Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
OILA MUSTAHKAMLIGI BU YURT OBODLIGI VA TARAQQIYOTINING ASOSI
A. Alikulov - Tarix o'qitish metodikasi yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: S.A.Toshtemirova
Oila jamiyatda ma'lum bir vazifalarni bajaruvchi ijtimoiy tizim sifatida faoliyat olib boradi. Ijtimoiy hayot taraqqiylashayotgan bir vaqtda oilaning bajaradigan vazifalari ham yanada kengayib bormoqda.
Bugungi kunda jamiyatda oila muhim maskandir. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, "Har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o'rni va ta'siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag'rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma'naviy mezon va qarashlar -yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir".
Oila mustahkamligi - bu yurt obodligi va taraqqiyotining asosidir, shu jihatdan ham mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash bilan bog'liq qonunchilik va huquqiy bazani tashkil qilish, rivojlantirish va takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor berilib kelinmoqda. Jumladan, yurtimizda 1998 yil - "Oila yili", 2012 yil -"Mustahkam oila yili" deb e'lon qilindi. 2012 yil 27 fevralda ""Mustahkam oila yili" Davlat dasturi to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi va unda jamiyatimizning asosi bo'lmish oila institutini huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga alohida e'tibor qaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bu millatimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz, qolaversa, madaniyatimiz bilan bog'liq masalalarning huquqiy asosinini belgilovchi hujjat hisoblanadi. Jumladan, Konstitutsiyamizda necha yillar davomida xalqimiz tomonidan ardoqlanib kelinayotgan oila munosabatlariga, oila huquqlariga va oila masalasiga alohida ahamiyat berilib, uning asoslari keltirilib o'tilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi rivojlangan davlatlarning hech bir Konstitutsiyalarida uchramaydigan oila huquqlari, oilani qanday muqaddas bilish va himoya qilish masalalariga alohida urg'u berilganligi, uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari keltirib o'tilganligi bilan ahamiyatlidir. Har bir davlatda har bir xalq o'z dini, tili, madaniyati, e'tiqodi, etnik kelib chiqishi va mentalitetiga qarab oila, jamiyat, oilaviy huquq, nikoh masalalariga atroflicha yondashgan.
Konstitutsiyamizning 63-moddasida oila jamiyatning asosiy bo'g'ini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga egaligi mustahkamlab qo'yilgan. Shuningdek, unda
December 1
765
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
nikoh tomonlarining ixtiyoriy roziligi va teng huquqiyligiga asoslanishi ta'kidlangan.
64-moddada ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetguncha boqish va tarbiyalash, o'z navbatida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburliklari, 65-moddasida farzandlar, ota-onalarning nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'iy nazar, qonun oldida tengligi, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi o'z ifodasini topgan.
Konstitutsiyaning 66-moddasida oilaviy munosabatlar quyidagi tartibda asoslangan. Voyaga yetganligi va mehnatga layoqatlilik-bu shaxsning muomala layoqati bilan bog'liq bo'lib, amaldagi fuqarolik va oila qonunchiligiga ko'ra, u shaxs 18 yoshga to'lgach to'la hajmda vujudga keladi. Bu orqali fuqaro o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo'ladi va ularni amalga oshira oladi. O'zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltiradi va ularni bajaradi. Voyaga yetgan farzandlar o'z ota-onalariga ma'naviy yordam berishga hamda ko'maklashishga majburdir. Ota-onalar turmushidan xabardor bo'lib, sihat-salomatligiga katta e'tibor berishlari kerak. Bolaning ota-ona to'g'risida g'amxo'rlik qilishi majburiyat hisoblanadi. Mustaqil Respublikamizning amaldagi Konstitutsiyasini qabul qilish bilan bolalarning bu majburiyati Konstitutsiyaviy majburiyatga aylandi. Ko'pincha ota-onalar qarilik yili nogiron bo'lgan davrlarda yaxshigina nafaqa olib, moddiy tomondan yaxshi ta'minlangan bo'lsalar-da, ammo ular to'g'risida g'amxo'rlik qilishlariga, ma'naviy e'tiborlariga muhtoj bo'ladilar.
