Научная статья на тему 'O’ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA METAFORALARNING FOYDALANISH TAHLILI'

O’ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA METAFORALARNING FOYDALANISH TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
532
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafora / adabiyot / tilshunoslik / ko’chma ma’no / tasviriy vosita / mumtoz adabiyot / R.Qo’ng’urov / Arastu / O.Hanry / pneumonia / she’riyat / nasriy / istiora / Atoyi / Aristotel / John Della / Ritorika / o’xshatish. / metaphor / literature / linguistics / figurative meaning / visual means / classical literature / R.Kongurov / Arastu / O.Hanry / pneumonia / poetry / prose / metaphor / Atoyi / Aristotle / John Della / Rhetoric / Simile.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shermamatova, S., Odiljonova, M.

Mazkur tadqiqot jarayonida metafora tushunchasi va uning o’zbek va ingliz adabiyotlarida qo’llanilgan uslublari tahlil qilindi. Adabiy janrning yuragi metafora hisoblanishi ham o’rinlidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE USE OF METAPHORS IN UZBEK AND ENGLISH LITERATURE

In the course of this research, the concept of metaphor were analyzed and its methods used in Uzbek and English literature. It is also appropriate to consider metaphor as the heart of literary genre.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA METAFORALARNING FOYDALANISH TAHLILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

O'ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA METAFORALARNING

FOYDALANISH TAHLILI

S. Shermamatova

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi M. Odiljonova Farg'ona davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot jarayonida metafora tushunchasi va uning o'zbek va ingliz adabiyotlarida qo'llanilgan uslublari tahlil qilindi. Adabiy janrning yuragi metafora hisoblanishi ham o'rinlidir.

Kalit so'zlar: metafora, adabiyot, tilshunoslik, ko'chma ma'no, tasviriy vosita, mumtoz adabiyot, R.Qo'ng'urov, Arastu, O.Hanry, pneumonia, she'riyat, nasriy, istiora, Atoyi, Aristotel, John Della, Ritorika, o'xshatish.

In the course of this research, the concept of metaphor were analyzed and its methods used in Uzbek and English literature. It is also appropriate to consider metaphor as the heart of literary genre.

Key words: metaphor, literature, linguistics, figurative meaning, visual means, classical literature, R.Kongurov, Arastu, O.Hanry, pneumonia, poetry, prose, metaphor, Atoyi, Aristotle, John Della, Rhetoric, Simile.

Metafora tushunchasi paydo bo'lgandan buyon, o'tgan ikki yarim ming yildan ziyod vaqt oralig'ida ushbu fanga bag'ishlangan juda ko'p tadqiqotlar amalga oshirilgan. Metafora masalasi antik davrdan boshlab o'rganilib kelinadi. Xususan, Arastu bu atamani keng ma'noda qo'llagan. Faylasuf o'zining "Ritorika" asarida quyidagi fikrni ifodalaydi:

"Metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik va oxorlilik jozibasiga ega, undan o'rinli foydalanish nutqni bezaydi"1. Metafora shunchaki badiiy vosita emas, balki inson ongining, obrazli tafakkurining muhim mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Metafora atamasi murakkab tushuncha hisoblanadi. Sababi, qadimgi antik davrdan boshlab, hozirgi davrgacha ushbu fan faqat tilshunoslarnigina emas, balki adabiyotshunos olimlarning diqqatini ham o'ziga jalb qilib kelmoqda.Yuqorida keltirilgan ikki turdagi olimlarning yagona maqsadi, so'zning ko'p ma'noligi hamda undagi mavjud uslubiy imkoniyatlarni o'rganishdir. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, tahlil jarayonida metaforaga funksional yondashiladi, Chunki, bir tomondan

1 O'zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

yozuvchi yoki shoirga o'zining his-tuyg'ularini bayon etishga va asarni ma'noli hamda chiroyli yetkazib berishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o'quvchiga keltirilgan asarni osonroq tushunish, tasavvur qilish yoki ularni o'zida his qilib xulosa chiqarishga yordam beradi. Bundan ko'rinib turibdiki, metaforaning she'riyatdagi, umuman badiiy ijoddagi o'rni beqiyosdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Metafora so'zining morfologik va sintaktik xususiyatlari:

Grek tilidan kirib kelgan bo'lib, so'z yoki iborani o'xshashlik yoki o'xshatishga asoslangan ko'chma ma'noda ishlatish va shunday ma'noda ishlatilgan so'z yoki ibora, istiora yoki majozdir2 ("quloq" so'zining qozonning qulog'i ma'nosida ishlatilishi metaforaga yaqqol misol bo'la oladi).

