Научная статья на тему 'XUSUSIY MULK HUQUQINING KAFOLATLARI'

XUSUSIY MULK HUQUQINING KAFOLATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

95
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XUSUSIY MULK HUQUQINING KAFOLATLARI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

XUSUSIY MULK HUQUQINING KAFOLATLARI

N. X. Egamberdiyeva

Yu.f.n, dotsent v.b.

Farangiz Sayfiddin qizi Yo'ldosheva

TDTrU Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs Yu-5 guruh talabasi yoldoshevafarangiz311@gmail.com

Xususiy mulk - ayrim fuqarolar yoki yuridik shaxlar ixtiyoridagi mulk bo'lib bozor iqtisodiyotidagi xilma-xil mulklar orasidagi etakchi mulk shakli hisoblanadi. Xususiy mulkning obyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, er, suv, er osti boyliklari, korxonalar, xo'jaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablag'lari, transport vositalari, turar joy, iste'mol tovarlari, ishbilarmonlik qobiliyati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, san'at va adabiyot asarlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Xususiy mulk subyekti unga egalik qiluvchi fuqarolar, yuridik shaxlar.

Xususiy mulk mulkchilikning eng ko'hna shakli, bundan bir necha yuz yillar oldin qabila, urug'- aymoqlarning jamoa mulkidan o'sib chiqqan jamoa mulki ayrim kishilar qo'liga o'tib, xususiy mulkka aylangan. [1] Xususiy mulk an'anaviy va bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali iqtisodiy tizim xususiy mulkni yo'qotib davlat mulkini o'rnatgan, iste'molga xizmat qiluvchi mulkni, jumladan uy-ro'zg'or buyumlari va tomorqa xo'jaligini shaxsiy mulk deb e'lon qilgan. Rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga qaytilgach, xususiy mulk qaytadan tiklanadi. Bunga quyidagi yo'l bilan erishiladi: 1) davlat mulki xususiy mulkka aylantiriladi; 2) o'z mablag'i hisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk hisoblangan tomorqa va xonadon mol-mulkiga xususiy mulk maqomi beriladi; 5) xususiy mulk chet eldan kirib keladi, mavjud mulkchilik tizimiga qo'shiladi.

Bozor iqtisodiyotiga xos mulkiy poliformizmni xususiy mulk transformatsiyasi yuzaga keltiradi. Xususiy mulk o'z sohiblari ixtiyori bilan birlashganda jamoa mulki hosil bo'ladi. Xususiy mulk milliylashtirilganda u davlat mulkiga aylanadi.

Xususiy mulk va boshqa mulk shakllari daxlsizdir va davlat himoyasidadir. Mulkdor undan faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda mahrum etilishi mumkin. Halol mehnat bilan orttirilgan mulk egasi o'z mulkining haqiqiy egasi bo'lishi kerak. Bu inson huquq va manfaatlarini himoya qilishning ajralmas qismidir. Solishtiradigan bo'lsak

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

136

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

O'zbekiston Respublikasining 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyasining 36-moddasida:" Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli.

Bankka qo'yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi" deb belgilab qo'yilgandi. Ammo bugungi kunga kelib bu moddaga ayrim qo'shimchalar qo'shildi. Bu yil 30-aprelda bo'lib o'tgan referendumdan so'ng bu modda yangi Konstitutsiyaga ko'ra 41-moddaga aylanib: "Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi" deb belgilab qo'yildi. Bunda: bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi normalari yangi kiritilgan.

Konstitutsiyaning yangi tahririda mulk huquqi 65-moddada quyidagicha bayon etilgan: "Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste'molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

O'zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta'minlanadi. [2]

Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o'z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas."

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga erkinlik berish, ular faoliyatiga aralashishni kamaytirish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlar joylashgan er uchastkalarini olib qo'yishi munosabati bilan mulkdorlarning huquq va qonuniy manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlash, etkazilgan zararning o'rnini qoplash borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, er uchastkalarini olib qo'yish bo'yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi. [3]

Mulkdor O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o'ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to'g'risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo'lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta'minlanadi.

Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur etkazmasligi kerak. Bu normalarning barchasi mulk huquqining kafolatlarini mustahkamlamoqda. [4]

Yurtboshimiz takidlaganlaridek, ayrim davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlarining xususiy mulkining daxlsizligi buzilishi (xususiy mulkka qasddan shikast etkazish, talon-taroj qilish, o'zlashtirish, buzib yuborish va boshqa), xususiy mulkni erkin tasarruf etish (foydalanish) huquqi cheklanishi va mulk huquqidan qonunga zid ravishda mahrum etilishi (noqonuniy egasiz deb topish, mulkka ta'qiq qo'yish, musodara qilish va boshqa), shuningdek, er uchastkalari noqonuniy ravishda olib qo'yilishi yoki ularga etkazilgan zararlar o'z vaqtida va to'liq to'lab berilmaslik holatlari uchramoqda. [5]

Mazkur holatlar adliya organlari tomonidan zudlik bilan choralar ko'rish va xususiy mulkni himoya qilinishini ta'minlash yuzasidan joriy yilning 15-iyul - 15-avgust kunlari aholi va tadbirkorlik subyektlarining ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlariga rioya etish, xususiylashtirilgan noturar ko'chmas mulk obyektlari noqonuniy qaytarib olish, shuningdek, turar va noturar bino-inshootlarni egasiz deb topish amaliyotini o'rganish va tahlil qilishga hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan "Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir" aksiyasi o'tkazilayotganligi to'g'risida ma'lumot berildi. "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida" gi PF-5780-son farmon (2019-yil).

