Научная статья на тему 'ICHKI RESURSLARGA ASOSLANGAN HUDUDIY INFRATUZILMANI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASINI QO„LLASH (O„ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SOHASI UCHUN FOYDALANISH IMKOMIYATLARI)'

ICHKI RESURSLARGA ASOSLANGAN HUDUDIY INFRATUZILMANI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASINI QO„LLASH (O„ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SOHASI UCHUN FOYDALANISH IMKOMIYATLARI) Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

83
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hududiy infrastruktura / инфраструктура / kichik biznes va tadbirkorlik / Xitoy / Turkiya

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Anvar Rustamovich Narkuziyev

Ushbu maqolada Xitoy hamda Turkiya davlatlarining hududlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasi uchun infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha bir nechta adabiyotlar tahlilini va ular tajribasini mamlakatimizda foydalanish imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz. Shuningdek, yuqorida nomlari keltirilgan davlatlarda tadbirkorlik infratuzilmasini hududlarda rivojlantirissh zarurati, uning nafaqat kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga balki mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri o’rganilgan. Maqolada tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishning xorij tajribasini yurtimizda qo’llashga e’tibor bergan holda masalaga yondashilgan va hududlarda infratuzilmani rivojlantirishda inobatga olinishi kerak bo’lgan ayrim jihatlarini tavsiya sifatida keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ICHKI RESURSLARGA ASOSLANGAN HUDUDIY INFRATUZILMANI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASINI QO„LLASH (O„ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SOHASI UCHUN FOYDALANISH IMKOMIYATLARI)»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ICHKI RESURSLARGA ASOSLANGAN HUDUDIYINFRATUZILMANI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASINI QO'LLASH (O'ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SOHASI UCHUN FOYDALANISH IMKOMIYATLARI)

Anvar Rustamovich Narkuziyev

Jizzax Politexnika instituti erkin tadqiqotchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Xitoy hamda Turkiya davlatlarining hududlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasi uchun infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha bir nechta adabiyotlar tahlilini va ular tajribasini mamlakatimizda foydalanish imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, yuqorida nomlari keltirilgan davlatlarda tadbirkorlik infratuzilmasini hududlarda rivojlantirissh zarurati, uning nafaqat kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga balki mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri o'rganilgan. Maqolada tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishning xorij tajribasini yurtimizda qo'llashga e'tibor bergan holda masalaga yondashilgan va hududlarda infratuzilmani rivojlantirishda inobatga olinishi kerak bo'lgan ayrim jihatlarini tavsiya sifatida keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: hududiy infrastruktura, HH^pacTpyKTypa, kichik biznes va tadbirkorlik, Xitoy, Turkiya

Kirish. Bugungi kunda istalgan sohani rivojlantirish uchun xorij tajribasini o'rganish va uni mamlakatda foydalanish imkoniyatlarini baholash dolzarb hisoblanadi. Sababi ayrim davlatlar ma'lum bir yo'nalishda muvaffaqiyatga erishgan holda dunyo hamjamiyatiga na'muna yaratgan bo'ladi. Bunday muvaffaqiyatli tajribalardan foydalanish kelgusi xavf-hatarlarni va xarajatlarni pasaytirish imkonini beradi. Shu sababdan hududlarda kichik biznes va tadbirkorliklar uchun infrastrukturani rivojlantirish bo'yicha TypKHa va Xhtoh davlatlar tajribasini o'rganishga qaror qildik.

