Научная статья на тему 'AMIR TEMUR FAOLIYATIDAGI RAHBARLIK MEZONLAR'

AMIR TEMUR FAOLIYATIDAGI RAHBARLIK MEZONLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

139
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR FAOLIYATIDAGI RAHBARLIK MEZONLAR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

AMIR TEMUR FAOLIYATIDAGI RAHBARLIK MEZONLARI

B.Abdulhakimov

Tarix o'qitish metodikasi yo'nalishi 2-kurs talabasi. lmiy rahbar: S.A.Toshtemirova

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtboshimiz tomonidan tarixni o'rganish masalasiga katta e'tibor berildi. Zero tarixdan kelajakka xizmat qiladigan amaliy xulosalar chiqarilmaguncha hech qanday jamiyat rivojlanmaydi, hamda bugunning qadr qiymati, mohiyati va salmog'i kechagi kun tarozisi orqaligina to'liq idrok etiladi.

Amir Temurning davlat boshqaruv tuzumi butun hududda yagona markazlashgan siyosiy tartib asosida qurilgan. U o'z imperiyasi tasarrufiga kiritgan yigirma yetti davlatda davlatchilik qoida-tartiblari sifatida davlatining bosh qomusi hisoblangan "Temur tuzuklari"ni joriy qilgan, qonunchilikni o'rnatgan. "Temur tuzuklari"i Amir Temur davlatidagi boshqaruv jihatlari inobatga olinib, Temur davrigacha bo'lgan imperiyalardagi rahbarshunoslikka oid bilimlardan keng foydalanilgan holda yuqori natijali tajribalarning boshqaruvchilik mezonlari yig'indisidir.

Amir Temur o'z tuzuklarida davlat ishlarining to'qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan bajo keltirdim deb ta'kidlaydi.

"Temur tuzuklari"da o'zi davlat boshqaruvida qo'llagan quyidagi asosiy tamoyillarni unga xizmat qiluvchi rahbarlar faoliyatida ham amal qilinilishini talab qilgan va qattiq nazoratga olgan. Bu tamoyillarni darajasiga qarab asoslab bergan:

birinchidan, jamiyatda sog'lom muhit yaratish, diniy-axloqiy, madaniy-ma'rifiy mafkurani rivojlantirish, islom dinini qo'llab-quvvatlash, har qanday g'oya va mafkuralarni oldini olish;

ikkinchidan, jamiyat a'zolarining toifasini, darajasini yaxshi bilgan holda boshqaruv jarayonini olib borish;

uchinchidan, har bir ishni kengash, maslahat, faollik va ehtiyotkorlik, kelishuvchanlik, sabr-toqat bilan olib borish;

to'rtinchidan, davlat ishlarini qat'iy qonun-qoidalar asosida yuritish, rahbariyatning nufuziga alohida ahamiyat berib, uning quyi darajaga tushib qolishini oldini olish uchun doim davlat qonunlari asosida boshqaruvdagi mavqeini mustahkam tutib turish;

beshinchidan, davlat xizmatidagi rahbarlarni moddiy jihatdan ta'minlash, rag'batlantirish, ular o'rtasida vujudga keladigan turli noxushliklarni oldini olish va ularni qat'iy tartib-intizom asosida nazorat qilib borish,

oltinchidan, jamiyatda adolatparvarlik, insonparvarlik mezonlari asosida davlat rahbarlariga nisbatan xalq ishonchini shakllantirish, odilona hukmlar chiqarilishini ta'minlash,

December 1

690

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

fuqarolarning ijtimoiy holatini o'rgangan holda davlat xazinasi hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtojlarga mablag'lar ajratish;

yettinchidan, ilm ma'rifat ahlini moddiy ta'minlash, ularning faoliyat olib borishiga sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida ularning tafakkurini hisobga olib ular bilimidan unumli foydalanish;

sakkizinchidan, rahbarlikda g'azab, jahl, shoshqaloqlik qilmasdan, aql-zakovat va shijoat bilan davlat boshqaruvi rejalarini tashkillashtirish va amalga oshirish, rahbarlik mahorati bilimlarini doimiy o'rganib, tarixiy manbalar, donolar pand-nasihatlari, yo'l yo'riqlarini doimo o'rganish va tadbiq etish;

to'qqizinchidan, turli elat va millatlarning madaniyatini hurmat qilgan holda barcha fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ahvolidan xabardor bo'lish va ularning muammolarini bartaraf etish;

o'ninchidan, barcha davlat va jamoat ishlarida faol qatnashayotgan rahbarlarni rag'batlantirib borish, xiyonatchilarni jazolash, aybini bo'yniga olgan rahbarni kechirish, barchalariga birdek muomalada bo'lish;

o'n birinchidan, boshqaruvdagi rahbarlarga doimo e'tiborda bo'lib, izzat-ikrom ko'rsatish, jazo berishda har qanday vaziyatda murosa qilish;

o'n ikkinchidan, harbiy kuchlarni doimiy mukammal tashkillashtirish va moddiy ta'minlash, ular o'rtasida boshboshdoqlik va tartibsizlik vujudga kelishini oldini olish, ularni qat'iy nazorat qilish va ularning mansabiga, xizmatiga qarab rag'batlantirish.

