Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
DINIY BAG'RIKENGLIK - TINCHLIK GAROVIDIR
G. Axmedxanova -
O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: S.A.Toshtemirova
Inson va jamiyat bu ikki so'z bir -biri bilan uzviy bog'liq. Zero, inson uchun jamiyat qanchalar zarur bo'lsa, jamiyatni ham insonlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Biz bejizga, yuqorida inson va jamiyat munosabatlari haqida so'z yuritmadik. Aytish joizki, aynan shu inson va jamiyat o'rtasidagi munosabatni mana 26 yildirki, "Konstitutsiya" muvofiqlashtirib, yanada mustahkamlab kelmoqda. Mening fikrimcha, konstitutsiya deganda, har bir O'zbekiston Respublikasi fuqarosining ko'z oldida dastlab, uning 1992 yil 8 dekabrda qabul qilinganligi, 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat ekanligi gavdalanadi. Ha, bu sana va raqamlar har bir insonning ongiga shu qadar singib ketganki, buni so'z bilan ifoda etish qiyin. Konstitutsiyaning har bir moddasi nafaqat moddasi, balki har bir so'zi biz insonlarni himoya qiladi, imkoniyatlarimizni belgilaydi va eng asosiysi tinchligimizni ta'minlaydi.
Mustaqillik yillarida va ungacha bo'lgan davrda ham bizning muqaddas dinimiz bo'lgan "islom" dinini niqob qilib turli harakatlar uyushtirildi. 1992 yil 8 dekabrda O'zbekiston 57-61 moddala Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi va Konstitutsiyaning "Shaxsiy huquq va erkinliklar" deb nomlangan VII bobining 31-moddasi va "Jamoat birlashmalari" to'g'risidagi XIII bobiningrida yuqoridagi muammolarga barham berishni ko'zda tutadi.
Qadimdan o'zbek xalqining mehmondo'stlik, mehnatsevarlik, bag'rikenglik, tinchlikparvarlik kabi insoniy fazilatlari ulug'lanadi. Shu bois, O'zbekistonda ko'p millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqda. Ayni vaqtda, diyorimizda o'z madaniyati va an'analariga ega bo'lgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari mavjud. Albatta, mamlakat aholisinining milliy tarkibini asosiy qismi o'zbeklar hisoblanadi. Yanada oydinlashtiradigan bo'lsak, bugungi kunda mamlakatimiz aholisi 32 mln dan ortiq bo'lib, shulardan 80 % ini o'zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini rus, 3,6 % ini qozoq va 7,7 % ini boshqa millat vakillari tashkil etadi va o'z navbatida ular orasida islom dinidan tashqari, xristianlik, buddaviylik va boshqa dinga e'tiqod qiluvchilar mavjud. Bularning barchasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 31-moddasida quyidagicha aks ettirilgan: "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi." Darhaqiqat, islom dinining muqaddas kitobi bo'lmish "Qur'oni Karim" da ham bu so'zlar ta'kidlangan. "Mumtahana" surasini 8-9 - oyatlarida shunday zikr etilgan: "Sizlar bilan dinda urush qilmagan o'zga din vakillari bilan bordi-keldi qiling. Ular bilan adolatli muomalada bo'ling" Guvohi bo'lganingizdek, Qur'oni Karimda ham diniy bag'rikenglik, boshqa din vakillariga bo'lgan
December 1
717
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
hurmat qat'iy belgilab qo'yilgan. Shunday qilib, dinning hozirgi mavqei O'zbekistonda sobiq sho'ro davri holatidagidan butunlay farq qiladi. Dinimiz taraqqiyoti uchun davlatimiz barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Diniy e'tiqod esa davlat tomonidan kafolatlanadi. Jumladan, 1998 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun O'zbekistonda dinning mavqei va o'rnini juda aniq belgilab berdi. Qonunga muvofiq O'zbekistonda din davlatdan ajratildi. Bu qonun natijasida bizning dinimiz o'zining oldingi mavqeini tikladi, jamiyatning ma'naviy hayotida o'z o'rniga ega bo'ldi. O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asarida shunday yozganlar: " ...muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag'rikengligi, odamzodni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o'zini