SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA TAKRORNING POETIK
INDIVIDUAL VAZIFASI
Qurbonova Muharram Jurabekovna
SamDU 1-bosqich magistranti Tel:+998974085234, e-mail: [email protected]
Bu maqola o 'zbek tilshunosligida tilning unsurlari, sintaktik figuralar va bular orqali adabiyotda ularning ahamiyatini izohlaydi. Shu bilan birgalikda, til va adabiyotning aloqasi uzviyligi tahlil etiladi.
Kalitso'zlar: Takror, akromonogramma, lingvopoetika, stilistik figura
This article explains the elements of language, syntactic figures and their importance in literature in Uzbek linguistics. Together with this, the relationship between language and literature is analyzed.
Key words: Repetition, acromonogram, linguopoetics, stylistic figure
В данной статье объясняются элементы языка, синтаксические фигуры и их значение в литературе в узбекском языкознании. Вместе с этим анализируется взаимосвязь языка и литературы.
Ключевые слова: повтор, акромонограмма, лингвопоэтика, стилистическая фигура.
Badiiy asar mutolaa qilar ekanmiz, bu jarayonda adabiyot va tilning bevosita bog'liqligini, ulaming go'yo qush muvozanatini saqlovchi ikki qanotga o'xshash ekanligining guvohi bo'lamiz. Tilning har bir elementi poeziyada asarning pafosini, badiiy nafasini yoritib turadi. Jumladan, tilning stilistik figuralaridan bo'lmish, antitezani olaylik. Antiteza-ritorik qarama-qarshilik, umumiy tuzilish yoki ichki ma'no bilan o'zaro bog'langan tushunchalar, pozitsiyalar, tasvirlar, holatlaming keskin qarama-qarshiligidan iborat badiiy yoki notiqlik nutqidagi ziddiyatning stilistik figurasi hisoblanadi. "Tabiat va jamiyatdagi ko'plab narsa va hodisalaming mohiyati, insonlarning xarakteri ularni bir-biriga qiyoslash, taqqoslash, chog'ishtiгish asosida oydinlashadi. Badiiy adabiyot tilidagi antiteza usuli ham bir-biriga nisbatan qarama-qaTshi ma'nolami beгadigan so'zlarni, iboгalaгni bayonda yonma-yon qo'llash orqali obrazlilikni keltirib chiqarishga asoslangandir. "Bayonning bunday vositasi yoqimlidir, - deydi Aristotel "Ritorika" asarida, - chunki qarama-qarshilik
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
anglash uchun qulaydir, agar ular yonma-yon tursa yana ham tushunarlidir, yana shuning uchun qulayki, bu vosita isbot qilish, ziddiyatlarni qiyoslash bo'lganidan sillogizmga yaqinlashadi".1
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shoir she'riyatida takrorning yana bir turi bo'lmish - akromonogrammani ham uchratamiz. Akromonogramma va uning ko'rinishlari anadiplozis, epanalepsis, epanafora, eponostrofa kabilar klassik adabiyotdagi tashbig' san'atiga to'g'ri keladi. Akromongrammada bir to'rtlik yoki bayt qaysi gap bilan tugasa, ikkinchisi shu birlik bilan boshlanadi. Uning so'z, so'z birikmasi, gap shakldagi takrorlari ham bor. Tilshunos olim J.Lapasov takrorni shunday ta'riflaydi: "Badiiy asar mualliflari tasvirlanayotgan voqea-hodisaga oquvchining diqqatini tortish, uni borttirib korsatish uchun badiiy asarlarda tovush va tovushlar, so'z va so'zlar yig'indisini, gaplarni takror qo'llab, urguni kuchaytiradi, nutqqa keskinlik kiritadi".2 Shoir ijodini kuzatar ekanmiz, asosan so'z shakldan akromonogramma hosil tahlilga tortdik. Shoirning she'rlarida she'r bandlarini bir-biriga bog'lagan va kompozitsion xalqa vazifasini bajargan misralar takrori ham bor. Ular asosan kuchli ta;kid ottenkasini ifodalash uchun xizmat qilaganiga guvoh bo'ldik.
Akromongramma shoir ijodida o'ziga xos badiiy ahamiyatga ega bo'lib, u aytmoqchi bo'gan fikrga urg'u berishga xizmat qiladi. Masalan, shoirning "Qor yog'ayotgan oqshom" she'riga diqqatimizni qaratsak: Qor esa tinmasa, tinmasa qadaming. O'zing ham bir qor uchquniday Singib ketsang tunning bag'riga.
Bu yerda akromonogramma birinchi misra oxirdagi so'zning ikkinchi misra boshida takrorlanishi bo'lib, ma'no kuchaytirishga xizmat qilgan. Inson ruhiyatidagi o'y-kechinmalar, orzular va intilishlarni ifodalagan. Qor va qadam tinmasa emas, yoki qor tinmasa, qadam tinmasa emas, "tinmasa"ning bu holatda takrorlanishi aynan shu jarayonga yanada urg'u beradi, voqeylikni rivojlantiradi, kishini hayajonga soladi. Yoki, "Ikki tog'ning orasidan" she'riga e'tibor bersak: Ko'hiqof tomonlarda Uxlab yotar diyonat. Orol uxlar, sir uxlar, Uxlar zaqqum suvlar ham.