A.Potebnya "Metafora qisqargan o'xshatishdir" deb ta'riflaydi. O'xshatishga xos bo'lgan, "aynan", "kabi", "xuddi" singari so'zlar ishtiroki mataforani yuzaga keltiradi. Biroq, metaforalar yuqorida ta'kidlangan so'zlar ishtirokisiz ham hosil bo'lishi mumkin.

Masalan, "ochiq ko'ngil" birikmasi ham metafora. Sababi, ushbu birikma "mehribon", "g'amxo'r" ma'nolarini bidirmoqda. Lekin, ko'rinib turibdiki ko'chma ma'nodagi birikma "kabi", "xuddi" singari so'zlar ishtirokisiz yasalgan.

John Stephen metaforaga quyidagicha ta'rif bergan:

Metafora - biror narsa yoki harakatni tushuntirish maqsadida ma'lum bir boshqa obyekt xususiyatidan foydalanadigan adabiy tushuncha3.

Masalan: "sochingiz ertalab quyoshidir" Ushbu gapda sochni rangi tillarang bo'lgani sababli, muallif uni to'g'ridan to'g'ri emas, balki quyoshga o'xshatib tasvirlaydi. Bundan tashqari, buyuk faylasuf Arastu o'zining mashhur "Poetika" asarida, "Ko'chma so'z (metafora) - narsaga xos bo'lmagan, jinsdan turga yoki turdan jinsga,yoxud turdan turga ko'chirilgan o'xshatilgan so'zdir"- deb ta'riflaydi.

Metaforada gap so'zma-so'z tarjima qilinmaydi.Taqqoslash yordamida g'oyani anglab olish mumkin.

R.Qo'ng'urov "O'zbek tilining tasviriy vositalari" kitobida shunday deb yozgan: "Metaforani yashirin o'xshatish deyish mumkin. Ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos ham doim asosiy ikki a'zodan tashkil topsa (ya'ni nima qiyos qilanadi, nima bilan qiyos qilinadi - qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet), metaforada faqat ikkinchi a'zo - o'xshatilgan narsa qoladi, o'xshagan narsa

2Aristotel.Ritorika.Poetika-M.:Labirmt,2000,-C128

3 O'zbek tili stilistikasi.T.:O'qituvchi,1983,-B.246

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

tushiriladi, lekin u kontekstdan sezilib turadi, demak, metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a'zo orqali idrok qilinadi"4.

Ular og'zaki nutqdan ko'ra, she'riyatda, umuman adabiyotda ko'proq ishlatiladi. Bu esa o'quvchiga ma'noni chiroyliroq va ta'sirchanroq yetkazib berishga xizmat qiladi.Metafora yozuvchining ijodiy mahsuli hisoblanadi.Shuning uchun uning she'riyatdagi o'rni beqiyosdir. Ayniqsa, o'zbek she'riyatida Abdulla Oripov -she'rlarida eng ko'p metafora ishlatgan shoirdir. Birgina misol tariqasida shoirning "Saraton" she'rini olish mumkin5.

Ko'rdimku manglaying ter bilan qotib, Berahm otashga berganingda tob. Ko'rdim-ku tepangda o'zim yo'qotib, Hayratdan lol qotib qolganin oftob.

Ushbu she'rda "berahm otash" hamda "lol qotmoq" ya'ni quyoshning lol qolishi metafora hisoblanadi. Demak, olov, otashning jonsizligi va unda rahmlilik xususiyati yo'qligi sababli shoir bunda jonlantirishdan foydalangan va metafora vujudga kelgan. Bundan tashqari, oftob ham jonsiz, ya'ni lol qolish quyoshga xos emasligi sababli uni metafora deb atash mumkin. Bundan tashqari, "Yuzma-yuz", "O'zbekiston" hamda "Muallimlarga" singari she'rlarida ham shoir metaforaga ko'plab murojaat qilgan.

O'zbek she'riyatida so'zlarning ko'chma ma'noda qo'llanilish Usmon Azim she'rlarida ham uchrab turadi.

Masalan: Men ko'cha kezaman, yog'a boshlar qor Oppoq qo'lchalarin yelkamga tashlab6.

Ushbu she'rda "qo'lchalarin yelkamga tashlab" iborasi metaforani vujudga keltiradi. Chunki, yog'ayotgan qorning jonsizligi va uning qo'llari mavjud emasligi sabab bo'ladi.

