Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O'RNI
J. Z. Yusupov -
Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: S.A.Toshtemirova
Hozir biz texnika va texnologiyalar asrida yashayapmiz. Shunday ekan, biz yoshlar mana shunday zamonda, zamon bilan hamnafas bo'lib, yashashimiz zarur. Aynan hozirgi davrimizni ommaviy axborot vositalarisiz ya'ni: televideniye, radio, internet, uyali aloqa vositalari, kompyuter va boshqa shunga o'xshash vositalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Bular bizning deyarli barcha yumushlarimizni: uzog'imizni yaqin va eng muhimi, bizning vaqtimizni tejayotganini misol qilishimiz mumkin.
Biz yoshlar mana shunday shart-sharoitlardan unumli foydalanishimiz darkor. Bizning bugungi kundagi eng muhim vazifamiz o'sib kelayotgan yosh avlodni diniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning qalbida o'z xalqi, vataniga mexr-sadoqat tuyg'usini kuchaytirish, ularni har xil buzg'unchi kuchlarning ta'siridan va ularning tahdidlaridan himoya qilishdan iboratdir.
Hozirda hayotimizni internetsiz tasavvur qila olmaymiz. Jahon axborot tarmog'iga kirayotgan yoshlar soni kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda eng asosiy masala internetdan kim qanday foydalanshida. Hozir yosh bolalar ham kompyuterni bemalol ishlata oladi. Bir qarashda buning yomon joyi yo'qday, ammo haddan oshilsa, nazorat bo'shashsa oqibati aynchli bo'ladi. Bugun shaxsni manqurtga aylantirish uchun Chingiz Aytmatov yozganidek, tuya terisini odamning taqir boshiga kiydirish shart emas. Endi sodir bo'ladigan urushlar jang maydonida emas, balki mafkura poligonida yuz beradi. Shu jihatdan olib qaraganda, yoshlarning ko'p vaqtini internetda sarflashi bu juda ham katta fojiadir. Chunki internet tarmog'idan niyati buzuq kimsalar ham foydalanadilar. Internet tarmog'i buzg'unchilar va uchinchi kuchlarning asosiy quroliga aylanib ulgurdi. Ular bizning oq-u, qorani bilmaydigan, internetdan to'g'ri foydalana olmaydigan yoshlarimizni o'z "nog'oralariga o'ynatyapti"lar. Bu borada muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini misol qilib olishimiz mumkin: "Albatta, internet orqali dunyoning istalgan nuqtasi bilan tezkor aloqa o'rnatish, zudlik bilan zarur bo'lgan axborot va ma'lumotlarni olish, bilim va ma'rifatni oshirishda uning beqiyos o'rni va ahamiyati borligini hech kim inkor eta olmaydi. Biz odamlarimizning internet imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishga bo'lgan intilishlarini har tomonlama qo'llab quvvatlaymiz. Takror bo'lsada aytmoqchiman - axborot olamida qandaydir devor o'rnatish, o'z qobig'iga o'ralib mahdudlikka yuz tutish yo'li bizga aslo ma'qul emas. Shu bilan birga bugun yon atrofimizda, uzoq yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo'lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg'itishga
December 1
698
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
qaratilgan g'arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan ham o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urunayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e'tibordan soqit qilib bo'lmaydi"
Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga o'zaro adovat va to'qnashuvlarga sabab bo'ladigan bunday xatarlarning oldini olishning bitta yo'li yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni-qoradan, do'stni-dushmandan ajratishga qodir bo'lgan, bizning qanday boy tarix va merosga ega ekanligimizni anglab yashaydigan, iymon - e'tiqodli milliy va umuminsoniy qadiryatlar ruhida tarbiya topgan insonlar etib voyaga yetkazishimiz va bu masalani hech qachon ikkinchi darajali vazifa deb bilmasligimiz kerak.
