Научная статья на тему 'YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYANING YOSHLARGA VA KELAJAK AVLODGA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHGA KO‘MAKDOSH'

YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYANING YOSHLARGA VA KELAJAK AVLODGA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHGA KO‘MAKDOSH Текст научной статьи по специальности «Право»

5
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYANING YOSHLARGA VA KELAJAK AVLODGA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHGA KO‘MAKDOSH»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYANING YOSHLARGA VA KELAJAK AVLODGA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHGA KO'MAKDOSH

M. N. Masharipov

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani,

texnika fanlari doktori

So'ngi yillarda O'zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularni amaliyotga tatbiq etilish jarayonlarida qatnashib kelmoqdamiz. Bosh qomusimiz kuchga kirgandan so'ng undagi normalar to'g'ridan-to'g'ri amal qilinishi bu eng muhim jihatlaridan biridir. Yoshlar huquqi himoyalanishi, yosh avlodga berilgan e'tibor ham chetda qolmaganligi ahamiyatlidir.

Yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag'batlantirish kafolatlandi.

Jumladan, davlat:

- yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag'batlantirishni kafolatlandi;

- yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllanishiga g'amxo'rlik qilishi belgilandi.

Bundan tashqari, yoshlarning ta'lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo'lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish - davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilindi. Davlat shu orqali o'z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.

Raqobatbardosh milliy iqtisodiyot, xususiy tadbirkorlik va mulk huquqi kafolatlari mustahkamlandi.

O'zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta'minlanishi qat'iy belgilandi. Bu fuqarolar farovonligini oshirishga yo'naltirilgan O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi, mulkdorlar qatlamini kengayishiga xizmat qiladi.

Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta'minlanishi bo'yicha qoida mustahkamlandi. Mazkur norma mamlakat iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirishga, investorlarning ishonchini mustahkamlashga, tadbirkorlar

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

9

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashga xizmat qiladi.

Tadbirkorlaming qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o'z faoliyati yo'nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligi belgilandi. Konstitutsiyaga kiritilingan mazkur qo'shimchalar erkin bozor iqtisodiyotining eng muhim talabini o'zida ifoda etib, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni asosiy mezonlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag'larning erkin harakatlanishi kafolatlanishi mustahkamlandi. Bu hol tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini noqonuniy cheklashni oldini olishga va mehnat resurslarining erkin harakatiga zamin yaratdi.

Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinishi va cheklanishi mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ushbu normaning kiritilishi tovar va xizmatlar bozorining barcha ishtirokchilari uchun teng iqtisodiy-huquqiy imkoniyatlar yaratish orqali tadbirkorlar o'rtasida halol raqobatni rivojlantirishga hamda ishlab chiqarishga yangiliklarni tezkor joriy etish orqali samaradorlikni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Konstitutsiyada ilk marotaba er xususiy mulk bo'lishi mumkinligi nazarda tutilgan. Ushbu norma yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizdagi haqiqiy inqilobiy yangiliklardan biri sifatida mulkchilik munosabatlaridagi bo'shliqni to'ldirdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqparvar davlat qurish maqsadida kuchli Parlament, ixcham va mas'uliyatli hukumat, mustaqil va adolatli sud tizimini barpo etishga e'tibor berildi.

Parlament palatalarining vakolatlari qayta ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaymoqda, ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining mas'uliyat sohasi aniq belgilandi.

Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 14 tadan 18 taga ko'paydi.

Hukumatni shakllantirish va uning faoliyatini nazorat qilish, Davlat byudjeti ijrosiga oid masalalar Qonunchilik palatasining vakolatiga, hududlar manfaati va ularni rivojlantirish, yangi vazirliklar tashkil qilish to'g'risidagi farmonlarni tasdiqlash masalalari esa Senat vakolatlari doirasiga taalluqli ekanligi mustahkamlanishi shular jumlasidandir.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Senat oldiga qo'yilayotgan yangi vazifalardan kelib chiqib, uni ixcham, xalqchil va hududlar manfaatini ifoda etadigan idoraga aylantirish bo'yicha normalar Konstitutsiyada ko'zda tutildi. Xususan, senatorlar sonini hozirgi 100 nafardan 65 nafarga tushirish, bunda har bir hududdan teng ravishda 4 tadan senator saylanishi, Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytirilishi belgilandi.

Parlamentning quyi palatasi tomonidan kiritilgan qonunlar Senatda 60 kun ichida ko'rib chiqilishi, muddat o'tib ketsa, ushbu qonun ma'qullangan deb hisoblanishi va imzolash uchun Prezidentga yuborish bo'yicha norma kiritildi.

Xulosa o'rnida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning xalq irodasi va taklifi, tavsiyalari asnosida shakllanganligi va kelajakda ko'p yillar davomida fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga va eng muhimi inson qadri ulug'lanishiga, qonunustuvorligi ta'minlanishiga o'z kuchini ko'rsatadi.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

11

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.