Научная статья на тему 'QONUNCHILIK TARIXIDAN XITOY: ‘‘O‘N YOVUZLIK’’ KONSEPSIYASI SHARHI'

QONUNCHILIK TARIXIDAN XITOY: ‘‘O‘N YOVUZLIK’’ KONSEPSIYASI SHARHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

95
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QONUNCHILIK TARIXIDAN XITOY: ‘‘O‘N YOVUZLIK’’ KONSEPSIYASI SHARHI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

QONUNCHILIK TARIXIDAN XITOY: ''O'N YOVUZLIK'' KONSEPSIYASI SHARHI

S. I. Doniyev

''Tarix va ijtimoiy fanlar'' kafedrasi o'qituvchisi

Xitoy an'anaviy huquqida konfutsiylik ta'limoti nuqtayi nazaridan jinoyatlarni ularning ijtimoiy xavfliligiga qarab tasniflashtirish juda qadimgi davrlardayoq vujudga kelgan va bu asrlar mobaynida yashab kelayotgan ''O'nta yovuzlik'' konsepsiyasi asosida amalga oshirilgan. Bunda diniy marosim jinoiy tajovuz ob'yekti sifatida chiqqan. Bu bo'ysunmaslik, o'g'ilning ota-onaga quloq solmasligi, ota-onasi bilan kelishmovchiligi va boshqa shakllarda buzilishi mumkin edi. Bularning hammasi jinoiy huquqiy normalarning nihoyatda mujmal, noaniq ekanligini belgilash, sudyalarga jinoyatlarning og'irlik darajasini mustaqil va erkin baholash, amalda har qanday jinoyatga u yoki bu turkumdagi taomil, odat deb qarash imkonini bergan. ''O'nta yovuzlik''ning bu xususiyatlari Xitoyda hamma asrlarda qadrlangan. Natijada Xitoyda huquqiy normalaming keng sharhlanishiga yo'l qo'yilmagan, yozilgan qonunga nisbatan chuqur hurmat qaror topmagan.

''O'nta yovuzlik»dan birinchisiga ''podshohga qarshi isyon, fitna'' taalluqli edi. Bu turkum jinoyatlarga imperatorga har qanday tarzda zarar yetkazish haqidagi til biriktirishlarni kiritish mumkin edi. Ushbu turkumdagi jinoyatlarda asosiysi jinoiy tajovuzning imperatorga, ''osmon o'g'li''ga, tabiiy ''osmon'' qonunlariga qarshi qaratilganligi edi. Yovuzlikning keying ikki shakli ham xuddi shu tarzda talqin qilingan. ''Buyuk bo'ysunmaslik'', mavjud tartiblar va axloqqa qarshi isyon ko'tarish ikkinchi yovuzlik. Bu turkumdagi jinoyatlarga imperator avlodlarining maskanlari va qabrlarini yoki imperatoming qarorgohini buzishga qasd qilish, harakat qilish kabilar kirgan. Uchinchi yovuzlik ''fitna, xiyonat'' imperatorga, davlatga xiyonat qilish, dushman tomoniga o'tish, isyon ko'tarish, mamlakatdan qochish yoki qamal qilingan shahardan qochishga harakat qilish kabi jinoyatlarni o'z ichiga olgan. Yuqoridagi uchta yovuzlikka oid jinoyatlarni sodir qilgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a'zolari ''fuqarolik majburiyatini bajarmaganlar'' deb hisoblangan. Jinoyatchilar, ularning otalari va 16 yoshdan katta o'Gillari o'limga mahkum etilgan, ya'ni ularning boshi tanasidan judo qilingan. Jinoyatchining oilasidagi ayollar (onasi, turmushga chiqmagan qizlari, xotinlari, jazmanlari - xizmatchilari bilan birga) qullar sifatida musodara qilingan,

''O'nta yovuzlikka'' kiradigan boshqa jinoyatlar ham yovuzlikning dastlabki uchta shakli bilan mantiqan bog'liq bo'lgan. To'rtinchi yovuzlik '' bo'ysunmaslik, itoat etmaslik'' yaqin qarindoshlarga qarshi qaratilgan jinoyatlami o'z ichiga olgan. Bunday jinoyatlarga buvasi, buvisi, ota-onasini o'ldirish yoki urush-do'pposlash, ularni o'ldirish haqida qasd qilish, katta akalarini, opalarini, erining (xotinining emas) yaqin qarindoshlari

