Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
DAVLAT VA JAMIYAT RIVOJLANISHIDA OILA TARBIYASINING
MUHIM AHAMIYATI
S. Sh. Karimov. - Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: D.M.Ismoilova
"Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman , oilamiz tinch bo'lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo'lsa, baxtli bo'lsa, vatan tinch bo'ladi . O'sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko'rish hammamizga nasib etsin!" - deya ta'kidladilar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.
Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'indir. U o'zida oila a'zolarining ehtiyojlari , qiziqishlari , mayllari , tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyati turlarini aks ettiradi. Ota - onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari , ma'naviy -axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarini shaklantirish maqsadida tizimli ta'sir ko'rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.Yana bir keng ma'noda oila - nikohga yoki tug'ilganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a'zolari ro'zg'orning birligi, o'zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan birbiriga bog'langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining turmush sharoitini va bo'sh vaqtini samarali uyushtirishdan iborat. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlovchi muqaddas maskanhamdir. Biz bilamizki oilada biz va avlodlarimiz tarbiya topib, ulg'ayamiz, dunyoni anglaymiz hamda barchamiz turli fe'l-atvor kasb etib boramiz. Oila jamiyatning poydevorini tashkil etadi. Shu bois jamiyat va davlatning farovonligi, gullab-yashnashi bevosita shu jamiyatdagi oilalarning moddiy va ma'naviy jihatdan mustahkamligiga bog'liq. Bunda ota-ona zimmasida ma'naviy yetuk, jismoniy baquvvat yosh avlodni yetkazish barobarida, jamiyat ravnaqi uchun muayyan bir kasbning fidoyisi, iqtisodiy mustaqil, ishbilarmon, tadbirkorlik madaniyatiga ega shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Sharqda oila azaldan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oila a'zolarida muayyan turmush tarziga rioya qilib, tajriba orttirish, saranjomlik va tejamkorlik, qat'iylik va to'g'riso'zlik singari odobaxloq me'yorlarini kamol toptirish azaldan oilaning asosiy vazifasi bo'lib kelgan. Buyuk qomusiy olimlarimiz, xususan, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg'u bilig", Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibbat ul xaqoyiq", Abu Nasr Forobiyning "Baxtga erishish haqida, Abu Ali ibn Sinoning "Tadbir al-manozil" risolasi, Sa'diyning "Guliston, Husayn Voiz Koshifyning "Axloqi muhsiniy", Alisher Navoiyning "Mahbub ul- qulub", Abdurahmon Jomiyning "Silsilat uz- zaxab", "Bahoriston", Abdulla Avloniyningm
December 1
743
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
"Turkiy Guliston yoxud axloq" va boshqa ko'pgina asarlarda oila ma'naviyati, bolalar va yoshlar tarbiyasining uslublari, ota-onaning oiladagi vazifalari, farzandning ular oldidagi burchi, oilaviy tarbiyaning mazmun mohiyati har tomonlama sharhlanib, turli hayotiy rivoyatlar orqali atroflicha yoritib berilgan. Bu asarlar hanuzgacha o'z qiymatini yo'qotgani yo'q va sevib o'qilmoqda.
Oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tamonidan bolalarni tarbiyalashda, doimiy tarbiyaviy ta'sirchan kuch, ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro'sining yuqori bo'lishi, bolalarga talab qo'yishda oila kattalari o'rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e'tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo'yish, oilada qat'iy rejim va kun tartibini o'rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi o'zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qo'llab quvvatlash kerak bo'ladi.
Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan Q.Leongard, Dembo-Rubinshteyn, E.Olimov, M. Quranov, O.Musurmonovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma'rifiy-axborot yondashuvlaridir. Bu yondashuvlarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzliksiz va ma'lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasida ro'lini faollashtirishga muvaffaq bo'linmoqda. "Oilaviy tarbiya doimo o'zining murakkab va ko'p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi" - deb takidlaydi A. Munavvarov. Har bir oilada o'ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig'magan olam, uning tarbiyasida o'ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari o'zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo'l -yo'riqlari mavjud emas.
