Научная статья на тему 'OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O`RNI VA AHAMIYATI'

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O`RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

5800
302
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O`RNI VA AHAMIYATI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ORNI VA AHAMIYATI

S.I.Abduraxmanov -

Milliy g'oya: manaviyat asoslari va huquq talimi yo'nalishi talabasi

Ilmiy rahbar: Sh.B.Jumayeva

Bugungi kunda jamiat va davlat taraqqiyotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Yurtimizda mustaqil ommaviy axborot vositalarining faoliyat olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yetarli darajada yaratilgan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 67-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi va qonunga muvofiq ish olib borishi hamda ular axborotning to'g'riligi uchun belgilangan tartibda javobgarligi, senzuraga yo'l qo'yilmasligi takidlangan.

So'nggi paytda yangi elektron ommaviy axborot vositalarining paydo bo'layotganligi axborot sohasi g'oyat jadal rivojlanayotganidan dalolatdir. Fuqarolarning ishonchli axborotga ega bo'lish huquqini ta'minlash - bu ommaviy axborot vositalarining burchi, demokratik hukumatning asosiy prinsipidir. O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari bunday axborotni yetkazib berishda platforma vazifasini o'tamoqda va hukumat hamda jamoatchilikning samarali hamkorlik qilishida muhim rol o'ynamoqda.

Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalariga berilayotgan erkinlik hamda demokratiyaning yanada mustahkamlanishi jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Mening fikrimcha ommaviy axborot vositalari qanchalik erkin bo'lsa demokratiya ham shunchalik yorqin bo'ladi. Ommaviy axborot vositalarini demokratyaning yoqilg'isiga qiyoslash mumkin. O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyati institutlari tizimi va uni shakllantirishda, davlat va jamiyat qurilishi sohasida keng ko'lamli demokratik o'zgarishlarni amalga oshirish jarayonida oshkoralikni ta'minlashda muhim o'rin tutadi.

Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soladigan va xalqaro normalarga javob beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Buni biz O'zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi, "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida"gi kabi qonunlar misolida ko'rishimiz mumkin. So'nggi yillarda O'zbekiston ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish bo'yicha o'z vazifalarini faol bajarmoqda. Ular mamlakatimizda haqiqiy "to'rtinchi hokimiyat"ga aylanmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston Markaziy Osiyoda, shu jumladan, mintaqaviy axborot makonidagi yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

Ta'kidlash joizki, bugun gazeta, radio, televideniye kabi an'anaviy ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda davlat hamda fuqarolar uchun katta imkoniyat yaratayotgan axborot almashish va uni yetkazib berishning yangidan-yangi shakllari paydo bo'lmoqda. Masalan, ommaviy axborot vositalarining hukumat bilan o'zaro hamkorligini jadal rivojlanib borayotgan jarayon deyish mumkin. Demokratik muloqot orqali murosaga kelish va o'zaro anglashishga erishish mumkin.

Tanganing ikki tomoni bo'lganidek ommaviy axborot vositalarining ham salbiy tomoni bor yani, berilayotgan axborotning qanchalik to'g'ri va ishonchli ekanligi juda ham muhim hisoblanadi. Barchamizga malumki, rivojlangan davlatlarda ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzusi ya'ni nishoni bu siyosat hisoblanadi va hukumatni keskin tanqid ostiga olgan taqdirda ham xalq emotsiyalarga berilmaydi. Axborotdan foydalanish erkinligi, ayniqsa, u jamiyat xavfsizligi, odamlarning sha'ni va qadr-qimmati singari tushunchalarga daxl qilsa, mutlaq bo'lishi mumkin emas. Bunda cheklovlarsiz biror maqsadga erishib bo'lmaydi. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi 1953 yilda qabul qlingan Yevropa konvensiyasiga binoan, milliy xavfsizlik, hududiy yaxlitlik yoki jamoat tartibi maqsadida, sog'liq va axloqni muhofaza qilish, shaxsning obro'sini yoki boshqa huquqlarini himoya qilish, maxfiy yo'l bilan olingan axborot tarqatilishining oldini olish hamda odil sudlovning xolisligi va nufuzini ta'minlash uchun so'z erkinligi cheklanishi mumkin.

