzo, Husayn Boyqarolar haqida ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. Ushbu ma'lumotlar boshqa asarlarda bunchalik aniq va izchil bayon etilmagan. Bobur Boysung'ur mirzoning badbaxt va noinsof bek bo'lmish Xusravshohning qo'lida

halok bo'lishini shunday ta'kidlaydi: muharram oyining o'ni edikim, mundoq xushta'b va purfazilat va hasab va nasab bila orosta podshohzodani shahid qildi Valodat va nasabi: valodati sekkiz yuz sekson ikkida, Xisor viloyatida edi. Sulton Mahmud mirzoning ikkinchi o'g'lidur, Sulton Mas'ud mirzodin kichik, Sultonali mirzo va Sulton Xusayn va Sulton Vays mirzokim, Xonmirzo bila mashhurdur., ulug' onasi Poshshobegim edi.

Shakl va shamoyili: ulug; ko'zluk, qo'ba yuzluk, o'rta bo'yluq, turkman chehralik, malohatliq yigit edi.

Axloq va atvori; adolatpesha va odmi va xushta'b va fazilatliq podshohzoda edi. Xeyli chog'irga xirsi bore di. Chog'ir ichmas mahalda namoz o'tar edi. Nasta'liq xatini xeyli xo'b bitir edi. Naqqoshlikda ham iligi yomon emas edi. She'rni ham tavre aytur edi. "Odiliy " taxallus qilur edi. She'ri devon tartib qilg'uncha bo'lmaydur edi. Samarqandta Boysung'ur mirzoning g'azallari oncho shoe'durkum, kam uy bo'lg'ay edikim, mirzoning ash'ori ul uyda bo'lmag'ay edi Bobur Temurbekning yurtida bu tarixiy sanada ham yosh, ham tasarrufidagi yer - mulk, ham lashkar hisobi jihatidan undan ulug'roq podshoh yo'q deb Xusayn Boyqaroni misol keltiradi. Shuningdek, Xusayn Boyqaro tasvirini quyidagicha keltiradi:

Valodat va nasabi: valodati sekkiz yuz qirq ikkida Hiriyda Shohruh mirzo zamonida edi. Sulton Xusayn mirzo binni Mansur binni Boyqaro binni Umar shayx binni Amir Temur. Mansur mirzo bila Boyqaro mirzo podshohliq qilg'on emas Onai Firuzabegim. Temurbekning nabirasi. Sulton Xusayn mirzo Mironshoh mirzoning ham nabirasi bo'lur edi. Sulton Xusayn Mirzo karimut -tarafayn edi, asil podshoh edi..

Shakl va shamoyili: qiyiq ko'zluk, sher andom bo'yluq kishi edi. Belidin quyi inchka edi. Bovujudkim, ulug' yosh yashab, oq soqollik bo'lub edi, xushrang qizil, yashil, abrishimni kiyar edi. Qora qo'zi burk kiyar edi, yo qalpoq. Ahyonan iydlarda kichik sepech dastorni yap - yassi yamon chirmon chirmab, qarqara o'tag'asi sanchib, namozga borur edi.

Axloq va atvori; Avval taxt olg'onda xayoli bor ekandurkim, duvozdah imomni xutbada o'qutg'ay. Alisherbek va ba'zilar man qilibturlar. So'ngralar xud jami' ish - kuchi sunnat va jamoat mazhabi bila muvofiq edi. Mafosil zahmati jihatidin namoz qila olmas edi., ro'za ham tutmas edi. Harrof va xush xulq kishi edi. Xulqi bir nima guzarroq voqe bo'lub edi, so'zi ham xulqidek edi.Ba'zi muammalotta shar'ni bisyor rioyat qilur edi. Bir qatla bir o'g'li bir kishini o'lturgan uchun qonliqlarig'a topshurub, dorulqazog'a yibordi....

Asarda biz Boburning Shayboniyxonga nisbatan tajribali, ko'p ish ko'rgan ulug' yoshli hukmdor deya iliq ta'riflarni uchratamiz. Garchi Shayboniyxon dushmani bo'lsa ham Bobur dushmanlarining yutuqlarini mard kishi sifatida tan ola bilgan. Bobur har bir hukmdor va uning faoliyatini puxta tahlil etadi.Uning ma'lumotlari yosh avlod uchun hozirgi kunga kelib ham o'z qadrini yo'qotgani yo'q "Boburnoma" da shu qadar ko'p turli - tuman ma'lumotlar borki, fanning deyarli barcha sohalaridagi mutaxassislar bu asardan bahramand bo'la oladilar. "Boburnoma" tarixiy va badiiy asargina bo'lib qolmasdan, balki ilmiy bir asar o'ziga xos ensiklopediyadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma" Toshkent "Yulduzcha" 1989

2. Vahob Rahmonov "Mumtoz so'z sehri" Toshkent " O'zbekiston " 2015

3. Natan Mallayev "O'zbek adabiyoti tarixi " Toshkent " Kafolat print company" 2021

4. www.edu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.