Научная статья на тему 'OILADA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI'

OILADA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

225
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

OILADA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

M.Xoldorov -

Milliy g'oya: ma'naviyat asoslariva huquq ta'limi yo'nalishi talabasi

Ilmiy rahbar: F.A.Ibrohimov

Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlarning negizida avvalo ijtimoiy institutlar bilan bir qatorda oila omiliga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Oila barcha islohotlar, o'zgarishlar, tanazzul va taraqqiyotlar ibtidosi va intihosi hisoblanadi. Yurtimizda "oila" kabi muqaddas institutni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy-ma'naviy asoslarini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida amalga oshirilmoqda. Oila ijtimoiy hodisa sifatida insoniyatning ulug' kashfiyoti sanaladi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganidek: "Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog'lom va mustahkam bo lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla - yurt mustahkam bo'lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir".

Oila nafaqat reproduktiv, shuningdek, ma'naviy-madaniy va ijtimoiy-axloqiy vazifalarni ham bajaradi. Avvalo ma'naviyatni shakllantirishda oilaning o'rni beqiyosdir. Xalqning, millatning ijtimoiy-tarixiy birlik sifatida qaror topishi va rivojlanishi uchun oilaning reproduktiv funksiyasi qanchalik muhim bo'lsa, xalqning, millatning tarix sahnasida qolishi, insoniyat sivilizasiyasida oz o'rnini topishi uchun oilaning ma'naviy-madaniy va ijtimoiy-axloqiy funksiyalari ham shunchalik muhimdir. Inson real ijtimoiy muhitda yashaydi va mehnat qiladi. U har qanday ijtimoiy muhitda dominant bo'lib xizmat qiladi, inson uning ta'sirida shakllanadi va faoliyat yuritadi.

Ijtimoiy muhit fazo sifatida ma'lum qonunlar, tushunchalar, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimlar va hokazolarni ozida mujassamlashtiradi.

Haqiqatan ham ijod va san'atning u yoki bu ko'rinishi bilan shug'ullanmaydigan shaxs, oila uchramaydi. Ona allasining o'zi go'dakda musiqaga, kuy va muloqotga moyillikni tarbiyalaydi. Psixologik tadqiqotl ardan ma'lumki, ona allasini eshitmagan yoki onasi bilan 4-5 oy davomida muloqotda bo'lmagan go'dak yoki bola ruhiyatida salbiy tomonga o'zgarish sodir bo'ladi. Bu o'rinda ommaviy axborot vositalarining ta'siri ham ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, televidenieda keng targ'ib qilinayotgan rang-barang klip va ashulalar, festivallar, xonondalarning chiqishlari ijtimoiy fikrga ta'sir etishi shubhasizdir. Xullas, to'laqonli oilada go'dak, farzand ona allasi orqali badiiy-estetik olamga kirib keladi, unda san'atga bo'lgan ijobiy munosabatlar shakllanadi. "Estetik didni tarbiyalash nozik ma'naviy-ruhiy va psixologik jarayondir. San'at va adabiyot (alla ham san'at turi)dagi hissiy obrazlar, tasvirlar insonda estetik tasavvurlarni, yon-atrofga ma'naviy munosabatlarni, borliqni estetik idrok etish konikmalarini

December 1

752

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

shakllantiradi. Estetik did insonga yon-atrofdagi go'zallikni, nafosatni, boshqalar sezmagan nozik jihatlami ilg'ash imkonini beradi. San'at, ijodiy faoliyat oz xususiyatiga ko'ra rang-barang his-tuyg'ular uyg'otuvchi hodisadir"

Mustaqillik yillarida diniy-ma'naviy qadriyatlarga, urf-odatlarga bo'lgan qiziqish keskin oshdi. Aslida din va falsafa qadimdan uyg'un voqeliklar sifatida qaralgan. Din faqat metafizik mushohadalar manbai emas, balki unda xalqning asrlar davomida yaratgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlari va hayotiy tajribalari mujassamdir. Diniy urf-odatlar asosan oilada yashab kelgani uchun ularni qayta tiklash imkoni paydo bo'lgan zahoti er-xotin, oila munosabatlarini diniy talqin etish kuchaydi. Oiladagi diniy urf-odatlar faqat din uchun emas, balki eng avvalo, insonning erkin va ezgu amallarga muvofiq yashashi uchun muhim. Oila -insoniyatning oz-ozidan ko'payish, oz-ozidan boshqarish va yaxlit bir jamiyatni bunyodga keltirgan holda yashash niyatida yuzaga keltirilgan ilohiy va mo'jizaviy kashfiyoti hisoblanadi. Jahonda oila qurmay yashaydigan xalq yoki elatning o'zi yo'q, biroq munosabatlariga ko'ra bir-birlaridan farq qilishadi. Zero, har birimiz oilada dunyoga kelamiz, oilada yashab ulg'ayamiz, oilani bunyod etamiz. Qayga bormaylik oilaga qaytib kelamiz, kim bo lmaylik oila a'zosimiz. Quvonchimiz-u dardimiz ham oilada.

REFERENCES

1. Отамуратов, С. (2022). ЯНГИЛАНАЁТГАН УЗБЕКИСТОНДА ТИББИЁТ ОЛИЙГО^ЛАРИ ТАЛАБА ЁШЛАРИДА МИЛЛИЙ ГУРУР ВА ИФТЩОРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 156-160.

2. Отамуротов, С. (2006). Глобаллашув жараёнининг миллий маънавиятга таъсири/Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-хукукий масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.

3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.

4. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.

5. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent: Uzbekistan.

6. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

7. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

December 1

753

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

8. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

9. Отамуротов, С., Мамашокиров, С., & Холбеков, А. (2001). Марказий Осиё: гоявий жараёнлар ва мафкуравий тахдидлар. Т.:«Янги аср авлоди.

10. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

11. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.

12. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

13. Atamuratov, S. (1992). Nacional'naya kul'tura i nacional'noe samosoznanie v processe obnovleniya obshchestva. Social'no-filosofskiy aspekt. Avtoreferat dissertacii. Tashkent.

14. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.

15. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.

16. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухий тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

17. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 76(2), 57-61.

18. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

19. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.