International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
MODERN SHE'RIYAT TILIDA NOREAL IFODA SHAKLLARI
(Forms of abstract expression in the Language of modern poetry )
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-239-245
Dedaxanova Muazzam Altmishbayevna
Doktorant (PhD) O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti e-mail: [email protected] tel: 97-771 6602
ANNOTATSIYA
O'zbek modern she'riyatida ko'chma ma'no hosil qilish, konseptual metaforaning xususiyatlarini ko 'rib chiqish kognitiv ahamiyat kasb etadi. Modernizm ijodkorlarining aksariyat she'rlari strukturasining asosini aynan metafora tashkil qiladi. Ular kitobxon tafakkurida turlicha tasavvur uyg'otadi va birgina yo'nalishdagi talqinga qarshilik ko'rsatadi. Shuning uchun majoziy obrazlilik asosiga qurilgan badiiy tafakkur tabiati bilan modernistik she'rlar tadqiqot manbai sifatida alohida e 'tiborga loyiq. Shu bois mazkur maqola modernistik metaforalarning tahlili va o 'ziga xos xususiyatlarini ochib berishga bag'ishlanadi.
Kalit so'zlar: modernistik metafora, ko'chma ma'no, abstraksionizm, tashbeh, jonlantirish, sifatlash, majoziy obrazlilik.
In modern Uzbek poetry, creating a figurative meaning, considering the features of a conceptual metaphor, has a cognitive significance. The structure of most modernist poems is based on metaphors. They evoke different perceptions in the mind of the reader and oppose one-sided interpretation. In this regard, modernist poems with the nature of artistic thinking based on figurative imagery deserve special attention as a source of research. Therefore, this article is devoted to the analysis of modernist metaphors and their peculiarities.
Keywords: modernist metaphor, figurative meaning, abstractionism, allegory, animation, adjective, figurative imagery.
Modernizm XIX asming ikkinchi yarmi, XX asming 50—60-yillarida Yevropa, AQSH adabiyoti va san'atida rivoj topgan oqim va yo'nalishlarning umumiy nomi bo'lib, jahonda globallashuv jarayonlari boshlanayotgan bir vaqtda siyosiy, madaniy, iqtisodiy omillar o'zaro kesishgan nuqtada vujudga kelgan. Mazkur atama lotincha
ABSTRACT
KIRISH
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
"modernus" — "zamonaviy, yangi" va italyancha "modernismo" - "zamonaviy oqim" tarzida izohlanadi. Modernistlar olamni mantiqqa tayanmagan, hissiy "tafakkur" asosidagina to'laqonli tushunish mumkin, deb hisoblaydilar. Ular bunda mantiqiy-tahliliy mushohadaga qarshi turib, irratsional ongni yetakchi sanashadi. Shuning uchun modernistlar an'anaviy metodlarni inkor etib, abstrakt, noreal ifoda shakllarida ijod eta boshlaydilar. Bu yo'nalish vakillari ijtimoiylikdan chekinib, o'z shuuri tomon yuzlanadi. Ya'ni "bu o'rinda voqelikni aks ettirish emas, ijodkorning o'z-o'zini ifodalashi ustuvor ahamiyat kasb etadi" [KypoHOB va b., 2010: 201].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Dunyo falsafasi va adabiyotshunosligida modern she'riyat xususida R.Bart, F.Marinetti, X.Ortega-Gasset, R.Uellek, O.Uorren, G.Gesse, P.Rikyor, E.Xovardsxolm, E.Fromm kabi olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan [XoBapgcxonM 3., 1986: 460].
