Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
YOSHLARNING BUZG'UNCHI G'OYALARGA QARSHI
MASALALARI
B.S.Ahmadaliyev -
Pedagogika va psixologiya fakulteti o'qituvchisi D.M.Tursunbayeva -Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi
Tarixda yovuz g'oya va vayronkor mafkuralarning vujudga kelishi oqibatida naqadar daxshatli va ayanchli voqealar bo'lib o'tgani barchamizga ma'lum. Yer yuzida bunyodkorlik, ezgulik kabi g'oyalar bilan birga buzg'unchi va vayronkor g'oyalar ham mavjud. Bunday buzg'unchi g'oyalar xalqlar boshiga qanchadan qancha kulfatlar keltirgan. Shuning uchun ham bunday g'oyalarning mazmun-mohiyatini, maqsad muddaolarini bilish nihoyatda muhim. Ayniqsa, yoshlar uchun buzg'unchi g'oyalar xavfini anglash, o'zlarida mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun zarur bilimlarni egallash lozim. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida: "Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko'ra vaxshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya'ni, xatti-harakatlarini qo'zg'atib yuborish osonroq degan edilar" Demak, buzg'unchi g'oyalar ham turli ta'sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg'unchilik va jinoyatchilikka yo'naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g'oyadir. Dunyodagi zo'ravon kuchlar qaysi bir xalq yoki mamalakatni o'ziga tobe qilib bo'ysundirmoqchi bo'lsa, avvalombor, uning eng buyuk boyligi bo'lmish milliy qadriyatlari, tarixi va madaniyatidan judo qilishga urinadi. Ushbu kuchlar bugungi kunda o'z maqsadlariga erishish uchun hech narsadan hazar qilmasligi, ular garchi katta mablag' va zamonaviy qurol-aslahaga ega bo'lishsa-da, asosiy va ta'sirchan quroli, baribir, bizning milliy qadriyatlarimizga mos kelmaydigan yoshlar sonini ko'paytirish, ularning qalbi va ongini zaharlaydigan buzg'unchi g'oyalar ekanligi ayon bo'ladi. Mana shunday vaziyatda aro yo'lda qolgan jamiyatimizga ommaviy kommunikatsiya kanallari, ommaviy madaniyat vositalari orqali yog'ilgan vayronkor axborotning qudratli oqimiga chinakam samarali qarshilik ko'rsatishda nima yordam berishi mumkin degan savolga birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: "Hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma'naviy tahdidlarning oldini olish, ommaviy madaniyatning zararli ta'siridan farzandlarimizning ong-u tafakkurini himoya qilishda ilm-u fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o'rni va roli tobora ortib bormoqda. Nega deganda, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga begona bo'lgan ana shunday "madaniyat" namunalarini faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni ta'qiqlash bilan biron natijaga erishib bo'lmaydi. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma'naviy bo'shliqqa yo'l qo'ymaslik uchun,
December 1
674
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
avvalombor, ezgu insoniy g'oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha qilib aytganda jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste'dod musobaqasida bellashuvga qodir bo'lishimiz shart",-deb e'tirof etgan edilar. O'tmishdan ma'lumki, buzg'unchi madaniyat targ'ibotchilari butun bir xalqning madaniy meroslarini tanazzulga yuz tutishiga sabab bo'lishgan. Ayrim bir manfur kimsalar, kuchlar, oqimlar tezlik bilan moddiy ta'minotga ega bo'lish maqsadida buzg'unchi g'oyalarni tarqatib, insonlarni yomon yo'llarga boshlab ular orasida axloqsizlik, zo'ravonlik, jinoyatchilik, loqaydlik, burchsizlik, maqsadsizlik, giyohvandlik, e'tiqodsizlik kabi illatlarni avj oldirishni uyushtirishmoqda. Qurol sifatida ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanib o'zlarining g'arazli maqsadlarida foydalanib, ayniqsa, yoshlar ongiga tezlik bilan kirib borishmoqda. Ushbu kimsalar yoshlar orasida buzg'unchi mafkura siyosatini olib borib ularning xulq-atvorida axloqsizlikka, zo'ravonlikka asoslangan quydagicha targ'ibot ishlarini olib bormoqdalar:
-ommaviy axborot vositalari targ'iboti, ya'ni, kino, teatr, radio, internet, ijtimoiy tarmoqlar, reklama, aloqa mobillaridan g'arazli maqsadlari yo'lida foydalanishmoqda. Chunki bunda har qanday kinoda nimagadir chaqiriq yoki biron bir g'oya, mafkuraga da'vat mavjud bo'lib, insonlarni qandaydir faoliyatga yo'naltiradi.
