Научная статья на тему 'OILA BAXT UYI'

OILA BAXT UYI Текст научной статьи по специальности «Право»

136
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA BAXT UYI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

OILA BAXT UYI

K. Y. Bahromov- Milliy g'oya: ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: F.A. Ibrohimov

Insonga hayotda nima kerak bilasizmi? -Ha, aynan siz o'ylagan narsa, ya'ni mehr-oqibat, e'tibor barcha insonga kuch g'ayrat beradigan tuyg'ulardir, oila mana shu xislatlarning makonidir.

Oila - bu muqaddas qo'rg'on, unda biz sevgan, biz uchun har narsaga tayyor insonlar yashaydi. Birdamlik, mehr-oqibat tuyg'ulari bu muqqadas qo'rg'onning tayanchidir. Hayotda ko'pchilik insonlar kundalik ish faoliyati tugashi bilan o'z oilasi bag'riga oshiqadi. Chunki shu maskan uning uchun mehr-oqibat uyi, barcha sevganlarimiz, yurakka yaqinlarimiz uyidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila haqida quyidagilarni ta'kidlagan edilar: "Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shundaki, avvalambor qayerda ishlashidan, kim bo'lishidan qat'iy nazar agar oilada sog'lom muhit, hallolik, munosabat, soglom tarbiyaga alohida e'tibor berilmasa, hech qachon natija bo'lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimni tarbiyasiga katta e'tibor beraman, har bir farzandimga ham, nabiramga ham alohida o'zimning munosabatim bor, har bir nabiramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman, odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Oilang bilan baxtli bo'lsang, albatta. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo'lsa, men o'zimni baxtli deb bilaman".

Milliy va ma'naviy qadriyatlarimiz asosida yosh avlodni vatanga sodiq, yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashda albatta oila asos bolib hisoblanadi. Zero, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek, "...biz tayanchimiz va suyanchimiz, g ururimiz va iftixorimiz bo lmish bolalarimizga, farzandlarimizga ishonch bilan, hurmat-e'tibor bilan qarashni kelajagimizga bolgan ishonch, millatimizga, xalqimizga bo'lgan hurmat-ehtirom ifodasi, deb bilamiz"

Bilamizki, ushbu fikrlar sizning hayot va hayolingizdan ham o'tadi, chunki siz oilangizni sevasiz, hayot mazmunini, energiyasini siz doimo oilangizdan olasiz, aks holda faqatgina maqolaning sarlavhasini o'qigan bo'lar edingiz. Oilaga e'tiborda bo'lish - yuksak fazilatdir, siz har doim uning tinch-totuv bo'lishini ta'minlang. Zero siz ko'rsatayotgan mehringizni farzandlaringiz kelajakda sizga ko'rsatadi, qadringizga yetadi, bu qanchalar yoqimli tuyg'u! Shunday emasmi?..

Mustaqil mamlakatimizda jamiyatning asosiy negizi hisoblangan oila masalasiga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Xalqimizning azaliy urf-odatlari, marosimlari qaytadan tiklandi, ular oilani mustahkamlashda katta o'rin egallaydi. Bosh Qomusimizning XIV bobi "Oila" institutiga bag'ishlanganining ozida bu e'tiborning davlat darajasida ekanligi namoyon bo'ladi. Konstitutsiyamizning 63-moddasida

December 1

773

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

"Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda davlat va jamiyat muhofazasida bo'lish huquqiga ega", deb belgilangan. Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar ham qabul qilingan. Jumladan, 1994 yil 22 avgustdagi "Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida"gi Prezident Farmoni asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma'naviy yordam berish tizimli yo'lga qo'yilgan. Jamiyatning taraqqiyotida oilaning tutgan o'rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ahloqiy manfaatlarini, farovonligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish hamda izchil ta'minlash maqsadida 1998 yil "Oila yili", 2000 yil "Soglom avlod yili", 2008 yil "Yoshar yili", 2010 yil "Barkamol avlod yili", 2012 yil "Mustahkam oila yili" deb e'lon qilindi. Oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi qabul qilindi.