Bizga ma'lumki, Xitoy davlati kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va unga zarur infrastrukturani yaratish bo'yicha yetakchi davlatlardan sanaladi. Boshqa davlatlar tajribasidan farqi shundaki mamlakatda qisqa muddatda mahalliy bozorlarni to'yintirish hamda eksportga yo'naltirilgan tovar va xizmatlarni yaratish uchun kerak bo'ladigan

December 1

390

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

infratuzilmani yarata oldi. Shuningdek mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi hamda jamiyat farovonligining negizi bo'lib xizmat qilmoqda. Iqtisodchi olimlar tadbirkorlik muhitini iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlikni yanada ommalashtirishda juda ham muhim omil deb hisoblashadi. Mamlakatlar darajasida olib qarasak, Xitoy doimiy ravishda kichik biznes hamda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish uchun islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Korxonalar darajasida biznes muhitini optimallashtirishni foyda solig'i va xususiy mulk dahlsizligi o'zida aks ettiradi. Turkiya davlati ham Xitoy hukumati kabi mamlakat hududlarida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda zarur infrastrukturani yaratishda ulkan yutuqlarga erishgan davlatlardan biri sanaladi. Yuqorida sanab o'tilgan omillar korxonalarning transaksion harajatlari va risklarini kamaytirishga xizmat qiladi. Aslida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga juda ko'plab omillar ta'sir etadi. Ko'plab olimlar tomonidan biznes muhitini yaxshilash tadbirkorliklar sonini ko'paytirishga xizmat qiladigan biznes infrastrukturani rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Aytish joizki, Xitoy kompaniyalari har kuni biznes yuritishning yangicha yo'llarini o'ylashsa, boshqalar esa o'zgarishlarga tezkorlik bilan moslashish to'g'risida bosh qotirishadi. Hukumat tomonidan yaxshigina tadbirkorlik qilish uchun infratuzilma yaratilgan bo'lib, ular iste'molchiga yo'naltirilgan infrtuzilmani rivojlantirish haqida ko'proq bosh qotirishadi[1].

1970 yildan boshlab Xitoy hukumati tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish masadida amalga oshirgan islohotlari sabab xususiy sector asta-sekinlik bilan paydo rivojlandi va iqtisodiy o'sishni ta'minlashda juda katta ahamiyat kasb eta boshladi.

Xitoy tadbirkorligining dinamik infratuzilmasi. Bugungi kundagi Xitoyning tadbirkorlik uchun yaratgan infrastrukturasi samarali olib borilgan islohotlar va tizim natijasi deyish mumkin. Sababi mamlakat yillar mobaynida infrastrukturani shakllantirar ekan, iqtisodiyotda investitsiyalar faolligini ta'minlay oldi. Bu esa yangidan yaratiladigan firmalarning manbalaridan biriga aylandi. Tadbirkorlik subyekti yaratilar ekan, u "tug'ilganidan" boshlab bozorning boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarining qanday bo'lishining institutsional asoslari mustahkamlab qo'yilgan edi. Aniqroq aytganda, qonuniy ravishda ish boshlashidan oldin xususiy tadbirkor qancha ishchi kuchi ishlata oladi, faoliyat davomida hamkorlari kimlar boladi, bank sektori bilan a'loqasi qanday bo'ladi kabi savollarga javobni yaxshi biladi. Bu orqali tadbirkor faoliyat yo'nalishini baholash imkoniga ega bo'ladi.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

Xitoyning mahalliy hokimyatlari tomonidan ham tadbirkorlarni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashlar amalga oshiriladi. Ayniqsa xorijiy korxonalar bilan mahalliy korxonalarni bir-biri bilan bog'lashga va ulami bir-biri bilan hairdor bo'lishiga intilishadi. Mahalliy miqyosda qulay infi-astmktura yaratish maqsadida sanoat klasterlarini yaratishgan. Bu esa korxonalar uchun zaгuг bo'lgan ishlab chiqarish, tashish, sotish kabi infratuzilmalardan bir joyda turib foydalanish imkonini beradi. Natijada ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, vaqt sarfi kamayadi va xarajatlarni pasaytiradi.