-Shahvoniy his-tuyg'ular targ'iboti, asosan, erkin muhabbatni targ'ib etuvchi pornografiya orqali haqiqiy, sof tuyg'ular obro'sizlantirilib, uning o'rniga behayolik, ko'ngilxushlikka mukkasidan ketish va sof muhabbatga yengil-yelpi qarashga da'vat etadi.
-Yoshlar modasi targ'iboti turli submadaniyatlar elementlari ham bo'lgan, uyatga qo'yuvchi, hijolatga soluvchi modani, umum qabul qilingan libosni buzuvchi "diskoteka uchun moda"ni, jinslar o'rtasidagi farqni aks ettirmaydigan uslubdagi tungi kiyimlar deb behayo ochiq-sochiq kiyimlarni zamonaviy "moda"ga yoyib ommalashtirishni ko'zlashdir.
-Virtual olamni kuchaytirish targ'iboti real hayot bilan virtual hayot o'rtasidagi kurashlar insonlar psixikasida juda kuchli emotsional zo'riqishni yuzaga keltirib psixologik muvozanatning buzilishiga erishiladi.
-E'tiqodsizlikni avj oldirish targ'iboti insonlarda ishonchsizlik, maqsadsizlik, xudbinlik, axloqsizlik, zo'ravonlik, hukmronlik kabi illatlar madh qilinib, insonlar shu illatlarga undaladi.
-Avlodlar o'rtasidagi aloqani uzish tamoyilida buzg'unchi g'oyalar sekin astalik bilan o'smir ongiga kirib borib, uni ota-onasi bilan bir - biriga qarshi qo'yadi. Kattalar qadrlaydigan qadriyatlar eskilik sarqitiga yo'yilib o'smirlarga yot buzg'unchi g'oyalarga to'la qadriyatlar madh qilinadi. Mana shunday turli mazmundagi buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurash haqida gap borganda ma'naviy tarbiya asosini tashkil etuvchi muhim omil va mezonlar, shaxsning yosh xususiyatlarini hisobga olib, bosqichma
December 1
675
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
- bosqich rivojlantirib borish usullariga alohida e'tibor berish lozim. Jahon miqyosida terrorizm, diniy ekstremizmning ashaddiylashib borayotgani faqat bugun ma'lum bo'lgan haqiqat emas. Bu qora kuchlar tarix so'qmoqlarida paydo bo'libdiki, doimo ravnaq-u rivojga, taraqqiyotga qarshi kurash olib bordi. U ba'zan din niqobida, ba'zan siyosat libosida, ba'zan esa to'g'ridan-to'g'ri, yuzsizlarcha ochiq razillik ko'rinishlarida amal qilib kelgan.Terrorchilikning ko'rinishlari qo'rqitish, daxshatga solish orqali maqsadni ko'zlash, tinch aholiga to'satdan hujum qilish, aybni hukumatga ag'darish, aybdorlarni sudsiz qatl qilish, qilmishlarga hamma javobgar ekani bilan oqlash, qilmishidan rohatlanish, o'zini haq ekaniga ishonish kabilarda namoyon bo'ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek: "Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to'qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o'rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo'layotgani barchamizni tashvish va havotirga solmay qo'ymaydi". Darhaqiqat, bunday ayanchli voqealar o'z hayotimizga, o'z taqdirimizga va kelajagimizga befarq bo'lmaslikni taqozo etmoqda. Har qanday soxta shiorlar, balandparvoz da'vatlardan ko'ra ko'proq aql-idrokka tayanmoq lozim. Yosh avlodning ma'naviyatini shakllantirish, ularni buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurash ruhida tarbiyalash borasida uch tabarruk makonga alohida e'tibor qaratiladi: Ularning birinchisi-oila, ikkinchisi-mahalla, uchinchisi-ta'lim-tarbiya tizimidir. Agar shu uch makonda ma'naviy muhit ko'ngildagidek bo'lsa, hamma ish ko'ngildagidek bo'ladi, agar ular tanazzulga qarab ketsa, butun jamiyat halokatga yuz tutadi. Bundan tashqari har bir inson shu kabi salbiy holatlarga barham berish uchun