O'zekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1998 yil 30 apreldagi № 607-1 son bilan imzolangan va 1998 yil 1 sentabrdan kuchga kiritilgan Oila kodeksi O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgan yillarda ilk bora yangi, odob-axloq, mahalliy urf-odat, ana'nalariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi normalariga asosan ishlab chiqilib, amalga kiritilgan yagona kodifikatsiyalashtirilgan qonun hisoblanadi. Oila kodeksi 8 b o'lim, 30 bob, 238 moddadan iboratdir. Oila kodeksi yirik qonuniy hujjat bo'lib, u nikohni, oilani, voyaga yetmagan bolalarni shaxsiy va mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Oila kodeksining ahamiyatli jihati shundan iborat:
- kodeks ilk bora mahalliy mintalitetdan kelib chiqib, yagona tarzda Oila kodeksi deb nomlanganligi;
- kodeksning normalari Konstitutsiyaning normalariga to'la-to'kis va hamohang ravishda mos kelishi bilan ajralib turishi;
- kodeksda nikoh tuzish tartibi va shartlariga kiritilgan yangiliklar aks etganligi (nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko'rikdan o'tishlari);
- er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarini kengaytirilganligi;
- nikoh shartnomasi institutining kiritilganligi;
- nikohning tugatilishi bo'yicha yangi normalarning kiritilganligi;
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
- nikohning haqiqiy emasligi va uning huquqiy oqibatlarining atroflicha normalanganligi;
- ilk bora qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash masalalariga oydinlik kiritilganligi;
- alyument huquq va majburiyatlarini kengaytirilganligi;
- ota-ona qaramog'idan mahmm bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish masalalariga alohida rn^g'u berilganligi;
- vasiylik va homiylik institutining kengaytirilganligi;
- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish institutining xalqaro huquq normalarini hisobga olgan holda boyitilganligi bilan ajralib turishini alohida ko'rsatib o'tish darkor.
Islom fiqhshunosligida ham oilaviy munosabattoga alohida e'tiboг qaгatilgan. Chunki, oila jamiyat binosining g'ishti, Ыг bo'lagidiг. Agaг binoning g'ishtlaгi sog'lom bo'lsa, bino ham mustahkam bo'ladi, aks holda bunday bino yemirilish va qulash xavfi ostida qoladi. Aynan shuning uchun Islom fiqhshunosligida ham oila masalasiga benihoya jiddiy еЧ^г qaratilib, uning mustahkamligi, ег-xotin o'rtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini ta'minlash uchun o'ziga xos qonun-qoidalami joriy qilgan. Oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va a'zolaгi bo'lmish er va xotinning har biriga o'ziga xos burch va vazifalarni yuklagan, bir-birlariga nisbatan haq va huquqlarni belgilab bergan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilishsa, bir-biriariga nisbatan zimmalaridagi burch va mas'uliyatlarini his qilib, sidqidildan ado etishsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday namunaviy oilada tug'ilgan fareand^ ham go'zal tarbiya topadilar va kelajakda ulardan jamiyatga foydasi tegadigan buyuk insonlar yetishib chiqadi. Bordiyu, oila boshliqlari ya'ni ег va xotin Ыг-birlarining haq-huquqlarini tanimasalar, balki, ularni poymol qilsalar, tabiiyki, unday oilada tinchlik va xotirjamlik bo'lmaydi, o'zaro mehr-muhabbat zavol topadi va oila parokanda bo'lish va parchalanish xavfi ostida qoladi. Shu bois ham dinimiz er va xotinning har biriga o'ziga xos huquqlar ato etib, ma'lum majburiyatlami ham yuklagan. Mazkrn- huquqlaming ba'zilari ег va xotin o'rtasida mushtarak bo'lsa, ba'zilari e^a tegishli va yana ba'zilari xotinning o'ziga tegishli bo'lgan huquqlar hisoblanadi. Islomda er va xotinlik aloqalari eng muqaddas insoniy aloqa ekan, mazkur aloqalar qay tarzda yo'lga qo'yilishi kerakligini ham bilishimiz va mazkur fiqhiy bilimlarga amal qilishimiz lozim.
REFERENCES
i. Отамуратов, С. (2022). ЯHГИЛAHAËTГAH УЗБЕКИСTОHДÄ ТИББИЁТ ОЛИЙГОXЛAPИ TÄЛAБÄ ËШЛAPИДA МИЛЛИЙ
FyPyP BÄ ИФTЩОPHИ ШAКЛЛAHTИPИШ
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 156160.
2. Отамуротов, С. (2006). Глобаллашув жараёнининг миллий маънавиятга таъсири/Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-хукукий масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.
3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.
4. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.
5. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent: Uzbekistan.
6. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.
7. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
8. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
9. Отамуротов, С., Мамашокиров, С., & Холбеков, А. (2001). Марказий Осиё: гоявий жараёнлар ва мафкуравий тахдидлар. Т.:«Янги аср авлоди.
10. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.
11. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.
12. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.
13. Atamuratov, S. (1992). Nacional'naya kul'tura i nacional'noe samosoznanie v processe obnovleniya obshchestva. Social'no-filosofskiy aspekt. Avtoreferat dissertacii. Tashkent.
14. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.
15. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.
16. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухий тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.
17. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ
December 1
768
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 76(2), 57-61.
18. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.
19. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.
December 1