Xitoy asosan iqtisodiy infrastmkturaga 1998 yildan boshlab katta e'tiboг beгa boshladi. Tгanspoгt, elektr eneгgiyasi, gaz taгmog'i, telekommunikatsiya, shahar suv ta'minoti va sanitaгiya sohalariga xarajatlaг 1994 yilgi 39 mlrd dollaгdan 1998 yilga kelib 88 mlrd dollarga yetdi. 2003 yilda 123 mlrd dollargacha oshib YaIMga nisbatan 8.7 foizini tashkil etdi. Boshqa Osiyo davlatlari moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgan bir paytda Xitoy moliyaviy islohotlarni amalga oshirgan holda infrastmkturaga mablag' yo'naltiгa oldi. Shu bilan Ыг qatoгda mazkuг soha markaziy hukumatdan hududiy birliklari sari harakatlana boshladi. Bosh hukumat sohani rejalashtirish, moliyalashtiгish va siyosiy muvofiqlashtirishda o'z гolini mustahkamlayotgan bir paytda, hududiy birliklar infratuzilmani qanday qilib moliyalashtirish va boshqaгish bo'yicha moslashish jarayonini boshdan kechirayotgan edi[3]. Eng muhimi mamlakatning investitsiya siyosati milliy raqobatbardoshlikni va iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirishni maqsad qilgan edi. Bugungi kundagi rivojlangan kichik biznes va tadbirkorlik sohasini hududlardagi keng ko'lamli infrastmkturaviy islohotlarsiz tasavvur etish mushkul.

Xitoyda kichik biznes va tadbirkorlik, xususiy sector гijojlanishining o'ziga xos tarihi mavjud. 1978 va 1992 yillar oгalig'ida hukumat dastlab qishloq ho'jaligini nomarkazlashgan boshqaгuvga o'tkazish oгqali fermerlarga nimani, qancha va qanday yetishtirish bo'yicha imkoniyat yaгatib beгdi. Natijada, kichik shaharchalar va qishloqlarda (TVE - township and village enterprises) kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlaishiga sabab bo'ldi. Bu vaqt oralig'ida hukumat turli tuгli xil siyosiy islohotlarni amalga oshirdi va xususiy sektor rivoji uchun huquqiy o'zgaгishlaг qildi[4].

1992 va 2000 yilgacha bo'lgan davr mobaynida, xususiylashtiгish jarayonlari jadallashdi. Davlat tasarrufidagi tadbirkorliklar ulushi 1978 yildagi 77 % dan 1999 ga kelib 28 % gacha pasaydi. Ammo, davlat hamda xususiy tadbirkorliklar o'rtasida diskriminatsiya saqlanib qolgandi.

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O 'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

2000 yildan hozirga qadar davlat va xususiy tadbirkorliklar maqomi tenglasha bordi. Ularga teng huquqli imkoniyatlar berila boshlandi[5].

Mamlakat hududlari bo'ylab kichik biznes va tadbirkorlik rivojlanishi bir-biridan farq qilardi. Davlat darajasidagi institutsional o'zgarishlardan tashqari kichik biznes va tadbirkorlik rivojlanishida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahvolning hududiy hususiyatlari ta'sir etmasdan qolmadi. Ushbu farqlanish ro'yhatdan o'tgan korxonalar sonida ham namoyon bo'ldi. 2003 yilda 69.3 % xususiy tadbirkorliklar mamlakatning qirg'oq bo'yi hududlarida, 17.1 % va 13.5% i mos ravishda markaziy va g'arbiy provinsiyalarda joylashgan edi[6].

Tadbirkorlik sohasi uchun infrastrukturani yaratishning samarali usullaridan biri - bu MIZ hamda ElZlarni tashkil etishdir. Bu usul Xitoy tajribasida yaxshi samara bergani ko'rish mumkin.

Yuqoridagi rasm ma'lumotidan ko'rinadiki, MIZlar mamlakatning qirg'oq bo'yi hamda chegara hududlari bo'ylab joylashgan. MIZlarning bunday joylashuvi ham geografik jihatdan juda katta ahamiyatga ega. Suv bo'ylab joylashtirilgan MIZlar suv transporti orqali tashishda ustunlik bersa, Horgos va Koshgar kabilar quruqlikda chegara bo'ylab joylashishi mamlakatning boshqa qismlarini dunyo davlatlari bilan bog'lashda "hub" vazifasini bajarish orqali ustunlik beradi.