fuqaro, inson sifatida jamiyat taraqqiyoti va uni yangilashga intilib yashashi, ma'naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoyalash yo'lida o'z burchi va mas'uliyatini chuqur anglashi lozim. Bejizga "Dushmanlardan qo'rqma-nari borsa ular seni o'ldiradi. Do'stingdan qo'rqma, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo'rq-ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi" deyilmagan. Har birimiz inson hayotida g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lgan ana shunday fikrlarni chuqur anglagan holda tengdoshlarimiz, do'stlarimiz bilan baham ko'rib, shu yurtning fuqarosi, farzandi sifatida o'z burchimizni ado etmog'imiz lozim. Zero, muqaddas vatanimiz, betakror O'zbekistonimiz kelajagi biz yoshlarning qo'lidadir!
REFERENCES
i. Mukhamedzhanovna, M. Z., Akmalovna, U. N., Abdusamatovich, K. S., Gapparovna, S. D., Arifovna, U. D., & Tashpulatovna, K. P. (2021). Bioethics-Paradigm of Humanization of Medical Education. Annals of the
Romanian Society for Cell Biology, 125-133.
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
^uarantee^fOurFe^ndmiimpmameLie
2. Умарова, Д. А., & Худайбергенова, П. Т. (2020). РОЛЬ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В РЕШЕНИИ ПРОБЛЕМ ГУМАНИЗАЦИИ МЕДИЦИНЫ. Гуманитарный трактат, (97), 25-28.
3. Фатима Ташпулатовна Худайбергенова, & Дилором Арифовна Умарова (2022). ПАРАДИГМА БИОЭТИКИ В СФЕРЕ БИОЭТИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Academic research in educational sciences, TSDI and TMA Conference (1), 196-200. doi: 10.24412/2181-1385-2022-196-200
4. Умарова, Д. А. (2021). ВАЖНЫЕ И АКТУАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ МОДЕРНИЗАЦИИ ГОСУПРАВЛЕНИЯ В СТРАТЕГИИ ДЕЙСТВИЙ ПО ПЯТИ НАПРАВЛЕНИЯМ РАЗВИТИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В 20172021. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(8), 421-430.
5. Мухамедов, А. Р. ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАНА И НЕКОТОРЫХ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН О ПРЕСТУПЛЕНИЯХ В СФЕРЕ ТРАНСПЛАНТОЛОГИИ. Human dignity and human rights, 108.
6. Мухамедов, А. Р. (2022). Вопросы совершенствования законодательства Узбекистана о преступлениях в сфере трансплантологии с учетом зарубежного опыта. Academic research in educational sciences, (Conference), 92-97.
7. Элдор Абдурасулович Уринбоев (2023). ТАЯНЧ ДАРАКАТ АППАРАТИ ШИКАСТЛАНГАН ТАЛАБАЛАРНИНГ ДАРАКАТ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 4 (1), 239247.
8. Уринбоев, Э. А. (2022). ТАЯНЧ ДАРАКАТ-АППАРАТ ШИКАСТЛАНГАН ТАЛАБАЛАРДА КООРДИНАЦИЯ КОБИЛИЯТИНИНГ ТАВСИФИ. Fan-Sportga, (1), 44-46.
9. O'rinboyev, E. (2021). ADAPTATION OF STUDENTS WITH DISABILITIES TO SPORT TRAINING LOADS IN THE CONTEXT OF BASIC MOBILITY. Karakalpak Scientific Journal, 4(1), 23-31.
10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.
11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К. (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОДИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.
12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУДИЙ БОРЛИЕИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1), 81-95.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G 'OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.
14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.
15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
December 1