She'riyatda metaforaning qo'llanishi nafaqat o'zbek tilida ingliz tilida ham keng qo'llaniladi va ingliz adabiyotida John Donne o'zbek adabiyotidagi Abdulla Oripov singari metaforadan eng ko'p qo'llangan shoir hisoblanadi. Misol tariqasida uning "The Sun Rising" she'rini tahlil qilish mumkin.

She's all states, and all princes, I, Nothing else is.

Princes do but play us, compared to this, All honor's mimic, all wealth alchemy7.

4 Qo'ng'urov P.,O'zbek tilining tasviriy vositalari,T.,1977

5 Sayt.www.uzbaza.uz

6 Sayt.tafakkur.net

7Poetryfoundation.org

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Ushbu she'rning birinchi satri "She is all states and all princes, I" u barcha shtatlar va hamma shaxzodalar ma'nosini bildiradi va bu yerda insonni davlatlarga, shtatlarga qiyoslagani sababli metafora yuzaga keladi.

Ta'kidlash joizki, yozuvchilar nasriy janrda ham metaforadan mahorat bilan foydalangan. O'zbek adabiyotida S.Ahmad o'z asarlarida eng ko'p metaforaga murojaat qilgan yozuvchi bo'lsa, ingliz adabiyotida bu inson O.Henrydir. O.Henryning ko'plab asarlarini kichik hikoyalar tashkil qilsada, juda ko'plab ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni topish mumkin. Namuna sifatida "The last leaf" asarini oladigan bo'lsak, ilk metafora bu "pneumonia"8. Aslida bu so'z kasallik nomi va yozuvchi buni asarda odam sifatida tasvirlaydi. Oldin ta'kidlanganidek, bu so'z ma'noning o'quvchiga ta'sirchanroq yetib borishini ta'minlagan. Agar muallif uni shunchaki kasallik deb ataganda, tushunish uchun sezilarli darajada qiyin bo'lardi.

Ushbu yozuvchining yana bir metaforaga boy asari - "The gift of the Magi" hisoblanadi9. Ushbu asarda dastlabki metafora asarning sarlavhasidan boshlanadi. Ushbu so'zlar Della va Jimning sevgisi ma'nosini anglatib, metafora tarzida kelgan. Bundan tashqari, asarda soch ham jonlantirilgan va u jigarrang suv kabi to'lqinlanib, ko'chma ma'no hosil qilgan. Asarda Della obrazi sevgan insoni uchun sochini kesadi. Bu epizod hikoyaning kulminatsion nuqtalarida sodir bo'ladi. Shuning uchun ham yozuvchi bu voqealikni metafora orqali tasvirlagan. Keyingi metafora bu -ko'zlarning olmos, brilliantga qiyoslanishidir. Bu metafora Dellaning xursandchilikdan to'kayotgan ko'z yoshlarini anglatadi. Ushbu asarning keying satrlarida "next two hours tripped by on rosy wings" keltirilgan gap "keyingi ikki soat pushti qanotlarda o'tib ketti" ma'nosida tarjima qilinib, Dellaning keyingi vaqtlari hursandchilik bilan o'tganini tasvirlaydi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, O'zbek adabiyotida Said Ahmad eng ko'p metaforadan foydalangan ijodkordir. Masalan, uning eng mashhur asarlardan biri "Xandon Pista" asari ham metaforiga boydir10. Ushbu asarning ilk hikoyasi va dastlabki satrlardayoq "lab" so'ziga urg'u berilgan. "Yoqut lab, g'uncha lab, shakar lab" kabi ta'riflar berish orqali metafora hosil qiladi. "Go'shtning zarari haqida" hikoyasida oldingi davrlarni "shirin tush" ga o'xshataman deb yozadi, Said Ahmad va bu oldingi zamonning esda qolarli hotiraga boy ekanligidan darak beradi. Undan keyingi metafora esa "Yur yuvamiz" hikoyasida uchraydi. "Badavlat kelin" nomli hikoyasi gazetada chop etilganini nishonlanishini "yuvmoq" fe'li bilan izohlaydi va bu so'z ko'chma ma'nodagi so'z hisoblanadi.