"Maxsus iqtisodiy zonalar" tadbirkorlik sohasi vakillari uchun imtiyoz va preferensiyalarga ega infratuzilmalar majmuasi hisoblanadi.

1-jadval

Xitoy davlatida "Maxsus iqtisodiy zonalar" turlari va umumiy soni1

Maxsus iqtisodiy zonalar

Maxsus Davlat Erkin savdo Qirg'oqbo'yi ochiq High-Tech sanoat

iqtisodiy darajasidagi yangi zonalar (FTZ) shaharlar (COC) rivojlanish zonalari

zonalar (SEZ) hududlar (State- (High-Tech IDZ)

level new areas)

7 19 10 16 168

220

Yuqoridagi jadval ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda "Maxsus iqtisodiy zonalar"ning bir necha ko'rinishlari farq qiladi. Ular joylashuvi, maqsadi va vazifasiga ko'ra bir-biridan farqli hisoblanadi. E'tiborli jihati shundaki, High-Tech sanoat rivojlanish zonalar eng yuqori ulushga ega. Mamlakat bo'ylab hududlarda kamida bitta ko'pi bilan 12 atrofida High-Tech sanoat rivojlanish zonalar tashkil etilgan.

Muallif tadqiqotlari asosida tuzildi

December 1

393

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O 'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

Shuningdek, hukumat tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sohasini rivojlantirish va unga qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilgan ishlardan biri - bu sanoat klasterlarining tashkil etilishidir. Xitoy iqtisodiyoti tarixida sanoat klasterlarini tashkil etish samarali islohotlardan biri hisoblanadi. Ushbu klasterlar hukumat tomonidan ayniqsa hududiy boshqaruv birliklari tomonidan faol ravishda qo'llab-quvvatlangan. Mahalliy hukumat yordamlari turli xil bo'lishiga qaramasdan, sifatli infrastruktura yaratish maqsadida asosan "bozor muvaffaqiyatsizlik" lari yuzaga kelgan tomonlarga e'tibor berilar edi. Hukumat uchun yo'llar, energiya ta'minoti, suv va internet tarmoqlari ta'minotlari orqali infratuzilmani shakllantirish eng asosiy prioritet hisoblansa, hududiy hukumatlar biznes faoliyatiga ko'maklashish maqsadida maxsus bozorlar yoki sanoat parklarini bunyod etishga harakat qiladi. Bu kabi bozorlar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va iste'molchilarni bir joyda jamlash uchun qulay shroitlarga ega bo'lib, sanoat klusterlarini rivojiga katta hissa qo'shdi. Shichiao provinsiyasida mahalliy bozorni tartibga solish va ishlab chiqarish va savdoni rivojlantirish maqsadida shahar hukumati norasmiy bozorning o'rniga Janubiy Tekstil bozorini tashkil etdi. Shenjou provinsiyasida munisipal hukumat tomonidan 557 mln RMB "Xitoy Poyabzal Kapital" sanoat zonasini va Lu Cheng shahrida poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompleksni barpo etish uchun sarfladi. Jejiangda esa, turli xil manbalar hisobidan "kashmir sviter bozori" ni tashkil etdi va qo'shimcha infrastrukturani shakllantirish uchun xususiy tadbirkorlar jalb etildi. Investorlarga asosan logistic markaz, yuklash joylari, omborxonalar va avtoturargoh kabilarni barpo etishga ruxsat berildi. Yuqoridagi kabi misollarni mamlakat bo'ylab istalgancha topish mumkin edi[7].

Biznesga imkoniyatlar berish va shart-sharoitlar yaratish bilan birgalikda zarur holatlarda sifat va standartlar ustidan nazorat qilish zarur hisoblanadi. Tekstil klasterida dastlab sifatga emas hajmga e'tibor berildi va natijada arzon va past nufuzli tovarlar hajmi ortib ketdi. Buni to'g'irlash uchun mahalliy hukumat tomonidan sifat va standart nazoratlar o'rnatildi.