O'zbek adabiyotiga modernizmning kirib kelishi, ta'siri borasida olimlarimizning qarashlari turlicha. Bu tabiiy hol, albatta. Ammo adabiy yo'nalishning muayyan davrga xosligi, bizningcha, unga tegishli xususiyatlarning uchrab turishi bilan emas, balki butun bir ijtimoiy guruhning shu yo'nalishga xos ijodiy kayfiyatda ekani bilan belgilanishi joiz [KypoHOB, 2018]. Shu ma'noda, M.Xolbekov [Xolbekov, 2018] va S.Quronov [KypoHOB, 2018] ko'rsatgan - o'tgan asrning 80-yillarini o'zbek adabiyotiga modernizmning kirib kelish davri deb hisoblash mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Modernistik ifodada badiiy sintezning ahamiyati boshqa metodlarga nisbatan kuchliroq sanaladi. XX asrning 70-80-yillari o'zbek she'riyatida bir qancha ijodkorlar bu sohada o'z qalamlarini sinab ko'rdilar. Buning birinchi sababi inson, ayniqsa, ijodkor shaxs tabiatidagi yangilikka intilish bo'lsa, ikkinchisi o'sha davrdagi ijtimoiy tuzumdan norozilik kayfiyatlarini moderncha uslubda gavdalantirish edi. Mana shu imkoniyat samarasi o'laroq, keyingi yillarda o'zbek adabiyotida, xususan, she'riyatimiz qiyofasi, ifoda va tasvir yo'sinida ham jiddiy o'zgarishlar bo'y ko'rsatdiki, o'tgan asrning oxiriga kelib o'zbek adabiyotida modernistik she'riyat alohida estetik hodisaga aylandi. Shunga ko'ra, o'zbek modernizmining "qaynagan" vaqti 90-yillarga to'g'ri keladi. Bunga sabab ijodkorlarni birlashtirgan bir xil kayfiyat va shu kayfiyatni ta'minlab turgan "o'tish davri" edi. R.Parfining "Adashgan ruh", "Qora devor", "Munojot", "Sensiz", A.Suyunning "Istig'for", "Oq va qora",
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
A.Qutbiddinning "Tasavvur lahzalari", "Izohsiz lug'at","Tasavvur lahzalari", Sh.Rahmonning "Turkiylar", "Iqror", Aziz Saidning "Tush", "Yo'l", Faxriyorning "Ayolg'u", "Bo'g'zimdan sirqirar tovush — qon...", "Oyloq kecha..." kabi she'riy asarlari hamda "Muchal yoshi", "Yoziq" kabi dostonlari, Bahrom Ro'zimuhammadning bir turkum she'rlari mustaqillik davri o'zbek modern nazmining yetuk namunalaridan hisoblanadi. Bu she'rlar shakliy izlanish qilishga, ijodiy tajribalar o'tkazishga moyilligi, Chiqish va Botish poeziyasining eng ilg'or yutuqlaridan samarali foydalanilganligi bilan ajralib turadi [Yo'ldoshev Q. va b., 2014: 187]. Jumladan, "Gurs etib tushadi ko'z yosh tomchisi..." (Asqad Muxtor), "Os mon toshib kirar ko'zga, sig'mas ko'zga, Pablo..." (Rauf Parfi), "Yurak.. erkka ixtisoslashgan" (Faxriyor), "Nahrlarda etagi yirtiq Lo'li qizday qarg'anar osmon" (Abduvali Qutbiddin), "Hali mudrab yotgan dunyolaringni Uyg'otib uchadi ruhim ovozi!" (Zebo Mirzo), "kulayotgan kishining achchiq ko'z yoshi-yu, o'layotgan kishining tabassumiday sirlidir san'atning yuragi bilsang" (Ulug'bek Hamdam), "miltiq o'qlariday gumbir-gum qilib havodan qarsaklar yasardim doim" (Shavkat Rahmon), "Yuragimga kirgandim, Chiqolmay qolib ketdim. Bu dunyoning dardida O'tinday yonib ketdim" (Usmon Azim) kabi kutilmagan tashbehlar, tafakkur torlarini chertadigan — tesha tegmagan metaforalar yuzaga keldiki, ular modern she'rning o'z qaddini tutib olishiga yo'l ochdi.