December 1

559

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

(ota onasi, buva yoki buvisi)ni o'ldirish kabilar kirgan. Beshinchi yovuzlik ''adolatsizlik, axloqsizlik'' bo'lib u ashyolarning tabiiy tartibiga zid xatti-harakatlami, o'ta shafqatsizlik bilan, yovuzlik bilan qilingan jinoyatlari anglatgan. Xususan bunga bir oiladan uch kishini (agar ular o'lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etmagan bo'lsa) o'ldirish yoki o'ta shafqatsizlik bilan jinoyat sodir etish, masalan, odamni bo'laklarga bo'lib o'ldirish, shuningdek, barcha turdagi sehrgarlik jodugarlik xatti-harakatlari, jumladan, zahar tayyorlash, saqlash hamda boshqa shaxslarga o'tkazish kabilar kirgan. Oltinchi yovuzlik - ''buyuk narsaga itoatsizlik bildirish'' bo'lib, unga li tomonidan taqiqlangan alohida ahamiyatga ega bo'lgan cheklashlaming buzilishi bilan bog'liq jinoyatlar kirgan. Ulaming qatoriga, masalan, ibodat qilinadigan narsalarni, shuningdek, imperator tomonidan foydalaniladigan ashyolar (imperatorning muhri, uning xotinlari, ota-onasi, buva-buvisining muhrlari)ni o'g'irlash, imperator uchun ovqat, dori-darmon tayyorlash chog'ida xatoga yo'l qo'yish, uning nomini yomonlab gapirish kabilar kirgan. Imperatorning sog'lig'iga tajovuz qiluvchi yoki unga ma'naviy yoki moddiy zarar keltiruvchi (masalan, uning farmonini bajarmaslik yoki soxtalashtirish) xatti-harakatlarni sodir etgan barcha shaxslar osib o'ldirilgan. Bunda gap ushbu harakatning ehtiyotsizlik, xato qilishi natijasida sodir qilinishi to'g'risida bormoqda. Aks holda, yuqoridagi jinoyatlar birinchi yovuzlik toifasiga taalluqli bo'lgan. Yovuzlikning yettinchi, sakkizinchi, to'qqizinchi va o'ninchi shakllari ijtimoiy tartibning asosi sifatida qaralganda oiladagi axloqiy tartibni u yoki bu darajada himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan. Yettinchi yovuzlik - ''o'g'illarning itoatsizlik bildirishi'', ota-onasiga bo'ysunmasligi bo'lib, unga masalan, buvasini, buvisini, ota-onasini nojo'ya, yomon harakatlarda ayblash, ularni so'kish, haqoratlash, yomon boqish, ularning roziligisiz oiladan ajralib chiqish va mol-mulkni bo'lish, motam vaqtida nikohga kirish yoki bu vaqtda motam kiyimlarini kiymay, boshqa liboslarda yurish va hokazo jinoyatlar kiritilgan. Sakkizinchi yovuzlik yaqin qarindoshlar orasidagi ''kelishmovchilik, qarama qarshilik'' bo'lgan. Bu turkum jinoyatlarga yaqin qarindoshni o'ldirishga qasd qilish yoki qullikka sotishdan tortib to xotinning erini urishi va katta avlod qarindoshlari ustidan chaqimchilik qilishgacha bo'lgan keng doiradagi jinoiy xatti-harakatlar kirgan. To'qqizinchi yovuzlik - ''adolatsizlik, nohaqlik'' hisoblanib, u oilaviy emas, rasman, ijtimoiy-iyerarxik rishtalar bilan bog'liq kishilaming bir-biriga qarshi sodir qilgan jinoyatlarini o'z ichiga olgan. Masalan, bo'ysunuvchi shaxsning o'z xo'jayinini, qo'mondonini, konfutsiylik axloqi bo'yicha o'qituvchi-ustozini o'ldirishi kabilar ana shu yovuzlik turkumiga kiruvchi jinoyatlar hisoblangan. Bunga yana xotinning eriga nisbatan turli shakllarda ifodalangan bo'ysunmasligi, masalan, eri yoki uning qarindoshlari vafot etganda motam libosini kiyib yurmasligi va boshqalar ham taalluqli bo'lgan.Yaqin qarindoshlaming o'zaro jinsiy aloqalari ''o'ninchi yovuzlik'' hisoblangan. Bu ''qushlar va hayvonlaming'' xatti-harakatiga tenglashtirilgan. Bunda faqat yaqin qarindoshlar bilan emas, buva