Ochiqlik siyosatiga asosan avvalo kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun infrastruktura Xitoyning Sharqiy qirg'oq bo'yi hududlarida rivojlantirila boshlandi. Ushbu hududlarda xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida "erkin iqtisodiy zonalar" tashkil etildi. Sekin-astalik bilan "erkin iqtiodiy zonalar" boshqa sohil bo'yi hududlarda ham ochila boshladi. Qirg'oq bo'yi hududlari geografik jihatdan boshqa hududlarga nisbatan ustunliklarga ega bo'lganligi sababli to'g'ridan-to'g'ri xorijiy

December 1

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va ^^^^^^^^^arovon^^yotimiz^afolat^

investitsiyalarni jalb etishga katta yordam beradi. Aytish mumkinki, Janubiy sohil bo'yi hududlari hududiy, madaniy jihatdan yaqin va xorijiy davlatlar bilan munosabat o'matishda lingvistik jihatdan ustunlikka ega edi. Bu esa Gongkong, Makau va Taivan kabi hududlarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar makoniga aylantirgan muhim omillardan hisoblanadi.

Tadqiqot metodikasi. Mazkur maqolada iqtisodchi olimlarning Xitoy hamda Turkiya davlatlari hududlarida kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi, unga yaratilgan infratuzilma tajribasi bo'yicha olib brogan tadqiqotlari tahlil etilgan hamda ularning tajribasini mamlakatimizda foydalanish imkoniyatlari baholangan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish orqali muayyan xulosa va takliflar berilgan. Mavzuni tadqiq etish mobaynida mantiqiylik va tarixiylikning birligi, ilmiy abstraktsiya, deduksiya va statistic tahlil kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar. Bugungi kunda mamlakatda kichik biznes va tadbirkorlik uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishadigan bo'lsak, quyidagicha ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Dastlab sohalar bo'yicha elektr energiya iste'moliga to'xtalamiz.

1-chizma. Xitoyda barcha sohalarda elektr energiya istemoli dinamikasi2

Yuqoridagi chizma ma'lumotlaridan ko'rinadiki, barcha sohalar bo'yicha elektr energiya iste'moli kuchli dinamik o'zgarishlarga ega. Umumiy hisobda ko'rsatkich vaqt o'tgan sari oshib bormoqda. Qiziqarli jihati shuki, yil ohirida elektr energiya iste'moli keskin kamayadi.

2009 yilda sohalarda elektr energiya iste'moli 350 mlrd KWni tashkil etgan bo'lsa 2021 yilga kelib bu ko'rsatkich deyarli ikki barobarga oshib, 670 mlrd KWga yaqinlashdi.

2 www.worldbank.org sayti malumotlari asosida tayyorlandi https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

December 1

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va ^^^^^^^^^arovon^^yotimiz^a^^tt^

70000,0

50000,0

30000,0

10000,0

-10000,0

_____________

2000

2005

2010

2015

2020

—•— WaMH —•— CaHoaT —•— K,ypu.nMW —•— KUW.OK, ^ywa-nu™

2-chizma. O'zbekistonda sohalar bo'yicha elektr energiya istemoli dinamikasi3

Yuqoridagi chizma mamlakatimizda elektr energiyasini tasvirlab berar ekan, unda quyidagicha malumotlar shakllanadi.

Birinchidan, dastlabki dekadada elektr energiya iste'moli umumiy hisobda unchalik ham o'zgarishga uchramagan. Keying o'n yillikda elektr iste'moli sezilarli drajada oshgan.

