Научная статья на тему 'XOTIN-QIZLAR HUQUQI VA ERKINLIKLARINING TA’MINLANISHI JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIDIR'

XOTIN-QIZLAR HUQUQI VA ERKINLIKLARINING TA’MINLANISHI JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIDIR Текст научной статьи по специальности «Право»

22
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XOTIN-QIZLAR HUQUQI VA ERKINLIKLARINING TA’MINLANISHI JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIDIR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

XOTIN-QIZLAR HUQUQI VA ERKINLIKLARINING TA'MINLANISHI JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIDIR

(O'qigan qiz shahar olib beradimi?)

M. M. Zakirova- O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: S.A.Toshtemirova

Tarixga nazar soladigan bo'lsak, To'maris, Saroymulkxonim, Gavharshodbegim, Xadichabegim, Xonzodabegim, Mumtoz Mahalbegim, Jahonorobegim kabi bir qator taniqli ayollar haqida talaygina ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Bu-tarixda ayollarning o'rni nechog'lik yuqori bo'lganligidan dalolat beradi. Jahon statistikasiga nazar soladigan bo'lsak, dunyodagi millionerlar qatoridan aksariyat ayollarning ham o'rin egallab ulgurganligining guvohi bo'lamiz. "Divergent" asari muallifi Veronika Rot, "Poezddag qiz" asari mualifi Pola Xokins, "Kulrangning ellik tusi" muallifi Erika Leonard Jeyms, "Uzuk" asarining mualifi Daniela Stil, hamda Garri Poter asarining muallifi Joanna Ketrin so'zimizning yaqqol dalilidir. Biroq bugungi kunda ham ushbu ro'yhatni mamlakatimiz ayollari misolida bemalol davom ettira olamizmi?! Ayni damda mashxur ayollarimiz haqida uzoq gapirishimiz mumkin, biroq "O'qigan qiz shahar olib berarmidi?!" qabilida ish tutayotgan oilalarga nazar soladigan bo'lsak, yillar o'tib borayotgani sayin iste'dodli qizlar ro'yhatini tuzishga ham ikkilanib qolasan kishi! Tahminan, bundan 50 yildan keyin ham shunday ro'yhatlarni faxrlanib aytishimiz uchun, bugun o'zbek oilalarida imkoniyat yetarlimikin?!

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ayollar va erkaklarning jamiyatimizda teng huquqli ekanligi o'z aksini topgan. Shu o'rinda jamiyatimizda qizlar huquqlari erkinliklariga bo'lgan munosabatlar bo'yicha to'xtalib o'tmoqchimiz. O'zbek xalqi milliy qadriyatlar ravnaq topgan yurtlar qatoridan o'rin olgani barchamizga birdek ayon. Mamlakatimizdagi har bir oilada qiz bolaning tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilgani ham, balki shu marifat maskaninining mevasi bo'lsa ajab emas. Azaldan qiz farzand dunyoga keldimi, uni oq yuvib, oq tarab, o'z uyiga, o'z egalarining qo'liga sog'-salomat topshirish ota-ona oldidagi asosiy burch va vazifalardan biridir. Nuroniylarimizning aytishicha, xalqimizda azaldan qiz farzandni to kamolga yetkazib, haqiqiy ota-onasi qo'liga topshirmagunicha, uni ostona hatlab ko'chaga chiqishi odamlar orasida ortiqcha mish-mishlarning ko'payishiga sabab bo'lgan ekan. Bu qaysidir ma'noda ota-onasi, oilasining nomiga putur yetkazishi bilan barobar bo'lgan. Uzoqqa bormaylik, mana butun yurtimiz faxrlanib g'ururlanib yodga oladigan, dunyo ahli she'rlarini sevib o'qiydigan Zulfiya Isroilova! Chinakam iste'dod sohibasi. Agar Zulfiyaxonimning ota-onasi "O'qigan qiz shahar olib beradimi?" qabilida ish tutganida, bugun nafaqat o'zbek xalqi balki butun

December 1

739

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

dunyoda Zulfiya Isroilova nomi butunlay bo'lmasdi ham. Eng achinarlisi shunda-ki, iste'dod qishloqda qolib, gap-so'zlardan qo'rqqan qizning she'rlari o'z ko'ngliga ko'milib ketgan bo'lar edi. Xalqimiz shubhasiz baxtli xalqlardan biridir, chunki uning nomini dunyolarga tanitgan olima ayollari, zukko davomchilari bor. Ammo shuni ham unutmasligimiz kerak-ki, aynan hozirning o'zida, afsuski o'zbek xalqi ota-onasining qarshiliklari tufayli necha-necha Zulfiyalaridan ajralib qolayotgan bo'lishi mumkin.