8 "The last leaf",B.13

9 "The gift of the Magi"is published - This day in History - 4/10/1906.history.com

10 Xandon pista.B.3.,G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti.Toshkent-1994

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Mahoratli yozuvching eng mashhur hikoyalaridan biri bo'lmish "Cho'l burguti" ni tahlil qilinganda ham bir nechta metaforalarga duch kelish mumkin11. Misol uchun,asarning boshida bulutlarning asta-sekinlik bilan harakatlanishini "qip -qizil bulutlar sudralib yuribdi" misralari bilan ifodalaydi. Bunda jonsiz bulutlarning jonlantirilishi orqali metafora hosil bo'ladi. Keyinroq asarning sarlavhasi ham ko'chma ma'nodagi so'z ekanligi ifodalanadi. Chunki,"cho'l burguti" deyilganda Said Ahmad uchar qush emas,yuzlarini shamollar qoraytirgan, yaqinida turgan odamga ham xuddi olisdan qarayotgandek ko'zlarini qisib, birov bilan ko'rishgani qo'l uzatganda shamolga qarshi uchishga hozirlanib, qanotini yozib oldinga intilib turgan burgutga o'xshash bahaybat bir kishini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, asarda chol obrazi tomonidan ana shu "cho'l burguti" nomi bilan tanilgan shaxsga berilgan ta'riflarda ham yozuvchining metaforalardan mohirona foydalanganligiga guvoh bo'lish mumkin. U insonni "qoni tomiridan toshib ketayotgandek g'ayratli", "qo'li gul", yoshligida ham "o't-olov" bo'lgan deb ta'riflaydi. Ko'rinib turibdiki, cho'l burgutiga berilgan har bir ta'rif bo'rttirilgan holda tasvirlangan.

Metaforaning yana bir muhim jihati shuki, uning sharq mumtoz adabiyotida "istiora" deb atalishidir. Istiora (arab tilidan olingan bo'lib, "qarzga olish" yoki "ko'chirish") degan ma'noni anglatadi. Bu asarlarda so'zni o'z manosidan boshqa ma'noda, ya'ni majoziy ma'noda qo'llanishini ta'minlovchi san'at turidir. Masalan, ohu ko'z, sarv qomat, oq ko'ngil, sheryurak kabi so'zlar asosan she'riyatda ishlatilib, istiora san'atini yuzaga keltiradi. Sababi, hayotda ko'ngilning oq yoki boshqa ranglarda bo'lishi va yurak so'zining sher hayvoniga ma'no jihatdan yaqinligi yo'qligi uchun bu so'zlarning ko'chma ma'noda qo'llanilgan deb hisoblanadi.

Abdurauf Fitrat "Adabiyot qo'llanmasi" nomli qo'llanmasida istioraga quyidagicha ta'rif bergan12. "Bir so'zning boshqa bir ma'no uchun ishlatilmakidir. Shul shart bilankim, u so'zning o'z ma'nosi bilan yangi ma'nosi orasida bir turli o'xshashlik bo'lsun"

Masalan,Maqsud Shayxzodaning "Kapitan Gastello" asarida:

Bunda "Lochin" so'zi Kapitan Gastello obrazini, "Quzg'unlar" so'zi fashistlar ma'nosini ifodalagan.

11 Cho'l burguti.B.5,6.,G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti.Toshkent - 1994

12 Abdurauf Fitrat. "Adabiyot qo'llanmasi"

Sheryurakli bu lochin Qoqib qanot-qulochin, Quzg'unlardan asradi Elning xotin-xalajin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Istiora janridan taniqli g'azalshunos Atoyi ham o'zining g'azallarida mahorat bilan foydalangan.

Masalan: Tamanno qilg'ali la'lingli ko'nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda13.

"La'l" tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh, yor labidan chiqadigan iliq so'zni anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo'lgani sababli ham uni la'lga o'xshatma sifatida tasvirlaydi. La'l nodir tosh bo'lgani uchun, yorning shirin so'zlariga tenglaydi. Demak, Atoyi agar shunchaki shirin so'z deb tasvirlaganda, ma'no bu qadar tasirchan bo'lmas edi.

Bundan tashqari, Mir Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo'llanilgan istiora yanada go'zaldir:

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko'z, Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas14.