Ikkinchidan, elektr energiya iste'molida eng katta ulush sanoat hamda qishloq ho'jaligi korxonalari hisobiga to'g'ri keladi. Undan keying o'rin aholi tomonidan band etilgan va ikkinchi dekadada sezilarli darjada ortgan. Eng kam elektr energiya iste'molini qurilish, tijorat korxoalari hamda davlat idoralari amalga oshirgan. Ohirgi yillarda esa, sanoat korxonalari hamda aholining elektr energiya iste'moli hajmi deyarli tenglashishga ulgurgan. Qishloq ho'jaligi sohasida bo'lsa bu ko'rsatkich pasayib bormoqda.

Xitoy hukumati o'z iqtisodiyotini zamonaviylashtirish va barqaror o'sishini ta'minlash maqsadida doimiy ravsihda infrastrukturaga davlat xarajatlarini amalga oshirib keladi. Ya'ni turli xil davlat dasturlari, rivojlanish dasturlari va yirik infrastrukturaga investitsion harajatlarni amalga oshiradi. Umumiy harajatlar 2003 yilda 0.62 trln dollarni (YalMning 13%i) tashkil etgan bo'lsa, 2015 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 2.1 trln dollargacha (YalMning 20%i) oshdi4.

Tadqiqotlarga ko'ra ushbu yo'nalishda islohotlar davom etadi va 2030 yilga kelib infrastrukturaga harajatlar tahminan 16 trlnni tashkil etadi.

www.stat.uz sayti malumotlari asosida tayyorlandi

i ' ' '

https://wwwTics.org/es/wbel/megatrends/markets-geopolitics/case-study-how-does-china-pay-lor-her-iriirastructure--an-introduction/

December 1

396

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

Jahon tajribasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va unga zarur infratuzilmani yaratish bo'yicha o'z o'rniga ega davlat bu - Turkiya hisoblanadi. Bu sohada Turkiyaning eng katta yutug'i bu - tartibli va samarali xususiylashtirish hisoblanadi. Bu sohada ishlarning boshlanishi 1980 yilga borib taqaladi. Hukumat davlat mulkini xususiylashtirish hamda yangilarini barpo etishni birgalikda olib bordi. Shu bilan birgalikda mavjud hamda yangidan yaratilayotgan korxonalar uchun albatta talab darajasidagi infrastruktura zarur ekanligini bilishardi.

Zarur infratuzilmalardan biri - bu logistika sohasi bo'lib, mazkur sohada tehnologik o'sish hisobiga xalqaro savdoda samaradorlik oshishiga erishildi. Bu esa turk firmalarining jahon bozorlari bo'ylab tovar va xizmatlari kengroq yoyilishiga katta hissa qo'shdi. Temir hamda suv yo'llaridagi ulkan yutuqlar mamlakatni xalqaro savdodagi o'rnini yanada mustahkamlashga yordam berdi. Bu orqali tranzit yuk tashish xizmati rivojlandi va hududiy korxonalar uchun muhim infratuzilmalardan biri bo'lib xizmat qildi.

Hududlarda infrastrukturani yaxshilash orqali hududiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha Turkiya ham o'ziga xos tajribaga ega. Davlat, biznes va nodavlat tashkilotlar birgalikda iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida jamoaviy tarzda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Hududiy boshqaruv organlari municipal jihatdan chegaralab qo'yilmadi. Ularning asosiy maqsadi hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash edi. Hududiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy hususiyati - bu mahalliy reusrslar hamda mahalliy potensialdan foydalanish hisoblanadi. Bu yerda asosiy maqsad hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish orqali biznes vakillari va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish sanaladi. Hududiy iqtisodiy rivojlanish yondashuvi vaqt o'tishi bilan o'zgarib bordi. 90-yillarda "qattiq infratuzilma"ga investitsiyalar jalb etila boshladi va e'tibor markazida bo'ldi. Shundan so'ng sekinlik bilan "yumshoq infrastruktura"ga qarab yo'nalish o'zgardi va inson kapitali rivojlanishi ko'proq e'tibor qaratildi.