Axborot bugun taraqqiyotga eltuvchi muhim omillardan biriga aylandi. Ayni paytda shu narsa qayd etilganki, bu huquq insonning boshqa huquqlari kabi muayyan hollarda cheklanishi mumkin. Ish bor joyda xohlaysizmi xohlamaysizmi kamchiliklar bolgani kabi, ommaviy axborot vositalari ham bundan mustasno emas.

Hozirgi paytda ommaviy axborot vositalari tizimida og'ir vaziyat vujudga kelgan. Masalan, ertaga davlatimiz rahbari «bo'ldi, bas, endi hech kim tashqaridan jurnalistlar ishiga aralashmasin, ularga mustaqil ishlashga imkon beraylik» desa, nima, vaziyat birdaniga yaxshi tomonga o'zgaradimi? Yo'q, albatta! Yillar davomida o'zini o'zi senzura qilib kelganlardan, vahima-hadiksirash bilan yashaganlardan yangicha, zamonaviy ish tartibiga o'tishni kutish juda og'ir. Bizga yangicha fikrlaydigan, jurnalistika vazifasini jahon standartlariga mos tushunadigan yoshlar kerak. Bundaylar hozir ham bor. Faqat ularga yo'l berish lozim. Yangilarini tayyorlash uchun xalqaro ekspertlar yordamida seminar va treninglar tashkil etish zarur.

Xulosa qilib aytganda, ishni ko'p yillar davomida o'tirib qolgan va o'zini OAVga mutasaddi deb tushunadigan amaldorlardan hamda gazeta, jurnal, radio va TVda bosh yuqori lavozimda bo'lib, haqiqiy ijoddan uzoqlashgan, o'zini to'ralarcha tutadiganlar xizmatidan voz kechishdan boshlash kerak. Shuning uchun ham biz fikrni erkin bayon qila oladigan jamiyat qurmoqchi ekanmiz, birinchi o'rinda ommaviy axborot vositalarning harakat

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

doiralarini kengaytirish hamda bazi cheklovlami bekor qilishimiz kerak deb hisoblayman.

1. Umarova Dilafruz Razzakberdiyevna. (2023). THE MAIN CHARACTERISTICS OF ENGLISH PRAGMATICS IN LINGUISTICS. Proceedings of International Educators Conference, 2(1), 639-643.

2. XUSOMIDDINOVA, C., & Razzakberdiyevna, U. D. (2022). CULTURAL, SOCIAL AND PERSONAL PRINCIPLES OF THE GAME. Journal of new century innovations, 18(4), 36-38.

3. Razzakberdiyevna, U. D. (2022). PHRASAL VERBS IN MODERN ENGLISH: TERMINOLOGY, FEATURES, CLASSIFICATION. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(06), 51-54.

4. Umarova, D. R. (2022). INVESTIGATING PROBLEMS OF ENGLISH LITERATURE TEACHING TO EFL HIGH SCHOOL STUDENTS. Academic research in educational sciences, 3(12), 473-476.

5. Razzakberdiyevna, D. U. (2022). CRITICAL THINKING IN EDUCATION: DISCUSSION AND PROBLEMSOLVING TECHNIQUE. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 185-190.

6. Matnazarov, X., Ikramov, B., & Azimov, Z. (2022). INNOVATIVE METHODOLOGY OF TRAINING OF KAYAKERS 10-11 YEARS. Academic research in educational sciences, 3(11), 83-89.

7. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

8. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.

9. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

REFERENCES

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.

11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.

12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУ^ИЙ БОРЛИГИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1),

13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G ' OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.

14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

81-95.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.