Birgina sport bilan shug'ullanadigan qizlar soni bugun ming-mingdan ortiq. Biz hali fan, ta'lim, madaniyat, adabiyot yo'nalishlarida faoliyat olib borayotgan iqtidorli qizlar haqida so'z ochganimiz yo'q. Mazkur ko'rsatgichlardan ma'lumki, O'zbekiston chinakam imkoniyat bo'stonidir. Dunyo tan olib ulgurmagan bir haqiqat borki, haqiqiy iste'dod egalari chindan ham qishloqlarda tug'ilib, shaharlarda vafot etadi. Biroq, qiz bolaning maqsadlariga chegara tortar ekanmiz, u qishloqda tug'iladi, achchiq haqiqat bo'lsa ham tan olish kerakki, o'sha qishloq tuprog'iga ko'miladi. Maddohlik bilan kun kechirganlarning, doimgidek oshig'i olchi. Ikkita jumlani eplab biriktira olmaydigan odamlar esa, shahar bag'rida iste'dodsiz "iste'dodli" bo'lib qo'sha-qo'sha medallar shodasi bilan gerdayib yuraveradi. Achinarlisi, iste'dodli yurakni tuproq o'z bag'rida, o'zi yeb bitiradi. Yettita avlodi u yog'da tursin-u, nari borsa yarim asrdan so'ng uning nomi butunlay yo'q bo'lib ketishi barchaga birdek ayon.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan yurtimizda yoshlarga bo'lgan e'tibor, davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Shunday bir paytda, xalqimiz orasidagi nega yana Navoiy tug'ilmadi, Nodira-yu Uvaysiylar tug'ilmadi? -degan savollarning tug'ilishi deyarli hech birimizga yangilik emas. Qizlarni erta turmushga bergan oilalardan, o'qimaysan degan mazmundagi cheklovlar bilan o'sib kelayotgan qizlar orzularining amalga oshishiga to'g'onoq bo'layotgan, o'z farzandining qiziqishlarini qaysidir ma'noda qat'iy ta'qiqlab, o'z farzandi iste'dodini rivojlantirishdan ko'ra uning yo'liga g'ov bo'la turib, yana qanday qilib bugunimizdan buyuk siymolarni kutamiz? Oila qurish har bir qiz uchun baxt, ammo har narsaning o'z vaqtida bo'lgani yaxshi. Ota-onasining orzularini amalga oshiraman deb, o'z orzularidan kechayotgan tengdoshlarimizga befarq qarashga, insondan katta vijdonsizlik talab qilinadi. Achinarlisi, bu holat asta-sekinlik bilan oddiy holga aylanib bormoqda.

Rivojlanishga chet elning xo'rozqandiday qaraydigan, ayrim insonlar, bugungi zamon-oliy ma'lumotli kadrlarniki ekanligini nahot hali to'la-to'kis anglab yetmagan bo'lsa?! Balki mayda-chuyda gap so'zlardan yiroqlashib, haqiqatning ko'ziga tikka boqish vaqti yetkandir. E'tibor beradigan bo'lsak, o'qish orzusida bo'lgan qizning bir qo'lidan ota-onasi tortsa, yana biridan o'qituvchisi tortadi. Ikki xil inson va ikki hil dunyoqarash. Balki ota-ona va o'qituvchilar munosabatlariga tubdan yangi yo'nalish kiritish kerakdir. Aslida kiritish kerak emas, kiritish shart. O'ttizta o'quvchidan o'ntasining ota-onasi

December 1

740

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

qatnashadigan "yig'ilish" laming o'rniga real konfrensiyalarni, real uchrashuvlarni, ochiq muloqotlarni tashkil qilish kerak. Oliy o'quv yurtlari rahbarlari bilan bo'ladigan uchrashuvlarda, iqtidorli o'quvchilarning ota-onalari qatnashsa holat tubdan o'zgarishi tayin. Balki shu yo'l va birozgina mehnat, qat'iyat bilan imkoniyat bo'stoni yangidan-yangi iste'dodlarni, yangi ovozlarni kashf qilgan bo'larmidi.

Mamlakatimiz haqiqatdan ham jannatmakon o'lka-ki, unda yaxshi niyatni qalbiga jo etgan inson, albatta, o'zi istagan orzularining ro'yobini ko'radi. Bu o'lkaning farzandlariga, hamma havasda boqishi tayin. Barchamiz hayajon bilan guvohi bo'lganimizdek o'qigan qiz "Spark" oldi! Bu yoshlarga qaratilgan e'tiborning ilk qadamlari, porloq kelajakning ilk debochasi demakdir. Agar hamma qizlar orzu qilgani kabi, talaba bo'lish baxti uchun, qiz farzandni kamolga yetkazgan ota-onalarga o'z qizlari shahar olib berishlari kerak bo'lsa, shu yurt farzandi sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki-,"Bu zaminning, fidokor sarboni bor ekan, O'zbekiston qizlari nafaqat shahar oladi, balki butun dunyolarning e'tirofiga sazavor bo'ladi!!!" O'zbekiston, imkoniyatlar bo'stoni demakdir. Shunday ekan, aziz tengdoshim, imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang! Zero, birinchi Prezidentimiz, I.A. Karimov aytganlaridek: "Bugungi kun bizniki, marra bizniki!".

REFERENCES

1. Отамуратов, С. (2022). ЯНГИЛАНАЁТГАН УЗБЕКИСТОНДА ТИББИЁТ ОЛИЙГО^ЛАРИ ТАЛАБА ЁШЛАРИДА МИЛЛИЙ ГУРУР ВА ИФТЩОРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 156-160.

2. Отамуротов, С. (2006). Глобаллашув жараёнининг миллий маънавиятга таъсири/Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-хукукий масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.

3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.

4. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.

5. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent: Uzbekistan.

6. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

7. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

8. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его

December 1

741

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

9. Отамуротов, С., Мамашокиров, С., & Холбеков, А. (2001). Марказий Осиё: гоявий жараёнлар ва мафкуравий тахдидлар. Т.:«Янги аср авлоди.

10. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

11. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.

12. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

13. Atamuratov, S. (1992). Nacional'naya kul'tura i nacional'noe samosoznanie v processe obnovleniya obshchestva. Social'no-filosofskiy aspekt. Avtoreferat dissertacii. Tashkent.

14. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.

15. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.

16. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухий тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

17. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 76(2), 57-61.

18. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

19. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.