Biz shakillantirmoqchi bo'lgan oilada ota-ona obro'si, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oilada tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgo'ylikdan iborat bo'lib qolmasligi va bola hayotining ko'p qismi oilada o'tishi shart. Shu boisdan mavjud an'analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta'sirida bola asta-sekin kamol topib boradi. An'ana va marosim oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasini ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bog'lsakkina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Oila tarbiyasida yutuqlarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir ota-ona oila tarbiyasida o'zlarining burch va mas'uliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob o'qishga, mehnat qilishga o'z vaqtida jalb etish ham oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yo'qligi yoki ulardan birining ketib qolishi oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy ta'sir kuchi yo'qoladi. Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qattiq jarohatlanadi, u
December 1
744
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
tajang , serjaxl, qo'pol, dag'al bo'lib qoladi, kattalarga ishonmay qo'yadi, o'qishi pasayib ketadi. Shu boisdan oila tarbiyasida otaning obro'si katta ahamiyatga egadir. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bog'lamasdan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun oila tarbiyasida maktab va ota-onalar o'rtasidagi ta'lim tarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning o'qituvchilar bilan bo'lgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular o'z farzandlari to'g'risida ko'proq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa o'rnatishi, farzandining darslarini o'zlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor bo'lib turishi, tarbiya masalalarida o'qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan so'ng nima bilan shug'irlanayotganligi haqida o'qituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. O'z navbatida o'qituvchi va sinf rahbari ham bolaning o'qishi, odobi, xulqi, maktabda o'zini tuta bilishi haqidagi ma'lumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tug'ilganda paydo bo'lgan muammolarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining a'zosi bo'lib qolishi shart. O'qituvchi va sinf rahbari ham o'z o'quvchisining oilasi bilan mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'ymog'i lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasida farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina, muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila o'ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Biz juda ko'p guvohi bo'lganmiz va bu jarayondan o'tganmiz. Ota go'dak farzandini suyganda ko'kka otadi. Bu "mendan-da ulug' bo'l, bolam" degani. Bu xaqiqiy g'amxo'rlik va farzandni barcha narsadan, xatto, o'z-o'zidan-da aziz bilish ifodasi. Ota farzandi maktabga borganida uni quchog'iga olar ekan, peshonasidan o'padi. Bu "toleying porloq bo'lsin" degani. Ertaning umidi bor unda, farzandining iqboli uchun har narsaga tayyorlik mujassam b o'ladi ushbu mehrda. Harbiyga kuzatayotganda ota o'g'lining belidan dast ko'taradi. Bu "Vatan xizmatiga bog'lagan beling mustahkam bo'lsin" degani. O'qishni bitirib, o'g'li qo'lidan ish olganida ota duoga qo'l ochadi: "yo'ling yorug' bo'lsin, bolam" O'shanda uning ko'zlari yoshlanganini ko'rmaysiz, qalbidagi iftixorni tasavvur qila olmaysiz. Farzandining ulug' ishlarni qilganini ko'rganida esa "otam" deb suyadi, qiziga esa "ona qizim" deb murojaat etadi. Buning tagida shunday hikmat bor: "bugun seni suysam ertaga senga suyanaman!" Biz qurmoqchi bo'lgan baxtli va faravon oila uchun hozirdan, ya'ni shu vaqt va shu soniyadan yoshlarga ta'lim va tarbiyani to'g'ri olib bormog'imiz zarur.
REFERENCES
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
1. Отамуратов, С. (2022). ЯНГИЛАНАЁТГАН УЗБЕКИСТОНДА ТИББИЁТ ОЛИЙГОХ,ЛАРИ ТАЛАБА ЁШЛАРИДА МИЛЛИЙ ГУРУР ВА ИФТЩОРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 156-160.
2. Отамуротов, С. (2006). Глобаллашув жараёнининг миллий маънавиятга таъсири/Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-хукукий масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.
3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.
4. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.
5. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent: Uzbekistan.
6. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.
7. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
8. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
9. Отамуротов, С., Мамашокиров, С., & Холбеков, А. (2001). Марказий Осиё: гоявий жараёнлар ва мафкуравий тахдидлар. Т.:«Янги аср авлоди.
10. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.
11. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.
12. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.
13. Atamuratov, S. (1992). Nacional'naya kul'tura i nacional'noe samosoznanie v processe obnovleniya obshchestva. Social'no-filosofskiy aspekt. Avtoreferat dissertacii. Tashkent.
14. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.
15. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.
16. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухий тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
17. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.
18. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.
19. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.
December 1