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT taraqqiyot dasturining «O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik» qo'shma loyihasi doirasida «Ko'chmas mulk va ashyoviy huquq» amaliy qo'llanmasi chiqarilgan bo'lib, u respublika fuqarolik sudlarida mavjud bo'lgan ayrim materiallar va tegishli ma'lumotlar asosida tayyorlandi. Bunda millat

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

manfaati uchun xizmat qiladigan mulk huquqi bilan bog liq keng tushunchalar keltirilgan. [6]

Mulk huquqi daxlsizligini ta'minlamasdan iqtisodiy rivojlanishga erishish qiyin. Bu asosiy qonunimizda ham alohida belgilangan bo'lib, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Ushbu me'yor mamlakatimizning boshqa bir qator qonunlarida ham aks etgan. Xususan, "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi (24.09.2012) qonunda olib qo'yilayotgan er uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlashga zararning o'rni bozor qiymati bo'yicha oldindan va to'la qoplanmagunga qadar yo'l qo'yilmasligi nazarda tutilgan. Shuningdek, mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi bo'lmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emasligi belgilab qo'yilgan.

Shak-shubhasiz, O'zbekiston aholisi qonunchilikda belgilangan me'yorlarga amal qilishlari shart. Biroq ba'zi hududlarda qabul qilinayotgan qonunlarga rioya etmaslik holatlari, afsuski, uchrab turibdi. Shu sababli aholi va tadbirkorlarning xususiy mulk daxlsizligi huquqi bilan bog'liq masalalarni o'rganish maqsadida partiya faollari va deputatlardan iborat ishchi guruhi tuzilib, ular joylarda konstitutsiyaviy norma va amaldagi qonun talablari doirasida snos masalalarini atroflicha o'rganmoqda. Mavjud masalalar xalq deputatlari viloyat Kengashlari bilan hamkorlikda tahlil etilayotgani joylarda noqonuniy buzilishlar va aholining bu boradagi mulkiy huquqlari poymol etilishining oldini olishga xizmat qilyapti.

Har bir tadbirkor, avvalo, shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o'z biznesiga bexavotir investitsiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko'paytirishi, o'z mulkiga o'zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim. Demak, tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda ta'minlash har doim ham eng ustuvor vazifa bo'lib qolishi kerak. [7]

Shu nuqtayi nazardan aytganda, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, xususiy mulkning qonuniy hamda amaliy jihatdan ustuvor rolini ta'minlash, iqtisodiyotda davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada qabul qilingan qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining tadbirkorlik

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish yo'lida qat'iy tartib o'rnatildi.

Ahamiyatlisi, davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan o'zaro munosabatlarda tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi tamoyili amal qilmoqda. Qonun hujjatlarida ushbu faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo'lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga hal etilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishga to'sqinlik qilish davlat siyosatiga to'sqinlik qilish sifatida qaralmoqda.

O'z navbatida, yana bir muhim hujjat — "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun xususiy mulk huquqiga g'ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga qaratilgan huquqiy asos bo'ldi. Shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan qator o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.

Albatta, bularning barchasi mulk huquqini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashda muhim o'rin tutadi. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi roli va ahamiyatini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa Xususiy mulk konstitutsiyaviy qonuni rivojlanishining qisqacha tarixiy sxemasi ushbu institutning ijtimoiy-iqtisodiy omillar va siyosiy-falsafiy qarashlar ta'siri ostida doimiy dinamikada ekanligidan dalolat beradi. Vaqt o'tishi bilan xususiy mulkning alohida roli va ahamiyati tan olindi. Mulk munosabatlarini huquqiy tartibga solish bugungi kunda nafaqat tarmoq, balki konstitutsiyaviy va huquqiy darajada ham amalga oshirilmoqda. Xususiy mulk egalarining jamiyat oldidagi alohida javobgarligi to'g'risida ta'limot taqsimlanib, mulkning ijtimoiy, keyinchalik ekologik funksiyasiga asoslanadi. Xususiy mulk huquqi obyektlari ro'yxati doimiy ravishda takomillashib boradi, ba'zilari chiqarib tashlanadi. Doimiy evolyusiyaga xususiy mulkning subyektiv huquqi insonning asosiy huquqlaridan biri ekanligi, shu sababli uning mazmuni va kafolatlarini doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O'zbekiston, 2017.

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

140

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 Jasur Islamov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Murojaatlar bilan ishlash sektori mudiri Xususiy mulkka bo'lgan huquqning kafolati mavzusidagi maqolasidan.

4. Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Innovatsionnbie issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90

5. Kasimova A.A Роль женщины в современной науке Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

6. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI

7. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish (Scienceweb academic papers collection)

8. Dadasheva A. A THE ROLE OF MASS MEDIA IN THE DEVELOPMENT OF CIVIL SOCIETY IN NEW UZBEKISTANE ducational Research in Universal Sciences 2 (4), 203-207

9. Маликов, Б. К (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

141

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.