Amir Temur davlat boshqaruv tizimining rivojlanishi aynan shu o'n ikki tamoyilga bog'liq bo'lganligini "Temur tuzuklari"da bu tamoyillar xususida "Shu o'n ikki narsa yordamida mamlakatlarni zabt etib, saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga zeb-ziynat berdim", deb ta'kidlanganligidan ham bilishimiz mumkin. Bugungi kun rahbar kadrlari ham o'z faoliyatida aynan shulardan dasturul amal sifatida foydalanishi va bu tamoyillarni konstitutsion burchlari deb hisoblashi mumkin.

Amir Temur rahbarlarning shaxsiy fazilatlariga ham alohida e'tibor berib, doimo bo'lishi shart bo'lgan, , adolat, ishonch-e'tiqod, bilimlilik, binokorlik kabi xislatlarning borligini doimiy nazorat ostiga olgan.

Amir Temur davlatida rahbar kadrlarning to'g'ri tanlanganligi va ular doimiy nazoratda bo'lganligi uchun ham boshqaruv jarayoni mukammal bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Har bir lavozimni tanlashda munosiblik sifatlari va fazilatlari inobatga olingan. Masalan, vazir tanlashda asllik, toza nasllik, aql-farosatlilik, sipoh-u, raiyat ahvolidan xabardorlik, xushmuomalalik, sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik kabi fazilat egalari vazirlik lavozimiga tayinlangan. Bunday fazilatli vazirlarga to'rt imtiyoz: ishonch, e'tibor, ixtiyor va iqtidor berilgan.

Amir Temur shaxsida aynan shu rahbarlik tamoyillari mavjudligi sababli o'ttiz besh yillik faoliyati davomida Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo'ltig'iga qadar bo'lgan g'oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga

December 1

691

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

keltirdi. Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, bo'ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag'dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G'arbni bog'lovchi qadimiy karvon yo'llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo'shdi.

Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo'lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o'zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat - devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari, sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug'ullanuvchi yana uch vazir bo'lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan. Markaziy davlat ma'muriyatini yettita vazir boshqargan: ularning birinchisi vaziri a'zam bo'lib, uning vazifasi oliy hukmdorni mamlakat va raiyat ahvoli haqida o'z vaqtida xabardor qilib turishdan iborat bo'ldi; ikkinchisi (vaziri tavochi) harbiy ishlar; uchinchisi turli sabablar, asosan urush oqibatida egasiz qolgan mol-mulklar, sayyohlar va ziyoratchilar ishlari bo'yicha mutasaddilik qilgan; to'rtinchisi hukmdorning saroyiga oid bo'lgan ishlar bilan shug'ullangan; yana uch vazir sarhad viloyatlariga tegishli ishlarni boshqargan. Yetti vazirning barchasi devonbegiga bo'ysungan.

"Temur tuzuklari"da Amir Temur o'z mamlakatini boshqarishda aholini ma'lum ijtimoiy qatlamlarga bo'lganligini ham aytib o'tishimiz kerak. Ular, asosan, o'n ikkita guruhga bo'lingan. Bular quyidagi ijtimoiy toifalar: sayyidlar, olimlar va shayxlar; katta tajribaga ega ilmli kishilar; duo qiluvchi taqvodorlar; lashkarning sipohlari, sarxang va amirlari; askarlar va xalq ommasi; davlat boshqaruv ishlarini ipidan-ignasigacha biladigan maslahatgo'y dono va aqlli kishilar; vazirlar, kotiblar, devon boshlig'i; tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar; muhaddislar va muarrixlar; tasavvuf vakillari va oriflar; hunarmandlar va san'atkorlar; ajnabiy sayyohlar va savdogarlardan iborat edi.

Amir Temurning "Davlat- rahbarlar-u, fuqarolarning sadoqati va fidoiyligila qudlatlidur" deb ta'kidlaganlaridan, davlatning taraqqiy etishida rahbarlik faoliyatidagi mezonlarning naqadar muhimligini anglashimiz mumkin. Ta'bir joiz bo'lsa shuni aytish kerakki, Amir Temur tuzgan davlat va u yaratgan boshqaruv tartiblari hozirgi kunda davlatimiz boshqaruvida andoza sifatida olinganligi albatta oqilona va to'g'ri qaror bo'lib kelmoqda.

REFERENCES

1. Umarova Dilafruz Razzakberdiyevna. (2023). THE MAIN CHARACTERISTICS OF ENGLISH PRAGMATICS IN

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

LINGUISTICS. Proceedings of International Educators Conference, 2(1), 639-

2. XUSOMIDDINOVA, C., & Razzakberdiyevna, U. D. (2022). CULTURAL, SOCIAL AND PERSONAL PRINCIPLES OF THE GAME. Journal of new century innovations, 18(4), 36-38.

3. Razzakberdiyevna, U. D. (2022). PHRASAL VERBS IN MODERN ENGLISH: TERMINOLOGY, FEATURES, CLASSIFICATION. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(06), 51-54.

4. Umarova, D. R. (2022). INVESTIGATING PROBLEMS OF ENGLISH LITERATURE TEACHING TO EFL HIGH SCHOOL STUDENTS. Academic research in educational sciences, 3(12), 473-476.

5. Razzakberdiyevna, D. U. (2022). CRITICAL THINKING IN EDUCATION: DISCUSSION AND PROBLEMSOLVING TECHNIQUE. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 185-190.

6. Matnazarov, X., Ikramov, B., & Azimov, Z. (2022). INNOVATIVE METHODOLOGY OF TRAINING OF KAYAKERS 10-11 YEARS. Academic research in educational sciences, 3(11), 83-89.

7. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

8. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.

9. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.

11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУ^ИЙ БОРЛИЕИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1),

13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G ' OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.

14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

81-95.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.