Albatta, yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish va bilimini oshirishda mazkur axborot manbalari muhim ahamiyatga ega. OAV (Ommaviy axborot vositalari) va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlarini inkor etmagan xolda, uning yoshlar orasida samarasiz, salbiy ta'sirga ega bo'lgan imkoniyati mavjudligini ham ta'kidlash lozim. Yoshlarda buzg'unchi destruktiv g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to'la shakllanmagani, ularda eshitgan yoki o'qigan ma'lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu ancha e'tibor qaratish zarur bo'lgan global muammodir. Ta'kidlash lozimki, internetdan tarqatilayotgan qo'poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba'zan harbiy harakatlar evaziga amalga oshirib bo'lmaydigan maqsadlarga erishish mumkin. Bunday axborot xurujlari esa yoshlarning ma'naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini siyosiy nuqtai nazari e'tiqodini maqsadli ravishda o'zgatirishni unutmaslik kerak. Buning asosiy sabablaridan biri esa tajovuzkorlikni targ'ib etuvchi teleradio, audio, video va multimedia mahsulotlari, internetdagi ma'lumotlar va kompyuter o'yinlarning xilma-xil usullarda ko'payib tarqatilayotganidir. Biz hozirgi kunda bunday muammolarning oldini olishimiz uchun I.A.Karimov takidlaganlaridek: "Mafkuraga qarshi mafkura, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi marifat bilan kurashmog'imiz kerak. Zero yoshlarimiz qalbida ma'naviy, axloqiy pok jihatlar ezgu maqsadlar yo'lida xizmat qilsin".
Xulosa qilib aytganda, internet ikki taraflama - ham yaxshilikka ham yomonlikka xizmat qilishi mumkin. Yoshlarning vazifasi, uning imkoniyatlarini yaxshilikka xizmat qildirib yomonligidan ehtiyot bo'lish choralarini ko'rishdir.
Virtual olamda buzg'unchi kuchlar targ'ib etayotgan g'arazli da'vatlar ta'siriga qarshi kurashda yuksak diniy-milliy qadriyatlar-diyonat, poklik, hallolik, odamiylik, hayo va iffat kabi fazilatlarning o'rni beqiyos, albatta. Shunday ekan eng avvalo yoshlar bugungi kunimizda barqaror bo'lgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetib, bu ne'matni ko'z qorachig'iday asrash maqsadida, tinmay o'qish va izlanishda bo'lishlari kerak. Yoshlardan doimo ogohlik va ziyraklik talab etiladi.
REFERENCES
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
1. Umarova Dilafruz Razzakberdiyevna. (2023). THE MAIN CHARACTERISTICS OF ENGLISH PRAGMATICS IN LINGUISTICS. Proceedings of International Educators Conference, 2(1), 639-643.
2. XUSOMIDDINOVA, C., & Razzakberdiyevna, U. D. (2022). CULTURAL, SOCIAL AND PERSONAL PRINCIPLES OF THE GAME. Journal of new century innovations, 18(4), 36-38.
3. Razzakberdiyevna, U. D. (2022). PHRASAL VERBS IN MODERN ENGLISH: TERMINOLOGY, FEATURES, CLASSIFICATION. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(06), 51-54.
4. Umarova, D. R. (2022). INVESTIGATING PROBLEMS OF ENGLISH LITERATURE TEACHING TO EFL HIGH SCHOOL STUDENTS. Academic research in educational sciences, 3(12), 473-476.
5. Razzakberdiyevna, D. U. (2022). CRITICAL THINKING IN EDUCATION: DISCUSSION AND PROBLEMSOLVING TECHNIQUE. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 185-190.
6. Matnazarov, X., Ikramov, B., & Azimov, Z. (2022). INNOVATIVE METHODOLOGY OF TRAINING OF KAYAKERS 10-11 YEARS. Academic research in educational sciences, 3(11), 83-89.
7. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.
8. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.
9. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.
10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.
11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОХДЯТИ. Academic
research in educational sciences, 2(3), 568-583.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУ^ИЙ БОРЛИГИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1),
13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G ' OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.
14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.
15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
81-95.
December 1