Ushbu g'azalda istioraning birinma-ketin qo'llanilganligini ko'rish mumkin. "oy", "muhabbat tuxmi", "o't" so'zlari ko'chma ma'noda qo'llanilgan. Oy - yorning yuzi ma'nosini bildirgan bo'lsa, "Muhabbat tuxmi"- insondagi nozik bir tuyg'uni ifodlaydi.Bu so'z shunchaki muhabbat yoki ishq so'zlaridan ko'ra go'zalroqdir. "O't" so'zi esa olov ma'nosini anglatadi va u yorning yuzini olov rangligini ifodalaydi. Atoyi uchun yorning yuzidagi qizillikni ifodalshning eng qulay yo'li uni olov so'zi bilan ta'riflashdir. Sababi, olov so'zi birinchidan yorning yuzi istaraliligini, ikkinchidan, uning rangini ifodalash uchun xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, metafora yaqin o'n yilda paydo bo'lgan atama emas. Bu atama qadimdan, nutqning chiroyli bo'lishi uchun xizmat qilgan. Xususan, asarlarda ifodalanuvchi obrazni ko'chma ma'noda ifodalanishini anglatadi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, metaforani bir nechta turlari mavjud va bu haqida lingvistika darsliklaridan ma'lumot topish mumkin. Ushbu termin avval aytib o'tilganidek, nafaqat, adabiyot darsliklarida balki, tilshunoslikda ham o'rganiladi. Bunga tegishli ma'lumotlar o'rganuvchiga maktabda berilgan darsliklar orqali o'rgatiladi. Adabiyotga keladigan bo'lsak, metafora adabiyotning har qanday janrida (nasriy, she'riy, hajviy va hakazo) birdek ishlatiladi. Bundan tashqari, insonlar uni kundalik hayotda ham foydalanganligini bir necha misollar bilan isbotlash mumkin. Masalan. "ko'chaning boshi", "qozonning qulog'i", "stolning oyog'i", "tog'ning etagi".

13 Adabiyot:darslik-majmua /B.To'xtaliyev,-Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti,2017.B.168-169

14 Adabiyot:darslik-majmua /B.To'xtaliyev,-Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti,2017.B.169

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Metafora o'xshash, shuning uchun ham ko'plab yondashuvlar shaklan va uslubiy, vazifasiga ko'ra yaqin kelsada, mohiyati jihatdan farqlanadi. Shu sababdan ham ko'chma ma'noda qo'llangan so'z tarzida talqin qilinadi. Yana bir bilish kerak bo'lgan ma'lumot, metaforaning mumtoz adabiyotida "istiora" deb atalashidir. Ma'no, mazmun, vazifa jihatdan ikkalasi bir hil. Biroq istiora faqatgina she'riyat, g'azalda foydalaniladi. Aslida g'azalda tasvirlanayotgan narsa yoki shaxs oddiy she'rdan ko'ra bo'rttirilgan tarzda aks etadi. Undagi istioraning ishtiroki esa obrazni o'quvchiga yanada ta'sirchanroq aks etishini ta'minlaydi.

Ikkala til kundalik hayotdagi metaforaning o'rni haqida gapirilganda, u muloqotning tushunarliligini hamda nutqni madaniyatliroq bo'lishiga yordam beradi

Ayniqsa, nasriy asarlarda metafora kuzatuvchi uchun sezilarli darajada ko'zga tashlanadi. Sababi, nasriy asarda voqealar rivoji ko'proq va uni o'quvchiga ta'sirchanroq hamda yozuvchining aynan xayolida gavdalangan g'oyani tasvirlash uchun eng muhim manba hisoblanadi. Shuning uchun ham metaforani adabiyotdagi o'rni beqiyosdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Qo'ng'urov R.,Begmatov E.,Tojiyev Y, Nutq ma'daniyati va uslubiyat asoslari.-T.:O'qituvchi,1992

2. Qo'ng'urov R., O'zbek tilining tasviriy vositalari,T.,1977

3. Aristotel. Ritorika. Poetika - M.:Labirint,2000._C.128

4. Adabiyot: darslik-majmua /B.To'xtaliyev,-Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti,2017.B.168-169

5. Abdurauf Fitrat., "Adabiyot qo'llanmasi"

6. Adabiyot: darslik-majmusi/B.To'xtaliyev,-Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti,2017.B.168-169

7. Xandon pista., G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti.Toshkent-1994

8. https://uz.warbletoncouncil.org

9. Mirtojiyev M.Linguistik metaforalar tasnifi. //O'zbek tili va adabiyoti. -1973.B.33-37

10. Mahmudov N, Nurmonov A.O'zbek tilining nazariy gramatikasi. O'qituvchi, 1995. B. 233

11. O'zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil

12. "The last leaf"., B.13

13. "The gift of the Magi",B.3-7

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.