December 1

560

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

yoki otasining jazmani bilan jinsiy aloqa qilish ham shunday jinoyat tarkibini tashkil etgan. O'nta yovuzlikka kirgan jinoyatlar kechirilmagan. Sin qonunlariga asosan katta amaldorga tegishli odamlar, imperatorlar hurmatiga sazovor bo'lganlar, olimlar, harbiy xizmatlari uchun nomlari hurmat kitobiga kiritilgan kishilar hamda s o'zlari, qilgan ishlari jamiyatda qonundek qabul qilingan kishilar bundan mustasno. Qo'zg'olonlarda qatnashgani va xiyonat qilgani uchun faqat jinoyatchining o'zi emas, hatto uning qarindosh urug'lari ham jinoiy javobgarlikka tortilib, ulaming boshi tanasidan judo qilingan. Bunday jazoga 7 yoshgacha bo'lgan bolalar va ayollar tortilmagan, ular qullikka berilgan. ''O'nta yovuzlik'' barcha jinoiy harakatlami qoplamagan. Ular boshqa jinoyatlarga nisbatan o'ziga xos mezon bo'lgan. Boshqa jinoyatlar orasida hamma davrlarda muayyan insonga, uning hayotiga, sog'lig'iga qarshi qaratilgan jinoyatlar va boshqalar ajralib turgan. Ushbu jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda Xitoy an'anaviy huquqida qator omillar: jinoyatchi va jabrlanuvchining ijtimoiy ahvoli, qarindoshlik aloqasi, hamda shiddatliligi va boshqa holatlar hisobga olingan. Qasddan odam o'ldirish uchun eng og'ir jazo - boshini tanasidan judo qilish jazosi nazarda tutilgan. Erkin kishi birovni «xato qilib», masalan, o'yin vaqtida o'ldirib qo'ysa, jazodan pul to'lab qutilishi mumkin bo'lgan. Qullar va butsuylar (qaram kishilar) ning o'z xo'jayinini o'ldirish uchun faqat til biriktirishining o'ziyoq ularga nisbatan oliy jazo - o'limga mahkum etish jazosi qo'llanilishiga olib kelgan. Agar xo'jayin o'zining ayb qilgan quli yoki butsuyini o'ldirsa, u Tan kodeksi bo'yicha yo'g'on kaltak bilan 100 marta urilgan. Agar xo'jayin tomonidan o'ldirilgan qul yoki butsuy aybsiz bo'lsa, u holda xo'jayin bir yilga katorgaga juda og'ir ishlarga jo'natilgan. Agar xo'jayin o'z quli yoki butsuyini ''xatoga yo'l qo'yish orqali'' o'ldirib qo'ysa, umuman jazolanmagan. Birovga tan jarohati yetkazganlik uchun jazo berishda ham yuqoridagi holatlar hisobga olingan, lekin bunda yengilroq jazo chorasi qo'llanilgan. O'z xotiniga jarohat yetkazgan er, boshqa birovga jarohat yetkazganga qaraganda, yengilroq jazoga tortilgan. Jazmaniga jarohat yetkazgan erkak esa umuman jazolanmagan. Tan kodeksida shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga erkin kishilami qullikka sotishning ko'p holatlari kiritilgan. Bunda jabrlanuvchi va jinoyatchining yoshi, jinsi, qarindoshlik aloqasi hisobga olingan. Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar ko'pincha mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar bilan birga kelgan. Mulkiy jinoyatlardan o'g'irlik va turli xil mulklami g'ayriqonuniy ravishda o'zlashtirish alohida ajratib ko'rsatiladi. Bu jinoyatlar xususiy mulkka yoki davlat mulkiga, shuningdek, xususiy shaxslarga yoki mansabdor shaxslarga qarshi qaratilganligiga qarab tasniflashtirilgan. Bunda mulkni g'ayriqonuniy o'zlashtirish usullari: talonchilik, o'g'irlik, poraxo'rlik, ma'muriyatchilik huquqlaridan foydalanib mulkni o'zlashtirish va xizmat mavqeidan foydalanib mulkni g'ayriqonuniy o'zlashtirish ham hisobga olingan. O'g'irlik mulkni yashirincha talon-taroj qilish bo'lib, buning uchun yo'g'on tayoq bilan urish jazosi tayinlangan. Bosqinchilik birovning mol-