She'riyatdagi tub modern o'zgarishlar haqida keyingi o'n-o'n besh yil mobaynida bahs-munozaralarga boy maqolalar, adabiy suhbatlar e'lon qilindi. O.Sharafiddinovning "Modernizm jo'n hodisa emas", U.Normatov bilan U.Hamdamning "Dunyoni yangicha ko'rish ehtiyoji" suhbatlarida, B.Sarimsoqovning "Absurd ma'nisizlikdir", P.Qodirovning "Ma'naviyat, modernizm va absurd", Q.Yo'ldoshevning "Tishing o'tmasa, tosh chaynama...", "Anglashning azobli yo'li", D.To'rayevning "Davr va qahramon", E.Ochilning "Siz she'r aytasizmu yo odam qo'rqutasiz?" nomli maqolalarida o'zgarayotgan badiiy tafakkur mevasi bo'lib dunyoga kelayotgan modern she'riyat, uning tug'ilish sabablari va qonuniyatlarini ochib berishga harakat qilingan. Bu maqolalarning ayrimlari modernizm yo'nalishidagi asarlarni tanqid qilgani, ba'zilari esa yangicha she'riyatning muqim yashab qolishiga ishonch bildirishi nuqtayi nazaridan mazkur muammo xususidagi fikrlar xilma-xilligini ifodalaydi.
Nutqda shakllanuvchi tovushlar, belgi yoki ishoralar, jestlar, xususan, so'zlarning vujudga kelishi aynan metaforizatsiya orqali sodir bo'ladi. Shuning uchun ham amerikalik olimlar Jorj Lakoff va Mark Jonson har bir tushunchaning yuzaga
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
kelish asosida metaforizatsiya jarayoni borligini ta'kidlashadi [Lakoff va b., 1983]. Shu jumladan, modern she'riyat tilining lingvistik jihatlariga ahamiyat berar ekanmiz, unda ko'chma ma'no tovlanishlari, so'zlardagi ramziylik e'tiborimizni tortadi. Ayniqsa, modernistik metafora ko'p qatlamli strukturaga ega. Modernizm lirikasida bir qadar ulg'aygan, ko'p subyektli va buning ortidan ko'p darajali bo'lgan metafora yangi vazifa - matnni tashkil etish funksiyasini o'z zimmasiga olgan. Bunday struktura turlicha anglashni namoyon qiladi va birgina yo'nalishdagi talqinga qarshilik ko'rsatadi. R.Parfi, A.Qutbiddin, Faxriyor kabi ijodkorlar aksariyat she'rlari strukturasining asosini aynan metafora tashkil qiladi. Bu shoirlar ijodida poetik til eksperiment tusini oldi, undan fikr tug'dirgan emas, aynan shu fikrni tug'diradigan kombinatsiyalar o'sib chiqa boshladi. Davr va zamondoshlarning qiyofasini yorqin chizish maqsadida modernistik she'riyat tiliga hamisha ham ohangdorlik, musiqiylikka jo'r bo'lavermaydigan neologizm(yangi so'z)lar, baynalmilal so'zlar, ilm-fanga oid atamalar, tarixiy, dialektal, undov, taqlidiy kabi so'z shakllari, kasb-hunarga doir tushunchalar nomi va boshqalar kirib keldi, badiiy tasvir vositalarining muayyan she'rda quyuq va tig'iz qo'llanishi natijasida metaforik fikrlash tarzi kuchaydi. Jumladan, A.Qutbiddin tomonidan butun tasvir, manzara modernistik uslubda "chizilgan" quyidagi she'rga diqqat qilaylik:
Qor gulxani...
Big'illab qaynayotgan chovgun...
Bo 'g'otlarda hakalabyurgan qish...
Qor chaqmog'i...
Etagi kuygan izg'irin...
Qor bo 'roni...
O'yin tushayotgan ayol...
Charx urib... Charx urib...