Infrstrukturani juda muhim deb biladigan Turkiya hukumati 2053 yilgacha o'zining uzoq yillik strategiya va maqsadlarini ishlab chiqdi. Unga ko'ra kelgusi 30 yilda katta yo'llar hajmini, temir va suv yo'llari orqali tashishni va infratuzilmaga investitsiyalarni ikki barobardan ko'proq oshirish belgilangan. Transport va Infrastruktura vazirining aytishicha, temir yo'l tarmog'i 2053 yilgacha bugungi 13000 kmdan 28590 kmgacha uzytiriladi. 2003 va 2021 yillar oralig'ida 172 mlrd dollardan ko'proq investitsiyalar transport va kommunikatsiya sohasiga o'zlashtirilgan: - deydi Transport va Infrastruktura vaziri

December 1

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va ^^^^^^^^^arovon^ayotimiz^afolat^

Karaismailoglu. Vazirning aytishicha, "2053 yilgacha investitsiyalar hajmi 198 mlrga oshiriladi"

Hisob-kitoblarga ko'ra, yuqorida keltirib o'tilgan infrastrukturaga sarflar natijasida quyidagilarga erishiladi:

- Hukumat 176 mlrd dollar tejaydi, shundan:

> Vaqt hisobidan 59 mlrd dollar

> Yoqilg'i hisobidan 26 mlrd dollar

> Baxtsiz hodisalar kamayishi hisobidan 10 mlrd dollar

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

> Tabiat ifloslanishining kamayishi hisobidan 31 mlrd dollar

> Va boshqa tashqi omillar hisobidan 56 mlrd dollar

Karaismailogluning aytishicha Turkiya yo'lovchi va yuk tashish bo'yicha Yevropa, G'arbiy Osiyo va Afrika davlatlari uchun hab vazifasini bajaradi.

Shuningdek turizm sohasi rivojlanib, turistlar oqimining infratuzilmaga bosimining ortishi sababli, 2053 yilgacha bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 56 ta aeroport 61 taga

yetkaziladi5.

3-jadval

Hududlar infrastrukturasini rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish. SWOT.

Strengths

Weaknesses

• Ishchi kuchi tarkibining nisbatan yosh ekanligi

• Turli darajadagi ta'lim olish imkoniyatlari

• Xususiy hamda davlat oliygohlarining mavjudligi

• Arzon ishchi kuchi

• Ishchan va qo'llab-quvvatlovchi institutlar

• Ishsizlik va kambag'allik

• Talab darajasida bo'lmagan infrastruktura, ayniqsa yangidan tashkil etilgan korxonalar uchun

• Boshqaruv sohasiga nisbatan salbiy tasavvur

• Motivatsiyasini yo'qotgan tadbirkorlik subyektlari

• Talab darajasida bo'lmagan ishchi kuchi

• Samarasiz hududiy boshqaruv organlari

Opportunities

Threats

• Transport tizimining talab darajasida shakllantirish imkoniyatlari

• Jahon Savdo tashkilotiga kirish

• Turli xil xalqaro kelishuvlarga erishish

• Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik

• Kichik biznes va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi institutlar

• Kichik biznes va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash yuzasidan huquqiy yaxshilanish

• Tez sura'tlarda o'sayotgan aholi

• Moliyaviy taqchillik

• Qo'shni davlatlarda siyosiy beqarorlik

• Byurokratik va kompleks boshqaruv

' lntps:/Av\v\v.lmrrivctdailvnc\vsxonVministcr-unvci^

December 1

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

Yuqoridagi SWOT tahlildan ko'rinadiki, mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va ularga zarur infratuzilmani yaratish va rivojlantirish bo'yicha boshqa davlatlar tajribasini amaliyotga joriy etishda o'ziga xos imkoniyatlar va muammolar yuzaga kelish ehtimoli mavjud.

Boshqa davlatlar tajribasidan foydalanishda yetarlicha imkoniyatlar mavjud. Hududlarimizda turli malakaga ega ishchi kuchini topish mumkin. Har bir hududning o'ziga xos bo'lgan, bir-birini takrorlamaydigan ichki resurslari mavjud.

