Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZ DINIY TA’LIM MUASSASALARI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA ULARNING HUQUQIY ASOSLARI'

MAMLAKATIMIZ DINIY TA’LIM MUASSASALARI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA ULARNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

190
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZ DINIY TA’LIM MUASSASALARI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA ULARNING HUQUQIY ASOSLARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

MAMLAKATIMIZ DINIY TA'LIM MUASSASALARI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA ULARNING HUQUQIY

ASOSLARI

A. A.Yo'ldoshev

Milliy g'oya: ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 2-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: F.A.Ibrohimov

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar uchun bosh huquqiy asos bo'lib O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hizmat qiladi. "Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab vijdon erkinligini ta'minlash masalasiga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimizni, buyuk aziz-avliyolarimizning xotirasi, merosini tiklash, qadamjolarini obod qilish bo'yicha juda ko'p ish qilindi va qilinmoqda"

Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o'zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi: Sobiq Sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berilib, Konstitutsiyamizning 31-moddasida vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquq darajasiga ko'tarildi. Bu sohaga davlat siyosati darajasida ustuvor e'tibor berilganligining amaliy ifodasi sifatida 1991 yil 14 iyunda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonun qabul qilinganligini keltirishimiz mumkin. Mazkur normativ hujjat vijdon erkinligi va e'tiqod hurligini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoidalarni amalda ta'minlash maqsadini kozlaydi va insonlarning mazkur huquqlarini ro'yobga chiqarish mexanizmini mustahkamlash vazifasini otamoqda. Bu sohadaga e'tibor 2017-2021-yillarda "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" asosida yanada kuchaydi. Mazkur hujjatning beshinchi yo'nalishi aynan shu masalalarga bag'ishlangan. negaki, "...shu masalalar bizning bugungi va ertangi kunimizni, farzandlarimiz, nabiralarimiz taqdiri va kelajagini, bir so'z bilan aytganda, hayot-mamotimizni hal qilishi hech kimga sir emas" Bugungi dunyo manzarasida yangicha mafkuraviy qarashlar paydo bo'lmoqdaki, ular ta'sirida yoshlarning ongini egallashga, ajdodlari ko'p yillardan beri e'tiqod qilib kelgan dinni "yomon ko'rsatishga" urinishlar avj olmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oz nutqida: "Biz dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi" deya ta'kidlagan edilar.

Har bir yo'nalishga o'z sohasining yetuk mutaxassisi kerak bo'lgani kabi diniy soha ham malakali yetuk kadrlarga ehtiyoj sezadi. Aholining diniy savodxonligini oshirish

December 1

725

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

yurtimizda faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlarga ko'p jihatdan bog'liq. Shu boisdan bir qator diniy tashkilotlar va ta'lim muassasalari tashkil etildi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog'ida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan edi. 2017 yil 7 iyun kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Mir Arab Oliy madrasasi tashkil qilindi. Qolaversa, Respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va o'rta-maxsus diniy ta'lim muassasalarini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan ta'minlash, ularning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, qur'onshunoslik, tafsir va fiqh, hadisshunoslik, kalom ilmi yo'nalishlari bo'yicha magistrlarni, yetuk ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashni yo'lga qo'yish maqsadida 2017 yil 15 dekabrdagi "O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qaroriga asosan Toshkent Islom universiteti negizida O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi va qayta nomlandi. Ushbu ta'lim muassasasining tashkil qilinishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonunda belgilangan fuqarolarning diniy ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun yana bir imkoniyat bo'ldi.

Shuningdek, mazkur voqea Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasidagi amaliy harakatlarning yorqin ifodasidir. Hozirgi kunda O'zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufida faoliyat yuritib kelayotgan diniy ta'lim muassasalari 13 ta bo'lib, ular quyidagilardir:

1. O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi (Toshkent shahri);

2. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom insituti (Toshkent shahri);

3. Mir Arab oliy madrasasi (Buxoro viloyati);

4. O'zbekiston hadis ilmi maktabi(Samarqand);

5. "Ko'kaldosh" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Toshkent shahri);

6. "Xadichai Kubro "ayol-qizlar o'rta-maxsus islom bilim yurti (Toshkent shahri);

7. "Xoja Buxoriy" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Qashqadaryo viloyati Kitob shahri);

8. "Muhammad al-Beruniy" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Nukus shahri)7;

9. "Jo'ybori Kalom" ayol-qizlar o'rta-maxsus islom bilim yurti (Buxoro shahri);

10. "Sayyid Muhiddin maxdum" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Andijon shahri);

11. "Hidoya" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Namangan viloyati, Namangan shahri);

12. "Faxriddin ar-Roziy" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Xorazm viloyati, Urganch shahri);

13. "Mir Arab" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Buxoro viloyati, Buxoro shahri );

December 1

726

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

Shulardan 4 tasi oliy va qolgan 9 tasi o'rta maxsus bilim yurti hisoblanadi.

Shuningdek, yurtimizda o'rta-maxsus bilimga ega bo'lib ko'p yillardan buyon o'z faolyatini imom-xatib va dinga aloqador boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatib kelayotgan insonlarga oliy ma'lumotga ega bo'lishlari uchun oliy madrasalarda maxsus sirtqi bo'limlar ham tashkil etildi.

Bu islohotlar natijasi o'laroq kelgusida mamlakatimizdan hech shubhasiz, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg'inoniy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarning munosib izdoshlari yetishib chiqadi desak adashmagan bo'lamiz.

1. Отамуратов, С. (2022). ЯНГИЛАНАЁТГАН УЗБЕКИСТОНДА ТИББИЁТ ОЛИЙГО^ЛАРИ ТАЛАБА ЁШЛАРИДА МИЛЛИЙ ГУРУР ВА ИФТЩОРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 156-160.

2. Отамуротов, С. (2006). Глобаллашув жараёнининг миллий маънавиятга таъсири/Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-хукукий масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.

3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.

4. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.

5. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent: Uzbekistan.

6. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

7. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

8. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

9. Отамуротов, С., Мамашокиров, С., & Холбеков, А. (2001). Марказий Осиё: гоявий жараёнлар ва мафкуравий тахдидлар. Т.:«Янги аср авлоди.

REFERENCES

10. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

11. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.

12. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

13. Atamuratov, S. (1992). Nacional'naya kul'tura i nacional'noe samosoznanie v processe obnovleniya obshchestva. Social'no-filosofskiy aspekt. Avtoreferat dissertacii. Tashkent.

14. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.

15. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.

16. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухдй тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

17. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 76(2), 57-61.

18. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

19. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.