1 Каримов Суюн Амирович. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. -Самарканд. 1994. 45-bet
2 Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний та^лил. -Тошкент: Укитувчи,1995.48-б.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Shoir bu yerda esa ma'no kuchaytirish emas, balki ma'noning umumlashma ekanligini, jarayonning aynan bir nuqtaga bog'liq ekanligini ifodalash uchun bu yerda akromonogrammadan foydalangan. Orol, sir, suvlar barisi uxlamoqda, bu ularning barchasiga tegishli deya uqtiradi badiiy yo'l bilan ijodkor.
Shoirning "Shoirlarni otgan jallodlar" she'rida esa akromonogrammaning boshqa bir vazifada kelishining guvohi bo'lamiz: Podshohlarga shoirmas, qullar -Qullar kerak, jallodlar kerak, Shoir eksa dillarga gullar, Majaqlovchi sallotlar kerak.
She'rda qullar so'zi birinchi misra oxirida va ikkinchi misra boshida takrorlanib, akromonogrammani hosil qilgan. Bu yerda akromonogramma shunchaki takrorni emas, balki alohida ta'kidlangan takrorni yuzaga keltirgan. Ya'ni, shoir birinchi misrada aytgan qullar so'ziga qoniqmay, ikkinchi misra boshida ham achchiq alam bilan shu so'zni takrorlaydi. Ammo, bu ham shunchaki ta'kidgina bo'lib qolmay, balki kuchayytirilgan, ishonch, tasdiq ma'nosini anglatgan holat hisoblanadi.
Biz tahlil qilmoqchi bo'lgan quyidagi misolda esa akromonogramma zidlik, terslik ma'nosini anglatmoqda:
Samarqand shahrining bir chekkasida Qabr bor-odamlar yuz burib o'tar. Unda Abdullatif yotar, deydilar, Deydilar: "Bu yerda padarkush yotar.
Shoirning "Padarkush" nomli ushbu she'rida ijodkor deydilar so'zini qaytarish orqali o'ziga xos akromonogrammani yuzaga keltirgan. Ikki bora ketma-ket takrorlangan deydilar so'zi ikki xil mazmunga ega. Uchinchi misradagi deydilar shunchaki bu qabrda Abdullatif nomli bir kimsa yotganini anglatsa, so'nggi misrada boshidagi deydilar" shunchaki bir inson emas, ota qotili, razil inson - Abdullatif yotganini anglatadi. Bu tahlildan aniqlashadiki, hattoki ikki bora takrorlangan bitta so'z ham badiiy matn tarkibida zidlanishni ifodalashi mumkin ekan. Quyidagi jadvalda akromonogrammaning shoir X.Davron she'riyatida yuzaga chiqargan o'ziga xos ma'nolarini kuzatamiz:
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023
Ma'no kuchaytirish vazifasi Qor esa tinmasa, tinmasa qadaming. O'zing ham bir qor uchquniday Singib ketsang tunning bag'riga.
Ma'no umumlashtirish Ko'hiqof tomonlarda Uxlab yotar diyonat. Orol uxlar, sir uxlar, Uxlar zaqqum suvlar ham.
Tasdiq Podshohlarga shoirmas, qullar -Qullar kerak, jallodlar kerak, Shoir eksa dillarga gullar, Majaqlovchi sallotlar kerak.
Zidlanish Samarqand shahrining bir chekkasida Qabr bor - odamlar yuz burib o'tar. Unda Abdullatif yotar, deydilar, Deydilar: "Bu yerda padarkush yotar.
Bundan kelib chiqadiki, akromonogramma ham sintaktik figuralarning ichida o'z badiiy qimmatiga ega bo'lgan tasviriy vosita sifatida kishi ruhiyatiga xos ayrim belgilar bilan bir qatorda, ish-harakatning rivoji, bosqichi, umumlashmaligi, umumdan ajralganini anglatish uchun xizmat qiladi.
Umuman olganda, Xurshid Davron she'riyatida qo'llangan takror va uning turlari ma'noni kuchaytirish, ta'kidlash, umumlashtirish, tasdiqlash, zidlash, tadrijiylik, ta'sirchanlik va ohangdorlikni ifodalashga xizmat qiluvchi vositadir.
REFERENCES
1. Каримов Суюн Амирович. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари.-Самарканд. 1994.
2. Каримов Суюн Амирович.Узбек тилининг бадиий услуби. -Самарканд: Зарафшон, 1992.
3. Umirova S. O'zbek she'riyatida lingvistik vositalar va poetik individuallik (Monografiya). -Samarqand: Ipak yo'li, 2021. -B 236.
4. Xurshid Davron.Bahordan bir kun oldin. -Toshkent: Sharq, 1997.