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

mulkini do'q-po'pisa qilib yoki kuch ishlatib ochiqdan ochiq talon-taroj qilish hisoblangan.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, tarixiy taraqqiyoti bir necha mingyilliklarga borib taqaladigan Xitoy davlati qonunchiligida urf-odat va ananalarning ustunligi ta'minlangandi. Aytish o'rinliki, qadimgi davrdan to yangi davrga qadar cho'zilgan keng muddat oralig'ida davlat mafkurasi darajasiga ko'tarilgan konfutsiylik ta'limoti qonunchilik va huquq sohasida asosiy ta'limot sifatida qadrlanib, amal qilib kelindi. Yuqorida keltirilgan konsepsiya ham shu davr oralig'ida davlat qonunchiligida saqalanib keldi va davlat boshqaruv tizimida mustahkam o'rin egallab turdi.

1.

2.

3.

REFERENCES

Pirnazarov, S. A. (2022). BOSHLANG'ICH TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI SUZISHGA O'RGATISHDA TAJRIBA

TEKSHIRISH. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 498-509.

Abdullayev, A. A., & Pirnazarov, S. A. (2022). MAKTAB YOSHGACHA BOLALARNING SUZISH SPORTIGA BO'LGAN

MUNOSABATI. Academic research in educational sciences, 3(4), 306-310. Sh. A. Pirnazarov, & Sh. X. Shamsiddinov (2022). CHANGE INDICATORS OF PHYSICAL PERFORMANCE YOUNG SWIMMERS UNDER INFLUENCE WIDE RANGEDIFFERENT TRAININGS MEANS. Academic research in educational sciences, 3 (12), 232-236.

Атамуратов, С. А. (1991). Национальное самосознание и интернациональное воспитание. Узбекистон.

Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маьнавий-рухдй тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия. Атамурадов, С. (1992). Национальная культура и национальное самосознание в процессе обновления общества. Т.,(Atamuradov S.(1992). National culture and national identity in the process of updating society, Vol.). Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

10. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

11. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

9.

December 1

562

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

12. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.

13. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

14. Отамуратов, С. С. (2022). ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ-ИННОВАЦИОН ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 132136.

15. Sadullaevich, O. S. (2022). Factors Contributing to Stratification in the Youth Group. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 3(6), 88-96.

16. Otamuratov, S. (2021). The Role of Youth in Society. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(9), 38-43.

17. Otamuratov, S. (2022). NEEDS AND THEIR REFLECTION IN YOUTH LIFE. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(6), 10401043.

18. Otamurotov, S. S. (2021). THE ROLE OF YOUTH IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE SOCIAL STRUCTURE. (ЁШ4

48(10).

19. Yuldasheva, L. S., Khashimova, G. F., & Khosilova, A. A. (2020). THE CONCEPT OF TRUTH IN KANT AND HEGEL. Theoretical & Applied Science, (2), 451-454.

20. Юлдашева, Л. С., & Абдурахимова, Д. М. (2021). ЖАМИЯТДА ОДОБ-АДЛОК МЕЪЁРЛАРИНИ БУЗИЛИШИНИНГ ИЖТИМОИЙ ОМИЛЛАРИ. Журнал Социальных Исследований, 4(4).

December 1

563

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.