Charx urib./Qutbiddin, 20157
"Tasavvur lahzalari" she'riy turkumidan olingan ushbu parchada shoir qish manzaralarini bu faslga xos bo'lmagan ko'rinishlar bilan ("Qor gulxani...", "Qor chaqmog'i..." kabi) tasvirlashga uringan. Albatta, bu o'rinda muayyan manzarani, shoir maqsad qilgan badiiy g'oyani anglab olish juda qiyin. Chunki biz shundoq ham tushunish mushkul bo'lgan misralarni katta hajmli she'rdan ajratib olganmiz. Ammo "Tasavvur lahzalari" she'rini to'la o'qib, gap 90-yillarning achchiq hayoti haqida ketayotganini tushungan o'quvchi yuqoridagi "mantiqsiz" parchada ham muayyan manzarani ko'radi, asosiysi, lirik subyekt kayfiyatini his qiladi [KypoHOB, 2018].
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
O'zida modernizm oqimlariga xos barcha xususiyatlarni jamlagan katta bir yo'nalishi sifatida abstraksionizmni ko'rsatish mumkin. Mutaxassislar uni "predmetsiz tasvir" deb ham atashadi. Haqiqatan ham, bu yo'nalishga mansub suratlarda hech qanday predmet tasvirlanmasligi mumkin. Abstraksionizm ham modernizmning ilk oqimlari bilan bir qatorda vujudga kelgan. Uning namoyandalari surati mavjud olamning real ko'rinishlarini lahzaga muhrlashi mumkin, ammo olam mohiyatini tasvirda faqat o'zlari, ya'ni abstraktsionistlargina ifodalashga qodir deb bilganlar. Ko'proq rassomchilikda ommalashgan bu oqimda musavvirning lirik, ayni damda parokanda qalb kechinmalari aks ettirilgan. Kartinalarda sarosimaga tushgan, shu bilan birga, mutlaqo yolg'iz kishilar qalbi tasvirlangan. Abstraksionizmning boshqa yo'nalishlardan farqi unda lirizmning mavjudligi edi [KypoHOB, 2018]. Faxriyorning "Kechinma" nomli quyidagi she'rida tasvirning, deyarli, predmetlarsiz ekaniga guvoh bo'lishimiz mumkin: kim o'ylab topgan ekan bu so 'zni idishga o 'xshash bir so 'z
nimanijoylasangjoylashaverar... [Faxriyor, 2015]
She'ridagi obrazlarni faqat uzun assotsiativ zanjir vositasidagina real olam tasviri bilan bog'lash mumkin. Unda inson ruhiyatidagi alamli kechinma tug'yoni aks etgan. Shoir, avvalo, uni idishga qiyoslab, o'quvchida obrazli tasavvur uyg'otadi va bu fikrini rivojlantirib boradi:
kechinma
sirtmoqday mahkumlik
o 'qilmagan hukmning sharpasi
muqarrar qatl
Har kim bo 'ynida
bir sirtmoq qatlni ko 'tarib yurar
kechinma qilib... [Faxriyor, 2015]
Tashbeh (idishga o'xshash, sirtmoqday, 13 raqami kabi), jonlantirish (tashxis) asosiga qurilgan metafora (kattalashib borayotgan, nasiba ulashadi) va sifatlash (sirtmoqday mahkumlik, o'qilmagan hukm, odil kechinma...) san'atlari orqali hissiy holatni tasvirlaydi:
kechinma 13 raqami kabi hech narsaga bo 'linmas, parchalanmas uning kattalashib borayotgan yaxlitligi yurakni yoradi qoq o 'rtasidan
hayot va mamotga tengdan nasiba ulashadi odil kechinma [Faxriyor, 2015].
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
1.1-rasm.