Inson oilada o'sadi, ulg'ayadi, kamol topadi. Shuning uchun oila vatanga qiyoslanadi. Oila - ona Vatanning bir bo'lagi, unda siz-u biz yashaymiz, bu muqaddas qo'rg'onni asrab-avaylash bizning burchimizdir.

Afsuski, so'nggi yillarda muqaddas oilaning qadriga yetmaydiganlar, jamiyatning dars ketishiga sababchi bo'layotganlarning munosabati natijasida ajrimlar soni ko'payib bormoqda. Birgina 2018 yilning dastlabki 9 oyi mobaynida mamlakatimizda 23,8 ming ajrim qayd etilgan. Ajdodlari hadis ilmida nom qozongan, kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan, tafsir ilmi bilimdoni bo'lgan shaxslarning avlodalari tomonidan shunday hol yuz berib tursa, buning sababini qaydan izlash kerak? Bunday holatlar yana qancha davom etadi? Bularga qachon chek qo'yiladi? Bu masalalar bugungi globallashuv davrida eng dolzarb muammolardir. Oilaning o'ziga xos tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan holda, oilani bolaga ijobiy ta'sirini oshirib borish zarur. Buning uchun esa tarbiyaviy ahamiyatiga ega bo'lgan ichki ijtimoiy-psixologik amallarni aniq belgilash lozim. Shuni ham ta'kidlash joizki, oilada bolani tarbiyalashda ayrim xatolarga yo'l qo'yilishi mumkin. Ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-onalarning haddan tashqari izzat talabliklari, hukmronlikka intilishlaridir. Bolaning har bir qadami nazorat ostiga olinsa, uning xulqidagi mustaqillik yo'qqa chiqariladi. Bolada oz kuchiga va imkoniyatlariga ishonch yo'qoladi. Oilaviy xatoliklardan biri bolalarning erka bo'lishi, ularga nisbatan biror talabning yo'qligi bilan bog'liq. Ota-onalar ba'zan bolalarning imkoniyatlariga yetarli baho berishmay va ularning ko'pgina ishlarini ozlari bajarishadi. Natijada, bolada mustaqillik, mehnat qilish istagidagi topshirilgan ishga mas'uliyat rivojlanmaydi. Bola oz ishini tanlay olmaydi, uni oxirigacha yetkaza olmaydigan bo'lib qoladi. Shaxsni shakllantirishda uchta omil muhim hisoblanadi ya'ni, tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyat. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlanishida ustun ahamiyatiga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyo qarashi xususiyatini belgilab beradi. U shaxsni shakllanishda muhim omil hisoblanadi.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

Xulosa qismida bir nechta savollar tashlayman, Siz har kuni oilangizga yetarli vaqt ajrata olasizmi? Siz har kuni oilangizga issiq non olib kirasizmi? Siz oilangizni sevasizmi? "Ha" deb javob bera olsangiz dunyoda sizdanda baxtli inson yo'q, sizning oilangiz mustahkam uni hech kim va hech qachon yiqitolmaydi. Doimo oilangiz bag'rida, oilangiz tashvishida yashang, shunda hayotingiz go'zal va mazmunli bo'ladi!

REFERENCES

1. Отамуратов, С. (2022). ЯНГИЛАНАЁТГАН УЗБЕКИСТОНДА ТИББИЁТ ОЛИЖО^ЛАРИ ТАЛАБА ЁШЛАРИДА МИЛЛИЙ ГУРУР ВА ИФТЩОРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 156-160.

2. Отамуротов, С. (2006). Глобаллашув жараёнининг миллий маънавиятга таъсири/Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-хукукий масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.

3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.

4. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.

5. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent: Uzbekistan.

6. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

7. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

8. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

9. Отамуротов, С., Мамашокиров, С., & Холбеков, А. (2001). Марказий Осиё: гоявий жараёнлар ва мафкуравий тахдидлар. Т.:«Янги аср авлоди.

10. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

11. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 15211526.

December 1

775

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

12. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

13. Atamuratov, S. (1992). Nacional'naya kul'tura i nacional'noe samosoznanie v processe obnovleniya obshchestva. Social'no-filosofskiy aspekt. Avtoreferat dissertacii. Tashkent.

14. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.

15. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.

16. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухдй тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

17. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.

18. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

19. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.