Bugungi kunda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat zamirida jamiyat farovonligi yotipti. Bunda ochiqlik siyosati, tadbirkorlikni rivojlantirish, shaffof sud huquq tizimi kabilarga asoslanmoqda. Shu sababli jahon hamjamiyatiga integratsiya jarayoni ham jadallashib bormoqda Bu kabi islohotlar mamlakatimizda biznes infratuzilmani rivojlantirishning xorij tajribasini qo'llash qo'l keladi.

Xulosa va takliflar. Ammo aytish joizki, hech bir narsa nomukammallikdan, kamchiliklardan holi emas, jumladan hududlarda infratuzilmani rivojlantirishning Xitoy tajribasi ham: qanday kamchiliklar mavjud edi?

- Investitsiyalarning behuda sarflanishi

- Davlat fondlarining suiiste'mol qilinishi

- Qishloq hududi yerlarini qurilish maqsadida haddan tashqari ko'p ajratilishi

- Tabiatga zarar yetkazilishi

Shuningdek, mamlakatimizda hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda infratuzilmani yaxshilash bo'yicha Xitoy va Turkiya tajribasini foydalanish uchun quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish zarur deb hisoblaymiz:

- Geosiyosiy beqarorlik sharoitida hamkor hamda qo'shni davlatlar bilan o'zaro manfaatdorlikka asoslangan munosabatni yanada chuqurlashtirish

- Investitsion va moliyaviy mablag'larni o'zlashtirishda shaffoflikka keng urg'u berish va qat'iy korrupsiyaga qarshi kurashish

- Quyi boshqaruv tizimining samaradorligiga sabab bo'layotgan omillarni aniqlash ta'sirchan mehanizmlarni ishlab chiqish.

REFERENCES

1. Ruipeng Tan, Lulu Pan, Mengmeng Xu, Xinju He, "Transportation infrastructure, economic agglomeration and non-linearities of green total factor productivity growth in China: Evidence from partially linear functional coefficient model", Transport Policy, 2022, ISSN 0967-070X, https://doi.org/10.1016/i.tranpol.2022.09.027.

December 1

399

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

2. Rong, K., Liu, Z. and Shi, Y. (2011), "Reshaping the business ecosystem in China: case studies and implications", Journal of Science and Technology Policy in China, Vol. 2 No. 2, pp. 171-192. https://doi.org/10.1108/17585521111155228

3. Yang, J.Y., Li, J. The development of entrepreneurship in China. Asia Pacific J Manage 25, 335-359 (2008). https://doi.org/10.1007/s10490-007-9078-8

4. He, C., Lu, J. & Qian, H. Entrepreneurship in China. Small Bus Econ 52, 563-572 (2019). https://doi.org/10.1007/s11187-017-9972-5

5. Atherton, A., & Newman, A. (2017). Entrepreneurship in China: The Emergence of the Private Sector (1st ed.). Routledge. https://doi.org/10.4324/9781315625126

6. Li, H. (2012). History and Development of Entrepreneurship in China. Entrepreneurship and Economic Growth in China, 1334. doi:10.1142/9789814273374_0002

7. Douglas Zhihua Zeng (2012) "China's Special Economic Zones and Industrial Clusters: Success and Challenges" Lincoln Institute of Land Policy Working Paper, [email protected]

8. www.worldbank. org

9. www.stat.uz

10. https://www.rics.org/es/wbef/megatrends/markets-geopolitics/case-study-how-does-china-pay-for-her-infrastructure--an-introduction/

11. https://www.google.com/search?q=special+economic+zones+in+china&source=l nms&tbm=isch&sa=X&ved=2ahUKEwicqqWt1676AhXmlYsKHZl6CvkQ AUoAX oECAIQAw&biw=1366&bih=635&dpr= 1 #imgrc=zar-k 1 hHLVj 0M

12. https://www.hurriyetdailynews.com/minister-unveils-major-investment-plans-for-transport-infrastructure-172768

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.