Demak, shoir nazdida KECHINMA nafaqat IDISH, shuningdek, sirtmoqday MAHKUMLIK, o'qilmagan hukmning SHARPAsi, muqarrar QATLga, balki hamma bo'ynida ko'tarib yuradigan YUK, ayrimlar irim qilib qo'rqadigan, xitoylar hatto mehmonxonalarida voz kechgan 13 RAQAMI, kattalashib borishi bilan yurakni qoq o'rtasidan yoradigan BO'RON, hayot va mamotga teng ulashilgan NASIBAdir. E'tiborli yana bir jihati shuki, ushbu "Kechinma" she'ri ham tinish belgisiz, qofiyasiz, kichik harfdagi so'zlar tizmasidan iborat. She'rning o'rta qismidagi ikki misra boshidagina bosh harf ishlatilgan, bunda qanday hikmat borligi yana bir jumboqli masalardan biridir.
XULOSA
Umuman olganda, so'z san'ati - ijtimoiy hodisa. Ijodkor qaysi davrda, qanday sharoitda va qanday istakda asar yaratmasin, unda baribir ijtimoiylik aks etaveradi. Chunki ijodkor shaxs mavjud jamiyatning bir bo'lagidir. Shu ma'noda, o'zbek modernizmiga muayyan milliy-ijtimoiy kayfiyatning mevasi sifatida qarash to'g'ri bo'ladi. Shunday ekan, G'arb modernizmi o'zbek zaminida aynan takrorlangan, deyish fikridan yiroqdamiz. Lekin 90-yillardagi ijtimoiy-madaniy hayot milliy adabiyotimizda modernizmga xos bo'lgan xususiyatlarning vujudga kelishiga turtki bo'ldi. Buning natijasida zamonaviy o'zbek she'riyati yangi nomlar, betakror asarlar bilan boyidi. She'r matni tilining o'ziga xos lingvistik jihatlari yangicha tamoyillarda bo'y ko'rsatdi. Xullas, bugungi o'zbek modern she'riyati nafaqat adabiyotshunoslik, balki tilshunoslik nuqtayi nazaridan ham xolisona, chuqur tadqiq va tahlil etishga muhtojdir
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Faxriyor. She'rlar. - 2015 (https : //kh-davron.uz).
2. Lakoff G., Johnson M. Les métaphores dans la vie quotidienne (trad. fr.). -Paris, Éd. de Minuit, 1983.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
3. Yo'ldoshev Q., Qodirov V., Yo'ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablarinmg 9-sinfi uchun darslik. Qayta ishlangan 3-nashri. (Mas'ul muharrirlar: V.Rahmonov, K.Usmanova), —Т.: Yangiyo'l poligraf servis, 2014.
4. Куронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати. - Т.: "Академнашр", 2010.
5. Куронов С. Модерн шеъриятда тасвир. - 2018 (https://yosMikiumali.uz/tadqiqot/modern-she'riyatida-tasvir).
6. Кубиддин А. Тасаввур лахзалари - 2015 (https: //kh-davron.uz)
7. Холбеков М. XX аср модерн адабиёти манзаралари. - 2018 (https://kh-davron.uz).
8. Ховардсхолм Э. Модернизм. Пер. Э. Панкратовой//Называть вещи своими именами: Прогр. выступления мастеров запад.-европ. лит. XX в. Сост., предисл., общ. ред. Л.Г.Андреева. — М.: Прогресс, 1986.
9. Хасанова Г. Х. Узбекистон, Япония ва Жанубий Корея касб-хунар таълими тизимларининг узига хос хусусиятлари //Современное образование (Узбекистан). - 2018. - №. 3.
10. ХАСАНОВА Г. Х. General and professional education systems of Uzbekistan and Japan: a comparative analysis //Иностранные языки в Узбекистане. - 2020. -№. 1. - С. 83-97.
11. Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.
12. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.
13. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).
14. Насирова, С. А. (2021). ВОЕННАЯ СИСТЕМА ДРЕВНЕГО КИТАЯ: ОБЗОР ТЕРМИНОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1), 139-146.
15. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10