oqlagan qadriyat va an'analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o'rni va ahamiyati bilan bog'liq". Darhaqiqat, islom dinidan har bir inson o'ziga ma'naviy ozuqa, ruhiy madad olishi mumkin. Faqatgina, dinni to'g'ri tushunib, uning asl mazmun- mohiyatini anglab yetsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Afsuski, ba'zi bir diniy tashkilotlar dinning tub mohiyatini chuqur anglab yetmay, noto'g'ri talqin qiladi va insonlar ongini zaharlashadi. Bunga javoban davlatimizda boshqa qonuniy-diniy tashkilotlar ham faoliyat yuritib kelmoqda. Bu borada, Konstitutsiyamizning 61-moddasini aytib o'tish o'rinlidir. Ushbu moddaning mazmuni quyidagicha: "Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi". Bularning barchasida Respublikada dinga bo'lgan munosabat va imkoniyatlarni ko'rishimiz mumkin. 2017 yilda yurtboshimiz tashabbusi bilan "2017-2021 yillarga mo'ljallangan" O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi" ishlab chiqildi. Strategiyaning beshinchi yo'nalishi "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalish",- deb belgilandi. Bu islohotning isboti sifatida Samarqand shahrida bo'lib o'tgan, "Inson huquqlarining 70 yilligiga bag'ishlangan konferensiya" ni aytish mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi prezidenti BMT Bosh Assambleyasida bo'lib o'tgan konferensiyada ham o'zlarining "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qildilar. "Rezolutsiyaning bosh maqsadi- barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko'maklashishdan iboratdir",- deydi hurmatli prezidentimiz o'z nutqlarida. Demak, biz - yoshlar, yurtboshimizning murojaatlariga "labbay" deb javob bermog'imiz, islohotlarni joylardagi amaliyotlarni ta'minlashga o'z hissamizni qo'shishimiz zarur va shart deb o'ylayman. Bu ham bo'lsa, davlatimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, millatlararo va dinlararo bag'rikenglikka berilayotgan e'tibordan dalolatdir.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
REFERENCES
1. Umarova Dilafruz Razzakberdiyevna. (2023). THE MAIN CHARACTERISTICS OF ENGLISH PRAGMATICS IN LINGUISTICS. Proceedings of International Educators Conference, 2(1), 639-643.
2. XUSOMIDDINOVA, C., & Razzakberdiyevna, U. D. (2022). CULTURAL, SOCIAL AND PERSONAL PRINCIPLES OF THE GAME. Journal of new century innovations, 18(4), 36-38.
3. Razzakberdiyevna, U. D. (2022). PHRASAL VERBS IN MODERN ENGLISH: TERMINOLOGY, FEATURES, CLASSIFICATION. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(06), 51-54.
4. Umarova, D. R. (2022). INVESTIGATING PROBLEMS OF ENGLISH LITERATURE TEACHING TO EFL HIGH SCHOOL STUDENTS. Academic research in educational sciences, 3(12), 473-476.
5. Razzakberdiyevna, D. U. (2022). CRITICAL THINKING IN EDUCATION: DISCUSSION AND PROBLEMSOLVING TECHNIQUE. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 185-190.
6. Matnazarov, X., Ikramov, B., & Azimov, Z. (2022). INNOVATIVE METHODOLOGY OF TRAINING OF KAYAKERS 10-11 YEARS. Academic research in educational sciences, 3(11), 83-89.
7. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.
8. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.
9. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.
10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.
11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К. (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583. 12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУ^ИЙ БОРЛИГИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1),
13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G ' OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.
14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.
15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
81-95.
December 1